IT news | Tg Bots
181 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
Ulgurib qolish joyi menimcha)
o’zim xam ro’yhatdan o’tdim
Galaxy A54 kutilganidan ancha ertaroq chiqarilishi mumkin

Samsung o'zining Galaxy A seriyasidagi o'rta flagman smartfonlarini bahor fasli boshida taqdim qilishga odatlangan. Ta'kidlash joizki, smartfonlarga taqdimotlaridan 2 oy avval kerakli sertifikatlar beriladi: Galaxy A52 smartfoni 2021-yilning yanvar oyida 3C sertifikatini olgan va mart oyida chiqarilgan; bu yilgi Galaxy A53 ham yanvar oyida sertifikatlandi va mart oyida chiqarildi. Biroq, navbatdagi Galaxy A54 smartfoni ushbu an'anani buzishi mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.11.2022
O'yin tugadi. Hayot ham!

Meta boshchilik qiladigan Oculus VR kompaniyasi asoschisi, Palmer Laki, o'zining yangi VR ixtirosini taqdim qildi. U oddiy VR qurilma emas. Ehtimol, uni "qotil shlem" deb ham atash mumkin, chunki kimdir uni taqqan holda virtual olam o'yinini o'ynasa va unda yutqazib qo'ysa, u uchun haqiqiy hayotda ham "o'yin tugaydi".

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.11.2022
Xiaomi foydalnuvchilari buni anchadan beri orzu qilishar edi!

Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 14 yangilashining chiqarilish sanasi yaqinlashib qoldi, shu bilan birga, uning xususiyatlari haqida ma'lumotlar ham internetda keng tarqalmoqda. So'nggi mish-mishlarga ko'ra, kompaniya MIUI 14 bilan o'z foydalanuvchilari orziqib kutgan o'zgarishni beradi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.11.2022
Navbatdagi Galaxy smartfoniga One UI 5 tarqatilmoqda

Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun One UI 5 yangilanishini Yevropa mamlakatlarida tarqatishni boshladi. Kompaniya nafaqat flagmanlar, balki o'rta sinf smartfonlariga ham Android 13'ga asoslangan yangilanishni yubormoqda va bular qatorda Galaxy A53 eng birinchilardan bo'ldi. Navbatda Galaxy A33 uchun yo'l ochilgani ma'lum bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  11.11.2022
Dimensity 9200 uchun munosib raqib: Snapdragon 8 Gen 2 qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi.

MediaTek kompaniyasi flagman Android smartfonlar uchun o'zining eng kuchli yangi chipsetini allaqachon taqdim qildi va endi navbat uning ashaddiy raqobatchisi, Qualcomm'ga keldi. Amerikalik kompaniya odatda o'zining eng yuqori darajadagi chipsetini har yili o'tkaziladigan Snapdragon Summit'ida taqdim qiladi. Uning bu yilgi soni esa 15-noyabrda bo'lib o'tadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  11.11.2022
Xiaomi bilan hamkorlik qilayotgan taniqli kamera kompaniyasi o'zining yangi smartfonini chiqardi

Ehtimol, siz Leica brendini Xiaomi va Huawei kabi smartfon ishlab chiqaruvchilari bilan qilgan hamkorliklari orqali taniysiz. Germaniyaning ushbu taniqli kamera kompaniyasi, o'tgan yili o'zining ilk smartfoni – Leitz Phone 1'ni chiqargan edi. Bu yili esa Leica uning davomchisi – Leitz Phone 2 smartfonini taqdim qildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  11.11.2022
Realme 10 5G taqdim etildi

Ushbu hafta boshida Realme kompaniyasi o‘zining Realme 10 modelini taqdim etgandi. Endi kompaniya Xitoyda ushbu smartfonning 5G versiyasini taqdim etdi. Dimensity 700 chipida ishlovchi qurilma 50MP asosiy kameraga ega. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.11.2022
Snapdragon 8 Gen2 chipli smartfon Geekbench'da qo‘lga tushdi

Oxirgi vaqtlarda internet sahifalarida mish-mishlardan tushmayotgan iQOO 11 smartfoni Geekbench testida paydo bo‘ldi. Geekbench qurilma 12GB tezkor xotira hamda Snapdragon 8 Gen2 chipi bilan jihozlanganligini ko‘rsatib berdi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.11.2022
2022-yilning eng innovatsion smartfon dizayni iPhone yoki Galaxy'ga tegishli emas!

TIME jurnali 2022-yilning eng innovatsion smartfon dizayni nominatsiya g'olibini e'lon qildi. Yo'q, bu Apple, Samsung, Google yoki Xiaomi smartfoni emas. Bu Nothing kompaniyasining bozorga endigina kirib kelgan Phone (1) smartfoni bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.11.2022
Yangi biznes? Endi siz ham o'z Telegram yuzerneymingizni sotishingiz mumkin!

Telegram foydalanuvchi nomlari auksion orqali sotiladigan Fragment platformasida endi siz ham o'z yuzerneymingizni sotishingiz mumkin. Buning uchun siz saytda Telegram akkauntingiz bilan ro'yxatdan o'tishingiz va unga TON hamyoningizni ulashingiz kerak. Agar sizda TON hamyoni bo'lmasa, unda sizga uni yangi ochish haqida kerakli ko'rsatmalar beriladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.11.2022
Vivo'ning navbatdagi flagman smartfonlari qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi

Internetda Vivo kompaniyasining hali taqdim qilmagan X90 seriyasidagi smartfonlarning videolari tarqatib yuborildi. Ma'lum bo'lishicha, yangi qatorda X90, X90 Pro va X90 Pro modellari bo'ladi. Weibo ijtimoiy tarmoqlarida paydo bo'lgan videolarda esa biz Vivo X90 Pro modelining dizayni bilan tanishishimiz mumkin bo'ladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.11.2022
❗️Mohirfest 22 festivalidan ro'yxatdan o'tib, ba'zi sabablarga ko'ra SMS xabar qabul qilmaganlar uchun

Raqamli oromgohda o'qish uchun quyidagi linkka kiring va yo'riqnomaga amal qiling:

LINK: https://bit.ly/3hEtIfD

Bizni kuzatib boring:

@mohirfest | @yoshlaragentligi | @mohirdev
Qanday qilib doimiy motivatsiya bilan ishlash mumkin?

Vazifalaringizni bajarish uchun ishda motivatsiya boʻlishi muhimdir. Agar energiyaga toʻla boʻlsangiz maqsadlaringizga erishishingiz, topshiriqlarni vaqtida bajarishishingiz oson boʻladi. Sizning layoqatli ekanligingiz hamkasblaringizga ham taʼsir qiladi, ayniqsa jamoadagi muhit ishning unumdorligini oshiradi.

Quyidagi usullar orqali motivatsiyangizni kun davomida maksimal darajada ushlab tura olasiz:

1. Oʻzingizni oʻzingiz mukofotlang

Topshiriqni ajoyib tarzda yakunlasangiz, sevimli mashgʻulotingizni qilishga vaqt ajrating. Kimdir oʻyin oʻynashni yaxshi koʻradi, kimdir esa shirinlikxoʻr. Bunda sizda baxt garmoni ajralib chiqib, kayfiyatingizga taʼsir qiladi. Shunda doimiy bosimlardan biroz boʻlsa ham xalos boʻlasiz.

2. Ertalabki badantarbiya

Koʻpchilik IT mutaxassislarining shaxsiy kun tartibi boʻlmaydi. Notoʻgʻri ovqatlanish, kompyuter qarshisida uzluksiz oʻtirish nafaqat kayfiyatingizga, balki jismoniy holatingizga ham taʼsir qiladi. Muammolardan chetlanish uchun ham sport bilan shugʻullaning, bunga vaqt ajrata olmasangiz, tongda yugurishni odat qiling. Natijasi koʻp kuttirmaydi, ishonavering!

3. Qisqa tanaffuslar

Ish jarayonida ozroq tanaffus qiling. Iloji boʻlsa oldingizda gadjetlar boʻlmasin. Hozirgi paytda gadjetlarga qaramlik avj olganini hisobga olsak, bu ajoyib muolaja.

4. Sayr qilish

Sayr qilishga odatlaning. Ayniqsa, yomgʻirdan keyingi musaffo havo sogʻligʻingizga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Mutaxassislarning tadqiqotiga koʻra, doimiy sayr qilishga odatlanganlar kun davomida yuqori kayfiyatda boʻlganliklarini aniqlashgan.

5. Aniq belgilangan maqsad

Biror ish qilishdan oldin, oʻsha ish uchun qancha vaqt ajratishingiz belgilab oling. Kechiksangiz, hech ikkilanmay jarima belgilang. Odatda odamlar oʻzini pul bilan jazolashadi (sinab koʻrganlar gapimizni tasdiqlashi mumkin. Aytgancha, pul ketishidan siqilib, shuncha qilgan harakatingizni havoga sovurib qoʻymang-a?!

Telegram | Instagram | Youtube
Galaxy S23 Ultra kamerasi S22 Ultra va Pixel 7 Pro smartfonlarini ortda qoldirdi

Taniqli insayder Ice Universe o'zining Weibo sahifasida hali taqdim qilinmagan Galaxy S23 Ultra va hozirgi Galaxy S22 Ultra, hamda, Pixel 7 Pro smartfonlari bilan olingan suratlar ulashdi. Ma'lum bo'lishicha, suratlar flagman smartfonlarning asosiy kamerasi bilan olingan va ulardagi aniqlikni ko'rish uchun kattalashtirilgan holda kesib olingan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.11.2022
Oppo bir necha kundan keyin o'zining yangi smartfonini taqdim qiladi

Oppo kompaniyasi o'zining A1 Pro deb nomlanadigan yangi smartfonini taqdim qilish arafasida. Kompaniya o'zining Weibo ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida bo'lajak qurilma texnik xususiyatlarini birma-bir oshkor qilmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.11.2022
iPhone 14 Pro tirqish dizayni yana bir Android smartfonga ko‘chirilmoqda

Joriy yilning sentabr oyida Apple o‘zining iPhone 14 Pro smartfonlarini old tomonida tabletka shaklidagi "jonli" tirqish bilan taqdim qildi. Xitoylik Android smartfon ishlab chiqaruvchilari esa kupertinolik kompaniya bilan tenglashish uchun uning dinamik orol nomli tirqish dizaynini o‘zlarining yangi smartfonlariga joriy etishni boshlashdi: Xiaomi o‘zining Civi 2 smartfoni bilan boshlab bergan bo‘lsa, navbat Honor'ga kelgan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.11.2022
Play Store ilovalar do'konida yana ko'proq reklamalar paydo bo'ladi

Hozir Android smartfonda Google'ning Play Store ilovalar do'koniga kirib qidirish tugmasini bossangiz siz avval qidirganlaringiz tarixini ko'rasiz. Biroq, ular tez kunda reklamalar bilan alishishi mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.11.2022
Yana bir Galaxy smartfoni Android 13 yangilanishi qabul qilishni boshladi

So'nggi bir necha haftadan beri Samsung o'zining Galaxy smartfonlariga barqaror versiyadagi One UI 5 yangilanishini yuqori aktivlik bilan tarqib kelmoqda. Oktabr oyini Galaxy S22 seriyasi bilan yakunlagan so'ng, kompaniya oktabrda Galaxy S21 va Galaxy S20 flagmanlari, so'ng esa Galaxy A seriyasidagi A73, A53 va hatto A33'ni ham yangiladi. Navbatda endi Samsung o'zining eng mustahkam himoyaga ega smartfoni – Galaxy XCover 6 Pro'ni yangilanishni boshladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.11.2022
One UI 5'ga yangilanish navbati Galaxy M seriyasiga keldi

Garchi Apple'chalik yangilanishlarni o'z smartfonlariga birdaniga yubora olmasa ham, Samsung o'zining Galaxy'lari uchun so'nggi One UI 5 versiyasini juda tez tarqatishga harakat qilmoqda. So'nggi ikki-uch avlod Galaxy S va Note flagmanlari, bir nechta buklamafonlar, Galaxy A seriyasi va hatto, Galaxy XCover smartfoniga ham Android 13'ga yangilagandan so'ng, Samsung endi Galaxy M seriyasiga yuzlandi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  15.11.2022
Galaxy A54 uchlik kamera bilan sifatli renderlarda ko'rsatildi

Galaxy A seriyasidagi Samsung smartfonlari flagmanlardan ham ko'ra ko'proq sotilsa sotiladiki, lekin kam emas. Shunday ekan, Janubiy Koreya kompaniyasi ushbu qatorda yangi modellar chiqarishni hali beri to'xtatmaydi va biz keyingi yilda katta ehtimol bilan Galaxy A34, A54 va A74 deb nomlanadigan smartfonlar bilan tanishamiz.

📣 IT news | © Terabayt.uz  15.11.2022