IT news | Tg Bots
184 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
iPhone 14 puliga bitta Watch Ultra!

Apple kechagi tadbirni yangi Watch 8, Watch SE hamda Watch Ultra smart soatlarini taqdim etishdan boshladi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  08.09.2022
iPhone 14 va 14 Plus - nimalar o‘zgaradi?

Endi mini model yo‘q, 6.1 dyuymli iPhone 14 yangi seriyadagi eng kichik va eng arzon modelga aylandi. Seriyaga yangi 6.7 dyuymli Pro bo‘lmagan model qo‘shildi - bu iPhone 14 Plus. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  08.09.2022
iPhone 14 Pro va 14 Pro Max - yangiliklar yetarlicha

Kecha iPhone 14 va iPhone 14 Plus modellaridan so‘ng Apple o‘zining eng asosiy iphy 14 Pro va 14 Pro Max modellarini taqdim etdi. Ikki model yangi kameralar, yangi tirqishli dizayni hamda yangi chipga ega bo‘ldi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  08.09.2022
Apple AirPods Pro 2 - yangilangan flagman quloqchin

Apple va nihoyat o‘zining AirPods Pro quloqchinini yangiladi. H2 chipi bilan jihozlangan AirPods 2 Pro quloqchini past distorsiyali drayver va kuchaytirgichlarga ega. Quloqchin dizayni o‘zgarmagan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  08.09.2022
Stiv Jobsning qizi otasi asos solingan kompaniya ustidan kuldi

Eva Jobs, Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobsning qizi. 24 yoshli Jobs Instagram sahifasida iPhone 14 modeli haqida hazil post qoldirdi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  09.09.2022
Apple'ning yangi tirqish "innovatsiya"si kulguga qoldi

Bir necha kun oldin Apple yilning eng uzoq kutilgan smartfonlari - iPhone 14 qatorini taqdim qildi. Yangi avlod iPhone seriyasidagi Pro modellar, kutilganidek, old tomonida Face ID va selfi kamera uchun yangicha tirqish dizaynida chiqarildi va kupertinolik kompaniya uni "Dynamic Island", ya'ni "dinamik orol" deb nomlanadi. Biroq, kompaniyaning yangi tirqish "innovatsiyasi" kulguga qoldi. Internetda u bilan bog'liq ko'plab memlar paydo bo'ldi:

📣 IT news | © Terabayt.uz  09.09.2022
Motorola yana bir flagman smartfonni taqdim etdi

Motorola Edge 30 seriyasi rasman taqdim etildi. Seriyaning asosiy modeli Edge 30 Ultra bo‘lib, bu o‘tgan oyda Xitoy bozori uchun chiqarilgan Moto X30 Pro modelining global versiyasi hisoblanadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  09.09.2022
Motorola Edge 30 Fusion va Edge 30 Neo modellari taqdim etildi

Motorola Edge 30 seriyasida uchta yangi smartfon taqdim etildi. Bundan oldin Ultra model bilan tanishgan edik, endigi navbat Edge 30 Fusion va Edge 30 Neo modellariga. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  09.09.2022
Instagram'ga tez kunda repost qilish funksiyasi qo'shiladi

Meta'ning Instagram ijtimoiy tarmog'i tez kunda foydalanuvchilarga postlarni "repost" qilish, ya'ni qayta post qilish imkonini beradigan xususiyatni qo'shadi. Bu haqida TechCrunch xabar bermoqda. Ma'lum bo'lishicha, yangi funksiya birinchi bo'lib taniqli ijtimoiy tarmoqlar konsultanti, Matt Navarra tomonidan aniqlangan. U o'zining rasmiy Twitter sahifasida Instagram'dagi Repost yorlig'ini ko'rsatadigan skrinshotni ulashdi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.09.2022
"48 megapiksel? Oz qolibdi, Apple!" - Samsung

Apple'ning iPhone 14 smartfonlari taqdim qilingan "Far Out" taqdimotidan bir necha kun avval Samsung o‘zining so‘nggi flagman smartfon va buklamafonlari reklama videosini chiqargan edi. Unda Janubiy Koreya kompaniyasi o‘zining telefonlari afzallik tomonlarini maqtab, yangi chiqadigan iPhone’lar bunday innovatsion xususiyatlarga ega bo‘lmasligi aytib, Apple ustidan kulgan. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.09.2022
Sekundiga 5 Gb/s - bu Wi-Fi 7

Bir necha kun oldin Intel va Broadcom kompaniyalari birgalikda yangi avlod Wi-Fi standartining ishlashini ko'rsatib beruvchi kichik taqdimot o'tkazishdi. Intel xodimi Karlos Kordeyro va Vijay Nagarajan, Broadcom simsiz ulanish bo'limi vitse-prezidenti ishtirokida o'tkazilgan tadbirda Wi-Fi 7 tezligi bilan Wi-Fi 6/6E tezligini taqqoslandi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.09.2022
Galaxy S23 qatoridagi smartfonlarning o'lchamlari ma'lum qilindi

Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy S seriyasidagi yangi smartfonlarini kelasi yil boshida taqdim qilishi kutilmoqda. Mish-mishlarga qaraganda, bo'lajak Galaxy S23 qatoridagi smartfonlar ko'rinishi hozirgisidan deyarli farq qilmaydi, lekin o'lchamlarda birozgina o'zgarish bor.

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.09.2022
AirPods'ingiz qalbakimi? iOS 16 sizni ogohlantiradi!

Apple'ning simsiz quloqchinlari yuqori sifatli ekanligi bilan birgalikda, ularning narxi ham "yuqori darajada" va bu bozorda arzon, lekin soxta AirPods'larning ko'payishiga olib kelgan. Aytish kerakki, agar iPhone smartfoningiz yoki iPad planshetingizga soxta qismlar o'rnatilgan bo'lsa, iOS buni aytib bera oladi va bu xususiyat o'tgan yildan beri mavjud. 9To5Mac nashri bergan xabarga qaraganda, Apple soxta mahsulotlarni aniqlashda keyingi qadamni tashlayotgan ko'rinadi: iOS 16 soxta qalbaki AirPods'larni aniqlay oladigan bo'ladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.09.2022
iPhone 14 modellariga oldindan buyurtma berish boshlandi

Taqdimotdan bir necha kun o‘tib Apple kompaniyasi iPhone 14 modellariga oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  11.09.2022
Ubisoft bir nechta yangi Assassin's Creed o'yinlarini e'lon qildi!

Sentabrning ilk kunida Ubisoft rasman Assassin's Creed o'yinining navbatdagi qismi Mirage bo'lishini va uning posterini ulashgan edi, lekin bu shunchaki xamir uchidan patir edi xolos. Kecha bo'lib o'tgan Ubisoft Forward tadbirida esa kompaniya bir qancha boshqa yangiliklar bilan birga navbatdagi Assassin's Creed o'yinlarini ham e'lon qildi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  11.09.2022
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
𝐁𝐮𝐧𝐢 𝐨'𝐪𝐢𝐦𝐚𝐬𝐝𝐚𝐧 𝐝𝐚𝐬𝐭𝐮𝐫𝐥𝐚𝐬𝐡𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐧𝐚𝐯𝐛𝐚𝐭𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐤𝐚𝐭𝐭𝐚 𝐱𝐚𝐭𝐨𝐧𝐢 𝐪𝐢𝐥𝐦𝐚𝐧𝐠!

Endi yana bahona qilsangiz, kun kelib 𝐝𝐚𝐬𝐭𝐮𝐫𝐜𝐡𝐢𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚𝐧 𝐝𝐚𝐬𝐭𝐱𝐚𝐭 𝐨𝐥𝐚𝐬𝐢𝐳.

Programmer UZ - Samarqand shahridagi 𝟏𝟐𝟎 𝐦𝐢𝐥𝐥𝐢𝐨𝐧 𝐬𝐨'𝐦 miqdorida ilk katta grantni taqdim etadi.

Unga ko'ra o'quvchilar, 𝐝𝐚𝐬𝐭𝐮𝐫𝐥𝐚𝐬𝐡 𝐯𝐚 𝐢𝐧𝐠𝐥𝐢𝐳 𝐭𝐢𝐥𝐢𝐧𝐢 imtiyozli ravishda o'rganishliklari mumkin.

🧐 Grant kimlarga beriladi?

Uni qanday yutish mumkin?

Nimalarni bilish kerak?

Barcha savollarga quyidagi havola orqali javob olasiz:

https://grant.programmer.uz

Shoshiling! Qabul 𝟏𝟔-𝐬𝐞𝐧𝐭𝐲𝐚𝐛𝐫𝐠𝐚𝐜𝐡𝐚 davom etadi va atigi 𝟏𝟎𝟎 𝐤𝐢𝐬𝐡𝐢 grantni qo'lga kiritishi mumkin!

↗️ Bu postni dasturlashga qiziqqan kishilarga yuborib qo'ying. Ilmni tarqalishiga sababchi bo'lasiz

@programmer_uz
Ўзбекистоннинг ҳозирдаги тренддаги мавзуси 😁👇🏽

https://t.me/phpdevelopersuz
Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (36 hafta)

GSMArena sayti o‘zining 36 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. O‘tgan haftada barchaning diqqat e’tibori Apple kompaniyasining taqdimotida namoyish qilingan iPhone 14 smartfonlarida bo‘ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.09.2022
iPhone 14 smartfonlarining batareya hajmi qancha?

Android smartfon ishlab chiqaruvchilaridan farqli o'laroq Apple o'zining yangi smartfonlari taqdimotida ularning qancha batareya hajmiga ekanligini ma'lum qilmaydi. Garchi kompaniya yaqinda o'tkazgan "Far Out" tadbiri davomida yangi iPhone 14 smartfonlari "butun kunga yetadigan batareyaga ega" ekanligini aytgan bo'lsa ham, ko'pchilik uchun qurilmalarga aynan qanchalik hajmdagi batareya o'rnatilganligi, albatta, qiziq. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.09.2022