IT news | Tg Bots
184 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
Ikki oyoqli robot 100 metrga yugurish bo'yicha Ginnesning rekorlar kitobiga kirdi

Kessi ismli ikki oyoqli robot 100 metrga yugurish bo'yicha Ginnesning yangi rekordini o'rnatdi. U berilgan masofani 24,73 soniyada, o'rtacha 14 km/s tezlik bilan bosib o'tgan. Albatta, bu odamga qaraganda ancha sekinroq: Usayn Bolt tomonidan o'rnatilgan rekord vaqt 9,58 soniya edi. Biroq, bu Kessining dizaynidagi robot uchun katta yutuqdir.

📣 IT news | © Terabayt.uz  30.09.2022
Redmi Note 11 seriyasiga yana bir yangi smartfon qo‘shildi

Xiaomi kecha Redmi Note 11 seriyasiga mansub bo‘lgan yangi Note 11R modelini taqdim etdi. Biroq ushbu qurilmani yangi deyish mumkinmi o‘zi? Aslida, buni Poco M4 5G modelining kattaroq xotiraga ega turi desak adashmaymiz. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.10.2022
iPhone 14 Pro modeli DxOMark testidan o‘tdi

Apple'ning yangi iPhone 14 Pro smartfoni DxOMark testidan o‘tdi hamda ajoyib natijani qayt etdi. Umumiy kamera testida qurilma 146 ballni qo‘lga kiritdi. Bu Honor Magic4 Ultimate modelidan keyingi ikkinchi yeng yaxshi natija hisoblanadi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.10.2022
Web 3.0 uchun ilk qadam: TON saytlari va proksilari ishga tushirildi

Telegram tomonidan yaratilgan TON blokcheyni jamg'armasi kecha TON saytlari va TON Proxy'ni taqdim qildi. Ushbu texnologiyalar uchinchi avlod interneti - Web 3.0'ning asosiy komponentlari bo'lib, ular bilan yaratilgan saytlar mutlaqo markazlashmagan, xavfsiz va maxfiy bo'ladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.10.2022
Ilon Mask Tesla'ning Optimus roboti prototipini namoyish qildi

Kecha bo‘lib o‘tgan Tesla AI Day 2022 tadbirida Ilon Mask Tesla'ning ilk gumanoid roboti, Optimus'ning ishlaydigan prototipini namoyish qildi. Taqdimot boshida, sahnaning orqa eshiklari ochilib, dekonstruksiya qilinmagan Optimus roboti raqs tushganda holda sahnaga chiqib keldi. Mask’ning ma’lum qilishicha robot sahnada yuzi bilan yiqilib tushmasligi uchun kamroq harakat qilishga moslangan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.10.2022
Galaxy S23'ning "uzoq qarindoshi": Galaxy A14 renderlari tarqatildi

Yaqinda @OnLeaks taxallusi bilan tanilgan ma'lumotchi, Stiv Xemmerstoffer, o'zining hamkorlari bilan internetda Galaxy S23 va Galaxy S23 'ning yuqori sifatli renderlarini tarqatgan edi. Endilikda u Giznext bilan hamkorlikda Samsung'ning yana bir smartfoni, Galaxy A14'ning yuqori sifatli suratlarini ham ulashdi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.10.2022
iPhone 6'ning davri o‘tdi

Apple'da ajoyib an’ana mavjud. Kompaniya o‘zining sotuvga chiqarilmaganiga 5 yildan oshgan va 7 yildan kam bo‘lgan mahsulotlarini "vintaj"lar, yoxud ancha oldin ishlab chiqarilgan, klassik mahsulotlar qatoriga qo‘shadi. Va bir necha kun avval ularning qatori yana bittaga ko‘paydi - iPhone 6 ham endi "vintaj" smartfon (9toMac orqali).

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.10.2022
USB nomlarida muhim o‘zgarish: SuperSpeed brendidan voz kechilmoqda

USB standartini boshqaradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan USB Implementers Forum (USB-IF) notijorat tashkiloti USB qurilmalarini brendlashda yangi nom standartlarini ma’lum qildi (The Verge orqali). Muhim o‘zgarishlaridan biri shuki, ular SuperSpeed brendidan voz kechishmoqda. Ushbu brend nomi sizga hech nimani anglatmayotganligi tabiiy hol, chunki ko‘pchiligimiz uchun bu shunchaki USB 3.0 hisoblanadi. Nafaqat SuperSpeed, balki tashkilot endi ortiq USB4 brendidan ham foydalanmaydi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.10.2022
Telegram Premium narxi yarmidan ko'proqqa arzonladi

Joriy yilning iyun oyi oxirlarida Telegram messenjeri o'zining Premium obunasini ishga tushirgan edi. U ilova foydalanuvchilariga ikkilangan cheklovlar, cheksiz reaksiyalar, profil statuslari kabi bir qancha eksklyuziv xususiyatlardan foydalanish imkonini beradi va uning narxi oyiga o'rtacha 4.99 dollar qilib belgilangan (narx mamlakatlarga qarab arzon yoki qimmat bo'lishi mumkin).  

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.10.2022
Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (39 hafta)

GSMArena sayti o‘zining 39 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Bir necha haftadan beri iPhone 14 Pro Max yetakchilikni hech qaysi smartfonga bermayapti. Galaxy S22 Ultra ham o‘zining ikkinchi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, yaqin kunlarda taqdim etiladigan Pixel 7 Pro uchinchi o‘rinni egalladi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.10.2022
Dimenity Snapdragon'ni taxtdan ag‘dardi

AnTuTu jamoasi sentyabr oyiga ko‘ra eng kuchli Android smartfonlar reytinggini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Dimensity 9000 bilan jihozlangan smartfon top o‘nlikdagi barcha Snapdragon 8 Gen 1 chipseti o‘rnatilganlarni mag‘lub qildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.10.2022
Videolarni yuqori sifatda ko'rish uchun YouTube'ga pul to'lashga tayyor turing

YouTube video-striming platformasi ham o'zining Premium obunasiga ega. U videolarni reklamalarsiz ko'rish, ularni orqa fonda qo'yish, yuklab olish kabi eksklyuziv xususiyatlarni taqdim qiladi va tez orada ularning ro'yxati yana bittaga ko'payishi mumkin: Reddit foydalanuvchisi YouTube videolarni 4K sifatda ko'rishni Premium qilishni sinovdan o'tkazayotganini payqab qoldi va o'zining sahifasida uning skrinshotini ulashdi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.10.2022
Internetda Galaxy S23 uchun himoya keyslari paydo bo'ldi

Galaxy S23 haqida kundan-kunga yangi ma'lumotlar tarqatilmoqda. Biz o'tgan haftada Samsung'ning yangi avlod smartfonlarining tashqi ko'rinishi bilan sifatli renderlarda tanishgan edik. Endilikda taniqli insayder, Ice Universe, o'zining Twitter sahifasida yangi Galaxy'larning boshlang'ich modeli uchun himoya keyslari suratlarini ulashdi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.10.2022
Sentyabrning eng kuchli o‘rta-flagman smartfonlari top o‘ntaligi

Xitoyning AnTuTu benchmarki sentyabr oyiga ko‘ra eng kuchli o‘rta-flagman smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ro‘yxat MediaTek'ning Dimensity chipli smartfonlari bilan to‘lgan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.10.2022
Internetda Galaxy A54'ga oid bo‘lgan ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Galaxy A54 modeli 50MP asosiy kameraga ega bo‘lishi aytilmoqda. Ushbu xabar GalaxyClub tomonidan e’lon qilingan bo‘lib, odatda ushbu manba aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni oshkor qiladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.10.2022
iPhone 14 seriyasidagi smartfonlar qanchalik yaxshi ishlaydi?

Kecha biz AnTuTu'ga ko‘ra sentyabrning eng kuchli Android flagman va o‘rta flagmanlari ro‘yxati bilan tanishgan edik. Bugun esa eng kuchli Apple smartfon va planshetlari top o‘ntalik ro‘yxatini ko‘rib chiqamiz.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.10.2022
Galaxy S23 modellarining akkumulyator hajmi kanchaligi ma’lum bo‘ldi

O‘tgan oyda Galaxy S23, S23 hamda S23 Ultra modellari 3C sertifikatida 25 vattda quvvat olishi ma’lum bo‘lgan edi. Ammo unda qurilmalarining akkumulyator hajmi qancha bo‘lishi aytilmagan edi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.10.2022
Uzoq kutilgan funksiya: Twitter tvitlarni tahrirlash xususiyatini tarqatmoqda

Twitter ijtimoiy tarmog'i platformadan eng ko'p va eng uzoq kutilgan xususiyat - tvitlarni tahrirlash funksiyasi ustida anchadan beri, yoxud apreldan buyon ishlab kelayotgan edi. Rejalarga ko'ra, ushbu xususiyat sentyabrgacha chiqarilishi kerak bo'lgan, ammo biroz kech bo'lsada kompaniya ushbu xususiyatni tarqatishni boshladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.10.2022
Rasman: Xiaomi 200MP kamerali smartfonni taqdim qildi

Bir necha oylik mish-mishlardan so'ng, Xiaomi rasman o'zining Xiaomi 12T seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilindi. Avval ma'lum qilinganidek, qatorda ikki model bor: Xiaomi 12T va Xiaomi 12T Pro. Ulardan Pro model kompaniya avval tasdiqlaganidek 200MP kameraga ega.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.10.2022
Telegram iOS uchun dasturchilar tanlovini e’lon qilishi kutilmoqda

Shu haftada Telegram iOS dasturchilari oʻrtasida mukofot jamgʻarmasi 50 000 dollar boʻlgan tanlov eʼlon qiladi. Bundan tashqari, tanlov g‘olibi Telegram jamoasida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

P.S. Dasturchilar bo‘lsa, qatnashvoradigan joyi. Telegram jamoasida ishlaydigan ilk o‘zbekistonlik dasturchi, degan joyi ham rosa jaranglaydi, masalan😉

https://t.me/phpdevelopersuz
Xiaomi Smart Band 7 Pro soati taqdim etildi

Xiaomi kompaniyasi shu yilning mart oyida Xitoy bozori uchun Smart Band 7 aqlli soatini taqdim etgan edi. Keyinchalik, aniqrog‘i, iyul oyida kompaniya uni xalqaro bozorga sotuvga chiqardi. Kecha esa xitoylik kompaniya 1.64 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan Smart Band 7 Pro soatini taqdim etdi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  05.10.2022