Abu Bakr Fozilov
1.29K subscribers
49 photos
18 videos
100 links
tahlil, taqriz, tanqid, taqlid, tahdid…

Tirikchilik.uz/phaziloff
Download Telegram
Birorta kino aytvoringla, bachala:

t.me/LetsAskBot?start=jwH8U2
Forwarded from SAHNA stand-up club
BUGUN! E'tibor berganmisiz
21:00

4 ta komik... Har biri o‘z mavzusi bilan keladi va muhokama asosida hazillar sahnaning o‘zida yoziladi
“E’tibor berganmisiz?”ga tashrif buyuring va hazillarni “jonli ijro”da tinglang!
Mazza Qilling!

Chiptalar shu yerda
15 yildan beri oʻzbek tilida “Quyosh porlamoq uchun”dan yaxshiroq qoʻshiq aytilmadi, “Eshikka suyanib jilmaygan ayol”dan yaxshiroq klip olinmadi. Nuqta!

@phaziloff
Xafa boʻlsanglaram, qadim Realchi sifatida aytaman: Real gol urishga harakat qilayotgan oʻyinda vaqt sekinlashadi, Barsa esa gol oʻtkazmaslik uchun oʻynayotganida vaqt oʻtmay qoladi, farqni his qilaylik)

@phaziloff
Forwarded from Заебался
Реал зерикканда бориб ютиб келадиган турнирдан Барса чикиб кетди.
Hay, ertaga Real yutqizsa, sizlaram javoban kulasizlar)
Hayot osonmas: ba’zida aynan san kutgan avtobus kelmaydi)

@phaziloff
Forwarded from BUSOQQA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barchaga salom!

“Soqqa”
loyihasining rasmiy Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Loyiha haqidagi birlamchi ma’lumotlarni yuqoridagi videodan bilib olishingiz mumkin. Undan tashqari, ushbu kanalda biznesning turli yo‘nalishlariga oid yangiliklar, ma’lumotlar va qiziqarli faktlar berib boriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling va bizni kuzatishda davom eting!

Instagram | Telegram | Youtube
16+
Forwarded from BUSOQQA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vanihoyat!

Loyihaning rasmiy starti bugunga to‘g‘ri keldi! Ya’ni...

“SOQQA” Youtube kanaliga birinchi video joylandi. Unda turli xil yo‘nalishdagi yumoristlar bilan kulgu orqali pul topishning usullari haqida gaplashdik!

“Kulgu qancha turadi?”

https://youtu.be/vim9L2k4pfM?si=By9FyuLRtw0VsiY-

To‘liq videoni tomosha qiling, layk bosing va obuna bo‘ling!

Instagram
| Telegram | Youtube
​​Oyda-yilda bir taksi chaqirganingda, haydovchi “yoʻldan odam olamiz” desa:
Intervyu'dan keyin umumiy 215 ming so‘m donat tushdi)
Ko‘p o‘ylayapman, lekin hech narsa yozmayapman, jin ursin(
Ishonamanki, oramizda “Graf Monte-Kristo”ni o‘qiganlar va undan mazza qilganlar yetarlicha topiladi, jumladan, o‘zim ham.

Lekin uzoq vaqtdan beri o‘ylanib yuribman: shu kitobni sevganlar qanchalik darajada ruhan sog‘lom o‘zi?)

Asar 1400 bet atrofida. Kelinglar, ism yoki unvon aralashtirmasdan, syujetni ko‘rib chiqamiz:

Bitta akani bir to‘da dushmanchalari (hech biri to‘laqonli dushman emas, mayda dushmanchalar) uni soddaligidan foydalanib qamatvorishadi. Bratimiz qamoqda itdan battar qiynaladi. Keyin o‘sha joyda o‘ta kuchli olim bilan topishadi. U amaki o‘ta katta xazinaga lokatsiya tashaberadi shogirdiga va o‘zi oyog‘ini uzatvoradi. Qahramonimiz qamoqdan chiroyli hiyla asosida qochishga va xazinani topishga erishadi. Brat 14 yillik qamoqdagi xorliklar uchun qasos olishga kirishadi va eski dushmanchalarining har birini 700 bet (!) davomida oilasi bilan (!) moral qiynoqlarga soladi va o‘ldirib chiqadi!

Tasavvur qilyapsizlarmi, qanday chiroyli, ajabtovur yoqimli ssenariy! O‘rnida yashab ko‘rishga yo‘q demasdik! Chunki...

Chunki har birimizning ichimizda mayda-mayda qasoschalardan minglab topiladi va 99.9% holatda, 99.9% odamlar bu qasoslarni amalga oshirolmay dunyodan o‘tib ketishadi. Aleksandr Dyuma bratimgilar esa aynan odamlarning ichidagi mana shu muammoga chuqur kirib berolgan.

Biz qanchalik qonunsevar bo‘lmaylik, o‘zimizni ziyoli hisoblamaylik, baribir o‘sha eski hayvoniy instinktlarimiz evaziga vaxshiylarcha qasos olish xohishi, botinimizda yashirin bo‘lsa-da, eng birinchi o‘rinda qolaveradi. Shunchaki buni tan olishni istamaymiz, bachalar)

O‘zbek kliplarida luzerligi uchun tashlab ketilgan yigit, yillar o‘tib, BMW'da keladi va o‘sha xiyonatkor qizning bekatda turganini ko‘rib, yomg‘irda ivib ketgan yelkasiga qimmat kostyumini kiydiradi va har bir yigitning marazona xayolidagi kabi pafos bilan qizga boqadi. Ekran qorayadi, klip tugaydi. Ekran qarshisidagi millionlagan luzer bratlarimiz aynan shu narsadan kayf qilib, stories'ga shunaqa narsalarni qo‘yishni boshlaydi. Vaholanki, ulardan deyarli hech biri bu ishni hayotda takrorlay olmaydi. Turgan gapki, ularning ustidan nihoyatda tupoy va nevrotik ekanliklari tufayli kulamiz.

Dyuma esa biz kabi “aqlli”lar ustidan shunaqa kulgan, xolos. Xafa bo‘lmanglar, lekin biz o‘zimizni sal aqlliroq ko‘rsatuvchi hayvonlarmiz)

@phaziloff
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz.

Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!