IT news | Tg Bots
181 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
Qaysi kompaniya smartfonlari "ikkinchi qo'l" uchun ham eng ko'p sotiladi?

Yangi smartfonlar bilan birga bozorda ishlatilgan smartfonlar uchun ham talab ancha yuqori. Shu sabab ham Apple, Samsung va boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari o'zlarining eski modeldagi smartfonlarini olib, ularni ta'mirlab, yangidek holatga keltirib, yana qayta sotish biznesini yo'lga qo'yishgan. Ana shunday "ikkinchi qo'l" uchun sotiladigan smartfonlar bozorida Apple yetakchilik qilmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  25.04.2023
Microsoft'ning Edge brauzeri siz har bir tashrif buyurgan saytni uchinchi tomonga jo'natyapti

Microsoft Edge brauzerida "ijodkorga obuna bo'lish" degan funksiya bor bo'lib, u sizga YouTube va umuman, butun internet bo'ylab sevimli kontent yaratuvchilaringizga obuna bo'lish imkonini beradi. Biroq ushbu funksiya to'g'ri ishlamayotganga o'xshaydi – Edge siz tashrif buyurgan barcha saytlar havolasini o'zining Bing API veb-saytiga yuborayotgani xabar qilinmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  26.04.2023
Realme 11 seriyasining taqdimot sanasi rasman e'lon qilindi

Realme o'zining bu yilgi flagman smartfonlarini may oyida taqdim qilishini allaqachon ma'lum qilgan edi. Endi esa bunga yanada aniqlik kiritildi – Realme 11 smartfonlari rasman qachon taqdim qilinishini ma'lum bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  26.04.2023
Wasted: Yaponiya xususiy kompaniyasining kosmik kemasi Oyga qo'na olmadi

Kecha Yaponiyaning iSpace xususiy kompaniyasi o'zining Hakuto-R nomli kosmik kemasini Oyga qo'ndirishni rejalashtirgan edi. Agar missiya muvaffaqiyatli yakunlanganida bu tarixda xususiy kompaniya tomonidan amalga oshirilgan ilk Oyga qo'nish bo'lgan bo'lar edi, biroq, afsuski, unday bo'lmadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  26.04.2023
Apple kompaniyasi yangi quloqchinlar dizaynini yaratishda Nothing'dan ilhomlangan

Apple egalik qiladigan Beats kompaniyasi o'zining yangi avlod Studio simsiz quloqchinini taqdim qilish arafasida, edi, biroq Amazon saytida ro'yxatdan o'tgan so'ng mahsulot taqdim qilinishiga hojat qolmadi – Beats Studio Buds simsiz quloqchinlari haqidagi barcha ma'lumotlar oshkor bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  26.04.2023
Samsung Galaxy A24 rasmiy narxi ma'lum bo'ldi!

O'tgan hafta Samsung o'zining Galaxy A katalogida smartfonlarini yana bitta ko'paytirdi – kompaniyaning Vetnamdagi veb-saytida Galaxy A24 smartfonining rasmiy sahifasi paydo bo'ldi. Unga ko'ra qurilma quyidagicha texnik xususiyatlarga ega:

📣 IT news | © Terabayt.uz  26.04.2023
"Tchau Telegram" – Durov messenjeri Brazilyada bloklandi

Telegram messenjeri Brazilyada, yana, bloklandi. Davlat Oliy sudi Telegram'ni neonatsistlar guruhlari va ularning a'zolari haqidagi barcha ma'lumotlarni taqdim etmaganligi sababli foydalanishdan chekladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  27.04.2023
Tez kunda global bozorga taqdim qilinishi kutilayotgan Poco F5 seriyasi haqida barchasi!

Xiaomi'ning Poco brendi kelayotgan may oyi boshida o'zining Poco F5 smartfonlarini global bozorga chiqarishga tayyorlanmoqda. Biroq, Internetda tarqalgan ma'lumotlar bilan smartfonlarning taqdim qilinishiga hojat qolmadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  27.04.2023
Redmi Note 12 seriyasi hali tugamadi. Qatorga Redmi Note 12R Pro nomli yangi model qo'shiladi!

Xiaomi'ning Redmi brendni o'zining Note 12 seriyasiga yana bir yangi modelni qo'shilishini e'lon qildi. Bu Redmi Note 12R Pro nomli smartfon bo'lib, u shu hafta oxirida taqdim qilinadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  27.04.2023
Microsoft'dan Windows 10 uchun ortiq yangi funksiyalar kutmang

Ilk marotaba 2015-yilda taqdim qilinganida Windows 10 aslida Microsoft operatsion tizimining eng oxirgi avlodi bo'lishi aytilgan edi. Biroq, bir necha yil avval barchasi o'zgardi yoxud kompaniya 2021-yilda Windows 11 versiyasini chiqardi va tabiiyki, Windows 10 uchun ishlar asta-sekin to'xtay boshlandi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  29.04.2023
Motorola bu yil bir emas naqd ikkita buklamafon tayyorlamoqda

Chig'anoqli buklanadigan smartfonlar yoxud Flip buklamafonlar bozori bu yil avjiga chiqadigan ko'rinadi – Motorola tez orada o'zining bir emas, naqd ikkita Razr buklamafonlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  29.04.2023
Bir davrning intihosi: Alawar o'zining kompyuter uchun o'yinlar do'konini yopmoqda

Oddiy, lekin shu bilan birga, qiziqarli va sarguzashtlarga boy kompyuter o'yinlari bilan tanilgan Alawar kompaniyasi o'zining rasmiy veb-saytida juda qiyin qarorni qabul qilganligini e'lon qildi – u o'zining o'yinlar do'konini yopmoqda. Ma'lum bo'lishicha, alawar.com saytining o'yinlar bo'limi, ya'ni kompyuter uchun yashirin obyektlar, vaqt menejmenti va boshqotirma kabi janrlardagi o'yinlar sotiladigan do'koni joriy yilning 1-iyun sanasidan boshlab o'z faoliyatini to'xtatadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  30.04.2023
Redmi Note 12R Pro rasman taqdim qilindi!

Xiaomi o'zining Redmi Note 12 seriyasida shu qadar ko'p smartfonlar chiqardiki, sanoqda adashib ketasan kishi – Redmi Note 12R Pro ushbu oilaning eng so'nggi a'zolaridan bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.05.2023
Apple o'zining iPhone, iPad va Mac qurilmalari uchun yangi turdagi yangilanishni chiqardi

O'tgan yilning WWDC konferensiyasida Apple o'zining iPhone, iPad va Mac qurilmalari uchun Rapid Security Response (Tezkor xavfsizlik javobi) yangilanishini taqdim qilgan edi. Yangi turdagi ushbu tizim yangilanishi foydalanuvchilar uchun jiddiy xavf tug'diradigan xavfsizlik zaifliklarini tezda tuzatishga qaratilgan bo'lib, u doimgi yangilanishlarga qaraganda tezroq o'rnatiladi va hatto, bu turdagi ayrim yangilanishlarni smartfonni o'chirib yoqmasdan ham o'rnatish mumkin bo'ladi. Kecha, O'zbekiston vaqti bilan tungi 10:00 lar atrofida Apple o'zining ana shunday tezkor xavfsizlik javobi yangilanishining ilk versiyasini chiqardi (The Verge orqali).

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.05.2023
Safari brauzeri Edge'ni ortda qoldirib, dunyodagi eng ko'p foydalaniladigan ikkinchi kompyuter brauzerga aylandi

Microsoft kompaniyasining Edge brauzeri o'tgan yili Apple'ning Safari'sini ortda qoldirib, dunyodagi eng ko'p foydalaniladigan ikkinchi kompyuter brauzeriga aylangan edi. Biroq, u faxrli o'rinda uzoq qolmadi – Safari o'z o'rnini qaytarib oldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.05.2023
Galaxy Z Flip 5 va Galaxy Z Fold 5 yuqori sifatli renderlarda!

Buklanadigan smartfonlar bozori bu yil bir qancha yangi "o'yinchilar" bilan birga, yangilangan buklamafonlar bilan ham kengaymoqda va bu Samsung Galaxy Z seriyasi ham o'z ichiga oladi. Janubiy Koreya kompaniyasi o'zining bu yilgi Galaxy Z Fold
Sony o'zining Gran Turismo poyga o'yini film adaptatsiyasining ilk treylerini chiqardi

Konsol, kompyuter yoki telefonda bo'ladimi, poyga o'yinlari barchaga yoqadi. Ular charchog'ingizni chiqarish bilan birga o'ziga xos adrenalin beradi, lekin hech eshitganmisiz – ana shunday poyga o'yinlari ortidan haqiqiy poygachi bo'lib ketganlar haqida? Ehtimol, Sony tomonidan shu yozda chiqarilishi kutilayotgan Gran Turismo o'yini adaptatsiyasida bunga guvoh bo'lasiz.

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.05.2023
Razer kompaniyasi Italiya brendi bilan hamkorlikda o'zining ilk moda ko'zoynoklarini taqdim qildi

Geyming aksessuarlari bilan tanilgan Razer kompaniyasi Italiyaning Retrosuperfuture brendi bilan hamkorlikda o'zining yangi "Razersuperfuture" nomli ko'zoynoklarini taqdim qildi. Aytish kerakki, bu Razer'ning ilk ko'zoynaklari emas. Bir necha yil avval kompaniya o'zining Anzu Smart Glasses aqlli ko'zoynaklarini chiqargan edi. Biroq, Razersuperfuture u kabi "aqlli" emas yoxud siz unda hech qanday texnik xususiyatlarni topa olmaysiz.

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.05.2023
Yangi avlod Nothing smartfoni – phone (2) ning ilk tizeri chiqdi

Smartfonlar maydoni juda raqobatbardosh, lekin shunga qaramay Nothing kompaniyasi o'zining estetik va qiziqarli reklama kampaniyalari va ajoyib mahsulotlari bilan bir necha yil ichida mashhur bo'lishga va bozorda o'z o'rnini topishga muvaffaq bo'ldi. Sobiq OnePlus asoschilaridan biri, Karl Pery boshchiligida yangi kompaniya endilikda o'zining ikkinchi avlod smartfonini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Phone (2) smartfonining ilk tizeri chiqdi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.05.2023
Endi Gmail'ga ham ko'k rangli verifikatsiya belgisi qo'shilmoqda

Bir necha yil oldin Google o'zining Gmail elektron pochta xizmatida verifikatsiya qilingan brend logotipi qo'llab-quvvatlanishini ishga tushirgan edi. BIMI (Brand Indicators for Message Identification) bilan birga ishlaydigan bu xususiyat kompaniyalarga o'zlarining logotiplaridan profil surati sifatida foydalanish imkonini beradi. Endilikda esa Gmail BIMI'ni o'zlashtirgan kompaniyalarga ko'k verifkatsiya belgisini ham beradi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.05.2023
Google'ning ilk buklamafoni – Pixel Fold rasmiy tizeri chiqarildi (video)

Bir necha oylik emas, bir necha yillik mish-mishlardan so'ng, vanihoyat, Google rostdan ham buklanadigan smartfon chiqarishi rasman tasdiqlandi – kompaniya o'zining ilk buklamafoni tizerini chiqardi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  05.05.2023