IT news | Tg Bots
181 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
iOS 17 versiyasi Android'da anchadan beri mavjud bo'lgan va iPhone egalari uzoq kutgan funksiyani olib kelishi mumkin

Android'ning iOS'dan eng katta ustunliklaridan biri – bu ilovalarni "yon tomondan yuklash" imkoniyati mavjudligi bo'lib, iPhone paydo bo'lganidan beri Apple undagi ilovalarni boshqa manbalardan o'rnatilishidagi qat'iy qarshilik qilib keladi, ya'ni siz barcha ilovalarni faqat App Store'dan yuklab olishingiz kerak. Biroq, bu tez orada iOS 17 bilan o'zgarishi mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  18.04.2023
Xyuston, bizda muammo bor: Starship raketasi uchirilishi parvozga atigi 40 soniya qolganda qoldirildi

SpaceX kompaniyasi kecha o'zining Starship raketasini Yer orbitasiga sinov tariqasida uchirishni rejashtirgan edi. Biroq, samo kemasi uchirilishiga atigi 40 soniya qolgani parvoz bekor qilindi va keyinga qoldirildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  18.04.2023
Huawei'ning yangi avlod Nova smartfonlari seriyasi bu safar uchta modelni o'z ichiga oladi

Huawei kompaniyasi o'z vatanida yana bir qator smartfonlarni taqdim qildi. Bu Nova 11 seriyasi bo'lib, u ilk marotaba uchta modelni o'z ichiga olmoqda: Nova 11, Nova 11 Pro va Nova 11 Ultra. Ularning uchchalasi ham Qualcomm'ning Snapdragon 778G chipseti bilan jihozlangan, lekin ular 4G bilan cheklangan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  18.04.2023
Haqiqiy kamerafon – Xiaomi 13 Ultra rasman taqdim qilindi!

Uzoq kutilgan Xiaomi flagmani, vanihoyat, shu yerda. Kompaniya o'zining Xiaomi 13 seriyasini Ultra model bilan yakunladi – Xiaomi 13 Ultra rasman taqdim qilindi. O'tgan yilgi Xiaomi 12S Ultra davomchisi bir qancha yangilanishlarni o'z ichiga oladi va siz ular bilan quyida tanishishingiz mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  19.04.2023
🌙🤲🕋Рузаи Рамазон ойларида ёрдам килиб юборайлик. Тулик сумма йигилишига 6500$ колди. Шу пуллар йигилиши билан Хиндистонга операция килдиргани кетишади. Болани соглиги куп кута олмайди.

Suratda Toshkentlik Abdivokhapova Umidaning farzandi - Qodirov Muhammadjon. 2018-yilda tug’ilgan

Qodirov Muhammadjonga Salomiy Sudirgi tashxisi qo’yilgan. Endilikda Muhammadjonda miya yemirilishi boshlangan

Kasalning Hindistonda davosi topildi. Muhammadjon sahovatpesha insonlarning ko’magiga muhtoj.

Hindistonda davolanishiga 17000$ ketadi
Operaciyaga yig"ildi 10500💲

Karta raqami:
Uzkart: 8600 3329 9440 2091
Humo kart: 9860 0201 1341 1159
Ushbu kartalar onasi Abdivokhapova Umidaning nomida.

Uz karta xalq banki: 8600 060927478942 Dosova madina Kelinoyisini nomida
Onasining Telefon raqami:
+998998105027

Sizlardan Muhammadjonning holatiga befarq bo’lmasligingizni so’rab qolamiz.
Beminnat, beg’araz qilingan yaxshilikni Robbimiz mukofotlasin!
Robbimiz qalblarimizni ulfat etsin. Himmatimizni baland aylasin.
Ilon Mask Microsoft'ga sudga berish bilan tahdid qilmoqda

Ilon Mask o'zining ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida Microsoft'ga "qonuniy choralar ko'rish" bilan tahdid qildi. Milliarder bunga kompaniya Twitter ma'lumotlaridan noqonuniy foydalanganligini sabab qilib ko'rsatmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  20.04.2023
Galaxy S23 stilidagi yana bir Samsung byudjet smartfoni – Galaxy A24 chiqarildi!

Samsung o'zining bu yilgi Galaxy A smartfonlari qatoriga yana bir modelni qo'shdi. Kompaniyaning Vetnamdagi saytida anchadan beri mish-mish qilib kelinayotgan Galaxy A24 smartfonining rasmiy sahifasi paydo bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  20.04.2023
Google ham juda tez orada buklamafonlar bozoriga qo'shiladi

Samsung, Huawei, Motorola va yana bir nechta kompaniyalar buklanadigan smartfonlar bozorini ancha ommalashtirishdi. Endilikda Google ham ular qatoriga qo'shilish arafasida. Qidiruv tizimi gigantining ilk buklamafoni, Pixel Fold tez orada taqdim qilinadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  20.04.2023
Realme'ning yangi smartfonlari Xiaomi 13 Ultra'ga o'xshab ketadi

Realme 10 seriyasi davomchilari, Realme 11 smartfonlari rasman keyin oy taqdim qilinishi kutilmoqda. Bo'lajak flagmanlar taqdimotiga yaqin ularning tizer suratlari va renderlari Internetda tarqalib ketdi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  20.04.2023
Instagram'ning yangi funksiyasi bilan Linktree'ga xayr deysiz!

Avval "Highlight"larda, keyin esa Linktree kabi platformalarda... Instagram foydalanuvchilari o'zlarining Internetdagi boshqa sahifalariga havola ulashish bir muncha qiyinchiliklarga duch kelishar edi, lekin ortiq bunday bo'lmaydi. Mark Tsukerberg o'zining Instagram kanalida platformaga qo'shilayotgan yangi funksiyani e'lon qildi va bu ijtimoiy tarmoqdagi sahifangiz biografiyasiga 5 tagacha havola o'rnatish imkoniyatidir.

📣 IT news | © Terabayt.uz  20.04.2023
GeForce RTX 4080 bilan jihozlangan ROG Strix G18 2023 seriyasidagi noutbuklarning bilan asosiy xususiyatlari nimada?

Yangi 18 dyuymli display va kuchli GeForce RTX 40 grafikasi bilan ROG Strix G18 noutbuki 2023-yilda "o'yin o'ynash va kontent yaratishda eng yaxshi noutbuk" nomi uchun kurashishga tayyor. Xo'sh, o'zi bu ROG Strix modellarining asosiy xususiyatlari qanday? Quyida GeForce RTX 4080 grafik kartasi bilan jihozlangan ROG Strix G18 2023 G814 noutbuki bilan tanishamiz.

📣 IT news | © Terabayt.uz  20.04.2023
Telegram 9.6 versiyaga yangilandi

Ulashiladigan chat jidlari, maxsus fon rasmlari va boshqalar

📂 Ulashiladigan chat jildlari.
• Doʻstlar va hamkasblarga oʻnlab chatlarni oʻz ichiga olgan jildlarni ulashing.
• Taklif havolasiga ega istalgan kishi bitta bosish bilan barcha chatlarga qoʻshilishi mumkin.
• Turli odamlarga jilddagi turli chatlarga kirish imkonini berish uchun bir nechta taklif havolasini yaratishingiz mumkin.

👥 Maxsus fon rasmlari.
• Istalgan yakkama-yakka chat uchun maxsus fon rasmi oʻrnating.
• Suhbatdoshingiz siz bilan bir xil fon rasmini oʻrnatishi yoki oʻzinikini tanlashi mumkin.

🦾 Yaxshiroq botlar.
Veb-ilovalarni endi istalgan chatda ishga tushirish mumkin. Guruhlarda veb-ilovalar hamkorlikda ishlash va oʻyinlar funksiyalarini dastaklaydi.
• Istalgan dasturchi bot va veb-ilovalarni bepul yaratishi mumkin.

📲 Fragmentda bot havolalari va Telegram Premium
• Botlar endi kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari, jumladan, -bot qoʻshimchalarisiz havolalardan foydalanishi mumkin.
• Shuningdek, Fragment orqali Telegram Premiumni oʻzingiz uchun sotib olishingiz yoki boshqalarga hadya qilishingiz mumkin.

🎇 Biriktirmalar uchun tezkor varaqlash
• Biriktirmalar menyusi endi xuddi Umumiy media kabi katta tezlikda varaqlanadi. Vaqt boʻylab sayohat qilish uchun sana blokini pastga torting.

💬 Mavzularda xabarni oʻqish vaqti
Mavzular (topiklar) yoqilgan 100 tadan kamroq aʼzoli guruhlarda endi boshqa guruhlar aʼzolari xabarlaringizni qachon oʻqiganini koʻrishingiz mumkin.

☑️ Yaxshilangan interfeyslar
Onlayn boʻlganda yuborish kamroq bosishni talab qiladi – siz suhbatdoshingizning oxirgi faollik vaqtini koʻra oladigan chatlarda Yuborish tugmasini bosing.
• Agar avval ruxsatlarni sozlash va bir nechta xabarni qadashni xohlasangiz, darhol aʼzolarni qoʻshmasdan guruhlar yaratishingiz mumkin.
• Oxirgi iPhone modellarida profillar va axborot sahifalarini varaqlaganingizda profil rasmlari dinamik orolga ravon surilib kiruvchi yangi animatsiya qoʻshildi.

Bu yangilanish haqida batafsil:
👉🏻 VIDEO (TEZ ORADA) | 👉🏻 MAQOLA

📲PlayStore  | 📲AppStore | 📂APK

#telegram #tgram
😀 @TGraphUz | YouTube
Vivo o'zining X Fold 2 va X Flip buklamafonlarini rasman taqdim qildi

Buklanadigan smartfonlar bozoridagi eng so'nggi "o'yinchilar" – Vivo kompaniyasidan X Fold 2 va X Flip buklamafonlari rasman Xitoyda taqdim qilindi. Bu yerda X Fold 2 kitob shaklidagi buklanadigan model bo'lib, u o'z avlodining ikkinchisi bo'lsa, X Flip kompaniyaning vertikal tarzda buklanadigan ilk smartfoni hisoblanadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  23.04.2023
Xiaomi dizayn bo'limi rahbari: "Xiaomi 14 Pro dizayni yakunlangan"

Original Xiaomi 13 smartfonlari o'tgan yilning dekabr oyida chiqarilgan edi. Yaqinda esa Xiaomi kompaniyasi o'zining ushbu flagmanlari seriyasini Ultra model bilan yakunladi. Endigi navbat Xiaomi 14 qatoriga va u haqdagi ilk ma'lumotlar allaqachon Internetda tarqalib ulgurdi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  25.04.2023
Ilk xususiy moliyalashtirilgan kosmik kema Oyga qo'nish arafasida

So'nggi paytlarda Yer sharining yagona sun'iy yo'ldoshi bo'lmish Oyda turli missiyalarni amalga oshirish niyatida bo'lgan mamlakat va tashkilotlar soni sezilarli darajada ko'paydi. Hozirda o'zining Artemis loyihasi bilan band bo'lgan NASA'dan tashqari Xitoyning Chang'e hamda Hindistonning Chandrayaan missiyalarini bunga misol qilib keltirish mumkin. Bu loyihalar ko'pchiligining umumiy jihati shundaki, ularning barchasi deyarli to'liq hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi, ya'ni xususiy investitsiyalar kam yoki umuman yo'q. SpaceX'ning 2023-yilga rejalashtirilgan dearMoon missiyasi bundan mustasno albatta, lekin milliarder Ilon Mask rahbarligidagi kompaniya Oy missiyasi ustida ishlayotgan yagona xususiy kompaniya emas.

📣 IT news | © Terabayt.uz  25.04.2023
Opera o'zining yangi brauzerini mutlaqo yangi dizayn va sun'iy intellekt funksiyalari bilan taqdim qildi

Opera kompaniyasi o'zining xuddi shu nom ostidagi taniqli brauzerining yangicha dizayn va funksiyalarga ega bo'lgan variantini taqdim qildi. Opera One nomli ushbu yangi brauzer modulli dizaynda suyuqli animatsiyalarga ega va u keyinchalik Windows, macOS va Linux operatsion tizimlarida hozirgi Opera o'rnini egallaydi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  25.04.2023
Qaysi kompaniya smartfonlari "ikkinchi qo'l" uchun ham eng ko'p sotiladi?

Yangi smartfonlar bilan birga bozorda ishlatilgan smartfonlar uchun ham talab ancha yuqori. Shu sabab ham Apple, Samsung va boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari o'zlarining eski modeldagi smartfonlarini olib, ularni ta'mirlab, yangidek holatga keltirib, yana qayta sotish biznesini yo'lga qo'yishgan. Ana shunday "ikkinchi qo'l" uchun sotiladigan smartfonlar bozorida Apple yetakchilik qilmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  25.04.2023
Microsoft'ning Edge brauzeri siz har bir tashrif buyurgan saytni uchinchi tomonga jo'natyapti

Microsoft Edge brauzerida "ijodkorga obuna bo'lish" degan funksiya bor bo'lib, u sizga YouTube va umuman, butun internet bo'ylab sevimli kontent yaratuvchilaringizga obuna bo'lish imkonini beradi. Biroq ushbu funksiya to'g'ri ishlamayotganga o'xshaydi – Edge siz tashrif buyurgan barcha saytlar havolasini o'zining Bing API veb-saytiga yuborayotgani xabar qilinmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  26.04.2023