PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV)
15.6K subscribers
1.41K photos
134 videos
2.53K links
Shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!

Reklama👉 @tibbiy_reklama1
Download Telegram
Yo'q, bunday allergiya davolanmaydi. Shuning uchun allergen mahsulotni yemaslik muhim, yeb qo'yilganda esa darhol allergik reaksiyani bartaraf etish talab etiladi. https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
📜Bolaning terisi

Bolaning terisi kattalarnikidan farq qiladi, shuning uchun bolaning terisiga alohida ahamiyat berish lozim.

Birinchidan, bolada ter chiqaruvchi bezlar rivojlanmagan bo'ladi. Shuning uchun bola badanidan issiqlikni ter orqali emas, o'pkasi orqali chiqaradi. Quruq yoki issiq havo o'pka orqali badan issiqligini chiqarishga to'sqinlik qiladi va bolaning hali yaxshi rivojlanmagan ter bezlariga og'irilik tushib, bola terisiga ziyon yetadi.

Ikkinchidan, bola terisining eng yuqori qismi kattalarnikiga nisbatan ingichka bo'ladi. Shuning uchun arzimagan kimyoviy yoki mexanik ziyon bola terisiga qattiq ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Uchinchidan, bola terisi yog'lar (lipidlar)ga boy bo'ladi. Bu yog'lar kattalar uchun zararsiz bo'lgan moddalarni (kimyoviy poroshok, siydik, kal) bola terisida tez parchalab yallig'lanish oson hosil bo'lishiga olib keladi.

Bola terisining do'stlari:

1. Harorati 20 gradus atrofida, va namlik darajasi 50-70% bo'lgan xona;

2. Sifatli paxta tolasidan qilingan kiyim;

3. Yalong'och bo'lish - bola terisini toza havo bilan kontakt qildirish lozim;

4. Nam gigienik salfetkalar;

Bola terisining dushmanlari:

1. Quruq va issiq havo;

2. Siydik va najas;

3. Teri bilan munosabatda bo'lgan kimyoviy moddalar (kir yuvish vositalari, xlorli suv, sintetik kiyim, sifatsiz parvarish anjomlari);

4. Bola terisi uchun mo'ljallanmagan sovun;

5. Mexanik ziyon keltiruvchi omillar: kiyimga ishqalanish, gilamda emaklash, gigiyenaga rioya qilmaslik.

Krem, losyon, yog'larga kelsak, bu moddalarni ehtiyoj bo'lsagina ishlatish lozim, ya'ni qish kuni ko'chaga chiqmoqchi bo'lsangiz, albatta quruqdan saqlovchi maxsus kremni bola terisi ochiq qolgan joylariga surtib qo'ygan ma'qul. Bolaning terisi siydik va najas bilan doimiy kontaktda bo'lgan joylarni ham maxsus vositalar bilan parvarish qilish lozim.
Lekin ehtiyoj bo'lmaganda turli xil krem va losyonlardan foydalanish kerak emas. Yangi tug'ilgan chaqaloqni cho'miltirib bo'lgach oddiy sterillangan o'simlik(zaytun) yog'i bilan parvarish qilsa, yetarli bo'ladi. https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
📜Chaqaloqni cho'miltirish

1. Chaqaloqni birinchi bor qachon cho'miltirish lozim?

Ayrim pediatrlarning ta'kidlashicha, chaqaloqni kindigi tushib ketmaguniga qadar bolani vannachada cho'miltirish mumkin emas. Boshqa pediatrlar bolani tug'ilganidanoq kindigiga qaramay bemalol cho'miltirish mumkin degan fikrda bo'ladilar. Siz o'zingiz hissiyotingizga qarab bir yo'lni tanlab olishingiz mumkin. Albatta, agar chaqaloq birinchi farzandingiz bo'lib, sizda kindik uchun biroz xavotir bo'lsa, u holda kindik tushib ketmaguncha cho'miltirmasdan yumshoq dastro'molcha bilan iliqdan issiqroq suvga botirib bola tanasini artib turing (har kuni). Kindik atrofini astalik bilan artib o'ting.

Agar yangi zamon onasi bo'lsangiz, o'zingizga ishongan va cho'miltirishga qo'rqmaydigan bo'lsangiz, u holda bemalol chaqalog'ingizni cho'miltirishingiz mumkin. Faqat cho'miltirib bo'lgach kindik va uning atrofini yumshoq salfetkada quruqlating. Bunda salfetkani badanga ishqalamasdan, asta-asta bosib kindik va uning atrofidagi namlikni shimdiring. Kindik ho'l bo'lib qolib ketishi mutloq mumkin emas.

2. Cho'miltirish jarayonida bolani qanday yuvish lozim?

Bolani ishqalab yuvmaysiz albatta. Shunchaki suvni badaniga tekkizib-tekkizib, bir oz sovunlab, chayib tezda olib chiqasiz. Boshini tanasidan oldin yuvib, sovuq qotmasligi uchun artib bosh kiyim kiyg'azib qo'yish lozim.

3. Yuzlarini qanday yuvish kerak?

Chaqaloq yuzi juda mayin bo'ladi. Uni cho'miltirganda emas, balki yotgan holida mayin sochiqni iliq suvga botirgan holda asta-asta artib chiqing. Ko'zlarini ham shunday sekin bosmasdan ichkaridan tashqariga qarab arting.

4. Chaqaloqning quloq-burnini tozalash kerakmi?

Maxsus paxtali tayoqchalarda faqat quloq orqasini artish mumkin. Quloq ichiga tayoqchalarni tiqish ASLO mumkin emas. Burnini tozalash uchun tayoqchalarni burun uchiga keltirib astalik bilan tozalab chiqing. Agar burunda nimadir yig'ilgan bo'lsa, burun uchidagi tayoqchaga qisman bo'lsada ilinib chiqib kelaveradi. Ichkariga tayoqchani tiqmang.

5. Qanchada chaqaloqni cho'miltirish lozim?

Qishki payt haftada ikki marta yetadi. Ammo qo'ltiq, quloq orqasi, bo'yin, oyoq bukiladigan joylar, taglik kiyilgan joylar kunda yaxshilab tozalanib turilishi (ho'llangan salfetkalarda artilib) lozim. Yangi chaqaloqlarda u yerlari juda mayin bo'lib, tezda bichib ketishi mumkin.

6. Sovun ishlatish shartmi?

Bolaning butun badaniga sovun ishlatish shart emas. Teri ko'p chiqadigan joylariga, taglik o'rnida ishlatilsa bo'ladi. Boshini haftada bir-ikki marta sovunlasa yetadi. Sovunni ishlatishdan oldin tekshirib ko'ring-bolada unga nisbatan allergiya yo'qmi? Boshida bola badanining kichik bir qismini yangi sovunda yuvib 1-2 kun kuzating. Agar hech qanday toshma, qizarish bo'lmasa, demak sovun bolaga ma'qul keldi. Bolaga maxsus bolalar uchun tayyorlangan sovundan foydalaning.

7. Prisipka va yog' ishlatish shartmi?

Ayrim bolalarda prisipka kukuniga allergiya bo'ladi. Qo'ltiq, tirsak bukilishi va boshqa bukilib turgan joylarga yog' surtsa bo'ladi. Lekin kosmetik yog' emas, balki o'zingiz tayyorlagan maxsus zaytun yog'idan ishlating.


8. Bola cho'milayotganda qichqirib yig'laydi, nega?

Agar qichqirib yig'lashga boshqa jiddiy sabab bo'lmasa, bola yig'lashining asosiy sababi - bu uning qo'rquvidir. Bu qo'rquv ko'pincha yuvayotgan ota-onaning vahimasidan paydo bo'ladi. Yangi chaqaloqni yuvayotganda, ko'p ota-onalar vahimada bo'lib, "to'g'ri qilyapmanmi?", "yiqitib yubormayapmanmi?" degan savollar bilan o'zligisi qo'rquvda bo'ladilar. Bola buni juda yaxshi sezadi. Shuning uchun o'zingiz tinchlanib, ashula kuylab, yoki bola bilan gaplashib (shirin muloyim ovozda), bolani qo'llaringizda mahkam ushlab (hayajonsiz) chaqaloqni cho'miltiring. Yana bir kichik sir, bolaning qo'liga bir kichik toza dastro'molcha qistirib qo'ying, ko'pincha shuni o'zi bola yig'lamasligi uchun kifoya bo'ladi.
Esingizda bo'lsin! Cho'miltirishdan oldin bolaning toza kiyimlarini, sochiq, taglik, salfetka va boshqa kerakli anjomlarni tayyorlab qo'ying. Bola cho'milib chiqqanda uni tezda artib, quruq qilib, tezda kiyimlarini kiyintirib qo'yish lozim. https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
📜Chaqaloqning burnini tozalash

Chaqaloqning burni bilan nafas olishda qiynalishini shamollash bilan adashtirmaslik muhim!

1. Bolangizni qorniga yotqizib, boshini asta yon tomonga qarating. Bunday holatda bola yaxshiroq nafas oladil chunki bu holat bola nafas yo'llarida yig'ilib qolgan so'lakni chiqarib tashlashga yoki tili nafas yo'llariga to'sqinlik qilishidan asraydi.

2. Bola uxlaydigan xonani iloji boricha chang va pardan xoli qiling. Xonadan chang yig'adigan narsalarni olib chiqing, ya'ni yumshoq o'yinchoqlar, parli yostiqlar. Agar bola burni yaxshi nafas olsa o'yinchoqlar qolaverishi mumkin.

3. Bolani nafas yo'liga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi hidlardan yiroqda ushlang. Sigaret tutuni, kraska hidi, mashina chiqindi gazlar hidi, atir va boshqa parfyumeriya buyumlari nafas olishga to'sqinlik ko'rsatishi mumkin. Bola bor uyda chekilmasligi lozim.

4. Bolani burni bitib qolganda, bola emishga qiynalsa sho'r suvdan (1 litr qaynatib ilitilgan suvga 2 choy qoshiq tuz) foydalanib burnini tozalang. Buning uchun bolani vertikal ushlab burniga 1-2 tomchi sho'r suvdan (Natriy Cloride) quyib yoki tuzli suvlik spreydan 1 marta sepib bolani bir daqiqaga boshini tanadan pastroq bo'lgan holatda ushlab turing. Burun ichidagi suyuqlik yumshatiladi. Agar suyuqlik o'zi chiqishi uchun juda ko'p yoki quyuq bo'lsa, u holda aspirator (suyuqlikni so'rib oluvchi vosita) dan foydalaning. Sho'r suvdan yumshagan suyuqlikni burnini boshidan ichkariga tiqmay turib aspirator bilan tortib oling. https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
🧠Bolalarda xalq tabobati orqali xotirani tiklash

Yosh bolalar xotirasini tiklash uchun dori preparatlaridan foydalangandan ko‘ra, xalq tabobatiga murojaat qilgan yaxshiroq.

Eng oddiy va mazali bo‘lgan, xotirani kuchaytirishga yordam beradigan mahsulot banandir. Shunchaki bolaga och qoringa 1 dona va uyqudan oldin 1 dona banan berish kerak. Banan tarkibiga kiruvchi moddalar miyada qon aylanishi va nerv tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari banan iste’mol qilish stress holatidan olib chiqishga ham yordam beradi, stress esa bolalarda xotira susayishining bir sababidir.

Asal va yalpiz xotirani mustahkamlash xususiyatiga ham ega. Ulardan dorivor ichimlik tayyorlash uchun 1 choy qoshiq yalpiz (quritilgani) olib 2 stakan qaynagan suvga soling, eritmani 30 daqiqa og‘zi yopiq idishda saqlab, so‘ng unga 2 choy qoshiq asal aralashtiring. Bunday ichimlikni bolaga kun davomida berib turing, uni qabul qilishning chegarasi yo‘q, istagiga qarab ichilaveradi. Asal va yalpiz nafaqat xotirani tiklaydi, balki immunitetni ham oshiradi.

Xotirani tiklash uchun salat. Qirg‘ichdan chiqarilgan sabziga mayiz va yong‘oq aralashtiring. Unga yogurt qo‘shib bolaga bering. Bundan tashqari salatga asal ham qo‘shsa bo‘ladi, bolakaylar bunday salatni maza qilib yeyishadi. Uning tarkibidagi moddalar nerv tizimi zo‘riqishlari, stressdan xalos etib xotira tiklanishiga yordam beradi.

@PEDIATRIC_UZ
Pampersli enurezning sababi nima?

So‘nggi yillarda pediatrlar tamaddun yutug‘i bilan bog‘liq bo‘lgan yangi muammoga duch kelishdi. Hozirda bolalar zamonaviy tagliklar – pamperslar “qurboni”ga aylanib borayapti.

Natijada go‘daklar tuvakka o‘rgangisi kelmayapti. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda laboratoriya tahlillari me’yorida, kasallik belgisi yo‘q. Ammo, bola hamon tagini ho‘llaydi.

Juda qulay, zamonaviy, bir martalik, havo o‘tkazuvchan, gipoallergen, gelli, teshikchali, rangli-musiqali tagliklar o‘zida ko‘rinmas xavfni yashiradi. Bunday xavflardan asosiysi tuvak keraksiz buyumga aylanmoqda. Onalar uchun tagliklardan muntazam foydalanishga undaydigan asosiy vaj – bolaning tagi ho‘l bo‘lmay, sovuqqotmasligi asli bahona. Pamperslarni qo‘llaganda qovuq bo‘shaydi, bolaning tagi esa hamon quruq. Natijada bolada beixtiyoriy peshob ajratishni to‘xtatishga hamda tuvakka o‘tirishga xohishning o‘zi ham yo‘q.

Pampersli enurezni hech nima bilan davolab bo‘lmaydi. Go‘dakni ixtiyoriy qovuqni nazorat qilish ko‘nikmalariga o‘rgatib borish zarur. Faqat buni u katta bo‘lgani sari bajarishi mushkul bo‘ladi. 1 yoshli bolaga “siyging kelsa ayt” deb bo‘lmaydi. O‘ta qulay taglik bo‘lganda esa umuman bu haqida og‘iz ochmasa ham bo‘ladi. Pediatrlar bolani necha yoshdan boshlab tuvakka o‘rgatish kerakligi xususida bahslashadi. Javob bitta: qancha vaqtli bo‘lsa, shuncha yaxshi. Faqat g‘arblik hamkasblarimiz tavsiya etganlaridek 2 yoshdan emas.

Kichkintoy bilan ham dildan uning “tili”da suhbat qilish kerak. Shunday qilib pamperslar – qulay vosita. Biroq, ulardan to‘g‘ri foydalanish zarur va muhimi vaqtida ulardan voz kechish kerak. Aks holda bolada pampersli enurez deb ataladigan psixologik muammo yuzaga kelishi mumkin.

Enurez profilaktikasiga bolaning normal rivojlanishini ta’minlash, uni erta yoshdan boshlab to‘g‘ri tarbiya qilish, yoshga oid zarur gigiyenik qoidalarga rioya qilishga o‘rgatish ham kiradi. Hurmatli ota-onalar, bolani tagini ho‘llab qo‘ygani uchun koyish mumkin emas. Bemor bola ayniqsa, kattalarning o‘ziga nisbatan mehru muruvvat ko‘rsatishlariga hamda e’tibor, chiroyli muomila qilishlariga muhtojdir.

@PEDIATRIC_UZ
👶👶Liqildoq nima? Bolalar liqildog‘i qanday tuzilishga ega?

Yangi tug‘ilgan bolakaylarning onalari o‘zlarining kichkintoylarida liqildoqlar bo‘lishini yaxshi bilishadi. Ko‘pchilik onalar bolaning shu sohasini nozik joy deb bilib, qo‘l bilan tegish mumkin emas deb o‘ylashadi. Haqiqatdan ham shundaymi? Liqildoqlar bolaga nima uchun kerak? Bu liqildoqlar qachon yopilishi kerak? Liqildoqning hajmi juda kichkina yoki katta bo‘lsa nima bo‘ladi? Bu kabi savollar yosh onalarni qiziqtirishi tabiiy holatdir.


Chaqaloqlar liqildog‘i bolalarning tug‘ilish jarayonida muhim rol o‘ynaydigan eng asosiy hosilalardan biri hisoblanadi. Homilaning tug‘ruq jarayonida ayol jinsiy yo‘llaridan o‘tish vaqtida, bolaning kalla suyaklari egiladi (bu holat normal hisoblanadi), hajmini kichiklashtiradi va jinsiy kanallar shaklini oladi. Bu jarayon – bola boshidagi liqildoqlar hisobiga sodir bo‘ladi va u ona uchun ham bola uchun ham tug‘ruq jarayonini yengillashtiradi. Homilaning kalla chanog‘ining o‘ziga xosligi, uning anatomik tuzilishidadir.

Albatta, homila kalla chanog‘i ham katta odamlar kabi bir xil suyaklardan tuzilgan. Lekin kalla suyaklari kattalarnikiga qaraganda egiluvchan va elastik, bir-biri bilan to‘liq birikmagan hamda suyaklanmagan bo‘ladi. Bunday hosilalar bola kallasida amortizator vazifasini bajaradi. Ularga quyidagilar kiradi:

Peshona birikishi (metopik birikish) – peshona suyaklari orasida;
Koronar birikish – peshona va tepa suyaklari orasida;
O‘qsimon (sagittal) birikish – tepa suyaklari orasida;
Tepa (lambadosimon) birikish – ensa va tepa suyaklari orasida;
O‘ng va chap yonbosh birikish – tepa va chakka suyaklari orasida.


✏️Bola liqildoqlari
Oldinigi yoki katta liqildoq – rombsimon shakldagi hosila, uning chegaralari burchaklari peshona va sagittal birikishlardan boshlanadi, yon tomondan esa chap va o‘ng tomondan birikmalar;
Orqa yoki kichik liqildoq – uchburchak shakldagi o‘qsimon birikma va ensa birikmalari orsidagi chuqurlik;
O‘ng va chap ponasimon liqildoqlar – koronar birikmalar va yonbosh birikmalar chegarasida bo‘ladi;
O‘ng va chap so‘rg‘ichsimon liqildoqlar – koronar birikma va lambadasimon birikmalar chegarasida bo‘ladi.
@PEDIATRIC_UZ
📜Bolalarda kamqonlik

Hozirgi kunga kelib ekologik muhitning yomonlashuvi, kundalik iste’mol qilinayotgan mahsulotlarda kerakli darmondorilarning yetishmasligi natijasida bir qancha kasalliklaryuzaga kelmoqda.

Bugun ana shunday kasalliklardan biri bo‘lgan kamqonlik ya’ni, anemiya haqida to‘xtalmoqchimiz. Qon tarkibidagi gemoglobin miqdorining pasayib ketishi kamqonlik kasalligiga sababbo‘ladi. Miyaga kislorod yetkazib berish esa aynan qondagi gemoglobinning asosiy vazifasidir. Bu kasallik bilan og‘rigan bemorlarda turli infeksion xastaliklarga chalinish xavfi yuqoribo‘lib, uni tezda bartaraf etish qobiliyati past bo‘ladi. Qon tarkibida organizmning hayotiy o‘sib rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan oziq moddalar mavjud.

Kamqonlik (anemiya)ga chalinmaslik uchun qondagi gemoglobin miqdorining me’yorda bo‘lishiga ahamiyat bering hamda kundalik taomnomangizni temir moddasiga boy bo‘lgan mahsulotlar bilan boyiting.

Ushbu kasallik bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bemor bolalar o‘z tengdoshlaridan aqliy qobiliyati past­ligi sababli ortda qola boshlaydi. Kamqonlik bolaning dars jarayonida vazifalarni yaxshi o‘zlashtira olmasligi, uyquchanlik, xotiraning pasayishi, tez kasallikka chalinishi, bosh og‘rig‘i va boshqa shu kabi ko‘rinishlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Bolalarda kamqonlik kasalligini tezda aniqlash va uni vaqtida davolash zarur. Ularning o‘z vaqtida ovqatlanishi, vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilishi kelajakda sog‘lom bo‘lib voyaga yetishini ta’minlaydi.

Shuningdek, kamqonlik kasalligi ayollarda homilaning normal yetilishiga va sog‘lom rivojlanishiga ta’sir etib, tug‘ish paytida kuzatiladigan asoratlarning ko‘payishiga olib keladi. Bundan tashqari, temir tanqisligi, ya’ni kamqonlik aniqlangan ona tug‘ilajak farzandiga yetarli miqdorda temir zahirasini bera olmaydi. Oqibatda chaqaloq ruhiy va jismoniy rivojlanishdan ortda qoladi.

Kamqonlikning belgilari quyidagilar:

Terining quruqlashishi, og‘iz burchagining va tovonning yorilishi, sochning tez sinishi va to‘kilishi, tishlarning mo‘rt bo‘lib yemirilishi, tirnoqlarning yup­qalashishi, ko‘chishi va sinishi, tirnoq shaklining o‘zgarishi, hid sezishda (quruq yerdan suv sepilganda chiqadigin hid, shuningdek, kerosin, benzin, tamaki, mashina motoridan chiqadigan hidlarni yoqtirish) va ta’m bilishda (kesak, gilvata, choy shamasi, xom go‘sht, makaron, guruch yeyishga moyillik) kabi o‘zgarishlar kuzatiladi.

Temir moddasi tabiiy holda oziq-ovqatlar tarkibida yetarlicha mavjud. Faqat temir moddasini ko‘p tutadigan va insonga zarur bo‘ladigan oziq-ovqatlardan yetarli miqdorda yoshlikdan boshlab, uzluksiz iste’mol qilinsa bo‘lgani.
@PEDIATRIC_UZ
📜Emlash, kerakmi?

Pediatrlar fikricha, barcha bolalar yoshligida emlanishi kerak. Lekin ayrim ota-onalar bolasini emlatishdan bosh tortadilar.

Quyidagi fikrlar emlash kerak ekanligini aniqlashga yordam beradi:

1. Ota-bobolarimiz davrida epidemiya darajasida keng tarqalgan vabo, chechak kasalliklarini hozir hech kim eslamaydi ham. Aslida o'tmishda bo'lgan ko'pchilik kasalliklarning yo'q bo'lib ketishiga emlash sabab bo'ldi. Vaqtida amalga oshirilgan emlash natijasida ayrim o'ta og'ir kasalliklarni yo'q qilishga erishildi.

2. "Bizning millat bu kasallikka chalinmaydi"-degan fikr bilan emlashdan bosh tortish ham noto'g'ri, chunki taqdir taqazosi bilan o'rmonga borib qolib u erda ensefalitni yuqtirib olsa, inson miyasi o'tkir yalig'lanishi mumkin. Yoshligida ensefalitga qarshi emlatilgan bola katta bo'lganida bu og'ir asoratli kasallikdan xoli bo'ladi. Axir farzandingiz katta bo'lganda chet elga o'qishga, ishlashga yoki xizmat safariga ketishini oldinan bilmaysiz-ku.

3. Suv chechak kabi oddiy kasallikni barchamiz bilsak kerak. Uning oddiyligi shundaki, deyarli barcha bolalar unga qarshi emlatilgani uchun u asoratsiz oson o'tadi. Emlanmagan yosh bolalarda ham u oson kechadi, lekin agar suv chechak keksa yoshdagilarda namoyon bo'lsa, uning kechishi juda og'ir bo'lishi mumkin. Demak, emlangan bolalarga keyinchalik kasallik yuqsa ham, u asoratsiz va tez o'tib ketadi.

4. Epidemiya davrida emlatish qanchalik sifatli amalga oshirilsa, epidemiya shunchalik tez yo'qqa chiqadi. Agar o'sha payt emlatishdan bosh tortilsa, yuqish davom etaverib kasallik to'xtatilishiga erishish qiyin bo'ladi va u yanada kengroq miqyosga tarqalishi mumkin.

5. Ko'pincha ota-onalar emlatgandan keyin bo'ladigan reaksiyadan qo'rqib bolasini emlatmaydi. To'g'ri, ayrim kasalliklarga qarshi bo'lgan emlash vositalari reaksiya berishi mumkin. Masalan AKDS privivkasi og'ir hisoblanadi. Lekin emlash sifatli dori vositasi bilan, bola sog'lom paytida qilingan bo'lsa, reaksiya arzimagan istma chiqish bilan namoyon bo'ladi xolos. Lekin AKDSga qarshi ematish qilinmay qolib, bola koklyush yoki difteriya kasalligiga uchrasa, uning asorati hatto hayotga ham xavfli bo'lishi mumkin. Ya'ni emlashga bo'lgan reaksiya bilan kasallik asoratini taqqoslab ham bo'lmaydi.

❗️Janubiy Koreyada emlashga juda jiddiy qaraydilar va emlashni muddatlarini o'tkazmay vaqtida amalga oshiradilar.

Eng asosiysi, ota-ona emlashga borayotganda birinchi bo'lib o'zi bolasini nazorat qilishi kerak. Agar bolasi sog' bo'lsa, istmalamayotgan bo'lsa, unda hech qanday surunkali kasalligi mavjud bo'lmasa, bola o'z vaqtida sog'lom tug'ilgan bo'lsa, unda emlashga borishi lozim. Faqat emlash vositasi haqida batafsil vrachdan ma'lumot olish kerak. Ya'ni qaysi mamlakat vositasi, sifati qanday, undan keyin reaksiya bo'lishi haqida ma'lumotlar bormi va hokazo. Tanishlardan qanday emlash vositasidan foydalanishgan va uning bergan reaksiyasi haqida ma'lumot yig'ish kerak. Vrachdam ko'ra, o'z bolasini emlatgan onadan olingan ma'lumot ishonchliroq. Emlash vositasi haqida yaxshi fikrlar bo'lsa, uning qiymati esa qimmat bo'lsa, puldan qochmang, albatta o'sha yaxshi fikrlar ko'p yiqqan emlash vositasidan foydalaning. Bolani emlatish yoki emlatmaslik ota-onaning huquqi. Ota-ona qanday qarorga kelmasin, unga ma'suliyat bilan yondashishi zarur.

@PEDIATRIC_UZ
📜Bolalarni emlash jadvali

Quyida majburiy emlashlarning asosiy ro'yxati keltirilgan bo'lib, ularning xili va qilinish muddati turli mamlakatlarda biroz farqlanishi mumkin.
Gepatit B - Bola 1 haftaligida, 1 oyligida va 6 oyligida qilinadi.
BCJ (tuberkulyoz) - Bola 1 haftaligida, 7 yoshida va 14 yoshida qilinadi.
AKDS (koklyush, difteriya, stolbnyak) - Bola 2 oyligida, 4 oyligida, 6 oyligida, 18 oyligida va 6 yoshida qilinadi.
Poliemilit - Bola 2 oyligida, 4 oyligida, 6 oyligida va 4-6 yoshgacha qilinadi.
MMR (qizamiq (kor'), qizilcha(krasnuxa), parotit(tepki)) - Bolaning 12-15 oy orasida qilinadi.
Vetryanka - Bolaning 12-15 oylarining orasida qilinadi.
Bulardan tashqari yana ixtiyoriy privivkalar mavjud (masalan, grippga qarshi) va hudud bo'yicha qilinadigan privivkalar bor (masalan, Yaponiyada Yaponcha ensefalitga qarshi).
Ushbu maqola tagida siz yashayotgan mamlakatdagi bolani emlatishning maqoladagidan farqli tomonlarni ko'rsatib o'tsangiz hamaga foydali bo'lar edi.

@PEDIATRIC_UZ
Goʻdakning nerv faoliyati birinchi va ikkinchi signal sistemasi rivojlanishiga bevosita bogʻliq. Goʻdak 2-oydan boshlab ixtiyoriy harakat qiladi; boshini koʻtara va tuta boshlaydi. Yoʻrgaklanganda qoʻli va oyoqlarini qimirlatadi, jilmayadi. Bu yoshda Goʻdak bir kecha-kunduzda taxminan 20 soatcha uxlashi kerak. 3—4 oylik Goʻdak chalqancha yotqizilsa, qaddini koʻtaradi, yon tomonga agʻdariladi. Qoʻl harakati faollashadi, oʻyinchoqqa intiladi, barmoqlarini ogʻziga tiqadi, yoʻrgakni tortadi. Unga tikilib karaganda guvranib bir qadar aniq tovush chiqaradi. 4 oylik bola suyab turilsa oʻtiradi, tanish-notanish kishilarni ajratadi, guvranib xonish qiladi, 5 oyligida onasini yaxshi taniydi, begonalarga bormaydi, qoʻltigʻidan ushlansa, oyoqda tekis turadi, 6 oyligidan hech narsaga suyanmay oʻtira oladi, emaklamoqchi yoki ushlab tursa, qadam tashlamoqchi boʻladi, sodda boʻgʻinlarni talaffuz qila boshlaydi. 8 oyligida bemalol emaklab ketadi, biror narsaga tirmashib oʻrnidan tura oladi, qoʻlidan ushlansa, qadam tashlaydi, "oyi", "ada" soʻzlarini aniq aytadi. 10 oyligida oʻrnidan bemalol turib "obke" yoki "ayt" deganingizni qiladi; "qilma", "qil" deganning farqiga yetadi, 10—15 tacha soʻzni biladi. Sutkada 14—16 soat uxlaydi. Bu davrda badan tarbiya va chiniqtirish muhim ahamiyatga ega, chunki chiniqqan bola turli kasalliklarga kamroq chalinadi. Nimjon bolalarda diatez, raxit, anemiya, gipotrofiya va boshqa kasalliklar kuzatiladi. Shuning uchun iloji boricha Goʻdakni ochiq havoda sayr qildirish, havo va quyosh vannalaridan bahramand etish, massaj, gimnastika va boshqa uning har tomonlama yetuk va sogʻlom oʻsishiga yordam beradi.

@PEDIATRIC_UZ
👶👶Chaqaloq parvarishida nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Kindik tushishi

Kindik qoldig‘i odatda tug‘ruqdan so‘ng 4-5 kun ichida tushib, ba’zi vaqtlarda 8-10 kunlarga ham cho‘zilishi mumkin. Agar kindik sohasida namlik bo‘lsa, 70 foizli spirt eritmasi tomizilib, sterillangan bint yordamida artiladi. Ayrim vaqtlarda chaqaloqning muntazam bezovta bo‘lib, yig‘lashi sababli ham kindikda shish kuzatiladi. Bordiyu chaqaloqning kindigi qoldig‘i 15 kun ichida ham ko‘chib tushmasa yoki soha atrofida qizarish, yallig‘lanishga o‘xshash belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat eting.

Liqildoq

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning bosh aylanasi me’yorda 34-36 santimetrni tashkil etib, hayotining ikkinchi oyida 36-37 santimetratrofida bo‘ladi. Bir yoshga qadar esa bu ko‘rsatkich 46 santimetrga yetadi. Liqildoq chaqaloq boshining tepa qismidagi qotmagan soha, miya ustidagi qalin himoya qavati bo‘lib, me’yoriy holatda chillali chaqaloqlar uchun 26-28 mm, ikkinchi oydan boshlab 22-25 mmatrofida bo‘lib, bir yoshgacha 8-10 mm.gacha kichrayib boradi. Bola boshidagi liqildoq taranglashib, shishgan bo‘lsa va u bezovtalansa, bosh miya bosimining oshgani taxmin qilinadi. Bu holatda albatta shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Tana vaznining o‘zgarishi

Yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining birinchi 4 kuni davomida 10% (200-300 gr atrofida) vazn yo‘qotishi normal holat hisoblanib, organizmning moslashuv jarayoni hisobiga amalga oshadi. Bola hayotining 6-8-kunlariga kelib, tana vaznini asta-sekin tiklab boradi.

Emizish vaqti

Shifokorlar bolani har 1-1,5 soat oralig‘ida emizishni tavsiya etishadi. Bu vaqt oralig‘ining ona suti sifatiga ham ta’siri bo‘lib, bola uchun kerakli ozuqa to‘planadi. Emizishdan avval ko‘krak so‘rg‘ichlarini tozalab, so‘ngra bola og‘zig‘a tutqazish kerak. Agar emizgandan keyin go‘dak ko‘krakni qo‘yib yuborishni xohlamasa, tortib olmang. Burnini biroz qissangiz, og‘zini ochadi. Ona suti sifatli bo‘lishi uchun ayol taomnomasida foydali vitaminlarga boy mahsulotlar bo‘lishi kerak.

Qachon cho‘miltiriladi?

Chaqaloq kindigi hali tushmagan bo‘lsa, cho‘miltirishni biroz keyinga qoldirish darkor. Bu holatda chaqaloqning badanini iliq suvga shimdirilgan nam paxta bilan tozalash kifoya. Kindigi to‘liq tushgach esa 37-37,5 darajali iliq suvda cho‘miltirish mumkin. Bola terisida turli toshmalar toshishining oldini olish uchun suvga moychechak damlamasidan ozroq qo‘shish tavsiya etiladi. Sovuq kunlarda chaqaloqni 2-3 kunda bir marta 8-10 daqiqa davomida cho‘miltiriladi. Suvli muolajalardan so‘ng terisiga turli yog‘lar surtmang. Chunki tayyor yog‘lar teriga turlicha ta’sir etishi mumkin.

Uyqu vaqti

Chillali chaqaloq bir kunda 4-5 martagacha uxlashi mumkin. Bu uyqu vaqtlari avvaliga uzoqroq davom etib, so‘ng asta-sekin kamayib boradi. Bolaning tungi uyqusi osuda o‘tishi uchun uni kechga yaqin cho‘miltirish tavsiya etiladi. Bordiyu go‘dak uyqusida tartibsizlik yuzaga kelsa, kun boshidan emizish va uxlatish tartibini nazorat qiling.

Qayt qilishi nimadan?

Bola emib bo‘lgach, uni chayqatish, qorni bilan yotqizish mumkin emas. Tik ko‘targan holda biroz ushlab turing. Agar emizishdan so‘ng ozroq qayt qilsa, bu xavfli emas. Bola oshqozoniga ortiqcha bo‘lganini shu tariqa chiqarib tashlaydi. Chaqaloqlarda hazm qilish faoliyati hali yaxshi rivojlanmagani bois emib bo‘lgach, qayt qilishi mumkin. Biroq tez-tez va emizish vaqtidan tashqari ham qayt qilsa, shifokorga ko‘rsating.

Nega tez-tez aksiradi?

Chaqaloqlar kuniga 3-4 martagacha aksirishi mumkin. Bu jarayon bola organizmi uchun normal holat bo‘lib, ortiqcha tashvishga asos emas. Ammo aksirish burundan shilimshiq suyuqlik kelishi bilan bo‘lsa, shamollash taxmin qilinib, bolalar shifokoriga ko‘rsatish lozim.

Yo‘rgaklash mumkinmi?

Shifokorlari chaqaloqni oyoq-qo‘llarini qattiq bog‘lab yo‘rgaklashni tavsiya etishmaydi. uyquga yotqizishda zichlab yo‘rgaklangan bolada qon aylanishi buzilishi mumkin. oyoqlarini zichlab yo‘rgaklash tos-son suyaklari rivojiga ta’sir etadi.
@PEDIATRIC_UZ
📜Ona suti

Go‘dak uchun eng muhim ozuqa bu ona sutidir. Ona suti bolaning sog‘lom, hech bir kasalliklarga chalinmay, tez va nuqsonlarsiz rivojlanishini ta’minlovchi ozuqadir. Ona suti tarkibida bolalar uchun muhim bo‘lgan oqsil(albumin, globulin), yog‘, uglevodlar, vitaminlar(A, C, D, E, B1, B12, B6) hamda bolani kasalliklardan himoyalovchi antitelolar juda ko‘p. Ayrim ayollarimiz turli bahonalarni ro‘kach qilib, bolasini emizishni istashmaydi va turli xil sigir yoki echki sutidan berishadi. Bu holatning eng afsuslanarli tomoni shundaki, ayol birgina xatosi bilan ikki kishining, bolasi va o‘zining salomatligiga ziyon yetqazadi. Ya’ni, birinchi navbatda bola ona sutini iste’mol qilmagani uchun u nozik hamda kasalliklarga, ayniqsa yuqumli kasalliklarga tez chalinuvchan bo‘ladi. Ona bolasini emizmasligi oqibatida ko‘krak bezi saratonini orttirib olishi mumkin! Shu sababdan ham bolani emizmaslik uchun asossiz bahonalarni qilib, emizmaslik yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Lekin, shu o‘rinda ona bolani emizmsaligi uchun asos bo‘ladigan holatlarni ham sanab o‘tishni lozim topdik.

Miyada qon aylanishi buzilganda;
Eritrotsotlar tarkibidagi antigenlar mos bo‘lmagani oqibatida yuzaga kelgan gemolitik kasallikda;
Bola chala tug‘ilib, unda yutish va so‘rish reflekslari bo‘lmaganda;
Respirator buzilishlarning og‘ir shakllarida bolani emizish umuman mumkin emas!
Onaning quyidagi kasalliklarida emizish tavsiya etilmaydi:
Buyrak yetishmovchiligida;
Tug‘ma yoki orttirilgan yurak parogida;
Endokardit va miokarditda;
Bazedov kasalligida;
Xavfli o‘smalarda;
O‘tkir ruhiy kasalliklarda.
Onada silning aktiv shakllari bo‘lganda bola emizish mumkin emas. Bola 1,5-2 oy onadan uzoqlashtiriladi hamda bu vaqtda bola emlanib silga qarshi immunitet hosil qilinadi. Emizish onadan sog‘ib olingan sut bilan davom ettiriladi. Bunda tashqari, ona emizikli davrda gripp, o‘pka shamollashi, qizamiq, qizilcha, kuydirgi, qoqshol, terlama kabi kasalliklar bilan kasallanib qolsa, quyidagi maxsus choralar ko‘riladi.

Gripp, o‘pka shamollaganda – ona og‘ziga niqob taqqan holatda emizish mumkin. Emizishdan so‘ng bola onadan alohida xonaga o‘tqaziladi;
Qizamiq, qizilcha bo‘lganda – emizishni davom ettirish mumkin. Lekin, bir vaqtning o‘zida bolaga pediatr nazorati ostida gamma-globulin kiritiladi;
Kuydirgi, qoqsholda emizish butkul to‘xtatiladi va boshqa ayol sutidan foydalaniladi;
Toshmali va qaytalama terlamaning og‘ir holatida ko‘krak bilan emizish vaqtinchalik to‘xtatiladi. Yengil hollarda esa sog‘ibqaynatilgan sut bilan emizish davom ettiriladi.

❗️Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar ayolda kuzatilganda tegishli choralar ko‘rilishi zarur. Bu holatlar kuzatilganda nafaqat o‘zingizni, balki bolangiz salomatligi uchun ham shifokor (Pediatr, oilaviy shifokor) nazorati ostida bo‘lishingiz lozim.
@PEDIATRIC_UZ
👶Chaqaloqda sariq kasal

Yangi tug'ilgan chaqaloqda ikki xildagi sariq kasal mavjud bo'ladi. Birinchisi bu fiziologik (normal) sariq kasal bo'lsa, ikkinchisi esa patalogik (kasallik) sariq kasal.

Go'dak jigari juda kichik bo'lgani uchun u tug'ilganidan so'ng organizmida tezlik bilan ajraladigan billirubin moddasini (sariq rang beruvchi modda) tez parchalay olmaydi. Kattalar organizmda billirubin har kuni ajralib darhol parchalanib ketish imkoniyatiga ega. Kichik bolalarda tug'ilgan kunidanoq billirubin ajralishi jadallashadi. Uni parchalashga ayrim bolalarning jigari kuchi yetmaydi. Shunda bola sariq rangda bo'lib qolishi kuzatiladi. Bu normal fiziologik sariq kasalidir. Bolada billirubin ajralishi jigar funksiyasiga tenglashganida (ko'pincha 1 oy ichida) sariq rang o'z o'zidan yo'q bo'lib ketadi. Buning hech qanday zarari ham bo'lmaydi.
Patalogik sariq kasal bola tug'ilishi bilan bir soat ichida kuzatiladi. Shu jarayonda qondagi qizil moddalar juda tez parchalanib ketadi, va bola tanasining rangi qizil bo'lmay sariqlasha boradi. Vaqtida tug'ilgan bolada bu kasallik hech qanday asoratsiz davolanishi oson. Lekin vaqtidan oldin tug'ilgan, yoki kasal tug'ilgan bolalarda qiyinchilik bilan o'tadi. Bu kasallik ko'pincha ona bilan bolaning qon rezusi, yoki qon guruhi bo'yicha ziddiyatlik paydo bo'lganda rivojlanadi.
Homiladorlik vaqtida ginekolog bunga alohida ahamiyat bermog'i lozim.
Agar bolangizda sariqlik sezib qolsangiz, albatta vrachga murojaat qilib uning kelib chiqishi normal yoki patalogik ekanligini aniqlang. Agar normal sariq kasal bo'lsa, u holda bolaga oddiy sog'lom bolani parvarish qilgandek qarang. Hech qanday dori ichirmang! Agar patalogik sariq kasal bo'lsa, u holda vrach o'zi qondagi billirubin moddasini o'sishi darajasiga qarab muolaja qiladi.
Normal sariq kasal bo'lgan bolani aslo ko'krak sutidan ajratmang, chunki ona suti bunga umuman salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

@PEDIATRIC_UZ
📜Yangi tugilgan chaqaloqlar sariqligi

– bola teri qoplamlari va skleralarning sariqligi. 2 turi bor - Fiziologik (80% chaqaloqlarda uchraydigan holat) - Patologik (bilirubin normadan ortishi)

🔰SABABLARI

- Ona va bola qon guruhi togri kelmasligi - Organizmda infeksion kasalliklarini davolash - Muddatdan oldin tugruq - Onaning qandli diabet bilan kasallanishi - Bolada mayda qon quyilishlar - Yutilgan qon (kokrak shikastlanganda) - Tugruq davri va undan keyin dorilarni kirgizish (oksitotsin, ampitsillin, sefazolin) - 3 haftadan oshgan sariqlikda zudlik bilan kasalxonaga olib borish lozim, normada 7-9 kunda sariqlik tuzaladi.

BELGILARI

- Teri sariqligi - Sklera sariqligi - Najas rangsizligi - Siydik sariq tusga kirishi - Emizishdan bosh tortish - Vazn yo’qotish - Anemiya - Yuqori harorat - Qaltirash

🔬DIAGNOSTIKA

- Pediatr yoki neonatolog korigi - Qon umumiy tahlili - Qonni bilirubinga tekshirish - Qon guruhini aniqlash Har bir keltirilgan holat uchun bilirubin normasi alohida bo’ladi. Bu bir nechta omillarga bog’liq, hususan, homiladorlik vaqti, yosh, rezus omil va bolaning qon guruhi.

💊DAVOLASH

- Maxsus lampa tagiga yotqizish - Fenobarbital - Bolani quyoshda aylantirish

✏️ASORATLARI

Bilirubin inson organizmi uchun zaharli hisoblanadi, shuning uchun iloji tez inson tanasidan chiqarish lozim.

✏️PROFILAKTIKA

Tugilish davridan boshlab quyoshda sayr qilish.

@PEDIATRIC_UZ
📜Chaqaloqning qusishi

Ba'zi chaqaloqlar emgan sutini ma'lum bir qismini qusib yuboradilar. Qusish sababi nima? Bu haqda bezovta bo'lish kerakmi?
Aslida chaqaloqning qusishi uni emas ko'proq onani bezota qiladi. Odatda bola emgan sutining arzimas qismini qusib yuboradi. Bir osh qoshiq qusib yuborilgan sut kiyimda ko'pdek tuyulishi hech gap emas.

Chaqaloqning qusishiga asosiy sabab:

- Chaqaloq emayotganda havoni yutib oladi shuning uchun oshqozon havo chiqarish mobaynida sutni ham chiqarib yuboradi;

- Sutni tez-tez shoshib ichgan bolaning qorni to'lib ketgan bola ovqatni qayd qilib yuboradi.

- Emib bo'lgan bolaning qorniga yotqazsa yoki uni sakratib o'ynatsa oshqozoni qo'zg'alib sutni qayd yuboradi.

Qusishni yo'q qilish yoki kamaytirish yo'llari:

- Bolani emizayotganingizda shoshilmang. Agar smes berayotgan bo'lsangiz, u holda kam-kamdan tez-tez berib turganingiz ma'qul;

- Bolani emizayotganingizda (smes berayotganingizda) havo chiqarib turishiga yo'l bering. Emizikli bola bir ko'krakdan ikkinchi ko'krakka o'tkazayotganingizda bolani yelkangizga qo'yib orqasini asta-asta bosib qo'ysangiz, kekirib havoni chiqarib yuboradi. Smes berayotganingizda har 90 ml ichib bo'lganidan so'ng yuqoridagi uslubda havoni chiqartirib yuboring;

- Ovqatlanib bo'lgan bolani 20-30 daqiqa davomida vertikal (tik) holatda ushlab yuring;

- Ovqatlanib bo'lgan bola bilan kamida 30 daqiqa davomida o'ynashmang;

- Agar bolani butilkadan ovqatlantirayotgan bo'lsangiz, soska uchi juda katta teshilgan bo'lmasin.

Odatda chaqaloq qusishi uning 6-7- oylariga kelib yo'q bo'lib ketadi. Shuning uchun bu vaqt mobaynida qusilgan kiyimdan boshqa bezovta bo'ladigan narsa yo'q.

Quyidagi holatlarda bolaning qusishi muammo bo'lib, darhol vrachga murojaat etishini talab qiladi:

Bola og'irligi kamayib ketmoqda yoki bola vazni yetarlicha oshmayapti;
Qusish soni va miqdori oshib bormoqda;
Qusish darajasi kuchaymoqda (fontan bo'lib otilib chiqmoqda);
Qayd qilingan massaning rangi yashil yoki to'q sariq;
Qusish bilan bir qatorda bolaning qorni og'riyotgandek sezilmoqda;
Bola ovqatlanish jarayonida doim qaqalib, yo'talmoqda.
@PEDIATRIC_UZ
📜Adenoid va ularni davolash usullari

Burun-halqum murtak bezining kattalashuvi adenoid deyilib, 2 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Ba’zan kattalarda ham kuzatilishi mumkin. Adenoid o‘sib kattalashganda burun-halqum gumbazini to‘ldirishi va yon devorlari bo‘ylab pastga, eshitish naylarining halqum og‘zigacha tarqalishi mumkin.

✏️Adenoidlarning paydo bo‘lish sabablari
Burun-halqum murtagi to‘qimalarining patologik o‘sishi odatda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda, yuqumli kasalliklar bilan og‘rigandan keyin paydo bo‘ladi. Masalan, skarlatina, difteriya, qizamiq, angina, gripp kabi kasalliklarning kelib chiqishi shu jarayon bilan bog‘liq. Ba’zida irsiy sabablar, shuningdek tez-tez shamollashlar, ota-onalarning o‘z farzandlarining chiniqishlariga, sport bilan shug‘ullanishlariga va vaqtida tibbiy ko‘riklardan o‘tishlariga e’tiborsizlik bilan qarashlari ham adenoidlarga imkon yaratadi.

✏️Adenoid alomatlari
Avvalo burundan nafas olish buziladi, bola og‘izdan nafas ola boshlaydi. Bemor bo‘shashgan va parishonxotir bo‘lib qoladi. Adenoid tufayli organizmda kislorod yetishmasligi ro‘y beradi va bunda quyidagi holatlar kuzatiladi: bosh og‘rig‘i; umumiy madorsizlik; uyqusizlik; tez-tez charchash; badjahllik; eshitish qobiliyatining pasayishi; yuqori jag‘ tishlarning noto‘g‘ri rivojlanishi.

✏️Adenoidlarning turlari
Adenoidlar uch darajada farqlanadi: I darajada adenoidlar dimog‘ suyagining 1/3 qismigacha yopib turadi, II darajada 1/2 qismigacha va III darajada 2/3 qismigacha yoki deyarli butunlay bekitadi. I darajada adenoid bolaning uyg‘oq paytida burundan nafas olishini sezilarli darajada qiyinlashtirmaydi, lekin uyqu paytida venalarning qonga to‘lishi tufayli ularning hajmi ozmi-ko‘pmi kengayadi. Shuning uchun kasallik anamnezida bolaning uxlash vaqtida og‘zi ochiq bo‘lishi aniqlansa, bu adenoid borligidan dalolat berishi mumkin.

✏️Rivojlanishi
Murtak hajmining kattalashishi shu darajaga yetadiki, ayrim hollarda burun-halqum bo‘shlig‘ini, xoanalarini, eshituv nayini, burun-halqumni to‘liq egallashi mumkin. Bunday hollarda bemorda, quloqni tez-tez surunkali shamollashi eshitish qobiliyati keskin pasayadi, tovush jarangdorligi o‘zgaradi, manqalik, teri va yumshoq pardalarning oqarishi sodir bo‘ladi. Burun orqali nafas olishning o‘zgarishi buzilishidan so‘ng, burundan doimo seroz suyuqlik oqib turadi, burun bo‘shlig‘i tez-tez yallig‘lanib sinusitlar paydo bo‘ladi.


✏️Adenoidlar qanday asorat berishi mumkin?
Bolalarda kasalliklar uzoq davom etganda yuz skeletining rivojlanishida beso‘naqay buzilishlarga olib keladi. Doimo osilib turadigan pastki jag‘ tor va cho‘zinchoq bo‘lib qoladi, yuqori jag‘da esa qattiq tanglay noto‘g‘ri rivojlanadi. U baland va tor bo‘lib shakllanadi, tishlaring noto‘g‘ri joylashishi tufayli prikus buziladi. Adenoidlar nafas funksiyasiga, miya qon aylanishining ayrim mexanizmlariga salbiy ta’sir qiladi. Xotira zaiflashib har xil nerv-psixik o‘zgarishlarga olib keladi. Burun-xalqum murtagining gipertrofiyasi bilan kasallangan bolalarda vaqt o‘tishi bilan ko‘krak qafasi shakllanishining buzilishi (g‘oz ko‘kragi), kamqonlik, ko‘z tubidagi dog‘ o‘lchamining kattalashishi kuzatilishi mumkin.

✏️Adenoidni davolash

Konservativ davo o‘tkir shamollash vaqtida qo‘llaniladi, qolgan holatlarda adenoid faqat jarohlik usuli bilan olib tashlanadi. Konservativ usul murtaklar oz-moz kattalashganda yoki operatsiya qilib bo‘lmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Bemorga antigistamin preparatlar va kalsiy glyukonat buyuriladi. Kattalashgan murtaklar burundan nafas olishni qiyinlashtirib qo‘yganda operatsiya zarur bo‘lib, u ko‘pincha 5-7 yoshlarda qilinadi. Biroq burundan nafas olish ancha qiyinlashganda, eshitish qobiliyati pasayib ketganda va adenoidlar tufayli boshqa patologik hodisalar ro‘y berganda adenotomiya ko‘krak yoshidagi bolalarda ham amalga oshiriladi.

@PEDIATRIC_UZ
📜Epidemik parotit yoxud «tepki» kasalligi

Zamonaviy tibbiyotning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda shifokorlarimizdan kasallikka erta tashxis qo‘yish, uning kechishi va oqibatlarini barvaqt aniqlash, asoratlarini oldini olish talab qilinmoqda.

Epidemik parotit (xalq tilida “tepki” deb ataladi) – yuqumli kasallik bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi, umumiy intoksikatsiya (zaharlanish), so‘lak va sut bezlari, jinsiy, me’da osti va boshqa bezlar bilan bir vaqtda markaziy asab tizimining og‘ir asoratlari – meningit, meningoensefalit (talvasa va vasvasalar ko‘rinishidagi zararlanishi) bilan kechadi. Bu virusli xastalik bolalar o‘rtasida keng tarqalgan bo‘lib, ba’zan kattalar orasida ham uchrab turadi.

Infeksiya manbai va dardning kechish jarayoni

Bolalarda aniqlangan yuqumli kasalliklar orasida epidemik parotit salmog‘i sezilarli darajada ko‘p uchraydi. Infeksiyaning birdan bir manbai bemor hisoblanadi. U xastalik yashirin davrining oxiri, klinik belgilar yuzaga chiqishidan bir-ikki kun oldin atrofdagilar uchun xavfli hisoblanadi. Dardning yuqish davri kasallikning 9-kunida tugaydi. Ayniqsa, o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan 1,5 baravar ko‘p kasallanadi. Xastalik mavsumiy xarakterga ega. Uning yuqori ko‘rsatkichi mart-aprel oylariga to‘g‘ri kelsa, past ko‘rsatkichi iyul-avgust oylarida kuzatiladi.

Virus asosan havo-tomchi va ba’zan muloqot yo‘li bilan ham yuqadi. Epidemik parotitga moyillik juda yuqori. Inson 3 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan davrda kasallikka moyilligi yuqori bo‘lib, 2 yoshgacha va 40 yoshdan kattalarda xastalik kamdan kam hollarda uchraydi. Undan so‘ng turg‘un immunitet qoladi.

Burun-halqum shilliq qavati infeksiyaning kirish darvozasi bo‘lib hisoblanadi. Organizmning bu sohasidan virus qonga o‘tadi. Keyin qonda aylanib sekretor bezlarda (so‘lak, me’da osti, jinsiy bezlari) to‘planadi. Bundan tashqari miya pardalari va asab hujayralariga to‘planib, ularni zararlaydi. Kasallik qanchalik barvaqt aniqlansa, asoratlarning oldini olish imkoni shunchalik yuqori bo‘ladi. “Tepki”da harorat ko‘tariladi, majolsizlik, og‘iz qurishi, quloq atrofida og‘riq va shish paydo bo‘ladi. Bemor gapirganda, chaynaganda og‘riq hissi kuchayadi.

Kasallikning yashirin davri o‘rtacha 12-26 kun davom etadi. Ba’zan jarayon bu muddatdan oshishi yoki 9 kungacha qisqarishi mumkin.
Xastalikning klinik ko‘rinishi uning shakliga bog‘liq bo‘ladi. Umumiy qabul qilingan tasnif bo‘yicha epidemik parotitning tipik va atipik shakllari farqlanadi. Tipik shakliga alohida bezli shakli faqat bezli a’zolarning shikastlanishi (quloq oldi, jag‘ osti, moyak va tuxumdonlar), alohida asab shakli, ya’ni faqat markaziy asab tizimining shikastlanishi, aralash shakli – asab tizimi va bezli a’zolarning shikastlanishi (quloq oldi, jag‘ osti, moyak va tuxumdonlar), alohida asab shakli – faqat markaziy asab tizimining shikastlanishi (seroz meningit, submaksillit, pankreatit, meningoensefalit) kuzatiladi. Atipik shakli noaniq va belgisiz shakllarga ajratiladi. “Tepki”ning noaniq shaklida zaharlanish belgilari bo‘lmaydi. Bemorning umumiy ahvoli o‘zgarmaydi. Uning tana harorati me’yorda yoki subfebril bo‘ladi. Quloq oldi bezi biroz kattalashganligi yoki shishganligi aniqlanadi. Boshqa a’zolarda o‘zgarish bo‘lmaydi.
@PEDIATRIC_UZ
👶 Bolani qo‘shimcha ovqatlantirish

🍼 Qo‘shimcha ovqatlar chaqaloqqa ko‘krak suti bilan emizishdan avval kam miqdorda 7-10 kun mobaynida (dastlab 2-3 choy qoshiqda, keyinchalik asta-sekin oshirib boriladi) tavsiya etiladi. Ovqatni qoshiqchada berish kerak. Doimo bolaning axlatini nazorat qilib borish lozim.
Bolaga navbatdagi profilaktik emlash kunidan avvalgi 1 haftada va yana keyingi 1 hafta ichida yangi ovqat mahsulotlarini berish ta’qiqlanadi.

🍼 Bir martalik oziqning umumiy miqdorini 50-200 grammgacha oshirishga erishilsa, ta’m qo‘shimchalari sifatida ratsionga o‘simlik moyi, saryog‘ hamda meva va uning sharbatlarini qo‘shish tavsiya etiladi.
Har doim yangi oziq-ovqat mahsulotini berishdan avval uni kam miqdorda, ya’ni 5-10 gr. berish zarur. Shundan so‘ng go‘dak ushbu mahsulotni qanday o‘zlashtirishini biroz kuzatib, hech qanday allergik reaksiya belgilari kuzatilmasa, berilgan mahsulot miqdorini oshirish mumkin. Sun’iy ovqat chaqaloqqa faqatgina qoshiqcha yordamida beriladi. Yangi ovqatni avvalgi berilgan mahsulotdan 3-4 hafta o‘tgach, bola ratsioniga qo‘shish talab etiladi.
Sun’iy ovqatlantirishni korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan bolalar ovqatlari bilan boshlash tavsiya etiladi. Uy sharoitidagi ovqatlarni beriwda sanitariya-gigiyena talablariga qa’tiy rioya etish talab qilinadi.
🍼 Bir vaqtda mittivoyga ikki xil yangi oziq-ovqat mahsulotlarini berish tavsiya etilmaydi. Sababi unda allergik reaksiya kuzatilsa, qaysi mahsulot tufayli bu holat yuzaga kelganini aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ikkinchi yangi mahsulotni 10-14 kundan so‘ng berish lozim.
🍼Chaqaloqqa 6-7 oyligidan boshlab asosiy oziq sifatida emas, balki desert sifatida meva va undan tayyorlangan sharbatlarni berish tavsiya etiladi.
🍼Go‘dak ratsionidagi uchta asosiy sun’iy ovqatni (bo‘tqa, sabzavotlar, go‘sht) berishdan oldin qaysi mahsulot bilan qay mahal uni oziqlantirish borasida pediatr bilan maslahatlashib, ovqatlanish tartibini rejalashtirib olish zarur.
🍼Bola bir yoshga kirgunicha ovqat tarkibiga shakar va osh tuzini qo‘shish tavsiya etilmaydi. U ovqatlangandan so‘ng oddiy qaynagan ichimlik suvini iliq holda berish tavsiya etiladi. Kompot, choy va boshqa mittivoyning ta’m bilish hissiga begona bo‘lgan ichimliklarni unga berish ta’qiqlanadi.
🍼Uni 9-10 oyligidan boshlab mustaqil ovqatlanishga o‘rgating. Buning uchun kichkintoyga ikkita qoshiqcha va alohida likopcha ajrating (qoshiqning birida o‘zingiz bolani ovqatlantiring, ikkinchisida uning o‘zi ovqatlansin). Agar go‘dak kasal bo‘lib qolsa, uni vaqtinchalik ko‘krak suti yoki o‘zi yoqtiradigan biror mahsulot bilan ovqatlantiring. Sun’iy ovqatlarni faqatgina kasallikning o‘tkir shakli ortda qolgandan so‘ng berish mumkin.

🍼 Sun’iy ovqatlarni bolaga quyidagi holatlarda berish man etiladi:

bola kasal bo‘lsa, issiq ob-havoda, profilaktik emlash davrida, mahsulotning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa yoki uni tayyorlash va saqlashda talab etilgan qoidalarga amal qilinmasa.
🍼Chaqaloq 6 oylik bo‘lmaguncha unga sun’iy ovqat bermaslik lozim. Ammo ba’zi hollarda tibbiy ko‘rsatmaga binoan go‘dak 6 oylik bo‘lguncha sun’iy ovqatlantirish mumkin. Shunday bo‘lsada, ushbu holatda ham mittivoyni bunday ovqatlantirish 4 oylikdan so‘ng amalga oshiriladi. Agar chaqaloq sog‘lom bo‘lsa, unga 6 oyligida sabzavotli pyure yoki glyutensiz sutsiz bo‘tqa berish mumkin. Tvorogni bola bir yoshga kirish arafasida berish lozim. Chunki, bu mahsulot unchalik ozuqaviy quvvatga ega emas. Shu bilan bir qatorda yuqori allergenlik xususiyatga ham ega. Go‘dakka 9 oyligidan boshlab nordon sut mahsulotlari, xususan, yog‘siz kefir va uning o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni berish tavsiya etiladi. Agar berilgan nordon sut mahsulotlari bolaga yoqmasa, uni ratsiondan olib tashlash zarur.
🍼Farzandingiz bir yoshligida uni uch xil usulda ovqatlantirish darkor: tabiiy, sun’iy va aralash.
Bolani olti oygacha ona ko‘krak suti bilan emizib boqishi zarur.

@PEDIATRIC_UZ