Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
42.3K subscribers
19.3K photos
2.44K videos
71 files
7.05K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#sayyor_qabul
#Buxoro_viloyati

BUXORO VILOYATIDA AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash, mavjud muammolarni o‘rganish va aholining fikr-mulohazalarini tinglash maqsadida Buxoro shahridagi Prezident maktabida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda 30 dan ortiq fuqaro ixtisoslashtirilgan ta’lim yo‘nalishiga oid murojaatlarini Agentlik direktoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkoniyatiga ega boʻldi.

Aksariyat murojaatlar mazmuni o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish, bo‘sh ish o‘rinlari yaratish va bandlikni taʼminlash, dars jarayonlarini yanada samarali tashkil etish, xalqaro tajribalarni o‘rganish imkoniyatlarini ko‘paytirish, xalqaro ta’lim grantlari bo‘yicha xabardorlikni oshirish masalalaridan iborat boʻldi.

Sayyor qabul davomida bildirilgan muammolarning aksariyatiga joyida yechim topildi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan esa tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularni nazoratga olish belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanining eng chekka hududidagi Zafarobod qishlog‘ida joylashgan 120-maktabga bordik.

Darslar yakunlanganiga qaramay sinfxonalarda o‘quvchilar ingliz tili va tarix fanlari to‘garaklari mashg‘ulotlarida qatnashayotganlariga guvoh bo‘ldik.

Bilimga chanqoq o‘quvchilar orasidan Fariza va Kifoyat ismli qizlar eʼtiborimni tortdi. Ular hozirda maktabning 10-sinfida tahsil olishmoqda, ingliz tilini chuqur o‘rganishni astoydil niyat qilishgan. Qizlarning kelajakdagi orzusi — o‘qituvchi bo‘lish.

Umuman olganda, Pastdarg‘om tumani hokimi bilan 4 ta - “Elbek”, “Shombuloq”, “Paxtachi”, “Joul qosim” MFYlaridagi bugungi ahvol, aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun ko‘rilayotgan choralar bilan tanishdik.

Mazkur mahallalardagi 48 nafar bolakay bog‘chaga jalb qilinsa, onalari ishga chiqishlarini bildirishdi.

Hududda tez kunlarda oilaviy bog‘cha tashkil qilishni belgilab oldik. 53 ta oila farzandlarini to‘garaklarga jalb qilish, ularga kasb-hunar o‘rgatish ishlari bo‘yicha alohida rejalar tuzdik.

Qishloqning katta-yu kichigi kitobxon ekanligi meni yanada quvontirdi. Ushbu mahallalarda yordamga muhtoj oila qolmasligi uchun tuman rahbarlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boramiz.
#Navoiy_tavalludining_584_yilligi

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirotda tavallud topgan.

Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devonga jamlangan.

Turkiy tildagi ilk “Xamsa"ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq.

Navoiy adabiy merosi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida, umuminsoniy gʻoyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Mutafakkir ilmga muhabbat insonning eng goʻzal va zarur fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi bilim olishdir, deb hisoblagan.

Shu boisdan maorif masalalariga katta ahamiyat bergan, maktab, madrasalar qurdirishda tashabbus ko'rsatgan.

Hirot shahrida bunyod ettirgan “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga homiylik qilgan.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Turon_yoʻlbarslari
#Buxoro_viloyati

🤩 Agentlikning Buxoro viloyatida joylashgan maktab oʻquvсhilаri oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi, unga ko’ra:

🥇Buxoro shahridagi Prezident maktabining “Yosh gvardiyachilar” jamoasi 1-oʻrin;

🥈Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktabning “Qalqon” jamoasi 2-oʻrin;

🥉Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Jaloliddin izdoshlari” jamoasi 3-oʻrinni qo’lga kiritdi.

🏆 Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qizlar_olimpiadasi

⚡️G‘OLIBLAR ANIQLANDI!

🤩 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari oʻquvchi qizlari oʻrtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🏆Olimpiada davomida o‘quvchi qizlar matematika fanidan yozma ish va test topshiriqlari bajarib, ular orasidan mutlaq g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

➡️Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:

5-6-sinflar kesimida
🥇1-o‘rin: Mehrimoh Baxtiyorova - Buxoro viloyati, Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥈2-o‘rin: Shaxzoda Abdubannayeva - Namangan shahar 1- son ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
🥉3-o‘rin: Dilnura Ziyadullayeva - Samarqand shahar 1- son ixtisoslashtirilgan maktabi.

7-8-sinflar kesimida
🥇1-o‘rin: Dildora Maxkamova - Toshkent shahar, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥈2-o‘rin: Komila Mirzomiddinova - Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥉3-o‘rin: Oysha Mirzatillayeva - Toshkent shahar, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

9-10-11-sinflar kesimida
🥇1-o‘rin: Niluzarxon Abdurazzoqova - Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥈2-o‘rin: Madina Qodirqulova - Sirdaryo viloyati, Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
🥉3-o‘rin: Nilufar Sayfullayeva - Buxoro viloyati, Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

🏆 Gʻoliblar diplom hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM