1.23K subscribers
15 photos
1 file
15 links
⚡️SCOPUS, WOS INDEXED JOURNALS;
⚡️OAK jurnali;
⚡️Xalqaro va milliy konferensiyalar

Murojaat uchun:

https://t.me/phdzonegroup
Download Telegram
Channel created
📌 Springer'da chiqqan maqolani OAK hisobga oladimi?
Kanalimizga eng ko'p kelayotgan savollardan biri shu. Savolning mazmuni taxminan bunday:
"Falon jurnal Scopus'da Q1. Lekin u Springer nashriyotida chiqadi. OAK esa 10-iyundan keyingi izohida Springer'ni mustaqil baholash mezoni bo'la olmaydigan ro'yxatga kiritgan. Shunda bu jurnalga maqola bersam bo'ladimi?"
Keling, chalkashlikni boshidan yechib olaylik.
Avvalo, tushunchalarni ajratamiz: ▪️ Springer — nashriyot ▪️ Scopus — indekslash bazasi ▪️ Web of Science — indekslash bazasi ▪️ JCR — jurnal metrikalari bazasi ▪️ SCImago — analitik platforma
Bular bir xil narsa emas. Ko'pchilikning xatosi ham aynan shu yerdan boshlanadi.
OAK pozitsiyasi aslida nima deydi?
"Springer'da chiqqan maqola tan olinmaydi" degani emas.
Gap shundaki: maqolangizning Springer, CrossRef, DOAJ, ResearchGate yoki SCImago sahifasida ko'rinib turishining o'zi mustaqil baholash mezoni bo'la olmaydi. Ya'ni "maqolam Springer'da chiqdi, demak avtomatik o'tadi" degan mantiq ishlamaydi.
Ammo agar o'sha jurnalning o'zi Scopus yoki Web of Science'da indekslangan bo'lsa, baholashda asosiy mezon nashriyot nomi emas, jurnalning xalqaro indeksdagi maqomi bo'ladi.
Demak, to'g'ri savol boshqacha bo'lishi kerak:
1️⃣ Jurnal ayni topshirish paytida Scopus'da active holatdami? 2️⃣ Web of Science / ESCI / JCR'da qanday maqomga ega? 3️⃣ Q1 reyting qaysi bazada va qaysi yil uchun ko'rsatilgan? 4️⃣ Maqolangiz jurnal scope'iga mosmi? 5️⃣ Maqolangizda Q1 jurnal kutadigan metodologik kuch bormi?
Topshirishdan oldin amaliy tekshiruv:
— Scopus source sahifasida active statusni ko'ring — Journal scope'ini diqqat bilan o'qing — Oxirgi 2–3 yilda chiqqan maqolalarni ko'zdan kechiring — Maqolangiz jurnal yo'nalishiga mosligini baholang — APC yoki hybrid open access shartlarini aniqlang — Q1/Q2 ma'lumotini faqat bitta platformadan emas, bir necha manbadan solishtiring
📌 Xulosa:
Springer'da juda kuchli jurnallar ham bor — xuddi har qanday yirik nashriyotda bo'lgani kabi. Shuning uchun jurnalni faqat nashriyot nomiga qarab "xavfli" deb belgilash ham, aksincha "Springer-ku, ishonaveraman" deyish ham xato.
Nashriyot nomi yetarli asos emas. Indeksatsiya, scope, metrika va jurnalning real maqomi — mana shular asosiy mezon.
Faqat "Springer", "Q1" yoki "Impact Factor bor" degan sabab bilan maqola topshirib yubormang. To'liq tekshiruvdan o'tkazing.
📥Savollaringiz bo'lsa@publishedresearcher https://t.me/phdzonepublishing
1
📌 Springer jurnalida maqola chiqsa, OAK hisobga oladimi?

Bot orqali juda muhim savol keldi.
Savol mazmuni shunday:
Eurasian Economic Review jurnali Scopus’da Q1 reytingga ega. Lekin jurnal Springer nashriyotida chiqadi. OAK 10-iyundan keyingi izohida Springer’ni mustaqil baholash mezoni sifatida inobatga olinmaydigan ro‘yxatga kiritgan. Shunda bu jurnalga maqola berish to‘g‘rimi yoki yo‘qmi?
Bu savol ko‘pchilikda bor. Shuning uchun qisqa va aniq tushuntiraman.
Eng avvalo, bitta narsani ajratib olaylik:
Springer — nashriyot.
Scopus — indekslash bazasi.
Web of Science — indekslash bazasi.
JCR — jurnal metrikalari bazasi.
SCImago — analitik platforma.
OAKning 10-iyundan keyingi pozitsiyasini ko‘pchilik noto‘g‘ri tushundi.
Gap “Springer’da chiqqan maqola umuman tan olinmaydi” degani emas.
Gap shundaki:
maqolaning faqat Springer, CrossRef, DOAJ, ResearchGate, SCImago yoki boshqa platformada ko‘rinishi mustaqil baholash mezoni bo‘la olmaydi.
Ya’ni “maqolam Springer’da chiqdi, demak avtomatik hisobga o‘tadi” degan fikr noto‘g‘ri.
Lekin agar Springer’dagi jurnalning o‘zi Scopus yoki Web of Science’da indekslangan bo‘lsa, unda baholashda asosiy mezon nashriyot nomi emas, jurnalning xalqaro indeksdagi maqomi bo‘ladi.
Masalan, Eurasian Economic Review jurnalini olaylik.
Rasmiy sahifasida jurnal:
— Applied Macroeconomics and Finance yo‘nalishidagi jurnal;
— Hybrid publishing modelda ishlaydi;
— Scopus’da indekslanadi;
— Emerging Sources Citation Index’da ko‘rsatilgan;
— Journal Impact Factor’ga ega;
— finance va applied macroeconomics yo‘nalishidagi nazariy va empirik maqolalarni qabul qiladi.
Demak, bu jurnalni faqat “Springer’da ekan, xavfli” deb baholash to‘g‘ri emas.
To‘g‘ri savol boshqacha bo‘lishi kerak:
1️⃣ Jurnal ayni topshirish vaqtida Scopus’da active holatdami?
2️⃣ Jurnal Web of Science / ESCI / JCR’da qanday maqomga ega?
3️⃣ Q1 reyting qaysi bazada va qaysi yil uchun ko‘rsatilgan?
4️⃣ Maqolangiz jurnal scope’iga mosmi?
5️⃣ Maqolangizda Q1 darajadagi jurnal kutadigan metodologik kuch bormi?
Bu yerda eng katta xato — jurnalni faqat nashriyot nomiga qarab baholash.
Springer’da juda kuchli jurnallar ham bor. Shu bilan birga, har qanday nashriyotda bo‘lgani kabi, har bir jurnalni alohida tekshirish kerak.
Qoidani eslab qoling:
Nashriyot nomi yetarli asos emas.
Indeksatsiya, scope, metrika va jurnalning real maqomi asosiy mezon.

Shuning uchun Eurasian Economic Review kabi jurnalga maqola berishdan oldin quyidagilarni qiling:
— Scopus source sahifasida active statusni tekshiring;
— journal scope’ini o‘qing;
— oxirgi 2–3 yilda chiqqan maqolalarni ko‘ring;
— sizning maqolangiz applied macroeconomics yoki finance yo‘nalishiga mos keladimi, baholang;
— APC yoki hybrid open access shartlarini tekshiring;
— Q1/Q2 ma’lumotini faqat bitta platformadan emas, bir nechta manbadan solishtiring.
Agar bularning barchasi joyida bo‘lsa, Springer nomidan qo‘rqish kerak emas.
Lekin faqat “Springer”, “Q1” yoki “Impact Factor bor” degan sabab bilan ham maqola topshirib yubormaslik kerak.
📌 Xulosa:
OAK qarori Springer jurnallarini avtomatik rad etmaydi.
U faqat “Springer’da chiqqani”ni mustaqil baholash mezoni sifatida yetarli deb hisoblamaydi.
Agar jurnal Scopus/Web of Science’da indekslangan, active holatda va maqolangiz scope’iga mos bo‘lsa, bunday jurnalni ko‘rib chiqish mumkin.
Jurnal tanlashda bitta nomga emas, to‘liq tekshiruvga tayangan ma’qul.
📥Savollaringiz bo'lsa@publishedresearcher https://t.me/phdzonepublishing
Ilm uzoq tanaffusni kechirmaydi
Darslar, ma'muriy ishlar, uchrashuvlar, hisobotlar, qog'ozbozlik... Ba'zan kundalik vazifalar shu qadar ko'payib ketadiki, oxir-oqibat o'zimizga o'zimiz shunday deymiz: "bugun charchadim, maqolani ertaga ko'raman", "dam olish kunlari dissertatsiyaga o'tiraman".
Lekin bu yerda bitta yozilmagan qoida ishlaydi: tanaffus qancha cho'zilsa, qaytish shuncha qiyin bo'ladi.
Gap faqat yo'qotilgan kunlarda emas. Miyani qaytadan o'sha ilmiy chastotaga moslash, uzilgan fikr ipini topish, "qayerda to'xtagan edim" degan savolga javob qidirish — mana shularning o'zi bir necha kunni oladi.
Ochig'ini aytsam, men ham bundan mustasno emasman. Dars jadvali, tayyorlanishi kerak bo'lgan materiallar, kutib turgan vazifalar orasida qolib, ilmiy ishga ajratilishi kerak bo'lgan qimmatli vaqtni boy bergan paytlarim bo'lgan.
Shuning uchun bu postni "vaqtini mukammal boshqaradigan, hamma narsaga ulguradigan" odam sifatida yozmayapman. Buni avvalo o'zimga eslatma, keyin esa shu og'ir, lekin sharafli yo'lda yurayotgan tadqiqotchi hamkasblarimga samimiy tavsiya sifatida yozyapman.
Vazifangiz qancha ko'p bo'lmasin, qanchalik toliqmang — ilmiy ishingizga har kuni ozgina bo'lsa ham vaqt ajrating.
Bitta maqola o'qing. Bitta xatboshi yozing. Yoki shunchaki yig'ilgan ma'lumotlaringizni tartibga keltiring.
Ko'p emas. Lekin har kuni.
Eng muhimi — zanjirni uzmang.
Savollaringiz bo'lsa — @publishedresearcher https://t.me/phdzonepublishing
1
Forwarded from PHD ZONE
📌 Springer'da chiqqan maqolani OAK hisobga oladimi?
Kanalimizga eng ko'p kelayotgan savollardan biri shu. Savolning mazmuni taxminan bunday:
"Falon jurnal Scopus'da Q1. Lekin u Springer nashriyotida chiqadi. OAK esa 10-iyundan keyingi izohida Springer'ni mustaqil baholash mezoni bo'la olmaydigan ro'yxatga kiritgan. Shunda bu jurnalga maqola bersam bo'ladimi?"
Keling, chalkashlikni boshidan yechib olaylik.
Avvalo, tushunchalarni ajratamiz: ▪️ Springer — nashriyot ▪️ Scopus — indekslash bazasi ▪️ Web of Science — indekslash bazasi ▪️ JCR — jurnal metrikalari bazasi ▪️ SCImago — analitik platforma
Bular bir xil narsa emas. Ko'pchilikning xatosi ham aynan shu yerdan boshlanadi.
OAK pozitsiyasi aslida nima deydi?
"Springer'da chiqqan maqola tan olinmaydi" degani emas.
Gap shundaki: maqolangizning Springer, CrossRef, DOAJ, ResearchGate yoki SCImago sahifasida ko'rinib turishining o'zi mustaqil baholash mezoni bo'la olmaydi. Ya'ni "maqolam Springer'da chiqdi, demak avtomatik o'tadi" degan mantiq ishlamaydi.
Ammo agar o'sha jurnalning o'zi Scopus yoki Web of Science'da indekslangan bo'lsa, baholashda asosiy mezon nashriyot nomi emas, jurnalning xalqaro indeksdagi maqomi bo'ladi.
Demak, to'g'ri savol boshqacha bo'lishi kerak:
1️⃣ Jurnal ayni topshirish paytida Scopus'da active holatdami? 2️⃣ Web of Science / ESCI / JCR'da qanday maqomga ega? 3️⃣ Q1 reyting qaysi bazada va qaysi yil uchun ko'rsatilgan? 4️⃣ Maqolangiz jurnal scope'iga mosmi? 5️⃣ Maqolangizda Q1 jurnal kutadigan metodologik kuch bormi?
Topshirishdan oldin amaliy tekshiruv:
— Scopus source sahifasida active statusni ko'ring — Journal scope'ini diqqat bilan o'qing — Oxirgi 2–3 yilda chiqqan maqolalarni ko'zdan kechiring — Maqolangiz jurnal yo'nalishiga mosligini baholang — APC yoki hybrid open access shartlarini aniqlang — Q1/Q2 ma'lumotini faqat bitta platformadan emas, bir necha manbadan solishtiring
📌 Xulosa:
Springer'da juda kuchli jurnallar ham bor — xuddi har qanday yirik nashriyotda bo'lgani kabi. Shuning uchun jurnalni faqat nashriyot nomiga qarab "xavfli" deb belgilash ham, aksincha "Springer-ku, ishonaveraman" deyish ham xato.
Nashriyot nomi yetarli asos emas. Indeksatsiya, scope, metrika va jurnalning real maqomi — mana shular asosiy mezon.
Faqat "Springer", "Q1" yoki "Impact Factor bor" degan sabab bilan maqola topshirib yubormang. To'liq tekshiruvdan o'tkazing.
📥Savollaringiz bo'lsa@publishedresearcher https://t.me/phdzonepublishing
10
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a'zolari. Baklavrlar, magistrlar, o'qituvchi-pedagoglar, doktorantlar uchun OAK e'tirof etgan iqtisodiyot fanlariga oid Respublika jurnali.
Maqola yubormoqchi va nashr qildirmoqchi bo'lganlar @urokovfirdavs bog'lanishingiz munkin. Shuningdek sizning sohangizga mos boshqa sifatli hamda ishonchli ilmiy jurnallar ham tavsiya beramiz.
O'z ilmiy natijalaringizni faqatgina ishonchli jurnallarda nashr ettiring!
Baklavrlar, magistrlar, o'qituvchi-pedagoglar, doktorantlar uchun OAK e'tirof etgan pedagogika va filologiya fanlariga oid Respublika jurnali.
Maqola yubormoqchi va nashr qildirmoqchi bo'lganlar @urokovfirdavs bog'lanishingiz munkin. Shuningdek sizning sohangizga mos boshqa sifatli hamda ishonchli ilmiy jurnallar ham tavsiya beramiz.
O'z ilmiy natijalaringizni faqatgina ishonchli jurnallarda nashr ettiring!
"Raqamli iqtisodiyot" ilmiy-elektron jurnalining navbatdagi soniga maqolalar qabul qilinadi!!!

08.00.00 – Iqtisodiyot fanlari (OAK) tarmoqlari bo'yicha “RAQAMLI IQTISODIYOT” ilmiy-elektron jurnaliga maqolalar qabul qilinmoqda.

📝Maqola IMRAD talablari asosida qabul qilinadi:
⏺️ Annotatsiya (3 ta tilda);
⏺️ Kalit so'zlar (3 ta tilda);
⏺️ Kirish;
⏺️ Adabiyotlar tahlili;
⏺️ Metodologiya;
⏺️ Muhokama va natija;
⏺️ Xulosa va takliflar;
⏺️ Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

🌐 Sayt: www.infocom.uz (Jurnal TEXNIKA VA IQTISODIYOT fanlari bo‘yicha OAK ro‘yxatiga kiradi)

Jurnal quyidagi xalqaro va milliy bazalarda indekslanadi:
Google Scholar
CYBERLENINKA
SLIB.UZ
inLibrary
Murojaat uchun: @urokovfirdavs
Hurmatli ilm ahli! Maqola yozishda amaliy yordam va tavsiyalar kerak bo'lsa bemalol murojaat qilavering! Sohalar kesimida yordam ko'rsatishga tayyormiz!
6👍2
Channel photo updated
“Maktabgacha va maktab ta’limi” ilmiy jurnal

Maqolalar 1 hafta ichida nashr etiladi. https://oak.uz/pages/4802

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3060-4613

“Maktabgacha va maktab ta’limi”
jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) hamda fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiyalaridagi asosiy ilmiy natijalarni chop etish uchun milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan:
Pedagogika fanlari bo‘yicha: OAK Kengashi tavsiyasi (26.08.2024-y.,


Psixologiya fanlari bo‘yicha: Toshkent davlat pedagogika universiteti murojaatiga
asosan OAK tavsiyasi (24.04.2025-y., №11-05-2566/01):

Ushbu nufuzli OAK jurnalida o'z maqolangizni nashr qilishga amaliy yordam beramiz.
Murojaat uchun: @urokovfirdavs
Bizning maqolani tahriirlash, tarjima qilish va ilmiy maslahat xizmatlarimizdan foydalaning.
👍4
⚡️“FILOLOGIYA VA PEDAGOGIKADA YANGICHA ILMIY IZLANISHLAR: AN’ANAVIYLIKDAN ZAMONAVIYLIKKA” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 1-tom 1-soniga ilmiy maqolalar qabul qilish boshlandi

🌎 KONFERENSIYAGA:⬇️
▪️ Professor O'qituvchilar
▪️ Magistrantlar
▪️ Talaba yoshlar
▪️ Maktab o‘qituvchilari maqola yuborishlari mumkin

🖥 Maqola qabul qilish: 31-avgust
🖨 Nashr qilinishi: 5-sentabr

🔼Volume 01, 🔽 Issue 01

🌐 Qabul tillari
🤎 o'zbek tili
🇷🇺 rus tili,
🇬🇧 ingliz tili

📄 Maqola qabul qilingach 48soat ichida har bir muallifga elektron sertifikat taqdim etiladi. Ushbu konferensiya 1 oyda 1 marta nashr etiladi

🛫Narxi: Konferensiyaga umumiy toʻlov- 89 000soʻm

🔗 Konferensiya sayti: https://universalpublishings.com/index.php/fpyiiaz/index

📥 Murojaat uchun profil:
📱 @urokovfirdavs
Sof OAK jurnal!

"World of Philology "jurnali 2026-yil 8-soniga qabul boshlandi. Jurnal har oyda nashr qilinadi.

⬇️ Qabul: 25-avgust
🧾 Nashr qilish: 8-10-sentabr

Qabul tillari:
🇺🇿o'zbek tili
🇷🇺 rus tili
🇬🇧ingliz tili

⚡️ Qabul yo’nalishlari:
Jurnal Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining 2024-yil 27-sentabrdagi 361/5-son qaroriga muvofiq


10.00.00-Filologiya fanlari




Maqola uchun to'lov: 350ming so'm.

⚙️INDEXING

Crossref (OAK 35 baza)
Index Copernicus (OAK 12 baza)
ResearchGate (OAK 40 baza)
ResearchBib (OAK 14 baza)


Telegram murojaat: @urokovfirdavs