IT news | Tg Bots
181 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
2022-yilning eng innovatsion smartfon dizayni iPhone yoki Galaxy'ga tegishli emas!

TIME jurnali 2022-yilning eng innovatsion smartfon dizayni nominatsiya g'olibini e'lon qildi. Yo'q, bu Apple, Samsung, Google yoki Xiaomi smartfoni emas. Bu Nothing kompaniyasining bozorga endigina kirib kelgan Phone (1) smartfoni bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.11.2022
Yangi biznes? Endi siz ham o'z Telegram yuzerneymingizni sotishingiz mumkin!

Telegram foydalanuvchi nomlari auksion orqali sotiladigan Fragment platformasida endi siz ham o'z yuzerneymingizni sotishingiz mumkin. Buning uchun siz saytda Telegram akkauntingiz bilan ro'yxatdan o'tishingiz va unga TON hamyoningizni ulashingiz kerak. Agar sizda TON hamyoni bo'lmasa, unda sizga uni yangi ochish haqida kerakli ko'rsatmalar beriladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.11.2022
Vivo'ning navbatdagi flagman smartfonlari qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi

Internetda Vivo kompaniyasining hali taqdim qilmagan X90 seriyasidagi smartfonlarning videolari tarqatib yuborildi. Ma'lum bo'lishicha, yangi qatorda X90, X90 Pro va X90 Pro modellari bo'ladi. Weibo ijtimoiy tarmoqlarida paydo bo'lgan videolarda esa biz Vivo X90 Pro modelining dizayni bilan tanishishimiz mumkin bo'ladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.11.2022
❗️Mohirfest 22 festivalidan ro'yxatdan o'tib, ba'zi sabablarga ko'ra SMS xabar qabul qilmaganlar uchun

Raqamli oromgohda o'qish uchun quyidagi linkka kiring va yo'riqnomaga amal qiling:

LINK: https://bit.ly/3hEtIfD

Bizni kuzatib boring:

@mohirfest | @yoshlaragentligi | @mohirdev
Qanday qilib doimiy motivatsiya bilan ishlash mumkin?

Vazifalaringizni bajarish uchun ishda motivatsiya boʻlishi muhimdir. Agar energiyaga toʻla boʻlsangiz maqsadlaringizga erishishingiz, topshiriqlarni vaqtida bajarishishingiz oson boʻladi. Sizning layoqatli ekanligingiz hamkasblaringizga ham taʼsir qiladi, ayniqsa jamoadagi muhit ishning unumdorligini oshiradi.

Quyidagi usullar orqali motivatsiyangizni kun davomida maksimal darajada ushlab tura olasiz:

1. Oʻzingizni oʻzingiz mukofotlang

Topshiriqni ajoyib tarzda yakunlasangiz, sevimli mashgʻulotingizni qilishga vaqt ajrating. Kimdir oʻyin oʻynashni yaxshi koʻradi, kimdir esa shirinlikxoʻr. Bunda sizda baxt garmoni ajralib chiqib, kayfiyatingizga taʼsir qiladi. Shunda doimiy bosimlardan biroz boʻlsa ham xalos boʻlasiz.

2. Ertalabki badantarbiya

Koʻpchilik IT mutaxassislarining shaxsiy kun tartibi boʻlmaydi. Notoʻgʻri ovqatlanish, kompyuter qarshisida uzluksiz oʻtirish nafaqat kayfiyatingizga, balki jismoniy holatingizga ham taʼsir qiladi. Muammolardan chetlanish uchun ham sport bilan shugʻullaning, bunga vaqt ajrata olmasangiz, tongda yugurishni odat qiling. Natijasi koʻp kuttirmaydi, ishonavering!

3. Qisqa tanaffuslar

Ish jarayonida ozroq tanaffus qiling. Iloji boʻlsa oldingizda gadjetlar boʻlmasin. Hozirgi paytda gadjetlarga qaramlik avj olganini hisobga olsak, bu ajoyib muolaja.

4. Sayr qilish

Sayr qilishga odatlaning. Ayniqsa, yomgʻirdan keyingi musaffo havo sogʻligʻingizga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Mutaxassislarning tadqiqotiga koʻra, doimiy sayr qilishga odatlanganlar kun davomida yuqori kayfiyatda boʻlganliklarini aniqlashgan.

5. Aniq belgilangan maqsad

Biror ish qilishdan oldin, oʻsha ish uchun qancha vaqt ajratishingiz belgilab oling. Kechiksangiz, hech ikkilanmay jarima belgilang. Odatda odamlar oʻzini pul bilan jazolashadi (sinab koʻrganlar gapimizni tasdiqlashi mumkin. Aytgancha, pul ketishidan siqilib, shuncha qilgan harakatingizni havoga sovurib qoʻymang-a?!

Telegram | Instagram | Youtube
Galaxy S23 Ultra kamerasi S22 Ultra va Pixel 7 Pro smartfonlarini ortda qoldirdi

Taniqli insayder Ice Universe o'zining Weibo sahifasida hali taqdim qilinmagan Galaxy S23 Ultra va hozirgi Galaxy S22 Ultra, hamda, Pixel 7 Pro smartfonlari bilan olingan suratlar ulashdi. Ma'lum bo'lishicha, suratlar flagman smartfonlarning asosiy kamerasi bilan olingan va ulardagi aniqlikni ko'rish uchun kattalashtirilgan holda kesib olingan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.11.2022
Oppo bir necha kundan keyin o'zining yangi smartfonini taqdim qiladi

Oppo kompaniyasi o'zining A1 Pro deb nomlanadigan yangi smartfonini taqdim qilish arafasida. Kompaniya o'zining Weibo ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida bo'lajak qurilma texnik xususiyatlarini birma-bir oshkor qilmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.11.2022
iPhone 14 Pro tirqish dizayni yana bir Android smartfonga ko‘chirilmoqda

Joriy yilning sentabr oyida Apple o‘zining iPhone 14 Pro smartfonlarini old tomonida tabletka shaklidagi "jonli" tirqish bilan taqdim qildi. Xitoylik Android smartfon ishlab chiqaruvchilari esa kupertinolik kompaniya bilan tenglashish uchun uning dinamik orol nomli tirqish dizaynini o‘zlarining yangi smartfonlariga joriy etishni boshlashdi: Xiaomi o‘zining Civi 2 smartfoni bilan boshlab bergan bo‘lsa, navbat Honor'ga kelgan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.11.2022
Play Store ilovalar do'konida yana ko'proq reklamalar paydo bo'ladi

Hozir Android smartfonda Google'ning Play Store ilovalar do'koniga kirib qidirish tugmasini bossangiz siz avval qidirganlaringiz tarixini ko'rasiz. Biroq, ular tez kunda reklamalar bilan alishishi mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.11.2022
Yana bir Galaxy smartfoni Android 13 yangilanishi qabul qilishni boshladi

So'nggi bir necha haftadan beri Samsung o'zining Galaxy smartfonlariga barqaror versiyadagi One UI 5 yangilanishini yuqori aktivlik bilan tarqib kelmoqda. Oktabr oyini Galaxy S22 seriyasi bilan yakunlagan so'ng, kompaniya oktabrda Galaxy S21 va Galaxy S20 flagmanlari, so'ng esa Galaxy A seriyasidagi A73, A53 va hatto A33'ni ham yangiladi. Navbatda endi Samsung o'zining eng mustahkam himoyaga ega smartfoni – Galaxy XCover 6 Pro'ni yangilanishni boshladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.11.2022
One UI 5'ga yangilanish navbati Galaxy M seriyasiga keldi

Garchi Apple'chalik yangilanishlarni o'z smartfonlariga birdaniga yubora olmasa ham, Samsung o'zining Galaxy'lari uchun so'nggi One UI 5 versiyasini juda tez tarqatishga harakat qilmoqda. So'nggi ikki-uch avlod Galaxy S va Note flagmanlari, bir nechta buklamafonlar, Galaxy A seriyasi va hatto, Galaxy XCover smartfoniga ham Android 13'ga yangilagandan so'ng, Samsung endi Galaxy M seriyasiga yuzlandi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  15.11.2022
Galaxy A54 uchlik kamera bilan sifatli renderlarda ko'rsatildi

Galaxy A seriyasidagi Samsung smartfonlari flagmanlardan ham ko'ra ko'proq sotilsa sotiladiki, lekin kam emas. Shunday ekan, Janubiy Koreya kompaniyasi ushbu qatorda yangi modellar chiqarishni hali beri to'xtatmaydi va biz keyingi yilda katta ehtimol bilan Galaxy A34, A54 va A74 deb nomlanadigan smartfonlar bilan tanishamiz.

📣 IT news | © Terabayt.uz  15.11.2022
Honor'ning yangi buklamafoni rasmiy tizerlarda ko'rsatildi

Honor kompaniyasi keyingi haftada o'zining yangi mahsulotlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda va ular qatorida Magic Vs buklamafoni taqimotning asosiy qahramoni bo'ladi. Kompaniya bo'lajak qurilmani rasmiy suratlarda namoyish qildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  15.11.2022
​​​​YouTube kanalimizda yangi video:
«🔥 TELEGRAMDAGI MASHENNIKLAR // YOLG'ON AKSIYALAR »

👀 Telegram'da turli xildagi qalloblik juda rivojlandi. Ayniqsa guruhlardagi aksiyalar. Bugun biz shular haqida gaplashamiz👇🏻

Videoni ko'rish 👇
👉 https://youtu.be/DpHRnCuuP-4
Channel photo updated
IT news | Tg Bots
Channel photo updated
Qish keldi)

♻️
IT news | Tg Bots kanalini kuzatib boring
Telegram 9.2 versiyaga yangilandi

SIM kartasiz hisob ochish, global avtomatik oʻchirish taymeri, mavzular 2.0 va boshqalar

Global avtomatik oʻchirish taymeri.
• Barcha yangi chatlardagi xabarlarni muayyan vaqtdan keyin oʻchib ketadigan qilib sozlash mumkin.
• Bu mavjud chatlarga taʼsir qilmaydi, lekin Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Xabarlarni avtomatik oʻchirish rukni orqali istalgan chatingiz uchun avtomatik oʻchirishni tezda yoqishingiz mumkin.

🪪 SIM kartasiz hisob ochish.
• Istalgan foydalanuvchi
Fragment saytidan anonim raqam olish orqali telefon raqamisiz hisob ochishi yoki hisobiga kirishi mumkin.

🎨 Mavzular 2.0.
• 100 dan ortiq aʼzoga ega guruhlar endi ikki ustunli maket, bevosita chatlar roʻyxatidan oxirgi mavzuga oʻtishning tezkor usuli, avvalgi xabarlar tarixini saqlaydigan Umumiy mavzusi
va yana boshqa imkoniyatlarga ega mavzularni yoqishi mumkin.

Spamga qarshi kuchaytirilgan himoya.
• Katta guruhlar Spamga qarshi kuchaytirilgan himoyani yoqishi mumkin, bu Telegramning tajribali spamga qarshi algoritmlariga toʻliq imkoniyatini ishga tushirish imkonini beradi.

🔐 Vaqtincha QR kodlar.
• QR kod sahifasi endi telefon raqamini barchadan berkitgan foydalanuvchi nomisiz foydalanuvchilar uchun vaqtincha kodlar hosil qiladi.

🗂 Batafsil xotiradan foydalanish.
Xotiradan foydalanish sahifasi endi har bir chat qancha joydan foydalanayotganini aks ettiradi va fayl turi asosida filtrlangan alohida chatlarning mediasini tozalash imkonini beradi.

⭐️ Yangi emoji toʻplamlari.
• Premium foydalanuvchilar Telegram rassomlaridan 10 ta yangi emoji toʻplamini oladi. 🪙🙈🎧👍

❤️‍🔥 Koʻproq interaktiv emoji va reaksiyalar.
• Endi yakkama-yakka chatlarda 😇 🫡 🤝 🙈 🤗 ✍️ 😨 emojilari ustiga bosganingizda ular butun ekran effektlarini namoyish etadi. Agar suhbatdoshingiz ilovasi ochiq boʻlsa, effektni bir vaqtda koʻrasizlar.
• Bu emojilardan barcha foydalanuvchilar endi reaksiyalar sifatida ham foydalanishi mumkin.


♻️ IT news | Tg Bots kanalini kuzatib boring
2022 йилда Google'дан энг кўп нималарни сўрашди?

Улар қаторида iPhone 14 ҳам бор.

Батафсил:
https://www.terabayt.uz/?p=68145

♻️ IT news | Tg Bots kanalini kuzatib boring
MIUI 14 тақдим этилди

Янги тизимда қандай ўзгаришлар кузатилган?

Батафсил:
https://www.terabayt.uz/?p=68154

♻️ IT news | Tg Bots kanalini kuzatib boring
— Uy sotib olmoqchimisiz?
Yoki mashinangizni sotmoqchidirsiz?
Balki telefoningizni almashtirish vaqti kelgandir?
Noutbuk ga nima deysiz?😄

— Agarda javobingiz "Ha" bo'lsa, biz sizga Telegram bo'ylab eng ommabop savdo kanalini tavsiya qilamiz!

— Va yana kanalimizga siz uy, mashina, telefon va boshqa mahsulotlaringizni sotuv e'lonini joylashingiz mumkin.

P.s: Kanalga e'lon joylash mutlaqo bepul.

Kanalga kiring va o'zingiz baho bering!
Eʼlon joylash:
@barakali_bozor_admin

♻️ Barakali Bozor kanalini kuzatib boring
Qishki IT Musobaqalari Haftaligiga start berildi!

🇺🇿 Farg'ona viloyati bo'ylab 19-dekabrdan 24-dekabrgacha bo'lib o'tadigan IT haftalik davomida:
🔹 Hackathon;
🔹 Ideathon;
🔹 IT Yarmarka - bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi;
🔹 Kibersport (CS:GO - FIFA) musobaqalarida ishtirok eting.

Loyiha homiylari:
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg'ona viloyati hududiy boshqarmasi;
- Farg'ona viloyati hokimligi;
- Yoshlar ishlari agentligi;
- IT Park Uzbekistan;
- Marg'ilon raqamli texnologiyalar markazi;

Musobaqa g'oliblari:
- noutbuk;
- planshet;
- telefon;
- monitor kabi qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadilar


Musobaqa shartlari va yangiliklarini kanalimizda kuzatib boring⤵️
t.me/rtm_margilan