IT news | Tg Bots
181 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
Realme 200MP kamerali smartfon chiqaradi(mi?)

Bir necha kun oldin MediaTek o'zining Dimensity 1080 chipini taqdim qildi va kompaniya u bilan jihozlangan smartfonlar joriy yilning to'rtinchi choragida chiqarilishi ma'lum qilgan edi. Endilikda Realme kompaniyasining yangi smartfoni aynan ushbu chipset bilan chiqarilishi rasman tasdiqlandi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.10.2022
Nokia ikkita kompaniya bilan sudlashmoqda

Nokia kompaniyasi patent shartlarini buzganligi uchun Oppo hamda OnePlus'ni Germaniya bozoridan chiqarib yubordi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  13.10.2022
Telegram'da avval bepul bo'lgan funksiya Premium obunaga qo'shilmoqda

Telegram Premium'ni taqdim qilar ekan, Pavel Durov messenjerdagi mavjud funksiyalarning barchasi bepul bo'lib qolishini aytgan edi. Biroq, so'nggi xabarlarga ko'ra, kompaniya rahbari o'z va'dasida turmayotgan ko'rinadi: Telegram'da avval bepul bo'lgan funksiya endi pullik obunaga qo'shilmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  13.10.2022
Microsoft o‘zining yangi qurilmalarini taqdim etdi

Kecha Microsoft kompaniyasi uchta yangi Microsoft Surface kompyuterlari, Windows 11 uchun yangi xususiyatlar hamda yangi Audio Dock dinamiklarini taqdim etdi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  13.10.2022
Windows kompyuter ishlatadigan iPhone egalari uchun xushxabar!

O'zining kechagi Surface taqdimoti davomida Microsoft kompaniyasi Apple'ning iCloud bulutli xotira xizmati Windows 11'ning Photos ilovasi bilan integratsiyalashayotganini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, o'zlarining Windows kompyuterlariga iCloud dasturini Microsoft Store'dan yuklab olib, uni Windows'ning Photos ilovasi bilan sinxronlashtirish orqali, iPhone egalari smartfonlaridagi suratlarni kompyuterda ham ko'rish imkoniga ega bo'ladilar. Hozirda ushbu xususiyat Windows Insider dasturi foydalanuvchilari uchun ochiq, ya'ni u sinov versiyada.

📣 IT news | © Terabayt.uz  13.10.2022
Xiaomi 13'ning yangi jonli surati uning orqa kamera dizaynini oshkor qildi

Internetda bo'lajak Xiaomi 13 smartfonining orqa tomoni ko'rsatilgan jonli surat paydo bo'ldi va u avval mish-mish qilingan xabarlarni, ya'ni Xiaomi'ning yangi avlod smartfoni yangicha kamera dizayniga ega bo'lishini tasdiqladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  13.10.2022
Xotirani bo'shatish uchun ilovalaringizni o'chirishga shoshilmang!

Joriy yilning mart oyida Google ilovalarni to'liq o'chirib yuborish o'rniga ularni arxivlash bilan qurilma xotirasining 60 foizini bo'shatish imkonini beradigan "arxivlash" xususiyati ustida ishlayotganini ma'lum qilgan edi. Endilikda Twitter foydalanuvchisi uning qanday ishlashini ko'rsatib berdi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  13.10.2022
Beta sinovlari tamom, Samsung rasmiy One UI 5 tizimini tez orada jo‘natishni boshlaydi

Samsung oktyabr oyining oxirigacha One UI 5 tizimini Galaxy S22 modellari uchun taqdim etadi. Ushbu xabar Samsung kompaniyasining dasturchilar konferensiyasida ma’lum bo‘ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.10.2022
O'rgimchak Odam Miles Morales bilan Nyu-York bo'ylab sayohatga tayyormisiz?

Insomniac Games kompyuterlar uchun "Marvel's Spider-Man: Miles Morales" o'yini 18-noyabr kuni chiqarilishini rasman e'lon qildi. Siz hozirdanoq o'yinga Steam yoki Epic Games do'konlaridan 39.99 dollar narxda buyurtma berishingiz mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.10.2022
Endi Telegram'dagi postlarni ko'rish uchun ham pul to'laysiz

Telegram o'tgan yilning aprel oyi oxirida o'zining Payments 2.0 xususiyatini taqdim qilgan edi. Bu messenjer ichida to'lovlarni amalga oshirish bilan bog'liq xususiyatning yangilangan versiyasi bo'lib, u foydalanuvchilarga Telegram'da ichida pitsaga buyurtma berish yoki taksi uchun to'lov qilish imkonini beradi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.10.2022
Ekologiya bo'yicha eng yaxshi va yomon smartfon ishlab chiqaruvchilari reytinggi e'lon qilindi

Smartfon ishlab chiqarish atrof-muhitga juda katta zarar keltiradi. Masalan, ekranlar va dinamiklar kabi smartfonlar qismlarida ishlatiladigan skandiy, terbiy va neodimiy kabi noyob metallarni qazib olishning o'zi juda katta ifloslanishlarga sabab bo'ladi. Yerdan qazib olingandan keyin esa ular tozalanishi kerak — bu katta miqdordagi uglerod chiqindilarini keltirib chiqaradigan juda yomon kimyoviy ishlov berish jarayonlarini o'z ichiga oladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.10.2022
Apple kompaniyasi yana jarimaga tortildi

Sentyabr oyida Braziliya Adliya vazirligi Apple kompaniyasiga agar iPhone'lar qutisida quvvatlash adapteri bo‘lmasa, ularni sotishni to‘xtatishni buyurgan hamda 12.275 million Braziliya reali miqdorida (2.34 million dollar) jarimaga tortgan edi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.10.2022
30 yildan so'ng: Microsoft Office brendi bilan xayrlashing!

Microsoft kompaniyasi o'zining Ignite 2022 konferensiyasida Office brendini yangilayotganligini e'lon qildi. Tez kunda Office.com, undan keyin esa smartfonlar va Windows uchun Office ilovasi Microsoft 365 nomiga o'zgaradi. Shuningdek, uning logotipi, hamda, interfeysi ham yangilanadi va unga yangi lenta kabi xususiyatlar qo'shiladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.10.2022
Endi Windows'da ekranni yozib olish uchun qo'shimcha dastur o'rnatish shart emas

Surface taqdimoti davomida Microsoft o'zining Windows 11 operatsion tizimi uchun kelayotgan yangiliklar bilan ulashdi. Ulardan e'tiborlisi Apple xizmatlarining Windows bilan integratsiyalashuvi bo'lgan bo'lsa, yana bir muhim o'zgarish tizimga ekranni yozib olish funksiyasi qo'shilayotgani bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  14.10.2022
Tug‘ilmasidan avval o‘ldi: Nvidia'ning RTX 40 seriyasidagi yangi taqdim qilingan videokarta sotuvga chiqarilmaydigan bo‘ldi

Nvidia o‘tgan oyda o‘zining RTX 4080 videokartasini 12 GB va 16 GB variantlarda chiqarganida siz ham dovdirab qolganmidingiz? Albatta, bitta nom ostida ikki xil xotirali videokartaning bo‘lishini hammani gangiratib qo‘yadi. Kompaniya ham shu fikrda va shuning uchun ham Nvidia o‘zining RTX 4080 12 GB videokartasini sotuvga chiqarmaslikka qaror qildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  15.10.2022
Xiaomi 13 sifatli renderlarda!

Bir necha kun oldin internetda Xiaomi 13 ekanligi aytilgan smartfonning jonli suratlari tarqatildi va u bo'lajak Xiaomi flagman smartfonlari yana yangicha kamera dizayniga ega bo'lishi haqidagi mish-mishlarni tasdiqlagan edi. Endilikda ijtimoiy tarmoqlarda unga asoslangan sifatli renderlar ham paydo bo'ldi. Konsept dizayn Xiaomi 13'ning kamera oroliga aniqroq nazar tashlash imkonini beradi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  15.10.2022
A1 ortidan A1 Plus: Redmi yana bir yangi byudjet sinfidagi smartfonni taqdim etdi

Xiaomi subbrendi bo‘lgan Redmi o‘tgan oyning boshida Hindistonda Redmi A1 modelini taqdim etgan edi. Kecha kompaniya ushbu smartfonning Plus modelini taqdim etdi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  15.10.2022
Stiv Jobs foydalangan Macintosh kompyuteri kimoshdi savdosiga qo'yildi

Apple asoschilaridan biri, Stiv Jobs foydalangan Macintosh SE seriyasidagi kompyuter 22-oktyabr kuni Bonham'da auksionga qo'yilmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  15.10.2022
One UI 5 chiqarilish arafasida — sizning Galaxy unga yangilana oladimi?

Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy'lari uchun Android 13 ga asoslangan One UI 5 yangilanishini rasman namoyish qildi va uni kelayotgan haftalarda chiqarishini ma'lum qildi. Albatta, flagmanlar yangilanishni eng birinchilardan bo'lib qabul qilishadi, ammo qolganlarchi? Quyida siz Equal Leaks tomonidan tayyorlangan One UI 5'ga yangilana oladigan Galaxy'lar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  17.10.2022
Microsoft tasodifan Windows 12 prototipini ko'rsatib qo'ydi

Bir necha kun oldin bo'lib o'tgan Ignite 2022 konferensiyasida Microsoft o'zining Teams ilovasi yangi versiyasini taqdim etayotib tasodifan Windows'ning navbatdagi versiyasi dizaynini oshkor qilib qo'ydi, deya xabar bermoqda Windows Central.

📣 IT news | © Terabayt.uz  17.10.2022
Bugungi kunda koʻchalarda "Green Card" chilar koʻpaygan bolsa, telegram da muzika izlovchi botlar koʻpaydiya😅😅