PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
17.9K subscribers
1.33K photos
127 videos
2.44K links
Shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!

Reklama👉 @tibbiy_reklama1
Download Telegram
Bolalarda nutqning rivojlanishi

Bolaning nutqi rivojlanishi juda katta
ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkich, chunki bu jarayon bolaning es-hushini shakllanishi va bolaga bo‘lgan ijtimoiy munosabat bilan bog‘liqdir.

Nutq rivojlanishi 3 ta bosqichga bo'linadi:
1⃣Tayyorgarlik bosqichi. 1-4 oyliklarda gu-gulash bilan boshlanadi, 4 oylikdan tovush chiqarib, kuladi. Gʻurillash 3-5 oylikdan kuzatiladi, bola unli va undosh tovushlarni har xil tonda aytadi.
2⃣Sensor nutq bosqichi. 6-7 oylikda boshlanadi. Bola so‘zlarning ma’nosini tushunib, ma’lum buyum bilan bog‘laydi, biron o‘yinchoqning nomini aytilsa, xuddi shu o‘yinchoqni topadi, mumkin emas, tegma so‘zlarni tushunadi.
3⃣Motor nutq bosqichi. 8-9 oylikdan yuzaga kelib, bola ayrim bo‘g‘inlarni ayta boshlaydi, keyinroq qisqa so‘zlarni aytadi, ma’nosiga tushunib so‘zlarni gapirish 11-12 oyligiga to‘g‘ri keladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalar sog‘ligi uchun bananning foydalari

🍌Suyaklarni mustahkamlaydi. Banan o‘zida Ca(kalsiy) saqlaydi va u ichaklardan yaxshi so‘riladi. Suyaklarda yig‘iladi, raxitni oldini oladi va ularni tezroq o‘sishini ta’minlaydi.

🍌Qabziyat. Banan klechatkaga boy bo‘lganligi sababli ich kelishini yaxshilaydi.

🍌Oshqozon himoyasi. Oshqozon devorini o‘rab oladi va uni har xil mexanik(qattiq ovqat) va kimyoviy(xlorid kislota) ta’sirlardan himoya qiladi.

🍌Hazm faoliyatini yaxshilaydi. Banan tarkibidagi fermentlar iste’mol qilingan ovqatni tezroq hazm bo‘lishiga yordam beradi.

🍌Stressga qarshi ta’siri. Banan ko‘p miqdorda magniy(Mg) saqlaydi va u nerv tizimi faoliyatini normallashtiradi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalar timusi(ayrisimon bez)

Suyak ko’migidan bezga o’tgan T-limfotsitlarning o’tmishdoshidan hujayra immunitetini ta’minlaydigan va gumoral immunitetni boshqarishda ishtirok etadigan T-limfotsitlar yetishadi.

Yangi tug’ilgan chaqaloqning timusi 7,7-34,0 g bo’ladi. Bola 3 yoshga
yetguncha u kattalashadi. 3-20 yosh orasida bezning o’lchami bir me’yorda bo’lib, keyin kichiklashadi.

Bolaning o’sishi jarayonida timusning po’stloq va mag’iz qismlarining nisbati o’zgaradi: chaqaloqda po’stloq qismi mag’iz qismidan kattaroq bo’ladi. 1-3 yashar bolalarda bu qismlar tenglashadi, 4-9 yashar bolalarda po’sloq qismi sezilarli darajada kamayadi va bu jarayon keyin ham davom etadi. Timus po’stloq qismining kamayishi limfotsitlar yetilishini sekinlashtiradi. Timusning mag’iz qismidagi hujayralar yoshga bog’liq holda o’z faoliyatini sustlashtirmaydi. Bu qavatda uchraydigan Gassal tanachalari fiziologik faol peptidlar ajralishida ishtirok etadi. Timus – “immunologik xotira” a’zosi. Boshqa a’zolarda yetilgan limfotsitlar undan o’tish jarayonida ma’lum axborotga ega bo’ladi va immunokompetent (immunitetni ta’minlaydigan) holatga o’tadi. Undan tashqari, timotsitlar yemirilganida erkinlashadigan gumoral omillar limfatik tugunlardagi limfotsitlarga immunokompetenntlik baxsh etadi. Timusda sintezlanadigan gumoral omillar limfoid tizim rivojlanishini rag’batlantiradi va limfotsitlar immun faolligini oshiradi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Kanalimiz faoliyati yaxshilab borish uchun so'rovnomalar o'tqazib turishga qaror qildik. Kanalimiz rivoji uchun o'tqazilayotgan so'rovnomalarda faol qatnashasiz degan umiddamiz!
Siz qaysi jins vakilisiz?
Anonymous Poll
8%
Erkak
92%
Ayol
💊BIFOLAK-NEO haqida nimalarni bilasiz?

U qachon qo‘llaniladi?

Bolalarda ichak disbakteriozida ichak mikroflorasini tiklash, ich ketganda va qabziyatda ich kelishini normallashtirish uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli qanaqa?

Chaqaloqlarga ovqatlanish vaqtida ona sutiga yoki sun’iy aralashmalarga qo‘shib beriladi. 2 yoshdan katta bolalarga qaynatib sovutilgan(40 °C dan yuqori bo‘lmagan) 40-50 ml suvga 1 paketcha eritib beriladi.

Qo‘llash dozalari qanaqa?

6 oygacha bo‘lgan bolalarga 1pak.dan 1 mahal
6 oydan 3 yoshgacha 1pak.dan 2 mahal
3 yoshdan 7 yoshgacha 1 pak.dan 3 mahal

Qabul qilish muddati 1-3 hafta.

❗️Preparatni Pediatr tavsiyasiga ko‘ra qo‘llang!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min- musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Ramazon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Ramazon oyida qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Ollohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!

Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O'zbekiston Respublikasida profilaktik emlashlar kalendari

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Go'daklarda tish chiqish alomatlari

▪️Bolaning milklari bo'rtishni boshlaydi.
▪️Bolaning milklari och pushti yoki oqish rangga kiradi.
▪️Tish chiqishidan taxminan bir oy oldin ko'p so'lak oqishni boshlaydi
▪️Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni xohlaydi(milklardagi qichishish hisobiga).
▪️Tana harorati ko'tariladi ( ko'pi bilan 37-38 °C gacha) va ko'p vaqt o'tmay o'zi tushadi.
▪️Bola injiqroq bo'lib qoladi, ba'zan emishni ham xohlamasligi mumkin.
▪️ Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi.
▪️Bola emayotganda ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi.
▪️ Bolaning ishtahasi pasayadi
▪️Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi(najas rangi va hidi o'zgarmagan holda)

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ko'krak yoshidagi bolalarni talabiga qarab emizish lozim

Bolani emishga ehtiyoji bo'lganidagina emizish lozim. Agar bola biron jadval, vaqt-soatga qarab emizilsa, uning organizmi bu tartibga o'rgana olmaydi. Natijada u ko'krakdan bosh torta boshlaydi. Masalan, ba'zi chaqaloqlar kunduz kuni emishni yaxshi ko'rsalar, boshqalari esa tuni bilan onasini emib chiqishni xohlaydilar. Shu yo'l bilan ular o'zining sutga bo'lgan sutkalik ehtiyojini qoplaydilar.

Bola onaning tartibiga emas, ona bolaning tartibiga moslashishi lozim. 

❗️Onalar chaqaloqlarni o'zi istagan vaqtda emas, aynan bola xohlagan paytda emizishi kerak. Bola har emganida qancha emishi muhim emas, uning jismoniy ko'rsatkichlarining(tana uzunligi, vazn) normada ortib borishi sut yetarli ekanligidan dalolat beradi. 

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalar nima uchun tirnoqlarini tishlashadi?

Refleks. Bola ona ko’kragini imitatsiya qilib, so’rg’ich va barmoq so’radi. Har qanday noqulay holatda (agar u nima qilishni bilmasa) yoqimli psixologik holatga tushish uchun so’rish refleksini amalga oshirish istagi uyg’onadi.

Tishlarning almashinishi. Boshqa bir nazariya shuni ko'rsatadiki, maktab yoshidagi bolalarda tishlarning almashinishi va faol o'sishi davrida biron bir narsani chaynash istagi paydo bo'ladi va boshqa variantlar yo'qligi sababli bola tirnoq plastinkasini tishlay boshlaydi.

Taqlid qilish. Bolalarda onixofagiyaning yana bir sababi boshqa bolalar yoki kattalarga  to’g’ridan to’g’ri taqlid qilishdir. Bola boshqa odamning xatti-harakatlarini uning noto'g'ri ekanligini tushunmasdan qabul qiladi.

Stress. Onixofagiya 6 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalarda eng ko'p uchraydi. Ushbu davrda bolaning maktabdagi o'quv sharoitlariga murakkab moslashuvi mavjud, katta o'quv jarayoni va psixologik yuk bor.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Bolalarda statikaning rivojlanishi

Statika - tananing ma’lum qismlarini zaruriy holatda ushlab turish va fiksatsiya qilishdir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanmagan.

1⃣Statikaning birinchi belgisi – bola boshini ushlashi hayotining 2-3 oyligidan boshlanadi, 3 oyligida vertikal holatda bola boshini yaxshi ushlashi kerak.

2⃣Ikkinchi belgi – bola o‘tirishi – 6–7 oyligidan boshlanadi, 7 oylikdan emaklay boshlaydi.

3⃣Uchinchi belgi – bola tik turishi – 9–10 oyligidan boshlanadi.

4⃣To‘rtinchi belgi – bola yurishi – 1-yoshning oxiridan boshlanadi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
«Rinotin kids» biologik faol qo‘shimchasiga berilgan ruxsatnoma bekor qilindi

Bunday qaror aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlari kelib chiqishining oldini olish maqsadida qabul qilingani ta’kidlanmoqda.

Sanepidqo‘mita tomonidan «Rinotin kids» biologik faol qo‘shimchasini O‘zbekiston hududida sotish uchun berilgan ruxsatnoma bekor qilindi. 
Qayd qilinishicha, bunday qaror aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlari kelib chiqishining oldini olish maqsadida qabul qilingan. Ammo, Sanepidqo‘mita qanday asosga ko‘ra ruxsatnomani bekor qilganiga oydinlik kiritilmagan. 

Manba: kun.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ba’zan onalar savol berishadi. Bolam falon oylik nechta tishi bo‘lishi kerak?

Bu savolga quyidagi formula orqali javob topamiz.
X=(n-12)+8
Bu yerda:
8- 1 yoshgacha chiqishi kerak bo'lgan tishlar soni
X - 1 yoshdan katta bolalardagi tishlar soni
n - bolaning necha oyligi

Masalan, bola 18 oylik 
(18-12)+8=14

Demak, 14 ta tishi bo'lishi kerak ekan. Bu albatta absolyut raqam emas, ba'zi bir sabablarga ko'ra tishlar oldinroq yoki keyinroq chiqishi mumkin. Yuqoridagi suratda siz sut tishlarining chiqish va tushish vaqtlarini ko'rib turibsiz.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda temperament tiplari

Xolerik
U juda jahldor, o‘ziga ishongan va shijoatli, bir zumda qaror qabul qiladi, shuning uchun g‘oyalari juda qiziq. U har doim nima istayotganini biladi. Xolerik bola juda harakatchan, uzoq kutishga toqat qilmaydi, kayfiyati keskin o‘zgaradi.

Sangvinik
Bolakay quvnoq, kuchli va muvozanatli, bundan tashqari u “quyosh” kabi ko‘pincha yaxshi kayfiyatda, izlanuvchan, faol. Sangvinik bolani juda tez kuldirish yoki biron bir arzimas narsadan qattiq xafa qilib qo‘yish mumkin.

Flegmatik
Flegmatik bola – juda og‘ir. Uni kuldirish yoki xafa qilish qiyin. Kichkina flegmatik hamma narsada tartibni yaxshi ko‘radi. U faqat o‘z idishidan ovqatlanadi, tengdoshlar orasida faqat o‘z o‘yinchog‘i bilan o‘ynaydi.

Melanxolik
Melanxolik bola nafaqat jim, balki mehribon, yumshoq, ishonchli va ochiq fe’l-atvor egasidir. U juda ta’sirchan, salga xafa bo‘ladigan, hamma narsada ehtiyotkor. Melanxolik o‘ziga ishonchsiz, uning o‘zi qaror qabul qilishi juda qiyin.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolaning miyasini rivojlantirish

Bola miyasini rivojlantirish bo'yicha UNICEF tomonidan tayyorlangan mahorat darsi

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Bolaga qulupnayni qachondan va qancha miqdorda berish mumkin?

Bola 2 yoshga to‘lgandan so‘ng unga qulupnay berishni boshlash mumkin. Avval 1 dona mevani nonushtadan so‘ng berib ko‘ring.

❗️ Yodda tuting bir dona qulupnay bilan boshlaysiz. Agar kechga borib, hech qanday allergiya kuzatilmasa, ertasiga 2 dona berishingiz mumkin. Mana shunday qilib, bola organizmini yangi rezavor mevaga o‘rgatasiz.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook