IT news | Tg Bots
181 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
Xiaomi билан орзуингиздаги смартфонингизни ясанг!

Компания сизга идеалингиздаги смартфонинни яратиш имконини беради.

Батафсил: https://www.terabayt.uz/?p=68280

Ахборот технологияларига оид сўнгги хабарлар: @terabaytuz
🌟 Telegram 6 ta davlatdagi eng daromadli iOS App Store ilovalari 10 taligiga kirdi.

AppFigures maʼlumotlariga koʻra, Telegram 6 mamlakatda daromad boʻyicha birinchi oʻntalikka kiradi:
• O'zbekiston — 2-o'rinda.
• Afg'oniston — 4-o'rinda.
• Gruziya — 4-o'rinda.
• Ukraina — 6-o'rinda.
• Moldova — 7-o'rinda.
• Bulorussiya — 8-o'rinda.

Ochiq ma'lumotlarga ko'ra, Telegram Premium auditoriyasi Snapchat + bilan teng va pullik Twitter Blue obunasidan 4-5 baravar ko'p.

Hozirgi o‘sish sur’atlarida Telegram’ning Premium obunasi bo‘lgan foydalanuvchilarning 2,5% ga yetishi uchun yana bir necha yil kerak bo‘ladi.

#premium #telegram #statistika
@TGraphUz | YouTube

♻️ IT news | Tg Bots kanalini kuzatib boring
Galaxy S23 Ultra va iPhone 14 Pro: qanday farqlar bor?

O‘tgan hafta Samsung yangi Galaxy S23, S23 ham-da S23 Ultrani taqdim etgan edi. Apple bo‘lsa so‘nggi iPhone 14 liniyasini o‘tgan yili sentabrda ommaga "tortiq qilgan" edi. Quyida ularning asosiy tafovutlari bilan tanishishingiz mumkin:

📣 IT news | © Terabayt.uz  05.02.2023
Realme'ning Coca-Cola smartfoni qo'lga chiqib ketdi (video)

Avvalroq Xitoyning taniqli smartfon ishlab chiqaruvchisi, Realme, hamda, dunyoga mashhur gazli ichimlik brendi, Coca-Cola, o'zlarining hamkorlikdagi telefonlarini 10-fevral kuni rasman taqdim qilishlari xabar bergan edik. Biroq, taqdimotni kutishga hojat yo'q shekilli, Internetda allaqachon Coca-Cola logotipi tushirilgan Realme 10 Pro 5G smartfoni videosi tarqaldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  06.02.2023
Apple'ning Ultra smartfoni Pro Max o'rnini egallamaydi

O'tgan yilning sentabr oyida Bloomberg nashridan Mark Gurman o'z manbalariga asoslangan holda Apple yangi avlod iPhone seriyasi bilan o'zining "Pro Max" nomli modelini "Ultra"ga almashtirishi haqida xabar bergan edi. Biroq, uning so'nggi tahminlariga ko'ra, kompaniya Pro Max'ni ham saqlab qolgan holda Ultra modelini chiqaradi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  06.02.2023
YouTube'da endi ikki kishi birgalikda jonli efir qilish mumkin

O'tgan yil oxirida YouTube o'zining "Go Live Together" (o'zbek tilida "Birgalikda jonli efirga chiqish") funksiyasini e'lon qilib, uni sinovdan o'tkazishni boshlagan edi. Ma'lum bo'lishicha, bir necha kun avval ushbu xususiyatni barcha uchun tarqatish boshlangan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  06.02.2023
RGB LED chirog'i yangi Realme smartfonining o'ziga xos xususiyati bo'ladi

Realme kompaniyasi o'zining yangi avlod GT Neo smartfonini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. U GT Neo 4 emas, balki GT Neo 5 bo'ladi. Liniyasidan "4" tushirib qoldirilayotganiga kompaniyaning asosiy bozori hisoblanadigan Xitoyda raqamning "o'lim" so'ziga o'xshash ekanligini sabab qilib ko'rsatish mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  06.02.2023
Kibersport bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi. O‘qish muddati 3 yil!
https://oliygoh.uz/post/pubg-ishqibozlari-qanisizlar

♻️ IT news | Tg Bots kanalini kuzatib boring
Google "ChatGPT qotili"ni taqdim qildi!

ChatGPT'ning qisqa vaqt ichida ommalashib ketganidan kuchli qo'rquv ostida qolgan yagona kompaniya, ehtimol, Google bo'lsa kerak, chunki ekspertlar uni OpenAI'ning aqlli chatbotidan keyin  yaqin bir necha yilda "o'lish"ini tahmin qilishdi. Biroq, Google ham anoyilardan emas, kompaniya "o'z qotilining qotili"ni tayyorlamoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  07.02.2023
Yangi Poco X5 seriyasi global bozorga chiqarildi!

Xiaomi kompaniyasi o'zining yangi Poco X5 va Poco X5 Pro smartfonlarini global bozorga taqdim qildi. Samsung'ning Galaxy A23 va M23 smartfonlari uchun raqobatdoshlik qiladigan smartfonlar narxiga nisbatan yaxshigina texnik xususiyatlarga ega.

📣 IT news | © Terabayt.uz  07.02.2023
Galaxy S23 smartfonlari rekord o'rnatdi

Fevral oyining ilk sanasida Samsung o'zining Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlarini butun dunyo, xususan, Hindiston uchun ham taqdim qildi. Smartfonlar Amerikada bo'lib o'tgan taqdimotda o'zgarmagan narxlarda chiqarilgan bo'lsa ham, Hindiston uchun bu holat saqlab qolinmadi. Biroq, narxlar oshishiga qaramay smartfonlar mamlakatda yangi rekord o'rnatishdi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  07.02.2023
Microsoft ChatGPT bilan kuchaytirilgan Bing qidiruv tizimining yangi versiyasini taqdim qildi!

Kutilganidek, Microsoft o'zining Bing qidiruv tizimining ChatGPT sun'iy intellekti texnologiyasiga asoslangan yangi versiyasini rasman taqdim qildi. Kompaniya, shuningdek, bir qancha yangi SI funksiyalari bilan yangilagan Edge brauzerini ham ko'rsatdi. Microsoft ular birgalikda Internetdan ma'lumotlar qidirish va topishning yangicha tajribasini taklif qilishini ta'kidlamoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  08.02.2023
Android 14'ning ilk prevyu versiyasi chiqarildi!

Google o'zining Android operatsion tizimining navbatdagi katta yangi versiyasi, Android 14'ning ilk prevyu (oldindan ko'rish) versiyasini chiqardi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  09.02.2023
Xiaomi 13 Pro global versiyasi qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi

Xitoyning eng taniqli smartfon ishlab chiqaruvchisi, Xiaomi, o'tgan yil oxirida o'zining yangi avlod flagmanlarini taqdim qilgan edi. Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro endilikda mamlakatdan tashqariga chiqishga tayyorlanmoqda. Xiaomi'ning Hindistondagi bo'limi 13 Pro smartfonining 26-dekabr kuni MWC 2023 tadbiri davomida taqdim qilinishini e'lon qildi, deya xabar bermoqda GSMArena nashri.

📣 IT news | © Terabayt.uz  09.02.2023
Twitter'da endi yanada ko'proq so'zlar bilan post yozish mumkin

Ilon Mask anchadan beri Twitter'da uzunroq tvitlar yozish imkoniyatini yaratilishini va'da qilib kelayotgan edi va u o'z so'zining ustidan chiqdi. Endi platformada 4000 ta belgili postlar yozib qoldirish mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  09.02.2023
240 Vt tezlikda quvvatlanadigan ilk smartfon rasman taqdim qilindi

Intizorlik bilan kutilayotgan Realme GT Neo 5 smartfoni, vanihoyat, Xitoyda rasman taqdim qilindi. U 240 Vt tezlikda quvvatlanadigan dunyodagi birinchi smartfon bo'lib, uning orqasidagi kamera yonida 25 xil RGB ranglarida tusini o'zgartira oladigan LED chirog'i bor.

📣 IT news | © Terabayt.uz  09.02.2023
Galaxy S23 Ultra'ni sindirish bandasigamas!

Fevral oyining ilk sanasida Samsung kompaniyasi o'zining yangi Galaxy S23, Galaxy S23 va Galaxy S23 Ultra smartfonlarini taqdim qildi. Shubhasiz, ular orasidagi Ultra model o'z nomiga yarasha yuqori texnik xususiyatlarga ega. Uning kamerasi hatto Ilon Mask'ni ham hayratlantirdi. Biroq, ichki xususiyatlardan tashqari qurilmaning o'zi qanchalik mustahkam? Bu savolga JerryRigEverything'ning yangi videosidan javob olishimiz mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.02.2023
Samsung va BMW ishqibozlari uchun yangi smartfon taqdim etildi

Samsung o‘tgan yili Galaxy S22 Ultra modelining Mercedes Benz versiyasini taqdim etgan edi. Bu yil koreyalik kompaniya endi boshqa nemis kompaniya, BMW bilan hamkorlikda Galaxy S23 Ultra BWM M Edition smartfonini e’lon qildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.02.2023
Shirin, gazli... smartfon! Kolafon rasman taqdim qilindi!

Smartfon ishlab chiqaruvchilari onda-sonda o'zlarining zerikarli dizaynlaridan tashqariga chiqish uchun turli xil taniqli brendlar bilan hamkorlik qilishadi. Ana shunday sherikliklarning eng so'nggisi Realme va Coca-Cola o'rtasida bo'ldi. Aytish kerakki, bu dunyoga eng taniqli gazli ichimlik brendining ilk hamkorlikdagi smartfoni hisoblanadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.02.2023