IT news | Tg Bots
181 subscribers
1.16K photos
129 videos
490 files
1.68K links
👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ,
👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ!
📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ
@PrakurorRobot
@HisoblaRobot
@MajburRobot
@Kitoblarbot

📹

┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ:
@LiderKoder

© 2020-2024 !
Download Telegram
Galaxy S23 Ultra yangi 200MP kamera sensori bilan jihozlanadi

Samsung so‘nggi 10 oy ichida smartfonlar uchun ikkita 200 megapikselli kamera sensorlarini taqdim etdi. Ice Universe bergan ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya tomonidan uchinchi 200MP sensor ham taqdim etiladi va u kelasi yilgi Galaxy S23 Ultra flagmaniga o‘rnatiladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.08.2022
Tanishing, bu o'zga sayyoralik G-nusmas!

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi endi yangi maskot qahramoniga ega. Uning ismi G-nusmas bo'lib, u yaqinda Bespoke nashridagi Galaxy Z Flip 3 reklamasi paydo bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  03.08.2022
Endi Galaxy Z Fold/Flip emas, balki Galaxy Fold/Flip bo'ladi

Samsung kompaniyasi o'zi buklamafonlari nomida "Z" harfini olib tashlayotgani ma'lum qilindi. Insayderning xabar qilishicha, tez kunlarda taqdim qilinishi kutilayotgan yangi avlod Galaxy buklanadigan smartfonlari shunchaki Galaxy Fold/Flip 4 deb nomlanadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.08.2022
150 vattda quvvat oluvchi Snapdragon 8 Gen1 chipli smartfon taqdim etildi

OnePlus kompaniyasi o‘zining eng kuchli smartfoni - OnePlus 10T'ni taqdim etdi. Kompaniya bu yil strategiyani biroz o‘zgartirdi, ya’ni 10T modeli yilning ikkinchi yarmida taqdim etildi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.08.2022
O'zbekistonda kiberxavfsizlik bo'yicha turnir bo'lib o'tadi

IT Park'ning ma'lum qilishicha, 11-avgust kuni O'zbekistonda kiberxavfsizlik bo'yicha "AntiHack Challenge" turniri o'tkaziladi. AKT vazirligi va Central Asia Distribution yordamida IT Park, Cisco va Beeline Uzbekiston tomonidan o'tkazilayotgan ushbu musobaqa yoshlarning axborot xavfsizligiga bo'lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, shu yo'nalish bo'yicha ko'nikma va salohiyatni shakllantirishga qaratilgan bo'lib, u bir kunga mo'ljallangan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.08.2022
Galaxy S23 Ultra chipseti va batareyasi haqidagi ma'lumotlar tarqatildi

Taniqli va ishonchli insayder Ice Universe bergan ma'lumotlarga ko'ra, Galaxy S23 Ultra smartfoniga Qualcomm joriy yilning noyabrida taqdim qilishi kutilayotgan Snapdragon 8 Gen 2 chipseti o'rnatiladi. Ma'lum bo'lishicha, 4nm chipset 1 x Cortex-X3, 2 x Cortex-A720, 2 x Cortex-A710, 3 x Cortex-A510 va Adreno 740 GPU'sini o'z ichiga oladi va u TSMC tomonidan ishlab chiqariladi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  05.08.2022
200MP kamerali Motorola smartfonining yangi taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi

Motorola kompaniyasi 2-avgust kuni dunyodagi ilk 200MP kamerali smartfon va yangi Razr buklamafonini taqdim qilishi kutilayotgan edi. Biroq, tadbir o'tkazilishidan bir necha soat avval bekor qilindi. Taxminlarga ko'ra, bunga AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi munosabati bilan Xitoy va Tayvan o'rtasida keskinlik kuchaygani sabab bo'lgan.

📣 IT news | © Terabayt.uz  05.08.2022
Samsung smartfonlari seriyasi Galaxy S, M, A va Note modellari bir-biridan qanday farqlanadi?

Ba’zi hollarda S va M futbolkalari o‘rtasida deyarli farq yo‘q, ba’zida esa bu farq juda katta. Mazkur holat smartfonlar qatorida ham xuddi shunday. Ammo kiyim bilan hamma narsa ancha sodda: siz uni sinab ko‘rdingiz va sizga nima mos kelishi aniq bilib olasiz.

📣 IT news | © Terabayt.uz  05.08.2022
One UI 5.0 ommaviy sinovga chiqarildi!

Samsung muxlislari uzoq kutgan vaqt keldi. Kompaniya, vanihoyat, o'zining Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlari uchun Android 13 ga asoslangan One UI 5.0 qobig'ining ommaviy sinov versiyasini Janubiy Koreya, Germaniya hududlarida chiqardi. XDA yangilanish o'z ichiga olgan asosiy o'zgarishlar bilan ulashdi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  06.08.2022
O‘zbekistondagi kiberxavfsizligi kuchli bo‘lgan top 10 tashkilotlar

"Kiberxavfsizlik markazi" davlat unitar korxonasi, 2022 yilning 2 choragiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda axborot xavfsizligi ta’minlanganligi bo‘yicha reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Adliya vazirligi 97.3 ball bilan yetakchilik qilmoqda:

📣 IT news | © Terabayt.uz  06.08.2022
O'zbekistonda yil oxirigacha milliy ijtimoiy tarmoq chiqarilishi mumkin

Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatimizda zamonaviy, xalqaro darajadagi, hamda, innovatsion ijtimoiy tarmoq yaratish maqsadida milliy messenjer va ijtimoiy tarmoqlar yaratish maqsadida respublika miqyosida "startap" loyihalar tanlovini e'lon qildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  06.08.2022
𝚂𝚒𝚏𝚊𝚝𝚕𝚒 𝚁𝚎𝚔𝚕𝚊𝚖𝐚

Umumiy 29 000 dan ortiq guruh va userlarga xabar yuboriladi. Reklama 24 soatdan soʻng botdan oʻchiriladi!

Reklama postingiz yaxshi boʻlsa effekt shuncha yaxshi boʻladi

𝙽𝚊𝚛𝚡:
Istalgan turdagi reklama uchun (stavka, 18+ va shunga o'xshash taqiqlangan reklamalardan tashqari) 200 000 so'm

Lichkada yoki kanallarda ishlovchi botlar reklamasi narx:
200 000 soʻm

Xar xil mahsulot reklamasi uchun narx 250 000 soʻm

Guruhlarda ishlovchi bot reklamasi boʻyicha bu yerda...

❗️Reklama uchun toʻlov 100% oldindan amalga oshiriladi

⚠️ DIQQAT ADMINGA YOZISHDAN OLDIN TEPADAGI REKLAMA NARXLAR VA SHARTLARNI O‘QIB KEYIN YOZING

ᴍᴜʀᴏᴊᴀᴀᴛ ᴜᴄʜᴜɴ: @izzatillo
Galaxy Z Fold 4 va Flip 4 jonli suratlarda

Samsung o'zining yangi avlod Galaxy Z Fold va Flip smartfonlarini taqdim qilishiga atigi bir necha kun qoldi, biroq taqdimotdan oldin bo'lajak buklamafonlarning jonli suratlarda internetda tarqatib yuborildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  07.08.2022
Hech qanday Phone 1 Lite bo'lmaydi

O'tgan oyda Nothing o'zining ilk smartfonini taqdim qildi. Xo'sh, undan keyinchi? Xuddi boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilaridek, kompaniya yangi smartfon ustida ishlayotgani mish-mish qilindi. Uzunquloq xabarlarga ko'ra, Nothing hozirgi phone (1) ning orqa tomonida hech qanday LED chiziqli chiroqlari bo'lmagan "yengil" va byudjet versiyasi ustida ishlamoqda. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  08.08.2022
iPhone 14 qatori kutilganidan kechroq chiqarilishi mumkin

Apple kompaniyasi o'zining yangi avlod iPhone smartfonlari chiqarilishini kechiktirishi mumkin. Ma'lum bo'lishicha, bunga Xitoy va Tayvan davlatlari o'rtasidagi siyosiy ziddiyat sabab bo'lmoqda. Agar "buni nima aloqasi bor?" deb o'ylayotgan bo'lsangiz o'qishda davom eting.  

📣 IT news | © Terabayt.uz  08.08.2022
Apple'ning AR/VR qurilmasi qachon chiqarilishi mumkinligi ma'lum qilindi

Bugungi kunda Apple o'zining AR/VR qurilmasi ustida ishlayotgani hech kimga sir emas. Biroq, uning qachon va qanday narxda chiqarilishi hali ham noma'lum, edi, endilikda ma'lum bo'lishicha, kompaniya uni keyingi yil boshida juda qimmat narxda chiqaradi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  09.08.2022
Motorola'dan Razr 2022 bo'lsa, Xiaomi'dan Mix Fold 2

Avgust oyi buklamafonlar oyi bo'ladigan ko'rinadi. Bir tomondan Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o'zining yangi avlod buklamafonlarini taqdim qilishga tayyorlanayotgan bo'lsa, yana bir tomonda ikki xitoylik kompaniya ularga raqib tayyorlamoqda: Galaxy Z Flip 4 uchun Motorola Razr 2022, Galaxy Z Fold 4 uchun Xiaomi Mix Fold 2.

📣 IT news | © Terabayt.uz  09.08.2022
Redmi K50 Ultra qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi

Xitoyning Redmi kompaniyasi Redmi K50 Extreme Edition smartfonini rasman ertaga, 11-avgust kuni taqdim qilishini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, qurilma tadbirda Redmi K50 Ultra nomi bilan chiqariladi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.08.2022
Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (31 hafta)

31 haftada reytingning yuqori pog‘onalarida o‘zgarishlar kuzatildi. Nothing phone (1) taqdim etilganidan mana bir qancha vaqt o‘tib unga bo‘lgan qiziqish tushib ketmoqda. Natijada Zenfone 9 modeli birinchi o‘ringa chiqib oldi. Galaxy S22 ham bir pog‘ona yuqorilab, ikkinchi o‘ringa joylashdi. Nothing phone (1) esa kuchli uchlikka yakun yasadi. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.08.2022
Qanday qilib kompyuterda Instagram uchun qorong'i rejimni yoqish mumkin?

Kompyuter yoki smartfon egalarining juda ko'pchiligi o'z qurilmalari qorong'i rejimdan foydalanishni yoqtirishadi, chunki bunda ko'zlar kamroq charchaydi va qurilma quvvati biroz bo'lsada kamroq sarflanadi. Biroq, ushbu oddiy, lekin foydali xususiyat hali ham ba'zi katta platformalarda, masalan, Instagram'da mavjud emas.

📣 IT news | © Terabayt.uz  10.08.2022
"Telegram premium" ni narxini kelishtirsak boʻladimi😄
Albatta buning yoʻli bor

Turkiya VPNi bilan Google Account ochib, shu akkount orqali play marketdan Telegram yuklab olasiz. O'sha telegram orqali Premium Subscription sotib olasiz. Bo'ldi )

❗️Podpiska sotib olayotgan payt sizning telefoningizda faqat bitta (Turkiyada ochilgan) Google akkaunt qolishi kerak

P.S. VPN so'raganlar uchun "QUARK VPN"
https://t.me/phpdevelopersuz