Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
49.6K subscribers
24.6K photos
2.93K videos
75 files
8.69K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

gov.uz/oz/ima
t.me/piimauz
www.facebook.com/piima.uz
www.instagram.com/piima.uz/
www.youtube.com/@PIIMArasmiysahifasi

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 114А
📬 info@piima.uz
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#sayyor_qabul
#Qashqadaryo_viloyati

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Xasan Shakirov ishtirokida Qarshi shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul tashkil etildi.

Uchrashuv fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimidagi masalalarni bevosita joyida o‘rganish hamda ularning tezkor va samarali yechimini topishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi. Muloqot davomida fuqarolar o‘z murojaatlarini Agentlik mas’ullari va maktab direktorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bildirilgan murojaatlar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda tashkiliy va amaliy masalalarga oid taklif va savollarni qamrab oldi. Qabul jarayonida murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq va muddatli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari bilan ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabdan maktabga ko‘chirish masalalari, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning samarali yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Agentlik bunday ochiq muloqot va sayyor qabullarni muntazam davom ettirib, har bir murojaatni diqqat bilan o‘rganadi.


Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijon shahridagi Prezident maktabida buyuk bobomiz Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ikki muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔴“Amir Temur — o‘zbek davlatchiligi iftixori” insholar tanlovi

O‘quvchilar o‘z ijodiy ishlarida Sohibqironning hayoti, davlat boshqaruvi va boy merosini yoritib, mustaqil fikrlash va tarixiy bilimlarini namoyish etdilar. Tanlov yakunida eng yaxshi insholar saralanib, e’tirof etildi. Bu tadbir yoshlarda vatanparvarlik va tarixiy merosga hurmatni yanada mustahkamladi.

🔴 “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi

“Amir Temur oyligi” doirasida o‘tkazilgan ushbu musobaqaning maktab saralash bosqichida o‘quvchilar jismoniy tayyorgarlik, chaqqonlik, jamoaviylik, kuch, chidamlilik va tezkor fikrlashda bellashdilar. Musobaqa yoshlarning vatanparvarlik ruhini kuchaytirib, sog‘lom turmush tarziga qiziqishini oshirdi.

Bu ikki tadbir — Amir Temur merosining ma’naviy va jismoniy jihatdan yoshlar qalbiga singib borayotganining yorqin dalilidir. Biz buyuk ajdodlarimizga munosib avlodmiz!


Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek maktabining 11-sinf o‘quvchisi Usmonov Nurmuhammad o‘zining bilim va salohiyati bilan yana bir muhim yutuqqa erishdi.

U New Uzbekistan University tomonidan Mexanika muhandisligi yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etildi hamda 168 000 000 so‘m miqdoridagi davlat granti sohibiga aylandi.


Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi maktablarda nishonlanmoqda

Termiz shahridagi Prezident maktabida badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar she’r va raqslar, sahna ko‘rinishlari orqali Amir Temurning hayoti, davlatchilikka qo‘shgan hissasi va islohotlarini yoritdilar. Viloyat drama teatri aktyorlarining chiqishlari katta zavq uyg‘otdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. O‘quvchilar Temur va Temuriylar davri tarixiga oid savollarga javob berib, bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. O‘yin tarixga qiziqishni oshirdi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida 8-sinflar o‘rtasida “Amir Temur – millat faxri” tadbiri bo‘lib o‘tdi. She’riy chiqishlar, “Zakovat”, tarixiy obidalar chizish va sahna ko‘rinishlari orqali iste’dodlar namoyish etildi. 8-“Blue” sinfi g‘olib bo‘ldi.

Bu tadbirlar Amir Temur merosini o‘rganish, yoshlarda vatanparvarlik va tarixiy xotirani mustahkamlashda muhim qadamdir. Tarixini bilgan yoshlar – kelajakning ishonchli poydevoridir.


Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM