Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
42.4K subscribers
19.4K photos
2.45K videos
71 files
7.08K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida qator yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, tajriba almashish kabi masalalari yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

Tashrif doirasida Agentlik delegatsiyasi “Beijing Guangqumen” oʻrta maktabida bo‘lib, zamonaviy infratuzilma, ilg‘or o‘quv dasturlari va sun’iy intellektni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu maktab 2025-yildan boshlab ta’lim jarayonini sun’iy intellektga moslashtirishni boshlagan ilk taʼlim muassasalaridan sanaladi. Hozirgi kunda maktabda 5700 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Shuningdek, Agentlik vakillari Pekin shahridagi nufuzli “Fangcaodi” xalqaro boshlang‘ich maktabiga ham tashrif buyurdi. Xitoy tilini xorijiy til sifatida oʻqitishida koʻp yillik tajribaga ega mazkur xalqaro maktabda 60 ta davlatdan 400 dan ortiq xorijiy o‘quvchilar va 1200 nafar mahalliy o‘quvchilar tahsil olmoqda. Tashrif davomida delegatsiya maktabda Misr madaniyatiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan haftalik tadbirlarda ishtirok etdi hamda xorijiy o‘quvchilarga mo‘ljallangan xitoy tili darslarini kuzatdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va “Fangcaodi” xalqaro boshlang‘ich maktabi rahbariyati o‘rtasida boʻlib o‘tgan uchrashuvda boshlang‘ich sinflarda xitoy tilini xorijiy til sifatida o‘qitish tajribasi almashinuvi, qisqa muddatli o‘quvchi va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini joriy etish hamda hamkorlikda xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mahorat_darsi 
#ijod_maktablari

🤩 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sheʼrlar_tanlovi
#Ibroyim_Yusupov_96_yoshda

📣📣📣📣📣

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi Ibroyim Yusupov tavalludining 96 yilligi munosabati bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining 7-11-sinf oʻquvchilari o‘rtasida “Shoirga bagʻishlov” mavzusida sheʼrlar tanlovini e’lon qiladi.

⚡️HURMATLI O‘QUVCHILAR VA IJODKOR YOSHLAR!

📝Tanlov shartiga koʻra, sheʼrlar Ibroyim Yusupov hayoti va ijodiga bagʻishlangan hamda kamida besh banddan iborat boʻlishi, shuningdek elektron shaklda topshirilishi lozim.

📆 Tanlov uchun ishlar 30-aprelga qadar qabul qilinadi.

📦 G‘oliblar munosib tarzda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Qoʻshimcha ma’lumot va ishlarni topshirish uchun murojaat:
Telefon: +998913772373
Telegram: @Bumen73

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM