IT news | Tg Bots
181 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
Testlar yakunlandi, Android 13 barqaror versiyasi tarqatilmoqda

Android'ning bu yilgi katta yangilanishi, Android 13, rasman bugundan barqaror versiyada Pixel smartfonlariga tarqatila boshladi. Aytish kerakki, Google o'n uchinchi avlod Android'ini odatdagidan ancha oldinroq chiqardi: o'tgan yili Android 12 oktabrda chiqarilgan bo'lsa, undan oldingi Android 11 sentabrda chiqarilgan edi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  16.08.2022
200MP kamerali Xiaomi smartfonining jonli surati tarqatib yuborildi

O'tgan haftada taqdim qilgan Moto X30 Pro smartfoni bilan Motorola dunyodagi ilk 200MP kamerali mobil telefon ishlab chiqargan kompaniya bo'ldi. Ammo, uning "bittaligi" uzoqqa bormaydiganga o'xshaydi, bir necha haftadan beri Xiaomi'ning ham 200MP kamerali smartfoni haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Uzunquloqning "Redmi K50 Ultra ana shunday kameraga ega bo'ladi" degan gaplari biroz noto'g'ri bo'lib chiqdi, smartfon 108MP kamera bilan e'lon qilindi. Lekin, Xiaomi rostdan ham rekord darajadagi kamera sensoriga ega smartfon ustida ishlayotgan ko'rinadi, bu safar quruq gap emas, balki, smartfonning jonli surati tarqatib yuborildi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  16.08.2022
Eng ko'p foydalaniladigan ijtimoiy tarmoq qaysi?

Statistikaga ko'ra, dunyo aholisining 59 foizi yoxud 4.7 milliard odamlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi va ushbu raqamlar yiliga 5.1% yoki 227 millionga oshib bormoqda. Bu bir necha yil avvalgi emas, balki, 2022-yilning iyul oyiga ko'ra DataReportal tomonidan berilgan ma'lumotlar bo'lib, quyida shuuuncha odam qaysi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi va unga qancha vaqt sarflashi bilan tanishamiz.

📣 IT news | © Terabayt.uz  17.08.2022
Xalqaro bozor uchun yangi Poco M4 5G taqdim etildi

Hindiston bozori uchun mo‘ljallangan Poco M4 5G modeli shu yilning aprel oyida taqdim etilgan edi. Kompaniya endi ushbu qurilmani boshqa bozorlar uchun ham taqdim etdi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  17.08.2022
Adidas'ning yangi naushniklari quyosh nurlaridan quvvatlanadi

Agar simsiz naushniklarning bitta "minus" tomoni bo'lsa, bu ularning quvvati tez tugab qolishidadir. Biroq, Adidas'ning yangi simsiz quloqchini deyarli quvvatlashingiz shart emas. Taniqli sport brendi Zound Industries bilan hamkorlikda o'zining RPT-02 SOL, tabiiy yoki sun'iy yorug'lik bilan zaryadlana oladigan simsiz quloqchinni taqdim qildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  17.08.2022
iPhone 14 qatori kutilganidan ertaroq taqdim qilinishi mumkin

Apple'ning yil boshidan beri mish-mish qilib kelinayotgan iPhone 14 smartfonlari qatori yaqin uch hafta ichida taqdim qilinishi mumkin. Bloomberg'dan Mark Gurmanning xabar qilishicha, kupertinolik kompaniya 7-sentabr, chorshanba kuni o'zining yangi mahsulotlarini taqdim qilish uchun katta tadbir o'tkazishni rejalashtirmoqda. Ma'lum bo'lishicha, bu safargi taqdimot ham avvalgilari singari onlayn bo'lib o'tadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  18.08.2022
Narxi 200 dollarga bormaydigan realme smartfoni taqdim etildi

realme kompaniyasi o‘zining 9i 5G modelini taqdim etdi. Smartfon Dimensity 810 chipi va katta hajmli akkumulyator bilan jihozlangan. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  19.08.2022
Darhol Apple qurilmalaringiz dasturiy ta'minotini yangilang!

Apple o'zining iPhone, iPad va Mac qurilmalari uchun iOS/iPadOS 15.6.1 va macOS 12.5.1 shoshilinch xavfsizlik yangilanishlarini chiqardi. Ma'lum bo'lishicha, ushbu yangilanishlar tizim yadrosi (dehqonchasiga aytganda, qurilmangizdagi hamma narsani boshqaradigan yadro) va WebKit'dagi xakerlarga qurilmangizda zararli dasturni ishga tushirishga imkon beradigan ba'zi xavfsizlik xatolarini tuzatadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  19.08.2022
Galaxy S23 Ultra'ning 200MP kamerasi haqida yangi ma'lumotlar tarqatildi

Yaqinda Samsung o'zining Galaxy Z Fold/Flip 4 buklamafonlarini taqdim qildi. Xo'sh, undan keyinchi? Navbat kompaniyaning yangi avlod flagmanlari, Galaxy S23 qatoriga. Koreyaning ETNews nashri bergan xabarga ko'ra, Samsung rostdan ham o'zining Galaxy S23 Ultra modelida 200 megapikselli kameradan foydalanishi mumkin. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  20.08.2022
Telegram'da yuzerneymlar bilan bog'liq uzoq kutilgan o'zgarish 

Telegram foydalanuvchilari o'z profillari yoki ommaviy guruh/kanallari uchun @username (yuzerneym), ya'ni "foydalanuvchi nomi"ni qo'yishlari mumkin. Bu ularni messenjerda global qidiruv orqali tez va oson topish imkonini beradi. Yuzerneymlarning har biri noyob bo'lib, ular bir-birini takrorlamaydi. Aytish kerakki, Telegram'da yuzernyemlar "kim birinchi olsa o'shaniki" tamoyilida tarqatiladi va ularni soniyalar ichida, osongina band qilish mumkin. Shu sabab platformada kiberskvotting, ya'ni taniqli kompaniya, brendlar yoxud mashhur shaxslarning ismlari bilan yuzerneymlarni shunchaki band qilib olib, ularni sotish holatlari juda avj olgan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  20.08.2022
Shazam 20 yoshda!

Agar biron joyda biron qo'shiq parchasini eshitib qolsangiz va u sizga yoqib qolsa, smartfoningizni olib uni "Shazam qilish"ni boshlaysiz. Soniyalar ichida esa bu kimning qaysi qo'shig'i ekanligini bilib olasiz. Ajoyib shunday emasmi? Ushbu Shazam xizmati bu yil o'zining 20 yilligini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan uning bosh kompaniyasi, Apple qiziqarli statistik ma'lumotlarni ulashdi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  20.08.2022
Galaxy S23 Ultra'da yana bir ijobiy o‘zgarish bo‘ladi

Samsung yaqinda Galaxy Z Flip4 va Z Fold4 buklamafonlarini taqdim etgan edi. Kompaniyaning keyingi flagmanlari kelasi yilning yanvar yoki fevral oyida taqdim etiladigan S23 seriyasi bo‘ladi. Undagi Ultra model esa Qualcomm'ning 3D Sonic Max barmoq izi sensoriga ega bo‘ladi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  22.08.2022
Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (33 hafta)

GSMArena sayti o‘zining 33 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Oxirgi yetti kun ichida yangi taqdim etilgan qurilmalarning bir nechtasi reytingga kirishga muvaffaq bo‘ldi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  22.08.2022
Mandat seni tog'angmas🙅‍♂(Prod.by Kholboev)

Abee2Rent
#music_time

Mandat seni tog‘angmas (parodiya)

Bugundan boshlab mandat temada😅

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://t.me/phpdevelopersuz
Pavel Durov o'z messenjerida dislayklar bilan "siylandi"

Telegram messenjeri rahbari, Pavel Durov o'z kanaliga yangi post joyladi, lekin u o'quvchilar tomonidan ijobiy qabul qilinmadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  23.08.2022
Galaxy A04s smartfonining narxi ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasining yangi Galaxy A04s modeliga oid ko‘plab mish-mishlar tarqalmoqda. Demak, smartfon yaqin kunlarda taqdim etiladi. Ishonchli manba Samsung smartfon uchun Yevropada 169 yevro so‘rashini ma’lum qildi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  23.08.2022
Galaxy A04 smartfoni taqdim qilindi

Samsung kompaniyasi global bozor uchun yangi byudjet smartfon, Galaxy A04 modelini ortiqcha dabdabalarsiz taqdim qildi. Quyida yangi qurilmaning texnik xususiyatlari bilan tanishishingiz mumkin.

📣 IT news | © Terabayt.uz  24.08.2022
Bir necha eski Galaxy smartfonlariga dastur yangilanishi kelmoqda

Dasturiy ta’minot bilan ta’minlanishi rasman to‘xtatilgan bir necha Galaxy smartfonlariga shu oyning boshida yangilanishlar kelgan edi, ammo bu faqat boshlanishi edi. Samsung endi millionlab eski smartfonlariga GPS tizimi to‘g‘irlovchi dastur yangilanishini jo‘natilmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  24.08.2022
Quvvati tugasa ham qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar yozish imkoniyatiga ega smartfon taqdim etiladi

Kecha Huawei rasmiy ravishda Mate 50 seriyasi smartfonlariga Huawei Mall, JD.com va Tmall kabi yirik platformalarda oldindan buyurtma berish mumkinligini e’lon qildi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  24.08.2022
Mish-mishlar yakunlandi. Apple'ning uzoq kutilgan taqdimoti 7-sentabr kuni bo'lib o'tadi!

Apple o'zining navbatdagi yangi mahsulotlarini kelayotgan sentabr oyining yettinchi sanasida o'tkaziladigan tadbirda taqdim qiladi, bu haqida kompaniya o'zining veb-saytida e'lon qildi. "Far Out", o'zbekchasiga "Uzoqda" deb nomlanuvchi tadbir Apple'ning Kupertinodagi shaharchasida joylashgan Stiv Jobs teatrida o'tkaziladi. Aytish kerakki, bu kompaniyaning pandemiyadan keyin ushbu teatrda o'tkazayotgan ilk katta mahsulot taqdimoti bo'lib, u ham oflayn, ham onlayn bo'ladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  25.08.2022
Samsung Galaxy Z Flip4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Yana bir Samsung Unpacked taqdimoti ortda qoldi. Ushbu tadbirda to‘rtinchi avlod Galaxy buklamafonlari taqdim etildi. Kutilganidek, buklamafonlar ikki xil forma faktorida: Z Fold4 - planshetga aylana oluvchi katta smartfon, Z Flip4 - raskladushkaga o‘xshab buklanadigan kichikroq hajmdagi qurilma. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  25.08.2022