Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.
Photo
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining moddiy-texnik bazasi tubdan yangilandi. Zamon talablariga mos ravishda o‘quv dasturlari qayta ishlab chiqilib, yangi darslik va qo‘llanmalar yaratildi. Shuningdek, ushbu fan doirasida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarning sifati va mazmuni ham sezilarli darajada oshirildi.
Shu bilan birga, harbiy dala-o‘quv maydonlarida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarga nazariy bilimlarini mustahkamlash, jangovar tayyorgarlik ko‘nikmalarini oshirish va vatan oldidagi burchlariga mas’uliyat bilan yondashishga tayyor bo‘lish imkonini bermoqda.
2025 yil 29 aprel kuni Peshku tuman MIB tomonidan Peshku tuman hokimligi, Ichki ishlar bo'limi, Viloyat yo'l harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasi, tez tibbiy yordam xizmati, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, tuman mas'ul xodimlari va ta'lim muasasalari CHKBT rahbarlari bilan hamkorlikda 11 sinfda o'qiydigan o'g'il bolalar o'quvchilarini "Buxoro" umumqo'shin poligonida otish tadbirida ishtirok etdi. Yoshlar o‘q otar qurollar bilan amaliy mashqlarni bajarib, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashdi. Dastlab o‘quvchilarga xavfsizlik texnikasi qoidalari va qurol bilan muomala qilish tartiblari haqida batafsil ko‘rsatmalar berildi. Xususan, ular malakali yo‘riqchilar rahbarligida shaxsiy xavfsizlik choralari, to‘g‘ri nishonga olish va samarali otish uslublarini o‘rgandilar.
Darhaqiqat, bunday tadbirlar yoshlarda armiyaga va harbiy xizmatga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, ularni jismoniy va ruhiy jihatdan chiniqtirishga xizmat qiladi.
♾️ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring
✅Telegram| ✅Facebook| 📹Youtube

Telegram
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.
Peshku.uz Бухоро вилояти Пешку тумани ҳокимлигининг телеграмдаги расмий канали.
Мурожаатлар учун: @peshkumurojaatbot
Мурожаатлар учун: @peshkumurojaatbot