IT news | Tg Bots
181 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
Xiaomi 13 seriyasiga yangi model qo'shilmoqda, lekin u "yangi" emas

IMEI ma'lumotlar bazasida Xiaomi 13 Lite smartfoni payqab qolindi. Xiaomi 12 Lite davomchisi bo'lishi kutilayotgan ushbu smartfon 2210129SG model raqamiga ega. Qizig'i shundaki, bundan avval ham xuddi shunday model raqamli hali taqdim qilinmagan Xiaomi smartfoni - Xiaomi 12 Lite 5G NE ham IMEI bazasida "qo'lga tushgan edi".

📣 IT news | © Terabayt.uz  31.10.2022
Google ortiqcha dabdabalarsiz 100 ming dollarga yangi kompaniya sotib olgan

Google kompaniyasi sun'iy intellekt bilan kontent yaratuvchilar va brendlarga o'zlarining virtual avatarlarini yaratish imkonini beradigan Alter startapini sotib oldi, deya xabar bermoqda TechCrunch o'z manbalariga asoslanib.

📣 IT news | © Terabayt.uz  31.10.2022
Tadqiqot: geymerlar irqchilik va seksizmga moyil bo'ladi

Olimlar tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot shuni ko'rsatdiki, o'zini "o'yinchi" yoxud zamonaviy tilda "geymer" deb biladigan odamlar irqchilik, jinsiy aloqa va tajovuzkorlik kabi "ekstremal xatti-harakatlar"ga moyil bo'lishadi. Izlanishlar davomida video o'yinlar o'ynaydigan minglab amerikalik odamlar so'rovdan o'tkazilgan va ularning "identifikatsiya sintezi" yoxud shaxsiyatlarining o'ziga xos xususiyatilari o'rganilgan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  31.10.2022
Yana Apple. Yana Durov. Yana Telegram muammosi.

Telegram'ning so'nggi yangilanishi bir haftadan beri Apple'ning "ko'rib chiqish" jarayonida, deya xabar bermoqda messenjer rahbari Pavel Durov. Uning qo'shimcha qilishicha, kupertinolik kompaniya yangilanishni kechiktirishga nima sabab bo'layotgani haqida ham xabar bermagan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.11.2022
Ilon Mask yil oxirigacha Twitter'ning TikTok raqobatchisini "qayta tiriltiradi"

Twitter'ni sotib olgandan keyin Ilon Mask unga o'zgartirishlar kiritishni boshlab yubordi. Milliarder birinchi bo'lib, kompaniya rahbarlarini ishdan oldi, keyin platformada verifikatsiya belgisini olishni Twitter Blue obunasi qo'shishni va uning narxi 20 dollargacha oshirishni buyurdi, lekin bu hammasi emas.

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.11.2022
Uchta maktab o'quvchilari va Telegram'dagi eng yirik firibgarlik hikoyasi

"Telegram Premium olib beramiz - uch oylik obuna atigi 50 ming so'mga". Siz bu e'lonni qaysidir kanalda ko'rgansiz yoki bu haqida eshitgansiz. Ehtimol, arzonligi sabab bu xizmatdan foydalangansdiriz. Nima bo'lganda ham, buni bilishingiz bilan sizda "qanday qilib?" degan savol paydo bo'lgani aniq. Ko'pchilik, buni VPN bilan joylashuv manzilini Turkiyaga o'zgartirish bilan qilish mumkin deydi. Yo'q, siz o'ylaganchalik oddiy emas. Aslida bu xizmat uning egalari uchun deyarli tekinga tushgan yoxud ular "havodan pul qilishgan". Ushbu maqolada uch maktab o'quvchisi va Telegram'dagi eng yirik firibgarlik hikoya qilinadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.11.2022
Twitter'da tasdiqlanganlik belgisini pulga sotib olishingiz mumkin bo'ladi

So'nggi o'n kundan beri internetda Twitter va Ilon Mask haqida ko'plab yangiliklarda aylanib yuribdi. Hozirgacha milliarderning ijtimoiy tarmoqni rasman sotib olgani va kompaniya rahbarlarini ishdan bo'shatgani, shu bilan birga, zudlik bilan Twitter mahsulotlariga o'zgartirishlar kiritishni boshlab yuborgani haqida eshitdik. Ehtimol, ushbu yangiliklar orasida Twitter'ning Blue obunasi narxining oshishi eng e'tiborli o'zgarishlardan bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.11.2022
Haqiqiy kamerafon! Xiaomi 12S Ultra smartfoning yangi versiyasi chiqarildi

Joriy yilning iyul oyida taqdim qilingan Xiaomi 12S Ultra allaqachon smartfonlar bozorida eng katta o'lchamdagi (1 dyuymli Sony IMX989 - 50MP) kamera sensoriga ega va u Galaxy S22 Ultra, iPhone 14 Pro smartfonlari bilan bemalol raqobatlasha oladi. Biroq, Xiaomi bu bilan cheklanib qolishni xohlamadi va telefonni haqiqiy kamera darajasiga olib chiqdi: kompaniya Xiaomi 12S Ultra'ning Concept versiyasini chiqardi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.11.2022
Realme'ning yangi smartfoni taqdimot sanasi e'lon qilindi

Bir necha kunlik tizer suratlardan keyin Realme rasman o'zining yangi smartfonlari – Realme 10 seriyasini 9-noyabr kuni chiqarishini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, Realme 10 smartfonlari qatori oddiy va Pro modellarni o'z ichiga oladi va ular ham 4G, ham 5G qo'llab-quvvatlanishi bilan chiqariladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.11.2022
💰 Eng qimmat Telegram Username

- @auto foydalanuvchi nomi 💎 900.000 TON ga, ya'ni 1 mln 422ming dollarga olindi.

*Hozircha username ishlatilgani yoʻq, manimcha userni sotib olgan odam kanal yoki gruppa qilishini yoki profiliga qoʻyishini hal qilishayabdi.

#auksion #username
@TGraphUz | @phpdevelopersuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻O'yin o'ynash orqali kompyuterda yozish tezilgingizni oshiring

🔰So'zlar ekranning yuqori qismidan tushadi. Ularni yo'q qilish uchun siz ularni yozishingiz kerak bo'ladi. Qanchalik tez yozsangiz, shuncha ko'p so'zlarni yo'q qilasiz va shuncha yuqori ball to'playsiz.

LINK:👉 https://zty.pe/

♻️ Kompyuterda tez yozishni o'rganmoqchi bo'lganlarga yuboramiz!

@phpdevelopersuz
“ICTWEEK UZBEKISTAN - 2022” ахборот-коммуникация технологиялари ҳафталигида нималар бўлиб ўтди?

Жорий йилнинг 24-27 октябр кунлари Самарқанд шаҳри “Silk Road Samarkand” мажмуасида “ICTWEEK Uzbekistan – 2022” ахборот-коммуникация технологиялари ҳафталиги ўтказилди. АКТ ҳафталиги доирасида 22 та халқаро тадбирлар ўтказилиб, уларда жами 15 мингдан ортиқ иштирокчи қатнашди. Қуйида асосий тадбирлар ва уларда нималар бўлгани билан танишамиз.

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.11.2022
Fragment auksionida ilk Telegram yuzerneymi salkam 1.5 million dollarga sotildi

Bir hafta avval Telegram o'z foydalanuvchi nomlarini Fragment platformasida o'tkaziladigan auksionda sotishni boshlagan edi. So'nggi ikki kunda esa 50 dan ortiq yuzerneymlar sotildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.11.2022
Google Play Store tez orada ilovalar "sifati" haqida ham ma’lumot beradi

Google tez orada o‘zining Play Store do‘konidagi ilovalarning "sifati" haqida ham ma’lumot berishni boshlaydi, deya xabar bermoqda 9to5Google nashri. Bu bilan kompaniya sifatsiz ilovalarni tavsiyanomalardan olib tashlab, ko‘proq yuqori sifatlilariga urg‘u bermoqchi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.11.2022
Huawei yangi buklamafon taqdim qildi: tanish dizayn, arzon narx

O'zining ilk qisqichbaqasimon buklanadigan smartfoni, P50 Pocket'ni taqdim qilganidan deyarli bir yil o'tib, Huawei uning davomchisi – Huawei Pocket S'ni Xitoyda taqdim qildi (The Verge orqali). Ehtimol, yangi buklamafon avvalgisining o'rta darajadagi varianti hisoblanadi, chunki u eski dizayn va pastroq texnik xususiyatlarga ega. Biroq, shu bilan birga, u arzon ham ham.

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.11.2022
Galaxy S23 seriyasi qachon taqdim qilinishi oshkor bo'ldi

Samsung odatda o'zining Galaxy S seriyasidagi flagman smartfonlarini har yilning birinchi choragida, ko'pincha fevral oyi oxirlarida taqdim qiladi. Biroq, bu yil kompaniya Galaxy S22, Galaxy S22 va Galaxy S22 Ultra smartfonlarini kutilganidan bir necha hafta avval, fevral boshida namoyish qildi va bu ushbu vaqt oralig'i keyingi yil uchun ham amal qilishi mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.11.2022
Tez orada O'zbekistonda ilk kripto-do'konlar ochiladi

O'zbekistonda kripto-do'kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari rasman tasdiqlandi. Unga ko'ra mazkur faoliyat turi kripto-do'konning elektron-platformasida yoki savdo obyektida amalga oshiriladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.11.2022
AMD'ning Nvidia'ga javobi: RX 7900 XTX va RX 7900 XT videokartalari taqdim qilindi

AMD kompaniyasi o'zining yangi avlod grafik kartalari, RX 7900 XTX va RX 7900 XT'ni taqdim qildi (The Verge orqali). Ular kompaniyaning RDNA 3 arxitekturasiga asoslangan ilk kartalar bo'lib, bu ularning Ryzen protsessorlariga o'xshash chiplet dizayniga ega ekanligini anglatadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.11.2022
Samsung'ning yangi reklama videosi yana Apple'ga qaratilgan

Samsung Amerika o'zining rasmiy YouTube sahifasiga yangi reklama video-roligini joyladi va u yana Apple'ga qaratilgan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.11.2022
Qanday qilib firibgarlar yangicha usul bilan Telegram akkauntingizga kirib olishi haqida

Firibgarlar kundan-kunda sizning Telegram akkauntingizga kirishning yangi yo'llarini o'ylab topishadi. O'zi ularga sizning akkautingiz nimaga kerak? Albatta, barchasi pulga borib taqaladi. Firibgarlar sizning ishonchingizni suiiste'mol qilishadi yoxud ular akkauntingizga kirib olib, yaqinlaringizga yoki Telegram guruh, kanallaringiz bo'lsa ularga sizning nomingizdan turli pul yechib olish usullari yashiringan spam xabarlarni yuborishadi. Natijada esa sizga ishonadiganlar ularning tuzog'iga tushib qolishlari yoki ular o'rnida siz bo'lib qolishingiz mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.11.2022
Senat.uz saytiga yosh xakerlar hujum qilgani ma'lum bo'ldi

Bir necha kun avval Oliy Majlis Senatining rasmiy veb-sayti xakerlar hujumiga uchradi. Endilikda ma'lum bo'lishicha, senat.uz sayti 6 kishidan iborat 14 yoshli xakerlar tomonidan buzib kirilgan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  05.11.2022