Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.1K subscribers
20.1K photos
2.55K videos
72 files
7.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Faxrimiz

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Aminov Rustam SAT imtihonini topshirib, 1510 ballni qo'lga kiritdi.

⚡️Bu deyarli maksimum ko'rsatgich hisoblanadi.

🔸Imtihonda Aminov Rustam O'qish va yozish bo'limidan (Reading va Wiriting) dan 800 balldan 720, Matematikadan 800 balldan 790 ball jamg'arishga muvaffaq bo'lgan.

📌Ma'lumot o'rnida, SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi hisoblanadi va AQSh va boshqa xorijiy manlakatlarda tan olingan. Baholash 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi bilan imzolangan memorandumdan video-lavha.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif

Bugun, 19-sentabr kuni "Valday" xalqaro klubi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakillari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabida bo‘lib, maktab faoliyati hamda yurtimizda axborot-texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

⚡️Mehmonlar Agentlik direktori Hilola Umarova hamrohligida maktabda yaratilgan imkoniyatlar, o'quvchilar uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar zamonaviy robotexnika xonalari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, maktab o'quvchilari tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida taqdimot qilindi.

📌Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 20-sentabrida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda “Valday” xalqaro munozara klubi hamkorligida Toshkent shahrida “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o'tadi.
#Elchilar_Prezident_maktabida

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchilari uchun Toshkent shahridagi Prezident maktabida ekskursiya tashkil etildi.

🔰 Mazkur tanishtiruv uchrashuvida Germaniya, Hindiston, Shvetsariya, Turkiya, Latviya, Italiya, Koreya davlatlari elchilari hamda KOICA, Unicef va UNESCO tashkiloti vakillari ishtirok etib, maktab faoliyati, shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi.

🔹Shuningdek, oʻquv dasturlari, adabiyotlar va jihozlar, malakali pedagoglar va moliyaviy grantlarni jalb qilish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokama olib borildi.

🔶Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 10-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta'lim mavzusida o'tkazilgan video-selektorda xorijiy davlat elchilarining Prezident maktablari faoliyatini samarali yuritishga, xorijiy ilg'or tajribalarni joriy etishga shaxsan mas'ulligi belgilab qo'yilgandi.
#Elchilar_Prezident_maktabida

Dr. Tilo Klener, Germaniyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi

- Prezident maktablari faoliyati nihoyatda muhim loyiha va men bugungi tashrifim davomida maktabdagi ta’lim tizimi, imkoniyatlari haqiqatda yuqori darajada ekanligiga amin bo‘ldim.
Shuningdek,“Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniyaning eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda ish olib boradi. Aniq ayta olaman-ki, bu Universitet nafaqat O‘zbekiston yoshlari uchun o‘ziga xos imkoniyat, balki ikki davlatning do‘stona hamkorligi namunasi hamdir. Ushbu hamkorlikdan umidimiz katta
!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube