📜Bolalarni emlash jadvali
Quyida majburiy emlashlarning asosiy ro'yxati keltirilgan bo'lib, ularning xili va qilinish muddati turli mamlakatlarda biroz farqlanishi mumkin.
Gepatit B - Bola 1 haftaligida, 1 oyligida va 6 oyligida qilinadi.
BCJ (tuberkulyoz) - Bola 1 haftaligida, 7 yoshida va 14 yoshida qilinadi.
AKDS (koklyush, difteriya, stolbnyak) - Bola 2 oyligida, 4 oyligida, 6 oyligida, 18 oyligida va 6 yoshida qilinadi.
Poliemilit - Bola 2 oyligida, 4 oyligida, 6 oyligida va 4-6 yoshgacha qilinadi.
MMR (qizamiq (kor'), qizilcha(krasnuxa), parotit(tepki)) - Bolaning 12-15 oy orasida qilinadi.
Vetryanka - Bolaning 12-15 oylarining orasida qilinadi.
Bulardan tashqari yana ixtiyoriy privivkalar mavjud (masalan, grippga qarshi) va hudud bo'yicha qilinadigan privivkalar bor (masalan, Yaponiyada Yaponcha ensefalitga qarshi).
Ushbu maqola tagida siz yashayotgan mamlakatdagi bolani emlatishning maqoladagidan farqli tomonlarni ko'rsatib o'tsangiz hamaga foydali bo'lar edi.
@PEDIATRIC_UZ

📜Chaqaloqlarga massaj qilish
Tadqiqodlarning ko'rsatishicha, massaj bolani rivojlanishiga, hulq-atvoriga juda ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Bola massaji bu avallo terini teri bilan munosabatni ta'minlaydi, bu munosabat esa ona va bolaning o'zaro aloqalsini takomillashtiradi, bir birlarini yanada osonroq tushuna olishga yordam beradi.
Albatta ayrim hollarda massaj tibbiy tavsiya etilgan bo'lishi mumkin. U holda bolangizga maxsus vrach tomonidan massaj qilinadi. Lekin agar chaqaloq sog'lom bo'lib, vazni yaxshi bo'lsa unga ham massaj juda foydali. Bunday bolalarga massajni onaning o'zi qilishi mumkin.
Massaj shunchaki bolaga yoqimli bo'lishidan qat'iy nazar, u bolani yaxshiroq rivojlanishini va o'sishini ta'minlaydi. Ayrim mamalakatlarda bolaga ona massaj qilmasa, bu katta xato deb ta'kidlanadi. Massajning qiziqarli tomoni shundaki, massaj olgan bola tezroq o'sib, yaxshi rivojlanadi. Nega?
1. Bolani silaganda bola organizmida o'sish uchun kerak bo'lgan maxsus moddalar ishlab chiqariladi. Masalan, vaqtidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarga massaj qilganda ularning vazni 47%ga ko'proq o'sayotgani kuzatilgan. Hayvonlar ham bolasini tili bilan yalab massajga o'xshash harakatlarni amalga oshiradilar. Yangi tug'ilgan kuchuk bolalarini onasidan ajratib, yalashdan cheklab qo'yganda, bu kuchuk bolalarining o'sish darajasi pasayib ketgan.
Aynan mehr bilan bola silanganda uning o'sishi ta'minlanadi.
2. Yana bir tadqiqodning natijasi ko'rsatishicha, masaj nafaqat tanani o'sishiga yordam beradi, balki miya rivojlanishiga ham katta ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Tadqiqodchilar aytishicha, chaqaloqni silab massaj qilganda, unda mielin moddasi ajralib chiqar ekan. Bu modda esa miya rivojlanishi uchun foydali ekan.
3. Bolaga massaj qilish uning hazm qilish tizimini rivojlanishiga ham foydali. Bolani silab, massaj qilib tursa uning hazm qilish tizimi yanada yaxshiroq faoliyat ko'rsatar ekan, qorin og'rish kabi muammolar yo'q bo'lar ekan.
4. Massaj bolaning xulqini yaxshilaydi, bolani silab, mehr bilan massaj qilsa u o'zini suyukli deb his qilib xulqi yaxshilanar ekan. Uyquga qiyin ketadigan bola esa massaj yordamida yaxshi uxlar ekan.
5. Massaj bolani o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi. Bolani sevib, mehr bilan massaj qilsangiz bola o'z kerakliligini his etar ekan.
6. Massaj qilayotgan ota-ona massaj orqali bolasini yanada yaxshiroq o'rgana oladi.
Massaj qilishda bolangizga quloq soling. Qilayotgan harakatlaringiz juda mayin va mehrga to'la bo'lmog'i lozim. Boshida oyoqlaridan boshlab sekin-sekin qorin, qo'l va beliga o'tishingiz mumkin. Chaqaloqlarda asosan silash va asta-asta ezib qo'yish qo'llaniladi. Agar bolangiz tipirchilab, oyoq qo'llarini tortayotgan bo'lsa, demak siz qilayotgan harakat unga yoqmayapti. Bir oz dam berib boshidan mehr bilan, iligan qo'llaringiz bilan massajni qaytaring. Kunda kamida bir marta massaj bola uchun zarur. Borib-borib barmoqlar bilan asta bosish, asta-asta chimchilash, mayin urib qo'yish kabi harakatlarni qo'shib borishingiz mumkin. Yangi tug'ilgan chaqaloqning tizzalarini massaj qilish mumkin emas.
Eng asosiysi, bolaga massaj qilayotganda bolani ko'zlariga qarab, u bilan gaplashib mehringizni ayamang.

📜Qachon o'g'il bolani kestirish(xatna, sunnat qildirish) lozim?
Musulmonchilikda ham tibbiyot nuqtai nazaridan ham o'g'il bolani kestirish kerak hisoblanadi.
O'g'il bolani kestirish tibbiyot tilida sirkusizatsiya deb ataladi. Tibiyyotda bu muolajani amalga oshirishning bir muddati ko'rsatilmagan.
Psixologlarning fikricha, bola qancha vaqtliroq kestirilsa, uning psixikasiga zarar shunchalik kam yetkazilar ekan.
Diniy ulamolarimizga quloq solsak, ular bolani 7 kunligida kestirish kerakligini ta'kidlaydilar.
Amalda bolani kestirish uchun eng yaxshi muddat deb 1 yoshgacha bo'lgan davr belgilangan.
Agar 1 yoshgacha ma'lum sabablar bilan ulgurilmagan bo'lsa, u holda 3 yoshgacha kestirish zarur deyiladi.
Keyingi kestirish uchun optimal davrni 7 yoshgacha qilib belgilashgan. Lekin 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan davrda bola ko'p narsani anglay oladigan bo'ladi, shunda bu muolaja uning psixikasiga salbiy ta'sir qilib, muolajadan so'ng uning xarakteri o'zgarib qolishida, injiqligida namoyon bo'lishi mumkin.
Bolani qaerda kestirish lozim?
Ba'zilar haligacham tabiblarni chaqirtirib bolani kestiradilar. Hozirgi kunda bunday yondashuv to'g'ri hisoblanmaydi. Chunki tabib muolaja davomida shifokor kabi tozalik qoidalariga rioya qila olmaydi. Bu esa keyinchalik yallig'lanish, yara bitmasligi, qo'shimcha salbiy oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Shifoxonda bolani kestirganda og'ritmaydigan ukol qilinadimi?
Bir necha oylik chaqaloqlarga hech qanday anesteziya qilinmaydi. Kattaroq bolalarda umumiy yoki mahalliy narkoz qo'llaniladi.
Muolaja ko'pi bilan 15 daqiqa davom etadi.
Qaysi hollarda muolajadan so'ng shifokorga murojaat qilish lozim?
- Kesilgan joydagi shish ko'payayotgan bo'lsa;
- Kesilgan joyda qizarish, yallig'lanish namoyon bo'layotgan bo'lsa;
- Kesilgan a'zodan suyuqlik ajralayotgan bo'lsa;
- Jinsiy a'zoda ko'k dog'lar paydo bo'lgan bo'lsa;
- Tana harorati bir necha kundan keyin ham tushmayotgan bo'lsa. (Kestirilgan kuni biroz oshishi normal holat)
Bolani kestirish mumkin bolmagan holatlar qanday?
Bunga to'sqinlik qiladigan biron holat mavjud emas. Muhimi bola shu payt shamollamagan, biron kasallik bilan kasal bo'lib turmagan bo'lishi lozim.
Kestirilgan bola qiynalmasligi uchun uy sharoitida nima qilsa bo'ladi?
Ilk kunlari bolaning jisniy a'zoi quruq bo'lishini ta'minlash muhim;
Agar chaqaloq bo'lsa, u holda kestirilgan joyiga mato yopishib qolmasligini nazorat qilish lozim;
Kestirilgan bolaning ichki kiyimlari badaniga yopishmaydigan, havo kirib turadigan bo'lishi darkor, muhimi jisniy a'zoning uchiga hech qanday zarba yetkazilmayotgan bo'lishidir.
Do‘stlarga ham ulashing!

📜RAXIT
Raxit- moddalar almashinuvining polietiologik kasalligi bo’lib, o’suvchi
organizmning fosfor va kalsiyga bo’lgan talabining yuqoriligi, ularning transporti
va metabolizmga qo'shilishini ta'minlovchi tizimning mos kelmasligi bilan
xarakterlanadi. Raxit osteoidlarni yetarli darajada mineralizasiya bo’lmasligi bilan
yuzaga keladigan suyaklardagi buzilishlar bilan xarakterlanadi. Bir yoshdan katta
bolalarda va kattalarda bunday holat osteomalyasiya va osteoporoz deyiladi.
Raxit- bir yoshgacha bolalarda eng ko’p uchraydigan kasallik. Lekin uning
aniq tarqalishi organilmagan, ko’pgina bolalarda bu kasallikning u yo’ki bu
qoldiqlari (chaynash va tishlar o'sishi nuqsoni, ko’krak qafasi, oyog-qo'llar, kalla
deformasiyasi va boshqalar). Raxit bilan og'rigan bolalar keyinchalik tez-tez
kasallanuvchilar guruhiga kiritiladi.

KASALLIK SABABLARI
Chala tuqilish (homilaga kalsiy va fosfor tushishi homiladorlikning oxirgi
oylarida ko’payadi)
Noto’g’ri ovqatlantirish natijasida kalsiy va fosforni yetarli darajada
organizmga tushmasligi
Intensiv o'sish davrida minerallarga bo’lgan talabning yuqoriligi (raxit-
osayotgan organizm kasalligi)
Oshqozon- ichak trakti, buyrak, suyaklar orqali fosfor va kalsiy transportining
buzilishi, buning sababi organlar patologiyasi yoki ferment sistemasining yaxshi
rivojlanmaganligidir.
Nomuvofiq ekologik sharoit (organizmda xrom, stronsiy toplanishi, temir,
magniy tanqisligi)
Irsiy moyillik (misol uchun, ohil bolalar qiz bolalarga qaraganda, raxitni og’ir
o’tkazadi, O (І) guruhdagi bolalar raxit bilan kam kasallanadi, A (ІІ) guruhdagilar
ko’proq kasallanadi)
Endokrin buzilishlar (qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezi
funksiyasining buzilishi)
Ekzo- va endogen vitamin D tanqislikligi.

📜Raxitning klinikasi
Kasallikning birinchi belgilari bola hayotining 2-3
oylarida paydo bo´ladi. Bolaning xatti-harakatlari ozgaradi: bezovtalik,
chochish, yuqori qo’zg’aluvchanlik, tashqi qo’zgalishlarga qaltirash (qattiq
shovqin, to'satdan yorug'lik tushishi). Bolaning uyqusi yuzaki va qo’rquvli bo’lib
qoladi. Ter ajralishi kuchayadi, asosan boshning soch qismida va yuzda, turg’un
qizil dermografizm aniqlanadi. Ter nordon hidli bo’ladi va terini qichishtiradi.
Bola boshini yostiqga ishqalaydi, ensa sohasida soch to’kilishi paydo bo’ladi. Bu
yosh uchun xos bo’lgan mushaklar fiziologik gipertonusi, mushak gipotoniyasi
bilan almashinadi. Katta lihildoq chegaralari va kalla choklari mortlashadi, suyak-
toqay birikkan joyda qovurgalar yo’qonlashadi ("raxit tasmalari").
Kaft suyaklari rentgenogrammasida suyak toqimalarining siyraklashishi
kuzatiladi. Qon bioximik tekshiruvida kalsiy konsentrasiyasi normal yo’ki yuqori,
fosfat konsentrasiyasi pasayganligi aniqlanadi; ishqoriy fosfataza aktivligi yuqori
bo’lishiga mumkin. Peshob tahlilida fosfaturiya, ammiak va aminokislotalar
miqdori ortadi.

💊Raxitning davosi
Raxit davosi kompleksli, uzoq muddatli va raxitni chaqiruvchi sababini
bartaraf qilishga qaratilgan bo’lishiga kerak. Nospesifik davo katta ahamiyatga
ega, bolani yoshiga mos holda, rasional ovqatlantirish, kun tartibiga rioya qilish,
toza havoda uzoq sayr qilish, yetarli insolyasiya, davo gimnastikasi va massaj,
chiniqtirish, yo’ldosh kasalliklarni davolash.
Spesifik davosi kalsiy, fosfor dorilari, vitamin D tavsiya qilishdan iborat.
Bugungi kunda suyaklar rentgenografiyasi tashqisot qilish maqsadida o’tkazilmaydi. Davo kursi yakunlangandan keyin vitamin D profilaktik dozada (100-200 ME/sutkada, 400 MEdan oshmasligi kerak) tavsiya qilinadi. Profilaktik dozasini oshirish gipervitaminoz Dga olib keladi. Oxirgi vaqtlarda vitamin Dni individual tavsiya etish ko’zda tutilmoqda (qonda uning metabo’litlarini aniqlagandan so’ng). Ko’pgina pediatrlar bolalarga vitamin D emas, balki vitaminlar kompleksini (misol, Podivit Bebi, bolalar uchun Biovital gel va boshqalarni) tavsiya etadi, chunki raxit ko’p qo’llarda poligipovitaminoz bilan kechadi. Vitamin Ddan tashqari bu kompleksga gipervitaminozga moyillikni kamaytiruvchi vitamin A kiradi. Agar raxit davosida vitamin D qo’llanilsa, uni kamroq dozada tavsiya etiladi.Odatda vitamin D3 dorilari qo’llaniladi (xolekalsiferol)- Videxol, Vigantol. Ko’pgina mualliflar suvda eriydigan vitamin D3ni tavsiya qiladi, chunki u oshqozon-ichak traktidan so’riladi va yog'da eriydiganga qaraganda uzoq ta'sir etadi.

📜Raxit profilaktikasi
Hozirgi vaqtda asosiy e'tibor raxitning nospesifik profilaktikasiga qaratilgan
bo’lib, u bola tuhilganigacha va tuhilgandan so’ng olib boriladi.
Raxitning antenatal profilaktikasi homiladorlarni to’g’ri ovqatlantirish, toza
havoda sayr qilish, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, homiladorlar uchun
doimiy ravishda vitamin komplekslarini mikroelementlar bilan birga qo’llash
(pregnavit). homiladorlik davrida UBN qabul qilgan ayollarning bolasida
MNSning perinatal zararlanishi ko’p uchraydi va og’ir kechadi. Vitamin D katta
dozada yoldosh tosig’ini zararlaydi va homilaning homila ichi rivojlanishini
orqada qolishiga sabab bo’ladi.
Raxitning postnatal profilaktikasi tabiiy ovqatlantirish, kun tartibiga rioya qilish,
bolani chiniqtirish, massaj, gimnastika, emizikli onalarga doimiy ravishda vitamin
komplekslarini qabul qilish, ochiq havoda sayr qilish buyuriladi. Sayr vaqtida
bolaning yuzini yupqa toqima bilan yopish tavsiya etilmaydi, chunki bu teriga
quyosh nurlari tushishiga to’sqinlik qiladi. Shuningdek, bolani quyosh tik
tushishidan asrash zarur. Yozda bolaning vitamin Dga bo’lgan haftalik ehtiyojini
qondirish uchun daraxtlar soyasida 10-30 minutli havo vannasi yetarli hisoblanadi.

🚶🚶Bolalarda appenditsit alomatlari
– Yaqinda 5 yashar bolam ko‘richak bo‘lib qoldi. Uning ko‘richak bilan og‘riganini aniqlagunimizcha ancha urindik. Yaxshiyamki, shifokorga olib borganimiz, aks holda farzandimizdan ajralib qolishimiz mumkin ekan. Savolim quyidagicha: bolaning ko‘richak bilan og‘riganini aniqlashning imkoniyati bormi? Buni aniqlash faqatgina shifokorning qo‘lidan keladimi
– Farzandingiz o‘tkir appenditsit bilan og‘riganini aniqlashning imkoniyatlari bor, albatta. Appenditsit bilan og‘rigan bolada shu kasallikka alomat beruvchi ishoralar namoyon bo‘ladi. Biroq, shunday belgilar paydo bo‘lishini kutib o‘tirmay, bolaning umumiy ahvoli yomonlashganini sezgan zahotingiz shifokorga murojaat qilishni maslahat bergan bo‘lardik. Chunki o‘tkir appeditsitning boshlanishiyoq sizdan zudlik bilan harakat qilishni taqozo etadi.
Xo‘sh, bir qarashdayoq bolada o‘tkir apperditsit xuruj qilganini qanday bilish mumkin? Buning uchun bolada paydo bo‘ladigan alomatlarga diqqatingizni qaratishingiz kerak. Bular quyidagilar, ya’ni 3 va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda:
tana haroratining keskin ko‘tarilib ketishi;ich ketishi;qayt qilish;ko‘zlari kirtayadi;lablari quruqshaydi va yoriladi;tashna bo‘ladi, lekin ichgan narsasini shu zahoti qaytarib tashlaydi;befarqlik;ichi yurishmasligi;qorni dam bo‘ladi, ahvoli og‘irlashadi.
Bunday vaqtda bemor zudlik bilan operatsiya qilinmasa, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bolakay qorin sohasidagi og‘riqlardan bezovta bo‘lganda beparvo bo‘lish yaramaydi. Chunki o‘tkir appenditsit to‘satdan boshlanadi. Bola injiqlik qila boshlaydi, inqillaydi. «Qayering og‘riyapti?» deb so‘rasangiz, u hamma yeri og‘riyotganini aytishi mumkin. Aslida esa kindik atrofi yoki qornining hamma yeri og‘riyotgan bo‘ladi. Qorin paypaslab ko‘rilsa, uning taranglashgani bilinadi. Paypaslayotganda bola bezovtalanib, qo‘lni itaradi, qorniga qo‘l tekkizdirmaslikka harakat qiladi.
O‘tkir appenditsitda kindik atrofida boshlangan og‘riq o‘ng biqiniga o‘tadi. Og‘riq boshlanganday keyin bemor bir-ikki marta qayt qiladi, isitmasi 37-38 darajagacha ko‘tariladi. Bemor qornini ohista paypaslaganda o‘ng yonboshi – o‘ng yonbosh suyagi bilan kindik orasi qattiq og‘riganini aytadi.
Katta yoshdagi bolalarda ro‘y beradigan o‘tkir appeditsitning xavfliligi shundaki, ma’lum vaqt o‘tgach bola unchalik ham bezovta bo‘lavermaydi. Ko‘pincha ota-onalar bolalaridagi bu holatni yomonroq biror narsa yeb qo‘yganligiga yo‘yishadi. Holbuki, chuvalchangsimon o‘simta yallig‘lanishi davom etayotgan bo‘ladi. Og‘riqning ma’lum vaqtgacha bosilishi esa mayda qon tomirlar – kapillyarlarda qon aylanishi buzilib, og‘riqni sezuvchi nerv, uchlarining falajlanishi bilan bog‘liq. Yallig‘lanish jarayoni so‘ngra tevarak-atrofdagi to‘qima va organlarga ham tarqaladi, oqibatda ma’lum bir vaqtdan keyin og‘riq yana paydo bo‘ladi. Ba’zi hollarda o‘ng yonboshi bilan qimirlamay yotadi. Agar chap yonboshiga ag‘darilib yotsa, qorindagi og‘riq zo‘rayadi. Ko‘pincha bola og‘riqning zo‘ridan o‘ng oyog‘ini qorniga tortib oladi va yozmaslikka harakat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, qorin og‘rishi, qayt qilish va tana haroratining ko‘tarilishi o‘tkir appenditsitning asosiy belgilari hisoblanadi.Shu alomatlarning birortasi belgi bergan taqdirda ham zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.

#Pediatriya
📜Yangi tug'ilgan chaqaloq holati va ko'rinishiga baho berish (APGAR ko'rsatkichi)
Yangi tug'ilgan chaqaloqni neonatolog ko'zdan kechirib uning tashqi ko'rinishiga qarab baho beradi. Baho 1dan 10balgacha bo'ladi. Mana shu balarga qarab bolaning umumiy salomatligiga baho berish mumkin. APGAR bahosi qanday hisoblanadi?
Yangi tug'ilgan chaqaloq sog'lom ekanligini qanday bilsa bo'ladi?
1952 yilda amerikalik shifokor Virdjiniya Apgar tug'ilgan chaqaloqlarga baho berish taklifi bilan chiqadi. Unga binoan bolaning ba'zi ko'rsatkichlariga qarab uning qanchalik sog'lom ekanligi aniqlasa bo'ladi. Bu baholash usuli muallifga atalib APGAR shkalasi deb nomlanadi va u quyidagi ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi:
A (appearance) - chaqaloqning teri rangi;
P (pusl) - pulsi;
G (grimace) - yuz ifodasi;
A (activity) - harakatlari, mushaklari tonusi;
R (respiration) - nafas olish qobiliyati, reflekslari.
APGAR shkalasi bo'yichia baho ushbu 5 ko'rsatkichlar yig'indisidan hisoblanadi. Ya'ni chaqaloqning teri rangi, yurak urishi soni, reflekslari, yuz harakatlri, mushak tonusi, nafas olish qobiliyatiga 0 dan 2 balgacha baho berilib, barchasi qo'shiladi va umumiy bal hisoblanadi.
APGAR bahosi chaqaloqqa qachon beriladi?
Bola tug'ilishi bilan 1 daqiqa ichida va keyin 5chi daqiqada chaqaloqqa shifokor baho beradi. Agar 5 daqiqadagi baho 7 balldan past bo'lsa, u holda chaqaloq keyingi 20 daqiqa ichida har 5 daqiqada qayta baholanadi.
APGAR shkalasi bo'yicha norma qancha hisoblanadi?
Odatda chaqaloq tug'ilgach uning ilk 1 daqiqasida unga berilgan APGAR bali 7-8 ni tashkil etadi. Bunda keyingi 5chi daqiqada ko'rsatkichlar yig'indisi 8-10 ballga ko'tariladi. Agar chaqaloqqa 7-10 ball oralig'ida baho berilsa u normal sog'lom bola hisoblanadi va unga maxsus nazorat talab etilmaydi.
APGAR ko'rsatkichi past bo'lgan bolalarda dinamika kuzatiladi. Ya'ni tug'ilgan zahoti ko'rsatkichi past bo'lgani bilan, bir necha daqiqalarda ko'rsatkich oshib borishi mumkin, natijada bola rivojlanishiga ijobiy prognoz beriladi.
APGAR shkalasi bo'yicha o'ta past ko'rsatkichlarga ega bo'lgan chaqaloqlarga keyinchalik maxsus tekshiruvlar va qo'shimcha diagnostika talab qilinishi mumkin.
Manba: Uzbaby.uz

🍼Bolani sutdan ajratish (Pediatr tavsiyasi)
Bolani ko‘krakdan ajratishda ham ona, ham bolaning fiziologik xususiyatlari inobatga olinishi darkor.
Onaga buning uchun involyutsiya davri boshlangandan keyingi vaqt muvofiq. Involyutsiya davrida sut bilan birgalikda kam miqdorda og‘iz suti (molozivo) ishlab chiqariladi. Ko‘krak hajmi esa kichrayadi va ona go‘dagini bir necha kun emizmasa ham qattiqlashmay, yumshoq bo‘lib turadi.
Bolani ikkidan uch yoshgacha bo‘lgan vaqtda ko‘krakdan ajratish oson kechadi. Agar farzandingizni ko‘krakdan ajratmoqchi bo‘lsangiz, uyidagi bir necha muhim qoidalarni bilib olishingiz kerak.
Bolani sutdan ajratish uchun muhim tavsiyalar
Emizishni keskin to‘xtatib bo‘lmaydi. Bu bola uchun ortiqcha stress bo‘ladi. Avvaliga kunduzi bolani emizishlar sonini kamaytiring. Uni emizish o‘rniga shishacha yoki piyolada sut bering. Kunduzgi emizishlar sonini kundan-kunga kamaytirib boring. Bola umuman emmay qo‘ygach, kechki emizishlar sonini kamaytirishni boshlang.
Kichkintoyga e’tiborli bo‘ling. Agar kunduzi kamroq emizsangiz-u, kechki paytda ko‘proq ema boshlasa, bilingki, uni ko‘krakdan ajratishga hali erta. Ba’zi hollarda bolani sutdan ajratish asnosida u barmog‘ini yoki ko‘rpachasini surishni odat qilishi ham mumkin.
Kunduzi bola emizishingizni talab qilsa, uning e’tiborini boshqa narsaga qarating. Masalan, sayr qilgani ko‘chaga, xiyobonga olib chiqing. Kichkintoy sayr asnosida emizishingizni talab qilmay uxlab qolishi mumkin.
Iloji boricha yopiq kiyim kiying, ya’ni bolaning nazari ko‘ksingizga tushmasin. Uning yonida yotmang, emishni yodiga solishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qoching.
Bolaga kechqurun hamma, shu jumladan, «so‘rg‘ichi» ham uxlashini ayting.
Shoshilmang, bola yangi qoida va kun tartibiga sekin-asta o‘rganadi.
Emizish soni sutkasiga bir yoki ikki martaga kamaygach, uni onadan uzoqlashtirish, masalan, buvisinikiga olib borish mumkin. Bu vaqt mobaynida bola ko‘krakni unutadi, tuni bilan uyg‘onmasdan uxlashga ko‘nikadi. Onasining yoniga qaytganda esa emishni yoddan chiqargan bo‘ladi.
❌Mumkin emas!
Bola biror kasallikka chalingan yoki yaqinda sog‘ayib, organizmi zaif bo‘lib turganida hamda yoz paytida ko‘krakdan ajratmang!

#Savol_javob
❓SAVOL:
Haydarali, Navoiy .sh, Bolamda suv chechakdan kasalligidan 6 oydan keyin ham ornidagi doglar ketmayapti. Nima qilsa bo’ladi?
✅JAVOB:
Suvchechak kasalligi odatda bolalarda asoratlarsiz kechadi, lekin agar bola nimjon bo’lsa (immuniteti past bo’lsa), bolaning terisida ikkilamchi yiringli kasalliklar (absess, saramas, flegmona) ham rivojlanishi mumkin.
Uning qanday asorat qoldirganligiga qarab mutaxassis tegishli davo chorasini ko’radi.
Bundan tashqari ba’zida keratit (ko‘z muguz pardasi yallig‘lanishi), laringit (hiqildoq yallig‘lanishi), otit, limfadenit (limfa tugunlarining yallig‘lanishi), rivojlanishi ham mumkin. Lekin bu holatlar ham juda kam hollarda uchraydi.
Maslahatimiz, pediatr yoki dermatolog qabuliga olib boring, balki boshqa sababdan yuzaga kelayotgandir.
Salomat bo’ling!

👶👶Liqildoq nima? Bolalar liqildog‘i qanday tuzilishga ega?
Yangi tug‘ilgan bolakaylarning onalari o‘zlarining kichkintoylarida liqildoqlar bo‘lishini yaxshi bilishadi. Ko‘pchilik onalar bolaning shu sohasini nozik joy deb bilib, qo‘l bilan tegish mumkin emas deb o‘ylashadi. Haqiqatdan ham shundaymi? Liqildoqlar bolaga nima uchun kerak? Bu liqildoqlar qachon yopilishi kerak? Liqildoqning hajmi juda kichkina yoki katta bo‘lsa nima bo‘ladi? Bu kabi savollar yosh onalarni qiziqtirishi tabiiy holatdir.
Chaqaloqlar liqildog‘i bolalarning tug‘ilish jarayonida muhim rol o‘ynaydigan eng asosiy hosilalardan biri hisoblanadi. Homilaning tug‘ruq jarayonida ayol jinsiy yo‘llaridan o‘tish vaqtida, bolaning kalla suyaklari egiladi (bu holat normal hisoblanadi), hajmini kichiklashtiradi va jinsiy kanallar shaklini oladi. Bu jarayon – bola boshidagi liqildoqlar hisobiga sodir bo‘ladi va u ona uchun ham bola uchun ham tug‘ruq jarayonini yengillashtiradi. Homilaning kalla chanog‘ining o‘ziga xosligi, uning anatomik tuzilishidadir.
Albatta, homila kalla chanog‘i ham katta odamlar kabi bir xil suyaklardan tuzilgan. Lekin kalla suyaklari kattalarnikiga qaraganda egiluvchan va elastik, bir-biri bilan to‘liq birikmagan hamda suyaklanmagan bo‘ladi. Bunday hosilalar bola kallasida amortizator vazifasini bajaradi. Ularga quyidagilar kiradi:
Peshona birikishi (metopik birikish) – peshona suyaklari orasida;
Koronar birikish – peshona va tepa suyaklari orasida;
O‘qsimon (sagittal) birikish – tepa suyaklari orasida;
Tepa (lambadosimon) birikish – ensa va tepa suyaklari orasida;
O‘ng va chap yonbosh birikish – tepa va chakka suyaklari orasida.
✏️Bola liqildoqlari
Oldinigi yoki katta liqildoq – rombsimon shakldagi hosila, uning chegaralari burchaklari peshona va sagittal birikishlardan boshlanadi, yon tomondan esa chap va o‘ng tomondan birikmalar;
Orqa yoki kichik liqildoq – uchburchak shakldagi o‘qsimon birikma va ensa birikmalari orsidagi chuqurlik;
O‘ng va chap ponasimon liqildoqlar – koronar birikmalar va yonbosh birikmalar chegarasida bo‘ladi;
O‘ng va chap so‘rg‘ichsimon liqildoqlar – koronar birikma va lambadasimon birikmalar chegarasida bo‘ladi.
Biz bilan birga bo‘ling!

📜Gijja tushirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy retseptlar
Bo‘yimodaron guli, yong‘oqning bargi, zanjabil, sumbul, balila, sariq halila – hammasidan teng miqdorda olib maydalanadi va har kuni uch mahal ovqatdan oldin yarim choy qoshiqdan och qoringa kapalansa yoki qaynoq suvga aralashtirib ichilsa, gijjalar oson tushadi.
Bir bosh sarimsoqni tozalab, ustiga bir stakan suv quyib, past olovda o‘n daqiqa qaynatiladi. Suzib olib, ustiga ermonning 2,5 stakan suvda qaynatilgan damlamasidan bir choy qoshiq quyiladi. Ikkala damlama aralashmasi bir soat tindirib qo‘yiladi va bola hojatga borgandan keyin huqna qilinadi.

O‘n bo‘lakcha sarimsoqni qaynatilgan sut bilan nahorda ichilsa, yoki sutsiz o‘zi ko‘proq iste’mol qilinsa, gijjalar va solityor tushadi.
Bir osh qoshiq dastarbosh guli ustiga ikki stakan qaynatib sovitilgan suv quyib, to‘rt soat og‘zi yopiq idishda tindirib qo‘yiladi. Kuniga 2-3 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.
O‘rtacha kattalikdagi bir dona piyoz ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir kecha qo‘yiladi. Suzib olib, kuniga yarim stakandan 3-4 kun ichiladi.
Ikki osh qoshiq ermon o‘ti ustiga bir litr suv quyib, besh daqiqa qaynatib, suzib olinadi. Kechqurun yotishdan bir soat oldin gijjalarga qarshi huqna qilinadi.
Sabzi urug‘i tolqonidan yarim choy qoshiqdan iste’mol qilinsa, gijja haydashda yaxshi shifo bo‘ladi.
Ibn Sino bo‘yimodaron gulidan gijjalarga qarshi keng foydalangan. U o‘simlik guli tolqonini quyuq damlab, dokadan suzib, bir yarim qoshiqdan ichishni tavsiya qilgan. Agar uni och holda uch mahal choy qilib yoki olti kun ikki osh qoshiqdan ichilsa ham gijjalar daf bo‘ladi. Bu giyoh gijjalarga qarshi o‘ta oson tayyorlanadigan va yaxshi shifo beradigan tabiat ne’mati hisoblanadi.
Ermon urug‘ini asal bilan aralashtirib, ikki kun davomida kuniga uch mahal ovqatdan 1,5-2 soat oldin iste’mol qilinadi. Bundan bir kun oldin parhez qilib, surgi dori ichiladi. Ikki kundan so‘ng kechqurun yana surgi dori ichiladi. Kattalar urug‘dan 4 g yeydilar, bolalarga 1-3 yoshgacha – 0,25-0,75 g, 4-6 yoshgacha – 1-1,5 g, 7-9 yoshgacha – 1,75-2,25 g, 10-14 yoshgacha – 2,5-3,6 g, 15-16 yoshgacha – 4 grammdan beriladi.
Diqqat, ushbu tabiiy retseptlarni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingiz zarur!

📜Bolada gijja borligining alomatlari qanday?
Bolalarda gijjalar paydo bo‘lishi eng katta xavf-xatarlardan biridir. Organizmda bunday parazitlarning paydo bo‘lishi bolaning rivojlanishiga yomon ta’sir ko‘rsatishidan tashqari, ovqat hazm qilish tizimida ham namoyon bo‘ladi.
Gijjalar bola organizmiga qanday tushadi?
Bolalarda me’da-ichak yo‘llari mutlaqo himoyasiz bo‘lgani uchun, uning bu sohadagi ta’sirlarga duchor bo‘lish va yuqtirish imkoniyati kattaroq bo‘ladi.
Bakteriyalarning bola organizmiga tushishi asosiy variantlari: uy hayvonlari, sifatsiz oziq-ovqatlar (go‘sht, baliq, sut, sabzavotlar va boshqalar) orqali. Shuningdek, asosiy sabab – bolaning shaxsiy gigiyenasi buzilishi.
Bolalarda gijjalar paydo bo‘lgani alomatlari
▪️ ko‘ngil aynishi;
▪️ so‘lak ajralishi;
▪️ kindik atrofidagi og‘riqlar;
▪️ ich kelishining izdan chiqishi;
▪️ tez charchab qolish;
▪️tez-tez bosh og‘rishi;
▪️ uyqusida tishini g‘ijirlatishi;
▪️bezovta uyqu;
▪️ dermatit ko‘rinishidagi teri reaksiyalari.
Bu masalada bolaning va uning oilasidagi boshqa a’zolarning shaxsiy gigiyenaga rioya qilishi juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun bu sizning kun tartibingizdagi eng muhim ishlardan biri bo‘lishi lozim.
Shuningdek bolaning uy hayvonlari bilan bo‘lgan aloqasini cheklash ham juda muhim hisoblanadi va agar bunga yo‘l qo‘yilsa, unda bunga o‘xshash aloqalardan keyin gigiyena qoidalariga rioya qilish juda muhim.
Manba: avitsenna.uz

📜BOLANGIZNI CHINIQTIRING ! ! !
Ilm olamida shunday fikr bor « Yoshlikda olingan bilim, toshga o‘yilgan naqshdir». Tibbiyotda ham shu mulohaza o‘z aksini topgan. Ya’ni, bolangizni qancha yoshligidan chiniqtirsangiz u shuncha, kuchli va baquvvat bo‘ladi. Shuni hisobga olib, maqolamizda «Bolalarni chiniqtirish» mavzusini «ko‘tarib» chiqdik.
Harakat
Bola qancha ko‘p toza havoda harakat qilsa, shunchalik foydali. Masalan, maktabga avtobusda emas, balki piyoda borgani, kino ko‘rgandan ko‘ra, ko‘chada futbol o‘ynagani, yakshanba kuni uy yumushlari bilan shug‘ullangandan ko‘ra, tabiat qo‘yniga chiqqani ma’quldir. Eng asosiysi harakat to‘rt devol orasida emas, balki ochiq havoda bo‘lishi foydali.
Kiyim
Kiyim terlatmaydigan bo‘lishi shart. Shamollashga sovuqqotishdan ko‘ra terlash ko‘proq sababchi bo‘ladi.
Ovqatlanish
Ishtaha bo‘lgandagina ovqatlanish lozim.
Agar siz bolangiz tabiiy ravishda chiniqqan bo‘lishini istasangiz quyidagilarga amal qiling:
1. Bolani har qanday havoda ko‘chaga olib chiqing.
2. Bolani harakatchan o‘yinlarga jalb qiling.
3. Bolani terlash darajasida kiyintirmang.
4. Ovqatni kuch bilan yedirmang.
5. Agar bola ko‘p kasal bo‘layotgan bo‘lsa, o‘qish jarayonini bo‘shashtiring (musiqa, chet tili, qo‘shimcha darslarni kamaytiring).
6. Bola xonasini changdan holi qiling.
7. Dengiz, o‘rmon va toqqa bolani ko‘proq olib boring.
8. Bola xonasini tez-tez shamollatib turing.
Chiniqish davomida quyidagilarga ahamiyat bering:
— Muntazamlik — chiniqishni boshlagan bo‘lsangiz, uni har kuni qoldirmasdan bajaring;
— Asta-sekinlik — mashg‘ulotlar davomiyligi va og‘irligini asta-sekinlik bilan oshiring;
— Shaxsiy xususiyatlarni inobatga olish — yosh, vazn, bolaning psixologik yondashuvi, bolaning mavjud bo‘lgan kasalliklari va boshqalar.
🍃 @PEDIATRIC_UZ

📜Laktozani ozlashtira olmaslik
– organizmning sut va sut mahsulotlariga reaksiya. Laktoza fermentining yetishmovchiligi, kop hollarda chaqaloqlarda uchraydi. Kattalarda laktoza ozlashtira olmaslikni, sutga bolgan allergiya bilan farqlash lozim. 1-holda sut iste’moli nazorati, 2-holda esa butunlay sutni ratsiondan olish lozim. Bolalarda laktozani ozlashtira olmaslik genetik xususiyat bolib, osiyoliklarda koproq uchraydi.
♻️SABABLARI:
- Nasliy moyillik - Yalliglanish kasalliklari, gripp - Ichak va oshqozonda jarroxlik operatsiyalari.
✅BELGILARI:
sut ichgandan song 20-30 minutdan keyin paydo boladi. - Qorin shishi - Ogriq - Ortiqcha gaz hosil bolishi - Ich tez kelishi - Diareya - Qayt qilish - Organizm kuchsizligi - Isitma - Qaltirash - Harorat ortishi - Bosh aylanishi Chaqaloqlardagi belgilar: - Kokrakdan bosh tortish - Emizish vaqtida bola yiglaydi - Emizish vaqtida bola kop harakatlanadi, tipirchilaydi - Kekirish - Yomon uxlash - Gaz kop hosil bolishi.
🌡DIAGNOSTIKA:
- Gastroenterolog korigi - Nafas chiqarishda vodorodga analiz (laktoza saqlovchi suyuqlik ichadi, maxsus moslamaga nafas chiqaradi) - Qon umumiy tahlili - Glyukozaga qon tekshirish Chaqaloqlarda: - Pediatr korigi - Najas kislotaliligini tekshirish - Qonni glyukozaga tekshirish
💊DAVOLASH:
- Dietolog konsultatsiyasi - Gastroenterolog konsultatsiyasi - Sut saqlovchi mahsulotlarni cheklash - Maxsus parhez usuli - Sut mahsulotlarini boshqa ovqatlar bilan sekinlik bilan kombinatsiyalash - Ovqatni kam-kamdan yeyish - Sut mahsulotlari soya suti va soya pishlog’i bilan almashtirish - Laktozali mahsulotlarni istemol qilish - Kalsiy va vit D mahsulotlarni ratsionga kirgizish - Ovqatga qo’shimcha moddalar kirgizish - Yangi tugilgan chaqaloqlarni laktozasiz suniy aralashmalarga o`tkazish.
✏️ASORATLARi:
vaqtida davolanganda kasallik belgilari to’liq bartaraf etiladi.

#pedio_photo
Indoneziyalik 10-yoshli bola, vazni 120 kg😱
✅ Manba: @Pediatric_uz
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ

🙍Homiladorlar uchun eng zararli oziq-ovqatlar
Ayollar homiladorlik davrida iste’mol qilayotgan ovqatlari bola rivojlanishi uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishini unutmasliklari lozim. Shuning uchun faqat foydali ovqatlarni yeyish va ona-bola organizmiga yomon ta’sir qiluvchi oziq-ovqatlardan voz kechish juda muhimdir. Bugun biz sizga homilador ayollar uchun eng zararli hisoblanuvchi oziq-ovqatlar to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Baliq: nahang, qirolcha makrel, qilich baliq, shuningdek sushi. Bu baliqlar tarkibida homila sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi simob moddasi juda ko‘p. Sushilarda esa hamma xom baliqlardagi kabi gijjalar, bakteriya va viruslar ko‘p uchraydi.
Yog‘li va yaxshi pishmagan go‘sht: go‘sht qo‘shilgan xot-doglar va fast-fud mahsulotlari. Bu taomlardagi zararli bakteriyalar va parazitlar tug‘ma nuqsonlar paydo bo‘lishiga, shuningdek homila tushishiga yoki muddatidan oldingi tug‘ruqlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Zararsizlantirilmagan sut va yumshoq pishloqlar: ular tarkibida zararli bakteriyalar bo‘lishi mumkin.
Spirtli ichimliklar va kofein (bir kunda 150 grammdan ko‘p bo‘lgan miqdori): homila rivojlanishini sekinlashtirishga, bolaning kichkina vaznli tug‘ilishiga yoki homila tushishiga olib kelishi mumkin.
“Chupa-chups” turidagi so‘riladigan shirinliklar, chaynaydigan konfetlar va pastila, shuningdek shokoladli batonchalar: ular tarkibida ko‘p miqdorda shakar va har xil kimyoviy qo‘shimchalar va bo‘yoqlar mavjud.
Gazli shirin ichimliklar: me’da-ichak yo‘llariga yomon ta’sir qiladi, chunki ular xavfli kimyoviy birikmalar, gaz va shakardan tashkil topgan.
Chipslar: sun’iy hid, rang va ta’m beruvchilar qo‘shilgan ko‘p miqdordagi uglevod va yog‘lar aralashmasidan tashkil topgan.
Do‘kon ketchupi,mayonez va qaylalari: tarkibi sun’iy hid, rang va ta’m beruvchilardan iborat.
Kolbasa mahsulotlari: ulardan ham ehtiyot bo‘lishni maslahat beramiz, chunki ularning tarkibida yashirin yog‘lar, ya’ni cho‘chqa terisi, salo va moylar, shuningdek sun’iy hid va ta’m beruvchi qo‘shimchalar mavjud.
Manba: Avitsenna.uz

📜Homilador ayol bilishi kerak bo‘lgan 13 ma’lumot
Ona vujudidagi mitti yurakning ovoz berishi juda yoqimli holat. Ayniqsa, uning harakatlanishi o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. Xo‘sh, to‘palonchi hali tug‘ilmasidan yana qanday shumliklar qiladi?
1. Homila 11 haftalik bo‘lgach, bachadon devori bo‘ylab «yurish»ni boshlaydi.
2. 9 haftalik bo‘lgan homila onasi bilan muloqotga kirishishni istab, yengil harakatlanadi. Ammo juda kichik bo‘lgani uchun biz buni sezmaymiz.
3. Homila 30 haftalik bo‘lganida esnaydi, 32 haftaligida esa qo‘llarini harakatga keltirib, o‘ynaydi. Ba’zan aynan mana shu muddatda o‘tkazilgan UTT tekshiruvida esnayotgan bolakayni ko‘rish mumkin.
4. Embrionning o‘g‘il yoki qiz farzand bo‘lishi 12 haftadan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Unga qadar o‘tkazilgan UTT tekshiruvida esa bola jinsini aniqlab bo‘lmaydi.
5. 24 haftadan o‘tgan homila muddatidan erta tug‘ilganida ham yashab ketishi mumkin.
6. Buni qarangki, chaqaloqlarning atigi 5 foizigina shifokorlar aniqlagan muddatda dunyoga kelishadi.
7. 6 haftadan 11 haftagacha homila rivojlanishi jadal bo‘lib, buyrak va oshqozon a’zolari shakllanadi. Shunisi qiziqki, bu a’zolar atigi guruch donasidek kattalikda bo‘ladi.
8. Tug‘ilajak farzandingizning yurak urishini 22 haftadan so‘ng eshitolasiz. Buning uchun shifokorlar maxsus eshitish moslamasidan foydalanishadi.
9. Buni qarangki 16 haftalik homila barmoqlarini musht qilib, harakatlantirishi mumkin ekan.
10. Homilaning ichki a’zolari 6-oygacha shakllansa, undagi his-tuyg‘ular shu haftadan so‘ng yuzaga keladi.
11. Asabiy bo‘lsangiz, homiladorlikning 7 oyiga kelib, bu odatingizni bas qiling. Chunki yetti oylikdan so‘ng vujudingizdagi mitti «odamcha» tashqi omillarga ta’sirchan bo‘ladi.
12. Tug‘ilajak farzandingiz bilan ko‘proq suhbatlashing. Homila onasining ovozini yaxshi eshitadi.
13. Agar 9 oyni 100 foiz deb tasavvur qilsak, shundan 10 foiz vaqtda homila uyg‘oq bo‘ladi. Qolgan vaqtlarda esa uxlaydi.