Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.2K subscribers
24.3K photos
2.91K videos
75 files
8.62K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

gov.uz/oz/ima
t.me/piimauz
www.facebook.com/piima.uz
www.instagram.com/piima.uz/
www.youtube.com/@PIIMArasmiysahifasi

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 114А
📬 info@piima.uz
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Yoshlar_bilan_uchrashuv

🎓 Har bir tashabbus eshitildi!

Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova va Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori Ulug‘bek Xusainov ishtirok etdilar.

💙Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, ijodiy taklif va dadil tashabbuslarni bevosita rahbarlarga yetkazdilar. Asosiy maqsad – yoshlarning fikrini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish, muammolarga ularning ko‘zi bilan qarash va amaliy yechimlar topish edi.

💙Agentlik rahbarlari har bir taklifga ijobiy baho berib, ularni hayotga tatbiq etish yuzasidan sohalaridagi mas’ullarga aniq va amaliy topshiriqlar yukladilar. Endi bu tashabbuslar shunchaki gap bo‘lib qolmaydi – ular ro‘yobga chiqariladi.

“Aziz bitiruvchilar, bugun bildirilgan fikrlar, ustozlar o‘gitlari kelajakdagi faoliyatingizda dasturamal bo‘lishiga ishonamiz. Unutmang, siz – Sohibqiron Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimizning munosib davomchilarisiz. O‘z oldingizga yuksak maqsadlar qo‘yishdan va ular sari dadil intilishdan hech qachon to‘xtamang!” — dedi S.Shakirova.


Mazkur uchrashuv va muloqotlar – ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarning fikrini eshitish va amaliy natijalarga yo‘naltirilgan hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bundan keyin ham yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni muntazam davom ettiradi.


Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇫🇷O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

🔆Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilxom Siradjev hamda Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Valid Fuk o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✍️Uchrashuvda maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar va dasturlar baholandi.

Oʻz navbatida Fransiya elchisi ikki tomonlama hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini taʼkidlab, Oʻzbekistonda fransuz tilini oʻqitish borasida olib borilayotgan ishlarni alohida eʼtirof etdi.

🤝Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan:
➡️maktablarda fransuz tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish;
➡️ta’lim jarayoniga til egalarini jalb etish;
➡️Kelajak” markazlarida fransuz tili to‘garaklarini yo‘lga qo‘yish;
➡️qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish;
➡️kasbiy ta’lim tizimiga ilg‘or tajribalarni joriy etish.


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim va texnologiya uyg‘unligi: Al-Xorazmiy universiteti Xitoyda strategik hamkorlikni kengaytirmoqda

Al-Xorazmiy universiteti vakillari Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalari va oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib, innovatsion ekotizim, ilg‘or ilmiy ishlanmalar hamda ta’lim va sanoat integratsiyasi bilan yaqindan tanishmoqda.

Tashrif doirasida:
Zhejiang Texnologiya Universiteti tajribasi o‘rganildi.
Universal Knowledge – Guangzhi Technology kompaniyasi hamda Deep Robotics va Tuya kabi yetakchi texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatildi.
Hikvision va Hikrobot kompaniyalari faoliyati bilan tanishuv va kelishuvlar qilindi.

Quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishildi:
Akademik hamkorlikni rivojlantirish.
Talabalar uchun amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
Zamonaviy robototexnika va sun’iy intellekt laboratoriyalarini tashkil etish.
Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish.
Qo‘shma ilmiy-tadqiqot va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash.

⚙️ Shuningdek, robototexnika, sun’iy intellekt, IoT, Big Data, aqlli tizimlar va avtomatlashtirish yechimlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish imkoniyatlari keng muhokama qilindi.


🧠 Mazkur tashrif Al-Xorazmiy universitetida innovatsion muhitni shakllantirish, ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.


Bizni kuzating

💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM