IT news | Tg Bots
181 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
O'zbekistonda kibersport turniriga rekord darajadagi ishtirokchilar ro'yxatdan o'tdi

Yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijasida kibersportchilarimiz ham ancha ko'payib qoldi – O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati mamlakatimizda o'tkazilayotgan kibersport turniriga ro'yxatdan o'tish jarayoni yakunlanganligini va uning natijalarini e'lon qildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  13.04.2023
Lofi Girl'ni tanirmidingiz? Endi uning yigiti bor!

Agar siz ham uy vazifalarini bajarishda yoki kitob o‘qishda yoki umuman boshqa vaziyatlarda e’tiboringizni bir joyga jamlash uchun "lofi" stilidagi musiqalarni tinglashga odatlangan bo‘lsangiz, unda siz YouTube'dagi Lofi Girl kanalini juda yaxshi bilasiz. U yerda lofi janridagi musiqalar kun davomida tinimsiz jonli efirda uzatiladi. Kanalning asosiy qahramoni esa shu musiqalarni tinglagan holda dars qilib o‘tiradigan o‘quvchi qiz bo‘lib, endi u yolg‘iz emas – Lofi Girl kanali yangi janrdagi musiqa strimingi bilan mutlaqo yangi qahramonni taqdim qildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  13.04.2023
Bo'lajak Huawei Nova 11 smartfonining jonli surati tarqalib ketdi

Huawei kompaniyasi o'zining yangi Nova 11 seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Internetda ushbu qatordagi boshlang'ich modelning old ekrani ko'rsatilgan jonli surat paydo bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  13.04.2023
ROG Phone 7 va ROG Phone 7 Ultimate smartfonlari chiqarildi!

Garchi iPhone yoki Galaxy kabi butun dunyoga mashhur bo'lmasa ham, mobil o'yinlar ishqibozlari uni juda yaxshi tanishadi: ROG Phone geyming smartfonlarini texnik xususiyatlar borasida haqiqiy "monster" deyish mumkin va ular o'z ishining haqiqiy ustalari hisoblanishadi. Asus ularning yildan-yilga yangi, yanada kuchaytirilgan avlodlarini taqdim qilishda davom etadi – kompaniya kecha o'zining ROG Phone 7 seriyasini taqdim qildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.04.2023
Xiaomi 13 Ultra – kamerami yoki smartfon?

Global bozor uchun bir yillik tanaffusdan so'ng, Xiaomi yangi Ultra flagman bilan qaytmoqda. Kompaniya tez kunda o'zining Xiaomi 13 Ultra smartfonini butun dunyoga namoyish qilmoqchi. Qurilma taqdimot sanasi yaqinlashar ekan, kundan-kunga uning yangi tizer suratlari paydo bo'lmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.04.2023
Jahldor qushlar va Sonik tipratikan birlashmoqda!

Yaqinda isroillik mobil o'yinlar ishlab chiqaruvchi Playtika kompaniyasi o'zining Angry Birds nomli o'yini bilan tanilgan Rovio kompaniyasini 800 million dollarga sotib olish taklifi bilan chiqqan edi. Biroq, bu muzokara rasman mart oyida omadsiz yakunlangan. Endilikda ma'lum bo'lishicha, finlandiyalik kompaniyani Sega qo'lga kiritishi mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  15.04.2023
Ilon Maskdan yana bir "X" kompaniya va u sun'iy intellekt bilan bog'liq!

Internetda bir necha kundan beri Ilon Mask o'zining yangi sun'iy intellekt mahsulotini chiqarishi haqida mish-mish tarqalib yuribdi. Ulashilgan ma'lumotlarga ko'ra, milliarder o'zining bo'lajak SI xizmatini ishga tushirish uchun roppa-rosa 10 mingta grafik kartalar sotib olgan. So'nggi xabarlardan ma'lum bo'lishicha, Mask allaqachon sun'iy intellekt bilan bog'liq o'zining yana bir "X" kompaniyasiga asos solib ham ulgurgan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  15.04.2023
Mish-mishlar rad etildi: ChatGPT-5 versiyasi tayyorlanmayapti

OpenAI kompaniyasi o'tgan yili GPT-3 til modeli bilan chiqargan ChatGPT sun'iy intellekt chatboti Internet olamini, shubhasiz, larzaga soldi. Biroq, u endi hozirgi GPT-4 donoligi oldida hech nima emas. Navbat esa GPT-5 versiyasiga – ijtimoiy tarmoqlarda OpenAI allaqachon uning ustida ish boshlagani va u dekabr oyida chiqarilishi mumkinligi haqida bir qancha mish-mishlar tarqaldi. Biroq, kompaniya rahbari bunday xabarlarni rad etdi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  15.04.2023
Windows 11 operatsion tizimiga yangi funksiyalar va reklamalar qo'shilmoqda – bilishingiz kerak bo'lgan barchasi!

Microsoft kompaniyasi o'zining Windows 11 operatsion tizimi uchun bir qancha yangi funksiyalar bilan birga reklamalarni ham sinovdan o'tkazmoqda. O'zgarishlar operatsion tizimning insayderlar uchun maxsus 23435 (Dev Channel) versiya bilan e'lon qilingan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  17.04.2023
SpaceX'ning dunyodagi eng katta va kuchli Starship raketasi uchirilishini qanday tomosha qilish mumkin?

Ilon Maskning odamlarni Marsga yuborish rejasi uning Starship, qayta foydalanish mumkin bo'lgan yangi avlod kosmik kemasining ishlab chiqarilishi bilan uzluksiz bog'liq hisoblanadi va bir necha martalik fantastik omadsizliklar bilan birga ajoyib muvaffaqiyatlardan so'ng, nihoyat, SpaceX'ning dunyodagi eng katta raketasi o'zining ilk parvozi uchun tayyor. Bugun, 17-aprel kuni milliarderning kosmik kompaniyasi Super Heavy bilan to'liq integratsiyalashtirilgan Starship samo kemasini orbitaga sinov tariqasida uchirish niyatida.

📣 IT news | © Terabayt.uz  17.04.2023
Xiaomi 13 Ultra ilk marta rasmiy renderlarda ko'rsatildi

Bir necha oylik mish-mishlardan so'ng, vanihoyat, Xiaomi 13 Ultra'ning tashqi ko'rinishi, dizayni rasman oshkor qilindi. Xiaomi'ning rasmiy Weibo sahifasida ulashilgan suratlarda siz smartfonning oq rangli variantdagisini ko'rishingiz mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  17.04.2023
Google sarosimada: Samsung ham Bing tomonga o'tib ketishi mumkin

Butun dunyo o'rgimchak to'riga eng zo'r sun'iy intellekt qobilyatiga ega qidiruv tizimini taqdim qilish poygasi, ehtimol, avjiga chiqdi. Microsoft'ning Bing qidiruv tizimi vanihoyat ChatGPT bilan ancha ommalashmoqda va bu Google uchun qora kunlarni olib kelishni boshladi. So'nggi yangiliklarga qaraganda endi Samsung ham Google'dan voz kechib, o'zining Galaxy qurilmalarida Bing qidiruv tizimiga o'tib ketishni rejalashtirmoqda. Kaliforniyalik kompaniya ham anoyilardan emas va u keyingi oy o'zining sun'iy intellekt bilan quvvatlangan yangi qidiruv tizimi vositalarini taqdim qilish niyatida. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  17.04.2023
Xiaomi 13 Ultra ekrani rekord darajadagi yorqinlikka chiqa oladi

Xiaomi kompaniyasi o'zining yangi avlod Ultra flagmanini global bozorga taqdim qilish arafasida. Taqdimot sanasi yaqinlashgani sari Xiaomi 13 Ultra'ning texnik xususiyatlari oshkor bo'lib bormoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  17.04.2023
iOS 17 versiyasi Android'da anchadan beri mavjud bo'lgan va iPhone egalari uzoq kutgan funksiyani olib kelishi mumkin

Android'ning iOS'dan eng katta ustunliklaridan biri – bu ilovalarni "yon tomondan yuklash" imkoniyati mavjudligi bo'lib, iPhone paydo bo'lganidan beri Apple undagi ilovalarni boshqa manbalardan o'rnatilishidagi qat'iy qarshilik qilib keladi, ya'ni siz barcha ilovalarni faqat App Store'dan yuklab olishingiz kerak. Biroq, bu tez orada iOS 17 bilan o'zgarishi mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  18.04.2023
Xyuston, bizda muammo bor: Starship raketasi uchirilishi parvozga atigi 40 soniya qolganda qoldirildi

SpaceX kompaniyasi kecha o'zining Starship raketasini Yer orbitasiga sinov tariqasida uchirishni rejashtirgan edi. Biroq, samo kemasi uchirilishiga atigi 40 soniya qolgani parvoz bekor qilindi va keyinga qoldirildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  18.04.2023
Huawei'ning yangi avlod Nova smartfonlari seriyasi bu safar uchta modelni o'z ichiga oladi

Huawei kompaniyasi o'z vatanida yana bir qator smartfonlarni taqdim qildi. Bu Nova 11 seriyasi bo'lib, u ilk marotaba uchta modelni o'z ichiga olmoqda: Nova 11, Nova 11 Pro va Nova 11 Ultra. Ularning uchchalasi ham Qualcomm'ning Snapdragon 778G chipseti bilan jihozlangan, lekin ular 4G bilan cheklangan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  18.04.2023
Haqiqiy kamerafon – Xiaomi 13 Ultra rasman taqdim qilindi!

Uzoq kutilgan Xiaomi flagmani, vanihoyat, shu yerda. Kompaniya o'zining Xiaomi 13 seriyasini Ultra model bilan yakunladi – Xiaomi 13 Ultra rasman taqdim qilindi. O'tgan yilgi Xiaomi 12S Ultra davomchisi bir qancha yangilanishlarni o'z ichiga oladi va siz ular bilan quyida tanishishingiz mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  19.04.2023
🌙🤲🕋Рузаи Рамазон ойларида ёрдам килиб юборайлик. Тулик сумма йигилишига 6500$ колди. Шу пуллар йигилиши билан Хиндистонга операция килдиргани кетишади. Болани соглиги куп кута олмайди.

Suratda Toshkentlik Abdivokhapova Umidaning farzandi - Qodirov Muhammadjon. 2018-yilda tug’ilgan

Qodirov Muhammadjonga Salomiy Sudirgi tashxisi qo’yilgan. Endilikda Muhammadjonda miya yemirilishi boshlangan

Kasalning Hindistonda davosi topildi. Muhammadjon sahovatpesha insonlarning ko’magiga muhtoj.

Hindistonda davolanishiga 17000$ ketadi
Operaciyaga yig"ildi 10500💲

Karta raqami:
Uzkart: 8600 3329 9440 2091
Humo kart: 9860 0201 1341 1159
Ushbu kartalar onasi Abdivokhapova Umidaning nomida.

Uz karta xalq banki: 8600 060927478942 Dosova madina Kelinoyisini nomida
Onasining Telefon raqami:
+998998105027

Sizlardan Muhammadjonning holatiga befarq bo’lmasligingizni so’rab qolamiz.
Beminnat, beg’araz qilingan yaxshilikni Robbimiz mukofotlasin!
Robbimiz qalblarimizni ulfat etsin. Himmatimizni baland aylasin.