IT news | Tg Bots
181 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
Apple'ning AR/VR qurilmasi qachon chiqarilishi mumkinligi ma'lum qilindi

Bugungi kunda Apple o'zining AR/VR qurilmasi ustida ishlayotgani hech kimga sir emas. Biroq, uning qachon va qanday narxda chiqarilishi hali ham noma'lum, edi, endilikda ma'lum bo'lishicha, kompaniya uni keyingi yil boshida juda qimmat narxda chiqaradi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  09.08.2022
Motorola'dan Razr 2022 bo'lsa, Xiaomi'dan Mix Fold 2

Avgust oyi buklamafonlar oyi bo'ladigan ko'rinadi. Bir tomondan Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o'zining yangi avlod buklamafonlarini taqdim qilishga tayyorlanayotgan bo'lsa, yana bir tomonda ikki xitoylik kompaniya ularga raqib tayyorlamoqda: Galaxy Z Flip 4 uchun Motorola Razr 2022, Galaxy Z Fold 4 uchun Xiaomi Mix Fold 2.

📣 IT news | © Terabayt.uz  09.08.2022
Redmi K50 Ultra qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi

Xitoyning Redmi kompaniyasi Redmi K50 Extreme Edition smartfonini rasman ertaga, 11-avgust kuni taqdim qilishini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, qurilma tadbirda Redmi K50 Ultra nomi bilan chiqariladi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.08.2022
Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (31 hafta)

31 haftada reytingning yuqori pog‘onalarida o‘zgarishlar kuzatildi. Nothing phone (1) taqdim etilganidan mana bir qancha vaqt o‘tib unga bo‘lgan qiziqish tushib ketmoqda. Natijada Zenfone 9 modeli birinchi o‘ringa chiqib oldi. Galaxy S22 ham bir pog‘ona yuqorilab, ikkinchi o‘ringa joylashdi. Nothing phone (1) esa kuchli uchlikka yakun yasadi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.08.2022
Qanday qilib kompyuterda Instagram uchun qorong'i rejimni yoqish mumkin?

Kompyuter yoki smartfon egalarining juda ko'pchiligi o'z qurilmalari qorong'i rejimdan foydalanishni yoqtirishadi, chunki bunda ko'zlar kamroq charchaydi va qurilma quvvati biroz bo'lsada kamroq sarflanadi. Biroq, ushbu oddiy, lekin foydali xususiyat hali ham ba'zi katta platformalarda, masalan, Instagram'da mavjud emas.

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.08.2022
"Telegram premium" ni narxini kelishtirsak boʻladimi😄
Albatta buning yoʻli bor

Turkiya VPNi bilan Google Account ochib, shu akkount orqali play marketdan Telegram yuklab olasiz. O'sha telegram orqali Premium Subscription sotib olasiz. Bo'ldi )

❗️Podpiska sotib olayotgan payt sizning telefoningizda faqat bitta (Turkiyada ochilgan) Google akkaunt qolishi kerak

P.S. VPN so'raganlar uchun "QUARK VPN"
https://t.me/phpdevelopersuz
Pavel Durov yana "Olma"ga tosh otmoqda

Telegram asoschisi, Pavel Durov, yana Apple'ni tanqid qildi. Bu safar, Durovning so'zlariga ko'ra, kupertinolik kompaniya sabab Telegram'ning navbatdagi yangilanishi kechikmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.08.2022
Samsung rasman Galaxy Z Fold4 buklamafonini taqdim qildi

Bir necha oylik ma'lumotlar sizdirilishi va mish-mishlardan keyin, Samsung vanihoyat o'zining Galaxy Z Fold4 buklanadigan smartfonini taqdim qildi. Garchi unchalik katta dizayn o'zgarishiga ega bo'lmasa ham yangi avlod buklamafoni bir qancha yaxshilanishlarga ega.

📣 IT news | © Terabayt.uz  11.08.2022
Samsung rasman Galaxy Z Flip4 buklamafonini taqdim qildi

Samsung Galaxy Z Flip qatori o'zining chiroyli, ixcham dizayni va turli xil xususiyatlari bilan buklamafonlar bozorida katta muvaffaqiyatga erishgan. Kecha Samsung uning yangi avlodi, Galaxy Z Flip 4 ni bir qancha yaxshilanishlar rasman taqdim qildi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  11.08.2022
Ijtimoiy tarmoqlardan kriptobirjarlarga: O'zbekistonda Binance va boshqalar bloklandi

Avgust oyi boshida O'zbekistonda bloklangan ijtimoiy tarmoqlarning ochilishi bilan birgalikda yetakchi onlayn kriptobirjalar: Binance, FTX, Kraken, KuCoin, Gate, Bitfinex va boshqalarning saytlariga kirishda cheklovlar o'rnatildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  11.08.2022
Samsung rasman Galaxy Watch5 va Watch5 Pro soatlari taqdim qildi

Kecha bo'lib o'tgan Unpacked taqdimotida Samsung Galaxy Fold4 va Flip4 buklamafonlari bilan birgalikda Galaxy Watch5 smartsoatlari qatorini ham e'lon qildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  11.08.2022
​​YouTube kanalimizda yangi video:
«🔥 8400 SO'MGA TELEGRAM PREMIUM OLAMIZ »

⚡️ Xozirgi kunlarda HAYP bo'layotgan mavzu TELEGRAM PREMIUM ARZONLASHGANI bo'lib qoldi. Bugungi videoda siz qanday qilib Premium obunani 8400 so'mga olishni isboti bilan ko'rib o'rganib olasiz!👇🏻

Videoni ko'rish 👇
👉 https://youtu.be/83_QFc4MAJQ
Motorola dunyodagi ilk 200MP kamerali smartfonni rasman taqdim qildi!

Avgust oyining 2-sanasida Motorola kompaniyasi Xitoyda o'zining 200MP kamerali smartfonini taqdim qilishi kutilayotgan edi, lekin ma'lum sabablarga ko'ra u 11-avgustga kechiktirildi. Bu orada Xiaomi kompaniyasi ham xuddi shunday katta o'lchamdagi kamerali smartfonini tayyorlayotgani mish-mish qilindi, ammo, baribir Motorola eng birinchi bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  11.08.2022
Galaxy Z Flip4'ga raqobatchi tayyor

Uzoq kutilgan Motorola Razr 2022 modeli nihoyat taqdim etildi. Smartfon Z Flip4 kabi “raskladushka“ forma faktorida ishlangan bo‘lib, unga takomillashgan displey va kamerlar, shuningdek, flagman darajadagi chip o‘rnatildi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  11.08.2022
Galaxy A23 seriyada yana bir yangi smartfon taqdim etiladi

Galaxy A23 5G yaqin kunlar ichida taqdim etilishi kutilmoqda. Ushbu smartfon yolg‘iz taqdim etilmaydi. Seriyasiga A23e modeli ham qo‘shiladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  11.08.2022
sms.my-bots.ga.zip
13.9 KB
https://onlinesim.ru saytidan api key olib botdagi $api_key o'zgaruvchi òrniga qo'yamiz!
https://t.me/phpdevelopersuz
IT news | Tg Bots
sms.my-bots.ga.zip
Shu qismni $key[]= qilinglar bitta = va [] òchirilishi kk)
https://t.me/phpdevelopersuz
Tesla roboti uchun ham raqobatchi tayyor!

Kecha Xiaomi kompaniyasi Xitoyda o'zining yana bir muhim tadbirlaridan birini o'tkazdi va unda bir necha ajoyib qurilmalardan tashqari kutilmaganda o'zining CyberOne nomli ilk gumanoid robotini ham taqdim qildi. Albatta, bu kompaniyaning birinchi robot mahsuloti emas, u o'tgan yilning avgustida CyberDog robot kuchugini ham taqdim qilgan edi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.08.2022
Xiaomi rasman Mix Fold 2 buklamafonini taqdim qildi

Avgust buklamafonlar oyligi bo'ldi. So'nggi bir necha kunda biz bir-biridan ajoyib buklamafonlar taqdimotini ko'rdik: Samsung kompaniyasidan Galaxy Z Fold4 / Flip4, Motorola'dan Razr 2022. Bir tomondan Galaxy Z Flip 4 va Razr 2022 qizg'in bahs olib borayotgan vaqtda, Galaxy Z Fold 4 ham yolg'iz qolgani yo'q. Unga Xiaomi'ning Mix Fold 2 buklamafoni raqobatchilik qiladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.08.2022
O'zbekistonda Galaxy Z Fold/Flip4 narxi qancha va qanday qilib ularga oldindan buyurtma berish mumkin?

Bir necha kun oldin Samsung kompaniyasi o'zining yangi avlod Galaxy Z Fold/Flip buklamafonlarini taqdim qildi. Garchi yangi qurilmalar o'zgarmagan narxda taqdim qilingan bo'lsa ham, ular biroz qimmat, lekin siz ularga oldindan buyurtma berish orqali qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiritishingiz mumkin: Galaxy Z Fold4 uchun Galaxy Watch4 Classic yoxud Galaxy Flip4 uchun Galaxy Watch4.  

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.08.2022