PEDIATR Hamidullayevna🩺
8.64K subscribers
2K photos
393 videos
8 files
327 links
Hurmatli onajonlar siz ushbu kanalda Bolalar salomatligiga tegishli foydali ma'lumotlarga ega bo'lasiz!
Download Telegram
Farzandingiz tishlarida kariyes paydo bo‘lgan bo‘lsa nima qilish kerak?

Agar bolangiz tishlarida qora nuqta yoki juda oppoq dog‘lar paydo bo‘lganini sezsangiz, darhol stomatologga murojaat qiling. Shifokor tishlarini tekshiradi va tegishli davolanish bo‘yicha maslahat beradi. Ba’zan tishlarni maxsus lak bilan qoplash kifoya qiladi, ba’zida kariyesni to‘liq davolash kerak, ba’zida esa maxsus malhamlardan foydalanish lozim.

☝️Kariyesning paydo bo‘lish sabablari:
Kariyes — bu tish emaliga ta’sir qiluvchi og‘iz bakteriyalarining natijasidir. Sut tishlarining emali nozik, oson va tez shikastlanadi. Erta paydo bo‘lgan kariyes sabablariga quyidagilar kiradi:

👉Homiladorlikda, ayniqsa birinchi uch oylikda kelajakdagi sut tishlarining rudimentlari rivojlanayotganda. Agar homilador ayol bu vaqtda shamollab qolsa yoki homiladorligini bilmasdan, xavfli ishlarda ishlagan bo‘lsa, bola tug‘ilishidan oldin ham tishlarga zarar yetishi mumkin.

👉Irsiyat. Ha, afsuski, tish emalining sifati, boshqa narsalar qatori, irsiyat bilan ham belgilanadi.

👉Gigiyena. Oziq-ovqat qoldiqlari, ayniqsa, tarkibida shakar bo‘lsa (aralashmalar, ko‘plab qo‘shimcha ovqatlar) bakteriyalarni ko‘payishiga olib kelishi mumkin, bu esa tish emaliga zarar yetkazadi.

☝️Tishlarda kariyes paydo bo‘lishining oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish  kerak:

Bolani muntazam ravishda profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish uchun stomatologga olib boring. Bolani tish shifokoriga 6-18 oyda chaqaloqda birinchi tishlari paydo bo‘lgandayoq olib borish kerak. Shundan so‘ng har olti oyda yoki bir yilda bir marta tish shifokoriga ko‘rinish lozim. Bu nafaqat bolaning tishlarini tekshirish, balki muammoni eng boshida aniqlash uchun ham amalga oshiriladi. Shifokor ko‘rigiga tez-tez borish bolaga stomotologdan qo‘rqmaslikni va bu jarayon og‘riqli emasligini o‘rgatadi. Kelajakda bolalar stomatologlarga ishonadi, bu esa tishlarini tekshirish va davolashga imkon beradi.

Tishlarni tozalash. Tishlarni chiqqandan boshlab kuniga 2 marta tozalash kerak. Agar bola tunda butilkadan aralashma/bo‘tqa ichadigan bo‘lsa, ovqatlangandan keyin tishdagi oziq-ovqat qoldiqlarini yuvish uchun ozgina suv berish kerak.

Farzandingizga o‘zingizning qoshiq/sanchiqingizdan ovqat yeyishiga ruxsat bermang; chaqaloqning so‘rg‘ichini og‘zingizga solmang; bolaning kattalar yegan mevani tishlashiga yoki muzqaymoq yalashiga yo‘l qo‘ymang. Voyaga yetgan odamning og‘iz bo‘shlig‘idan bakteriyalar tupuk tomchilari bilan birga bolaning og‘ziga tushishi natijasida kariyes xavfini oshirishi mumkin.

@pediatronline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingizga uning uchun barcha narsani muhayyo qiladigan va unga vaqt ajrata olmaydigan ota- ona emas, unga vaqt ajrata oladigan MEHRIBON VA E’TIBORLI OTA-ONA KERAK!!!

@pediatronline
Chaqaloqlarda tilining oqarishi bu - kandidoz👇👇👇

@pediatronline
Kandidoz

Koʻpincha chaqaloqlarda til oqarishi kuzatiladi. Nima sababdan shunday boʻladi? U hafli emasmi? Profilaktika va davo choralari qanday?

Baʼzab bola hayotining 5-15 kunlarida til oqarishi kuzatiladi. Buning sababi oddiy- chaqaloqning sut bilan ozilanadi. Uning tilida sut qoldiqlari qoladi. Bu esa til oqarishiga olib keladi. Buni oldini olish uchun har emizgandan keyin bolaga bir choy qoshiq da suv🥄💧 ichirib turish kerak. Suv ogʻizdagi sut qoldiqlarini yuvib ketib til oqarishiga yoʻl qoʻymaydi🙅

Lekin bu oqarishlar faqat sut qoldiqlari boʻlmasligi mumkin. Agar bolani tilidan tashqari yana lunji, tanglayli, ichki lablarida oq dogʻlar boʻlsa bu bolada "kandidoz" yani ogʻizboʻshligʻi zamburugʻlari bilan zararlanganligini anglatadi. Buni "malochnitsa" ham deyishadi.
Bunda bolalar :
✓emishga qiynaladilar
✓koʻp yegʻlaydilar
✓emib turib yegʻlashga tushadilar.
Koʻpincha malochnitsa boʻlgan bolalarda jinsiy aʼzolarning qizarishi yoki "taglik allergiyasi" ham kuzatiladi. 🙆 Bu vaziyat onaning havotirlnishiga asos boʻladi.

🤷Malochnitsa goʻdak organizmiga qanday tushadi?
👉U asoson onadan yuqadi. Bu normal hol hisoblanadi. Agar onada 🤰homiladorlik paytida qin sohasida malochnitsa yuzaga kelgan boʻlsa tugʻush paytida bu bolaga yuqadi. Bolaning organizmi bunday zamburugʻ bilan kurashishga juda ojizlik qiladi. Kasalik asoratlari bola hayotining 5-15 kunida yuzaga chiqadi.
👉Yana toza yuvilmagan va sterilizatsiya qilinmagan
soʻrgʻich, butulka, qoshiq orqali ham infeksiyalar yuqushi mumkin.
👉Yana bola antibiotiklar qabul qilishi natijasida imunitet tushishi va organizmda zamburugʻ lar rivojlanishiga sharoyit yaratib berishi mumkin.
🤷Bunday boʻlmasligi uchun nima qilish kerak?
✔️Eng avvalo homiladorlik davrida ayol sogʻligʻiga yaxshi eʼtibor berishi, gigiyena qoidalariga toʻgʻri amal qilishi, vitaminlarga boy boʻlgan mahsulotlar bilan oziqlanishi kerak.
✔️Bola tugʻulgan zahoti uni emizish kerak. Bu bola organizmida ilk imunitetni hosil qiladi.
✔️Bola parvarishida gigiyenaga eʼtibor berish taglik almashtirganda va emizishdan oldin ona qoʻllarini yuvishi lozim. Boshqalarga ham qoʻllarini yuvganlaridan keyin chaqalogʻingizni berishingizni ayting. Uyalmang. Ahir farzandingiz salomatligi har narsadan ustunku.
✔️Soʻrgʻich, butulka umuman bolaga ishlatadigan idishlarni tez tez sterilizatsiya qilish kerak
Agar sizning ham farzandingiz tilida oq dogʻlar paydo boʻlganini koʻrsangiz toza sterilangan marlini qaynagan suvga botirib,dogʻni artib koʻring agar dogʻlar artilsa, ularning tagida qizarish alomatlari boʻlmasa bu oddiy sut qoldiqlari boʻladi. Havotirga oʻrin yoʻq.
Agar chaqalogʻingiz emganda bezovtalansa, koʻp yegʻlasa, ogʻiz boʻshligʻi oqarganini va artganingizda oq dogʻlar tagi qizarganini koʻrsangiz shifokor pediatrga murojaat qiling. Odatda bunday dogʻlarni 2% choy sodasi eritmasi bilan artish maslahat beriladi. Bu yaxshi samara beradi.
💁Malochnitsa qaytalamaslik uchun alnbatta gigiyena qoysalariga amal qiling.
🌼Sizni va farzadingizni sogʻliq va salomatlik aslo tark etmasin!

@pediatronline
#tarbiya

Agar ota ona kelisholmay qarama qarshi tarafga ketsa, u holda o‘radagi farzandlar yo‘ldan ozgan, tarboyasi buziq insonlar qo‘liga tushadi

☝️UNUTMANG ❗️

@pediatronline
👭Bolaning xulq-atvorida e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan 6 ta belgi

Maktab o‘quvchilarining deyarli 10 foizida nisbatan yengil nuqsondan tortib, sezilarli muammolarga qadar turli xil ruhiy kasalliklar mavjud. Bu har bir sinfda, taxminan, uch kishida kuzatilishi mumkin. Ba’zan bu vaqt o‘tishi bilan o‘tadigan yoshga bog‘liq xususiyatdir. Ammo gohida bularga e’tibor berishga arziydigan qo‘rqinchli “signal” ham bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
👇👇👇👇👇👇👇👇

@pediatronline
❗️E’tibor qilish kerak bo‘lgan belgilar:

⚡️Kayfiyatning o‘zgarishi
Bolalarning injiqliklari umuman normal, ular kundan kunga o‘zgarib turadi. Ammo agar bola doimo yomon kayfiyatda yoki xavotirda bo‘lsa, uzoq vaqtdan beri biror-bir narsadan qo‘rqqan bo‘lsa, buni aniqlash uchun lozim. Ba’zan sabab uning maktab muhitida bo‘ladi va buni hal qilish mumkin.

🌃Uyquning buzilishi
Bolalar va o‘spirinlarda yoshga bog‘liq o‘zgarishlar tufayli uyqu muammolari tez-tez uchraydi. Biroq uzoq vaqt uyqusizlik boshqa belgilar bilan birgalikda ogohlantirishini ham unutmaslik zarur.

💡Diqqatni jamlay olmaslik
Quyi sinflarda boladan qat’iyat talab qilishning iloji yo‘q. Ammo agar u qisqa vaqt ichida va qulay sharoitda, hatto uyda bo‘lsa ham, vazifalariga diqqatini jamlay olmasa, bunga e’tibor berish kerak. Aytgancha, bu yerda jazo va tanbeh berishlar umuman foydasiz.

🍽Ishtahaning yo‘qolishi
To‘satdan vazn yo‘qotish yoki vazn ortishi ovqatlanish buzilishini ko‘rsatishi mumkin. Har bir jarayonning aniqlanishiga sabablar bor. Maktab oshxonasidagi ta’msiz ovqatdan tortib, ishtahaga katta ta’sir qiladigan stress ham bunga sabab bo‘lishi mumkin.

🧏🏻‍♂Inson o‘ziga zarar yetkazishni xohlashi
O‘zini chimchilash, tirnoqlarini tishlash, lablarni tishlash ham o‘ziga zarar yetkazishdir. Bolada ushbu asabiy xatti-harakatni keltirib chiqaradigan sababni topish kerak.

🙅🏻‍♀Zararli moddalar qabul qilish
Bu kichik bolalarga qaraganda ko‘proq o‘spirinlar haqida, ammo istisnolar mavjud. Eksperimentlar o‘sishning bir qismi bo‘lishi mumkin, ammo ushbu zararli odatlarning barchasi har doim yonma-yon yuradi. Agar o‘spirin giyohvand moddalarni iste’mol qilmasa ham uning spirtli ichimliklar, chekish va giyohvand moddalarga bo‘lgan munosabatlariga e’tibor berish lozim.

☝️Qanday yo‘l tutish kerak?
Bola bilan ochiq, do‘stona va hamdardlik bilan gaplashish lozim. Bolaning gapini to‘xtatmasdan va bahslashmasdan tinglash tavsiya etiladi. Unga hech qanday tarzda uning muammolari kichikligini tushuntirishning keragi yo‘q. Bu ular uchun juda katta.
Bolaning muammolariga ota-ona birgalikda yechim topishi zarur. Ha, balki boshqa maktabga o‘tish muammo bo‘lishi mumkin. Maktab bezorilari bilan duch kelish yoki  o‘qituvchilar bilan tanishish juda katta vazifa bo‘lib tuyuladi. Ammo bu borada farzandning ota-onasidan boshqa murojaat qiladigan odami bo‘lmaydi.
U bilan kelishgan narsangizni bajarishgan harakat qilish lozim.
Agar shundan keyin ham bolaning ahvoli yaxshilanmasa, mutaxassislardan yordam so'rash zarur.
Agar bolada uni tashvishga solayotgan narsani bartaraf etish qiyin bo‘lsa, mutaxassis bilan bog‘lanish kerak.
Har qanday holatda do‘stlar tavsiya qilgan dorilarni ishlatmaslik lozim

@pediatronline
Bir biridan foydali postlar chiqmoqda 👆 hoziroq o‘tib ko‘rishingiz mumkin
#Xulosa o'zingizdan

Ona qiziga dedi ;

" Qadam bosayotganingda Ehtiyot bo'lgin ey qizalog'im Chunki yo'l bu kunlarda juda xatarli ! "

Qizi dedi :

" Aslida siz ehtiyot bo'ling ey Onajonim ! Men faqat sizning qadamingizga ergashaman ! "

@pediatronline
​​Бир аёл деди:
«Худо хоҳласа, мен албатта солиҳ инсонга турмушга чиқаман! У билан бахтли ҳаёт кечираман». Айтгани бўлди.

Деди:
«Мен университетда ўқишга қабул қилинишимга ишонаман ва шунга интиламан! Ўзим истаган мутахассисликга кираман!». Айтгани бўлди.

Унга дедилар:
«Етар шунча туққанинг! Болалар чарчатишдан бошқасига ярашмайди».
Деди:
«Аллоҳ ёрдам беради. Фарзандаларим қобил, кўзимнинг қувончи бўлишади». Айтгани бўлди.

Эри катта туҳматга қолиб қамалди. Дедилар:
«Эринг туҳматга қолиб қамалди. Яқин орада чиқмаса керак. Унинг фақат ўлиги чиқади».
Деди:
«Йўқ, Худо хоҳласа, албатта чиқадилар. Мен уларни жуда ҳам чиройли кутиб оламан». Айтгани бўлди. Эрининг қандай чиққани ҳаммани ҳайратда қолдирди.

Бир киши деди:
«Мен ишдан ҳайдалишдан қўрқаман. Шунинг учун ишсиз қоладиган кунларимга ҳам пул йиғмоғим керак!» Айтгани бўлди. Ишдан бўшатилди.

Нимага бизнинг айтганларимиз рўёбга чиқади?

Чунки Аллоҳ таоло: «Бандам Мени қандай ўйласа, шундайман!» дейди. Агар Аллоҳ ҳақида чиройли гумон қилса, ўзига яхши. Ёмон ўйласа, ўзига ёмон.

Шунинг учун ҳам Мусо алайҳиссалом Нил дарёсига келиб, қочишга йўл қолмаганда ҳам Роббилари ҳақида чиройли гумон қилдилар. Қавмлари: «Энди қўлга тушдик» дейишса ҳам, улар: «Йўқ! Албатта, Роббим мен билан, У менга тўғри йўлни кўрсатур» дедилар. Аллоҳ уларнинг айтганларини рўёбга чиқарди. Ақл бовар қилмас ҳолда дарё қоқ иккига бўлинди. Йўл очилди.

Ҳатто арзимас нарсалар ҳақида гапириш, ўйлашда ҳам диққат қилинг!

Доим некбин (оптимист) бўлинг! Аллоҳ ҳақида чиройли гумон қилинг! У - КАРИМ, РОҲИМ!

Ёмонлик ҳақида ўйламанг! Агар қийин вазиятга тушиб қолсангиз, Мусо алайҳиссалом айтганларидек «Инна маъия Роббий саяҳдийн» (Албатта, Роббим мен билан, У менга тўғри йўлни кўрсатур) деб айтинг!

@pediatronline
Forwarded from 𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚
Forwarded from 𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚
☝️Bolaning xotirasini yaxshilashga hissa qo‘shadigan 4 usul

🧠Farzandingizning eslab qolish qobiliyati yaxshilanishi uchun yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Xotira va diqqatni qanday rivojlantirish mumkin?
Qiziqarli bo‘lgan narsalar esda qoladi. Bolaga mavzuga doir qo‘shimcha ma’lumot — fakt, foto va videorolik topishga yordam bering.

Individual yondashuv
Bolaga ma’lumotlarni eslab qolish uchun mnemonika texnikasi: sxemali suratlar, solishtirish, qisqartmalar, taqqoslashlar, shuningdek, qofiyalar bilan eslab qolishiga yordam bering.
Stressli sharoit bolaning eslab qolish imkoniyatlarini kamaytiradi
Yaxshisi, bola ma’lumotni qanday yaxshiroq qabul qilishi — ko‘rish, eshitish va bog‘lab eslab qolishiga e’tibor qaratish, shundan kelib chiqib yo‘l tutish kerak. Birgalikda mashq qiling: hafta davomida yuz bergan hodisalarni muhokama qiling, o‘qigan kitobingizdagi parchalarni aytib bering, hafta davomida bir marta qisqa she’r yodlang.
O‘yin bilan bolaning xotirasini qanday rivojlantirish mumkin?
Bolalarning eslab qolish qobiliyati va diqqat qilishini yaxshilaydigan bir qancha stol o‘yinlari mavjud. Hafta davomida bir kechani oilaviy stol o‘yinlarini o‘ynashga bag‘ishlang. Xotira uchun samarali hisoblangan o‘yinlardan biri Memory hisoblanadi. O‘yindan maqsad — ko‘proq juft kartochkalarni yig‘ish hisoblanadi. Avvaliga hamma kartochkalar aralashtirilib, ixtiyoriy ketma-ketlikda taxlab chiqiladi. O‘yinchilar ikkita istalgan kartochkani o‘giradi va keyingi harakatlari davomida ularning joylashuvini eslab qolishi kerak bo‘ladi.
Avvaliga bola buning uddasidan chiqa olmasligi mumkin, shu sabab qiziqtirib, biroz yordam bering. Bolangizning sevimli multfilmidagi qahramonlari surati tushirilgan kartochkalarni tanlang. Har bir raundda natijalar avvalgisidan yaxshiroq bo‘laveradi. Hatto bora-bora farzandingiz eslab qolish bo‘yicha sizni ortda qoldirishi mumkin bo‘ladi.

@pediatronline
​​ОНА СУТИНИ КЎПАЙТИРУВЧИ ШИФО РЕТСЕПЛАР

Карамни ўртасидаги томири билан биргаликда ейиш ёки карам сувини ичиш (айниқса, “В” ва “АВ” қон гуруҳларига мансуб кишилар учун),

Сабзи ейиш, сабзи сувини ичиш ёки сабзи уруғини майдалаб кунига 1-2 марта 1 чой қошиқдан истеъмол қилиш,

Фенхель томирини овқатларга қўшиш ёки фенхель чойини ичиш,

Арпа сувини қоразира ва асал билан ичиш,

Қоратундак, седана, арпабодиён ва қичитқи ўтини овқатларга қўшиш ёки чой сифатида ичиш она сутини кўпайтиради.

Қоразираворлардан долчин, занжабил, чиннигул, заъфарон, тошчўп, қоразира истеъмол қилинса, бу қоразираворлар она сути микроэлементларга бойитади, сутни кўпайтиради, унинг ҳидини гўзаллаштиради. Қоразираворларни бошқа нарсалар билан бирга эмас, аралаштирмасдан, алоҳида-алоҳида қилиб, тартиб билан истеъмол қилиш ишончлидир.
Сут кўпайиши учун кўп сут ичиш эмас, кўп мева ва кўкат ейиш ва сув ичиш керак.

Эслатма: Она сути билан қисқа муддат эмизилган ёки ҳеч эмизилмаган болаларнинг буйраклари етарли даражада ривожланмайди ва умуртқалари деформацияга (шаклий ўзгаришга) учрайди.

@pediatronline
BOLALAR TAOMNOMASIGA KIRITILADIGAN MAHSULOTLAR
👇👇👇

@pediatronline
🥛Sut-qatiq
6 oylikdan boshlab 1%li qatiq mahsulotlari va 6 oylik bolalar uchun mo’ljallangan yogurtlarni berib boshlash mumkin!
1 dan 3 yoshgacha bolgan bolalar uchun sut-qatiq mahsulotlari kundalik taomnomada bolishi shart. Mazkur mahsulotlar bola organizmini kalsiy va foydali elementlar bilan ozuqlantiradi. Yogurt, yogsiz smetanalarni esa kunora oz-ozdan berish kerak.

🥩Go
sht

Bolaga 8 oyligidan boshlab bugda tayyorlangan goshtli taomlar beriladi. 1 yoshdan esa bu ozuqa miqdorini biroz oshirish mumkin. Qaynatilgan yoki bugda tayyorlangan yogsiz gosht bola salomatligi uchun foydali. Biroq qattiq qovurilgan, yogli goshtlar 3 yoshgacha tavsiya etilmaydi.

🐠Baliq

Taomnomada go
shtli mahsulotlar bolmagan taqdirda baliqdan tayyorlangan eguliklarni berish mumkin. Agar tanovul vaqtida ikkala goshtdan ham bolsa, bola oshqozoni oqsilning katta bosimini yaxshi hazm qila olmaydi. Haftasiga 1-2 marotaba 100 gramm yogsiz baliq goshti 1 yoshli bolalar uchun meyor sanaladi.

🍏Sabzavot va mevalar

1,5 yoshgacha bolgan bola har kuni 250 gr. sabzavot va 100 gr. meva istemol qilishi kerak. Xohlang, sabzavotlarni ezgilangan botqa korinishida, mevalarni esa qirgichdan chiqarib botqa qilib bering. Kundalik taomnomada meva va sabzavotlar bolishi bolaning immun tizimini mustahkamlaydi.

🍚Botqalar
6oylikdan boshlab tayyor bolalar uchun mo’ljallangan bo’tqalar 1choy qoshiqdan boshlab berib o’rgatib borilishi kerak!
1yoshli bolalar esa kattalarga tayyorlangani kabi sigir suti asosida tayyorlangan bo’tqalarni berish mumkin.
Nonushtaga donli mahsulotlardan bo
tqa tayyorlashga erinmang. Ayniqsa, grechixa va suli yormasidan tayyorlangan botqalar juda foydali. Botqalarni kunning boshida bergan maqul. Shunda ular yaxshi hazm boladi.

🥚Tuxum
5oylikdan boshlab 1/4 tuxum sarigi berib bolani urgatib borish kerak!
1 yoshli bolalarga qaynatilgan tuxumdan berish mumkin (bir kunda 1 dona). Biroq bolaning allergik toshmalarga moyilligi bo`lsa, tuxum 3-4 kunda bittagina berish etarli.

@pediatronline
Bolalarni sovuq kunlarda gripp va shamollashlardan qanday himoya qilish mumkin?! 🤷‍♀️
Maftuna Hamidullayevna taviyalari👩🏻‍⚕️
Bekajon gazetasining yangi sonida uqing🙇‍♀️

@pediatronline
@pediatr_shifokormaslahati
@maftunahamidullayevnanatijalar
@maftunahamidullayevna
#Мулоҳаза
#тарбия
Доктор Муҳаммад Ротиб Набулсий ҳафизаҳуллоҳ:

"Фарзандлар оилада қулоқлари билан эмас, кўзлари билан таълим оладилар" деганлар.

Болангнинг кўз ўнгида фақирга моддий ёрдам беришинг, садақа ҳақидаги мингта дарсга тенгдир.

Болангнинг кўз ўнгида ахлатни чиқинди ташлайдиган жойга ташлашинг, поклик, тозалик ҳақидаги панд-насиҳатлардан таъсирлироқдир.

Тарбияда ўзимиз намуна бўлайлик!

@pediatronline
Azizlarim “Bolalarda immunitet” mavzusida o’tilgan vebinar zapisi😊😊😊