Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.
9.82K subscribers
69.3K photos
6.46K videos
60 files
22.2K links
Peshku.uz Бухоро вилояти Пешку тумани ҳокимлигининг телеграмдаги расмий канали.

Мурожаатлар учун: @peshkumurojaatbot
Download Telegram
Peshku.uz I🇺🇿 Расмий канали.
Photo
Bugun Peshku tuman hokimligining kichik majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining o'ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri, sektor rahbarlari tuman hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Hayot Hasanovich Davlatov raislik qildi.

Sessiya ishida dastlab, Peshku tumanida 2025-yil I choragi davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Peshku tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Rahmonov Habibullo G‘iyosovichning axboroti tinglandi. Sessiya kuntartibidagi keyingi masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Buxoro viloyati Peshku tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Kenjayev Najmiddin Isomiddin o‘g‘lining ma'lumoti hamda Peshku tumanida 2025-yilgi vegetatsiya mavsumida qishloq xoʻjaligi ekinlari mahsulotlari yetishtiruvchilarning suv olish limitlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida Peshku tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori Hamroyev Sherzod Mirzohid o‘g‘lining ma'lumoti tinglandi.

Sessiya oxirida kun tartibida ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

♾️ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring
Telegram| Facebook| 📹Youtube
⚡️Jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Isayev Mirjon Zamirovich tomonidan Buxoro viloyati Peshku tumani Yangibozor MFY  soat 10:00 da jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini sayyor qabul qilish kuni belgilangan.

Sayyor qabul  Peshku tumani Yangibozor MFY Yoshlar istirohat bog ‘i 2025-yil 24-aprel kuni soat 10:00 dan 12:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Buxoro viloyati, Peshku tuman, Yangibozor MFY Yoshlar istirohat bog‘i.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (65) 223 21 20
 
 Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ (65) 223 21 20
📩 http://buxoro.adliya.uz
Forwarded from Botir Zaripov
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

⚡️Buxoro viloyati aholisi, tadbirkorlar diqqatiga!

Ertaga, 24-aprel (payshanba) kuni soat 10.00 dan boshlab, Buxoro shahridagi Kasbiy ko'nikmalar markazida navbatdagi sayyor qabulni o'tkazaman.

🗣Qabulda siz o'zingizni qiynayotgan barcha masalalar yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin.

💬Bildirilgan har bir murojaat, taklif va muammo tegishli soha mutasaddilari ishtirokida muhokama qilinib, ularni qonuniy tartibda hal etish choralari ko'riladi.

📍Manzil: Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 13-uy (“Ishga marhamat” monomarkazi).

@BotirZaripov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda avtotransport vositalarining soni, turlari ko'payotgani quvonarli hol albatta, afsuski bu bilan birga yo'l transport hodisalari ham ko'payayotgani va buning oqibatida bir nechta begunoh maktab o'quvchilari vafot etayotgani, bir umrga nogiron bo'lib qolayotgani hech kimga sir emas. Buning sababi albatta tezlik, e'tiborsizlikdir.
Tuman markazida, mintaqaviy ahamiyatga ega yo'l yoqasida joylashgan 1-maktab jamoasi ham bunday ayanchli yo'l transport hodisalarini oldini olish bo'yicha tuman yo'l harakati xavfsizligi xodimlari bilan bir qancha targ'ibot va tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan profilaktika kuni munosabati bilan maktab o'quvchilari bilan chellenj tashkil etildi.


♾️ Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring

Telegram| Facebook| 📹Youtube