Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
51.8K subscribers
16K photos
2.07K videos
70 files
6.08K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Maftuna Mahkamova “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. M.Mahkamova 2021-yilgi "Technovation girls" mavsumida "Teng imkoniyatlar" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge_Assessment

Cambridge Assessment International Education tashkiloti maslahatchisi Stiv King Nukus shahridagi Prezident maktabida bo'lib, ta'lim maskanida  oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida tashkil etilgan muloqotda S.King maktabda ingliz tilini oʻqitish sifatini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirib o'tdi. 

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Bobur_tavalludining_541_yilligi

Bugun O‘rta asr sharq tarixi, madaniyati va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Bobur o'zining beqiyos aql-zakovati bilan tarixda munosib iz qoldirdi, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi, o‘z davrining ilm-fan hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shdi.

Uning o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari o‘sha davrga oid bebaho tarixiy manba hisoblanadi. Unda Bobur yashagan davr, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda voqealar go‘zal badiiy tasvir va mahorat bilan aks ettirilgan.

Bobur Mirzoning boshqa o‘nlab asarlari, g‘azal va ruboiylari o‘zbek she’riyati tarixida katta o‘rin tutuvchi ulkan xazina hisoblanadi.

Bobur — shaxs va ijodkor sifatida bugungi avlod uchun o‘lmas namunadir.
#Bobur_tavalludining_541_yilligi

Zahiriddin Muhammad Bobur — turkiy adabiyotning atoqli vakili, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi.

Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug’ilgan. U Fargʻona hokimi Umarshayx Mirzoning oʻgʻli edi. 1494-yili otasi vafotidan keyin 12 yoshida Fargʻona hokimi etib tayinlanadi.

1519–1527-yillarda Bobur Afgʻoniston, Pokiston va Hindiston yerlarini egallab, Boburiylar saltanatiga asos soladi.

Hindistonda Boburiylar sulolasi hukmronligi 300 yildan oshiq davom etgan.

Mutafakkirning "Boburnoma"si o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallagan. Unda Oʻrta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar jamlangan. Asarning o‘sha davr o‘zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadr-qimmati hamon yuqori.

Bobur 1530-yil 26-dekabrda Agrada vafot etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_541_yilligi

Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosining ahamiyati

Sharq va G'arb olimlaring Bobur ijodi va hayotiga oid tadqiqotlari

Bugungi kunda boburshunoslik sohasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, yangiliklar


Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori, ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Shohistaxon Nurmatovaning maqolasida shular haqida so'z boradi

➡️ Batafsil bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Matbuot_anjumani
#Jonli_efir

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligida tashkil etilgan maktab o‘quvchilarining darslardagi ishtiroki va ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda ota-onalar va mahalla faollari hamkorligi masalalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

📶 Jonli efir

Matbuot anjumanini shuningdek “O’zbekiston 24” va “Uzreport” telekanallari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼrifat

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi hamda "Ma'rifat
" gazetasi hamkorligida "Yangi O‘zbekistonda ta'lim islohotlari" mavzusida videorolik tayyorlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bobur_tavalludining_541_yilligi
#bilimingizni_sinang

Agentlik tizimidagi maktablarda ona tili va adabiyoti fani ilg‘or tajribalar, zamonaviy usullar asosida o‘qitib kelinmoqda.

Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Shoira Sodiqova tuzgan boshqotirma va viktorina savollari o‘quvchilarning Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosiga oid bilimlarni sinashga mo‘ljallangan.

➡️ Boshqotirma

➡️ Viktorina savollari

Siz ham bilimingizni sinab ko'ring!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Namangan shahridagi Prezident maktabida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning abadiy xotirasi va merosiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida futbol musobaqasi o’tkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari "Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki Termiz filiali faoliyati bilan tanishdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchi Michael Malutshi “Matematikaning eng chiroyli teoremasi” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabi va Markaziy harbiy okrugga qarashli 523-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni o’rtasida hamkorlik memorandumi tuzildi.

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Namangan viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Rahmonjon Egamberdiyev bilan davra suhbati tashkil etildi.

Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o'quvchisi Javohir Abdullayev "Aqilli ko'cha chirog'i modeli"ni yaratdi.

Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilarining G'afur G'ulom uy-muzeyiga virtual sayohati tashkil qilindi.

Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Hokim olimpiadasi" o'tkazildi.

Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabda og'il bolalar o'rtasida sport musobaqasi bo'lib o'tdi.

Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari ishtirokida "Boburxonlik kechasi" tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Amir Temur tarixi muzeyiga sayohat qildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O'zbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Toshkent fotolar uyiga sayohat qilishdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yangi O'zbekiston" universiteti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida qizlar o’rtasida sport musobaqasi o’tkazildi.
#new_Uzbekistan_university

⚡️Yurtimizda birinchi marta tashkil etilayotgan “Startup Weekend Central Asia”ga barcha ixtirochi yoshlarni taklif etamiz!

📶 Markaziy Osiyo startap hamjamiyatlarini birlashtirish maqsadida tashkil etilayotgan "Startup Weekend Central Asia" tadbiriga barcha ixtirochi yoshlarni taklif etamiz.

Tadbirda siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lasiz:

🔺gipotezalarni tekshirish va mahsulot yaratish;
🔺jamoangizga bilimli yoshlarni jalb qilish;
🔺muvaffaqiyat qozongan startap loyihalar bilan tanishish;
🔺xalqaro mentorlar bilan tajriba almashish.

📆 Sana: 1-2-3 mart.
🗺 Manzil: “Yangi O‘zbekiston” universiteti.
📝 Batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: startupweekend.uz

Barcha ixtirochi yoshlarni “Startup Weekend Central Asia” tadbirda kutib qolamiz.

#StartupWeekend #CentralAsia

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Andijon_shahar_2son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

Ta’limga qaratilgan e’tibor o‘z samarasini beradi. Shu bois mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga, o‘qituvchi va o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Iqtidorli yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, ta’lim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘z faoliyatini boshlagan.

Ayni vaqtda ta’lim maskanida 327 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 32 nafar pedagog saboq bermoqda. Kelajak avlod vakillariga aniq va tabiiy fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladi.

Maktab zamonaviy binoga ega. Mashg‘ulot xonalari zarur o‘quv, ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan. Boy kitob fondini o‘zida jamlagan kutubxona Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga ulangan. Sport va faollar zallari, fizika, kimyo fanlari uchun laboratoriyalar, chet tillari xonalari, oshxona va yotoqxona mavjud. 

Maktabda yaratilgan zamonaviy sharoitlar va o‘ziga xos muhit o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga, har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash va mustaqil fikrga ega yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube