IT news | Tg Bots
183 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
iPhone SE 4 smartfoni iPhone XR dizaynida chiqariladi

Joriy yilning mart oyida Apple o'zining o'rta darajali iPhone SE smartfoni yangi avlodini, iPhone SE 3 yoxud iPhone SE 2022 modelini taqdim qildi. Aytish kerakki, qurilma faqat ichki tomondan o'zgarishlar va yaxshilarga ega bo'lib, uning tashqi ko'rinishi avvalgisidek, iPhone 8 dizayniga asoslangan holda chiqarilgan. Biroq, bu dizayn iPhone SE modellari uchun an'anaviy bo'lib qoldi deyishga shoshilmang, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, yangi avlod iPhone SE modeli hozirgisidan butunlay boshqacha, lekin siz avval iPhone smartfonlarida ko'rgan dizaynda chiqariladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  31.08.2022
Mobiuz Toshkentda 5G xizmatini ishga tushirdi

O'zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan yana bir aloqa operator, Mobiuz, Toshkentda o'zining 5G xizmatini ishga tushirganligini e'lon qildi. Endilikda Mobiuz abonentlari ushbu xizmatni yoqish bilan o'zlarining 5G tarmog'ini qo'llab-quvvatlaydigan qurilmalarida yuqori tezlikdagi beshinchi avlod mobil aloqa standartidan foydalanishlari mumkin. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  31.08.2022
❗️31 yoshing muborak jonajon O'zbekistonim ❤️

🌟 Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan barcha vatandoshlarimizni muborakbod etamiz! 🥳

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi abadiy bo‘lsin! 🤲

(Reaksiya qoldirishni unutmang...😇)


-ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ • | @QalbimNidosi
Yangi hamyonbop Galaxy smartfoni taqdim etildi

Galaxy A seriyasida yana bir yangi model qo‘shildi. Ushbu smartfon o‘tgan yilgi A03s modelining yangi avlodi, shuningdek yaqinda taqdim etilgan A04 modeling yaxshilangan versiyasi hisoblanadi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.09.2022
Apple ham o'zining bir nechta eski smartfonlariga yangilanish yubordi

Yaqinda Samsung kompaniyasi o'zining juda ko'plab eski smartfonlariga xavfsizlik yangilanishlarini yuborgan edi. Endilikda Apple kompaniyasi ham o'zining deyarli sakkiz-to'qqiz yillik smartfonlariga muhim xavfsizlik yangilanishini yubormoqda (The Verge orqali).

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.09.2022
Samsung harbiy darajada qattiq himoyalangan Galaxy Tab Active 4 Pro planshetini taqdim qildi

Afsuski, hozirgi nozik va nafis dizaynda chiqarilayotgan mobil qurilmlar ofisdan tashqarida, turli xil sharoitlarda ishlovchilar uchun muqobil variant bo'la olmaydi. Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ushbu muammoga o'zining yangi Galaxy Tab Active 4 Pro plansheti bilan javob berdi. Ortiqcha dabdabalarsiz taqdim qilingan qurilma harbiy darajadagi qattiq himoyalangan bo'lib, u ekstremal sharoitlar uchun AQSh harbiy kuchlarining MIL-STD-810H sertifikatiga, shu bilan birga, suv va changga chidamliligi uchun IP68 reytinggiga ega. Aytish kerakki, planshet 1-1.2 metr balandlikdan tushib ketishdan yoki 1.5 metr chuqurlikdagi suvda yarim soatlab qolib ketishdan "qo'rqmaydi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.09.2022
Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (34 hafta)

GSMArena sayti o‘zining 34 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Apple rasman iPhone 14 seriyasini 7 sentyabr sanasida taqdim etishini ma’lum qildi. Bu holat o‘z navbatida reytingga ta’sir o‘tkazmay qolmadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.09.2022
Sony Xperia 5 IV smartfonini taqdim qildi

Sony bugun o'zining yangi avlod kompakt telefoni, Xperia 5 IV ni rasman taqdim qildi. Taniqli yaponiyalik kompaniya o'zining bu yildagi eng so'nggi smartfonini, albatta, eng yaxshi kameralar bilan jihozlagan bo'lib, u bir qancha yuqori darajadagi texnik xususiyatlarga ega.

📣 IT news | © Terabayt.uz  01.09.2022
Galaxy Z Fold4 damini olsin — Asus kompaniyasi 17.3 dyuymli buklanuvchi plashetni taqdim etdi

Asus kompaniyasi yil boshidagi CES tadbirida Zenbook 17 Fold OLED planshetining prototipini taqdim etgan edi. Endi kompaniya ushbu qurilmani rasman taqdim etdi. Xo‘sh, Zenbook 17 Fold OLED - bu qanday planshet?

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.09.2022
Apple Pro modeldagi iPhone 14 tirqishlari orasidagi bo'shliqdan ham foydalanib qolmoqchi

Apple'ning bo'lajak iPhone 14 qatoridagi smartfonlari yangicha dizaynga ega bo'lishi deyarli bir yildan beri mish-mish qilib kelinmoqda. Uzunquloq xabarlari yangi avlod seriyasidagi Pro modellar Face ID va selfi kamera sensorlari uchun yotqizilgan "i" shaklidagi ikki xil tirqishga ega bo'lishini tasdiqlaydi. Biroq, so'nggi xabarlar Apple ular orasidagi bo'shliqni "to'ldirib" qo'yishini ma'lum qilmoqda. Bu haqida MacRumors o'zining anonim manbalariga asoslanib xabar bermoqda va buni keyinroq Bloomberg'dan Mark Gurman ham tasdiqlagan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.09.2022
Samsung ochiqchasiga Apple'ning ustidan kulmoqda!

Agar futbol olamida Messi va Ronaldo, ichimliklarda Pepsi va Coca-Cola bir-birlariga eng ashaddiy raqiblar bo'lishsa, smartfonlar olamida bu iPhone va Galaxy brendlaridir. Ularning ikkovlari ham bir vaqtning o'zida ham bir-birlarini ko'rolmaydigan, ham bir-birlarisiz turolmaydigan kompaniyalar bo'lib, ora-orada qaysi birlari bozorda eng zo'ri ekanliklarini ko'rsatib qo'yadigan reklamalar bilan bir-birlarini "qitiqlab" turishadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.09.2022
Android 14 bilan to'g'ridan-to'g'ri sun'iy yo'ldoshga ulanish mumkin bo'ladi

Garchi O'zbekistondagi aloqa operatorlar mamlakatimiz hududida keng qamrovli simsiz aloqa xizmatlarini taklif qilishsa ham, ko'plab chekka hududlarda yoxud qishloq joylar hali-hamon uyali aloqadan foydalanish imkoni mavjud emas va bu, albatta, yomon. Bunga esa sun'iy yo'ldoshga ulanish yechim bo'lishi mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.09.2022
Yangi avlod iPhone'larining Pro modellari 100 dollarga qimmat bo'ladi

iPhone muxlislari uzoq kutgan kun yaqinlashib kelmoqda. Bir necha kundan so'ng, Apple kompaniyasi o'zining iPhone 14 smartfonlari qatorini taqdim qiladi. Aytish kerakki, bo'lajak ayfonlarning tashqi ko'rinishi ko'pchilik uchun yangilik bo'lmasa kerak. Deyarli bir yildan beri mish-mish qilib kelinayotgan yangi avlon iPhone'larining Pro modellari old tomonida tabletka va yumaloq shakldagi tirqishlarga ega bo'ladi. Oddiy modellar esa iPhone X dan beri saqlanib kelayotgan katta qora tirqish bilan chiqariladi. Albatta, yangi modellarning texnik xususiyatlari ham kuchaytiriladi. Biroq, tashqi va ichki tomonidan ham ko'ra hammani eng, eng, eng qiziqtiradigan narsa bu ularning narxlari desak adashmagan bo'lamiz.

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.09.2022
Nokia 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi ikkita smartfonni taqdim etdi

HDM Global (Nokia) IFA tadbirida qayta ishlangan materialdan ishlangan qurilmalarni taqdim etdi. Kompaniya, shuningdek, qurilmalarni foydalanish vaqtini oshirish hamda elektron chiqindilarni kamaytirish uchun doiraviy obuna tizimini ishlab chiqdi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.09.2022
Redmi A1 - bu qanday smartfon?

Xiaomi kompaniyasining yangi byudjet sinfidagi Redmi A1 smartfoni tez kunlarda taqdim etiladi. Ushbu qurilmani eski Xiaomi Mi A1 (Mi 5x) modeli bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  05.09.2022
Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (35 hafta)

GSMArena sayti o‘zining 35 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Sony o‘tgan haftada Xperia 5 IV kichik hajmli flagman smartfonni taqdim etgan edi. Ushbu modelga qiziqish birdan ortdi, natijada smartfon reytingda birinchi o‘ringa chiqib oldi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  05.09.2022
Android smartfonlari tez orada yo‘tal va xurrak ovozini yozib olishni boshlaydi

Agar smartfonda juda ham ko‘p foydalanishni kamaytirmoqchi bo‘lsangiz, bunda sizga Google'ning Digital Wellbeing funksiyasi yordam beradi. Ushbu funksiya Android 9 operatsion tizimida paydo bo‘lgan bo‘lib, Android tizimida ishlaydigan smartfonlarning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  05.09.2022
iPhone 14 Pro Max uchun chiqariladigan g‘iloflar 13 Pro Max'ga mos keladimi?

iPhone 14 Pro Max uchun mo‘ljallangan g‘ilof iPhone 13 Pro Max 13 modeliga mos keladimi? Yaqinda internetda iPhone 14 Pro Max'ning g‘ilofini 13 Pro Max'ga o‘rnatilgan rasmi paydo bo‘ldi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  06.09.2022
Huawei 230 dollarlik smartfonni sotuvga chiqardi

Huawei kompaniyasi bugun Mate 50 seriyasining taqdimotini o‘tkazadi. Ammo bundan oldin kompaniyaning do‘konida yangi smartfon - Huawei nova 10z modeli paydo bo‘ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  06.09.2022
Xiaomi'dan uchta hamyonbop smartfon

Redmi'ning Hindistondagi bo‘limi bugun byudjet sinfidagi Redmi 11 Prime 5G, Redmi 11 Prime va Redmi A1 modellarini taqdim etdi. Barcha qurilmalar MediaTek chipi bilan jihozlangan bo‘lib, ular shu haftada sotuvga chiqariladi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  06.09.2022
openbudbot_pcode.zip
132.8 KB
openbudget.uz loyihasi uchun bot namunasi.

PS. botni ishlatish uchun tasix hostingda ishga tushirish kerak.

PS2. Zerikishdan yozilgan bot va kamchiliklarga ega.