PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
18.1K subscribers
1.33K photos
127 videos
2.43K links
Shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!

Reklama👉 @tibbiy_reklama1
Download Telegram
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min-musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!

Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Allohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!


Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilmoqdami yoki qiz bolalar?

🏢 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar-may oylarida FHDYO organlarida 374,4 ming nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Shundan:

o‘g‘il bolalar – 180,4 ming nafar;

qiz bolalar – 167 ming nafarni tashkil etgan.

2024 yilning 5 oyida O‘zbekistonda qiz bolalarga nisbatan 13,4 ming nafar o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilgan.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda suvchechak kasalligining belgilari

▪️Isitma(37,5-38,5 °C)
▪️Ishtaha pasayishi
▪️Bosh og'rig'i
▪️Umumiy holsizlik(Tez charchash)
▪️Qichishish
▪️Toshma

Kasallik o'tkir, isitmalash va suvchechak toshmasi bilan boshlanadi. Toshma dastlab mayda pushti yoki qizil rangdagi dog'-papula bo'lib, bir necha soatdan keyin 5 mm diametrli vezikulaga(tiniq suyuqlik bilan to'lgan yumaloq yoki oval shakldagi pufakcha) aylanadi. Toshmalar sutka oxiriga kelib quriydi, bo'shashadi va jigarrang qatqaloqqa aylanadi(Rasmda toshma evolutsiyasi). Pigmentli dog'lar 2-3 oy saqlanadi, chandiq hosil bo'lmaydi.

Toshmalar bolaning yuziga, boshning sochli qismi, tana va oyoq-qo'llariga toshadi. Toshmalar bir vaqtda emas, balki turtkisimon(isitmadan keyin) toshadi. Shu sababdan bemorning terisida bir vaqtning o'zida toshmaning turli rivojlanish (dog', papula, vezikula, qatqaloq) bosqichlarini ko'rish mumkin. Bu holat soxta polimorfizm deyiladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Gijja kasalliklari(Gelmintozlar)ni uy sharoitida qanday aniqlash mumkin?(Onalar uchun)

Gijja kasalliklarini uy sharoitida kasallikning klinik belgisiga qarab aniqlash mumkin! Quyida ko‘p uchraydigan kasalliklar belgilari!

⚡️Ostritsa(Enterobioz) bilan zararlanish belgilari:

Qichishish(anal teshigi atrofida va jinsiy organlarda, kechqurun kuzatiladi)
Ishtaha pasayishi
Xotira pasayishi
Bosh og‘rig‘i
Yuzdagi oq dog‘lar
Uyqu buzilishi(kuchli qichishish tufayli)
Tishini g‘ichirlatishi(uyqu paytida)
Qorinda og‘riq (kindik atrofida,kuchsiz)
Og‘iz qurishi
Ich ketishi
Enurez
Vulvovaginit(qiz bolalarda)

⚡️Askarida(Askaridoz) bilan zararlanish belgilari:

Ishtaha pasayishi
Ozib ketish
Isitma(davriy ravishda)
Ich ketish(yoki qotishi)
Ko‘ngil aynishi
Qusish (kam hollarda)
Qorinda og‘riq(kindik atrofida va qovurg‘a ostida)
Qo‘zg‘aluvchanlik
Tez charchash
Bosh og‘rig‘i
Uyqu buzlishi(Tungi qo‘rquv)
Tishini g‘ichirlatishi(Uyqu paytida)
Anemiya
Ko‘p so‘lak ajralishi
Soch to‘kilishi(tanga shaklida)

❗️Bolada yuqoridagi belgilarning bir nechtasi(2 tadan ko‘p) aniqlanganda, uni yuqumli kasalliklari shifokori yoki Pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalar bir kunda qancha miqdorda shakar iste’mol qilishi kerak?
(Pediatr tavsiyasi)


📌5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kuniga 10 grammdan kam shakar

📌5 yoshdan 10 yoshgacha bolalar uchun 20—25 gramm shakar

📌10 yoshdan 15 yoshgacha bolalar uchun 25—30 gramm shakar

📌15 yoshdan katta bolalar kuniga 30 gramm shakarni iste’mol qilishlari mumkin.

❗️Eslatma. Sutkalik shakar miqdori hisoblanganda, shirinliklar tarkibidagi shakar ham inobatga olinishi kerak.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda jismoniy ko‘rsatkich normalari(Oy kuni yetib tug‘ulgan chaqaloqlar uchun)

1.Tana uzunligi normada - 46-56 sm(1 yoshda 74-76sm)

2.Tana vazni normada - 2500-4000g(6 oylikda 7300-8800g, 1 yoshda 9700 - 11200g )

3.Bosh aylanasi normada- 34-36 sm(1 yoshda 46-48 sm)

4.Ko‘krak aylanasi normada - 33-35 sm(1 yoshda 48-50sm)

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
"O'zbekiston shifokorlari" telegram kanaliga barcha shifokorlarni taklif qilamiz!

📰 Tibbiyot yangiliklari
-dunyodagi
-O'zbekistondagi
🌍Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlari
📚Kitoblar
🩺Ilmiy maqolalar
🗯Qiziqarli memlar, suratlar
📜Tibbiyotga oid farmonlar, qarorlar

Bularning hammasi quyidagi manzilda👉
https://t.me/doctors_uzbekistan
Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?

JSST bergan tavsiyasiga ko'ra 6 oylikkacha bo'lgan, ona suti bilan katta qilinayotgan bolalarga suv berilmaydi. Chunki ularning suyuqlikka bo'lgan ehtiyojini ona suti to'liq qondiradi. Lekin issiq yoz oylarida bola terlash orqali me'yoridan ko'p suyuqlik yo'qotadi. Bunday holatda bolaga belgilangan miqdorda suv berish mumkin.

Kichkintoylarga yozning issiq kunlarida beriladigan suv miqdorlari:
▪️1 oylik chaqaloqlarga 60 ml dan
▪️3 oylikkacha bo'lgan go'daklarga 60-120 ml dan
▪️3 oylikdan 6 oylikkacha bo'lgan go'daklarga 120-180 ml dan
▪️6 oylikdan 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga 240 ml dan oshmasligi kerak.

Suv berishda quyidagi tavsiyalarga rioya qiling:
▫️Issiq kunlarda bolaga suvni faqat ovqatlantirishlar oralig'ida berish lozim.
▫️Bolaga beriladigan suv toza(qaynatilgan), iliq, uzoq turib qolmagan, gazsiz bo‘lishi kerak.
▫️Bola ochlik va chanqoq hissini adashtirmasligi lozim.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Tagliklarning bolaning terisiga yomon ta'siri yo'qmi?

Bolaning terisi nozik, ingichka va teri osti yog‘ qavati hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tagliklarni tanlashda u faslga, bolaning yoshiga mos bo‘lishi va sintetik matodan tayyorlanmagan bo‘lishi lozim. Tagliklarni noto‘g‘ri tanlash yoki noto‘g‘ri qo‘llash, kontakt dermatit va issiqlik toshmalariga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tagliklarni 1-2 oylik bolalarda har 2 soatda, 3-6 oylik bolalarda esa har 4 soatda almashtirish lozim. Eng muhimi almashinuv oralig‘ida 15-20 daqida vaqt bo‘lishi va bolaning terisi quruq bo‘lishi kerak.

©Doctor Muxtorov    

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
🔰Bolani jazirama issiqdan asrang!

Issiq yoz kunlarida bolaning kuni bilan quyosh nurlari ostida o'ynab yurishi juda xavflidir. Olimlarning ta'kidlashicha, kunduzgi soat 11:00 dan soat 15:00 gacha quyosh nurlari odam teriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, bolalarda esa bu ta'sir yanada kuchliroq namoyon bo'ladi. Lekin aynan yozda bolalar ko'chadan uyga kirishni istamaydilar...

Issiq yoz kunlarida bolani zararli quyosh nurlaridan asrash yo'llari

☑️1. Bolani quyosh nurlari eng zararli bo'lgan payt 11:00 dan 15:00 gacha ko'chaga o'ynagani chiqarmang. Shu vaqt oralig'ida biron joyga borishi kerak bo'lsa, soya joylardan yurishga harakat qiling.

☑️2. Issiq yoz kunlarida bolaga tez-tez suyuqlik ichirib turing. Bola suv so'ramagan holda ham unga qaynatilgan suv berib turing. Sharbat va limonadlar chanqoqni bosmaydi, gazlangan yoki mineral suv ayni muddao.

☑️3. Bolani kiyimiga ahamiyat bering. Yoz kunlarida bola tabiiy matolardan tayyorlangan kiyimda yurishi kerak. Eng yaxshisi - bu paxta tolalaridan qilingan kiyim-kechaklar. Sintetik matolar issiqdan terlayotgan bola terisida yoqimsiz qo'zg'atishni yuzaga keltirishi mumkin.

☑️4. Bolaning oyoq kiyimi ham qulay va tabiiy materiallardan tayyorlangan bo'lishi kerak. Bolaga orqasi ochiq "shap-shap" olib bermang. Birinchidan, bu o'sayotgan oyoqlarni deformatsiyasiga olib keladi, ikkinchidan, bolaning yurishi palapartish bo'lib ketadi. Ko'pincha bolalar o'yin davomida bunday payafzalni tushirib yuboraveradilar. Oyoq kiyim sandal ko'rinishida bo'lishi eng yaxshi tanlov.

☑️5. Basseyn yoki dengizga cho'milishga borayotganingizda bolaga albatta quyosh nurlaridan himoyalovchi maxsus krem (SPF) surishni unutmang. Bolaning teri juda nozik bo'lgani uchun aynan yoshiga moslab krem olish kerak. Kattalarning kremi mos kelmaydi. Suvga tushib chiqqandan so'ng ham vaqti-vaqti bialn badaniga krem surib turish kerakligi haqida unutmang. Undan tashqari quyosh nurlari keng tarqalgan dengiz va basseyn atrofida bola boshiga yengil bosh kiyim kiyg'azib qo'ying.

☑️6. Ba'zi ota-onalar farzandiga quyosh nurlariga qarshi ko'zoynak olib beradilar. Aslida ko'chada sotiladigan oynalari to'q ranglik arzon ko'zoynaklar bola ko'zlarini quyosh nurlaridan himoya qilmaydi. U shunchaki o'yinchoq. Aksincha, bola to'q rangdagi oyna orqali qarash davomida qorachig'i kengayadi, natijada quyoshning nurlari ko'zga yanada kengroq darajada ziyon yetkazadi.

Agar farzandingiz haqiqatan ko'zoynak taqishni istab, uni o'yinchoq sifatida qabul qilmaydigan yoshda bo'lsa, u holda unga haqiqiy quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ko'zoynak olib berishingiz mumkin. Bunday ko'zoynaklarda UVA, UVB nurlaridan 60%-100% himoya qilish haqida ma'lumot bo'lib, ularning narxi ham ancha baland bo'ladi.

☑️7. Terlab turgan bola bilan konditsioner yoqilgan xonaga kirmaslikka harakat qiling. Bola tez shamollab qolishi mumkin.

☑️8. Istmalayotgan bolani issiq kunda terlamasligiga e'tibor bering. Tana harorati ko'tarilgan bola organizmi issiqda yanada qiynaladi.

☑️9. Yoz kunlarida bolani yeyayotgan ovqatiga nihoyatda e'tiborli bo'ling. Dizenteriya ko'pincha yozda tarqaladi. Meva va sabzavotlar muzlatgichda saqlanishi, ovqat faqat yangi bo'lishini ta'minlang. Bola eskirgan achigan narsalarni yeb qo'yishidan ehtiyot bo'ling. Ovqat yeyishdan oldin, albatta qo'l yuvish kerakligini unutmang.

☑️10. Bolaning issiqda ichi ketishiga ahamiyat bering. Ba'zida ichburug' jiddiy kasallik alomati bo'lishi mumkin.

Farzandingiz o'ziga zarar keltrimagan holda yoz kunlarida mazza qilib dam olishi uchun siz sharoit yaratib bering.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda tish og‘rig‘i

Sabablari
📌Og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi
📌Karies yoki pulpit
📌Sut tishlari almashinish patologiyalari
📌Tishdagi jarohatlar
📌Tishlardagi yuqori sezuvchanlik

Davolash
😮‍💨Og‘riqni qoldirish uchun parasetamol yoki ibuprofen berish mumkin.

Bolani tish og‘rig‘i tez-tez bezovta qiladigan bo'lsa, uni stomatolog ko‘rigiga olib zarur bo‘ladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Liqildoq bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar!

Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak?
☑️Katta liqildoq normada 1 yoshgacha bitishi kerak!

Katta liqildoq o‘lchami qancha bo‘ladi?
☑️Katta liqildoq romb shaklida bo‘lib, o‘lchami 2x2sm dan 3x3 smgacha bo‘ladi.

Chaqaloq katta liqildoqni bitib tug‘ulishiga sabab nima?
☑️Homiladorlik paytida ona organizmida Ca ni ko‘p bo‘lishi hisobiga.

Nima uchun katta liqildoq 1 yoshdan keyin ham bitmasligi mumkin?
☑️Bunga asosiy sabab bola organizmidagi Ca yetishmovchiligi.

Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda katta liqildoqning kichik bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat mikrosefaliya yoki kraniostenozdan dalolat berishi mumkin.(Nevropatolog ko‘rigi zarur)

Katta liqildoqning shishib chiqishi yoki unda pulsatsiya(tomir urishi)ning bo‘lishi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat gidrosefaliya, gematoma va intrakranial gipertenziya(cherepnoy davleniya)dan dalolat berishi mumkin.

Katta liqildoqning ichiga botib kirishi nimadan dalolat beradi?
☑️Ko‘pincha ich ketishidan keyin rivojlanadigan degidratatsiya(suvsizlanish) borligidan dalolat berishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda gidrosele - Moyaklar istisqosi

Moyak atrofidagi tunica vaginalisning visseral va parietal pardalari orasidagi suyuqlik miqdorini ko’payib ketishiga Gidrosele deyiladi. Aslida juda kam miqdorda suyuqlik boladi, bu suyuqlik moyaklarni ba’zi tashqi ta’sirlardan saqlash va bemalol harakatlanishini ta’minlaydi. Suyuqlik bir tarafdan ishlab chiqariladi va bir tarafdan so’riladi shu holatda muvozanatda bo’ladi agar so’rilishni buzilishi ro’y bersa gidrosele rivojlanadi. Bolalar orasida 1% uchraydi.

Faqatgina gidrosele bolsa 2 yoshgacha kutish tavsiya etiladi, juda katta bo’lmagan o’lchamlarda. 2 yoshdan keyin qaytmaganlarini ochiq jarrohlik usulida davolanadi.

Gidroseleni uy sharoitida ham aniqlash mumkin. Telefoningiz fonarini yoqib, yorg‘oqdagi shishsimon hosilaga tutasiz. Agar undan yorug‘lik o‘tsa, demak gidrosele bo‘ladi, xuddi rasmdagidek.

Rasm uchun uzr! Boshqacha qilib ko'rsatishni iloji yo'q!

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Chaqaloqlarda issiqlik toshmalarini oldini olish

Chaqaloqlarda issiqlik toshmasi xavfini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiyalarga rioya qilish lozim.

▪️Chaqaloqlarni mavsumga va ob-havoga moslab kiyintiring. Issiq kunlarda ularni adyol yoki issiq matolarga o'rash shart emas.
▪️Chaqaloqlarga kiyim tanlashda paxta matosidan tayyorlangan, keng va teri nafas oladigan kiyimlarni tanlang.
▪️Chaqaloqlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tushadigan quyosh nurlaridan uzoqroq tuting.
▪️Issiq havoda chaqaloqlarni 22-25 °C haroratli salqin joyda saqlang. Yoz oylarida oʻta issiq havo kuzatilsa, konditsionerdan foydalanib xonani salqinlatish mumkin.
▪️Chaqaloqlarni isitish moslamalari yoki boshqa issiqlik chiqadigan manbalar yaqinidan uzoqroq saqlang.
▪️Ortiqcha terlash holatlarini kuzatib boring. Agar chaqaloq terisi qizarib ketsa yoki terlayotgan boʻlsa, salqin joyga o'tqazing va terisini quruq saqlang.
▪️ Issiqlik toshmalarini oldini olishning yana bir usuli chaqaloqni kuniga 1-2 marta qoraqiz o'tli dengiz tuzi solingan suvda cho'miltirish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalar 1 sutkada qancha vaqt uxlashi kerak?

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (0-3 oy) — 14-17 soat. 

Chaqaloqlar (4–11 oy) — 12-15 soat. 

Bolalar (1-2 yosh) — 11-14 soat. 

Maktabgacha yoshdagi bolalar (3-5 yosh) — 10-13 soat. 

Kichik maktab o‘quvchilari (6–13 yosh) — 9-11 soat. 

O‘smirlar (14-17 yosh) — 8-10 soat. 

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bo‘ri tanglay (tanglay yorig‘i) va quyon lab (xeylolizis)

Tanglay o‘rta qismidagi yoriq bo‘lib, embrional rivojlanish davrida tanglay ikki yarmini yoki yuqori jag‘ orolchalarini bir-biriga qo‘shilmasligi natijasida yuzaga keladi. 2500 ta chaqaloqdan bittasida uchraydi.

Asosiy sababi embrional davrda yuzaga kelgan genetik mutatsiyalar.

Shakllari:
• yumshoq tanglayni yopilmasligi
• yumshoq va qattiq tanglayni bir qismini yopilmasligi
• qattiq va yumshoq tanglayni bir tomonlama to‘liq yopilmasligi
• ikki tomonlama to‘liq yopilmasligi

Belgilari:
• Emishga
• Yutishga
• Nafas olishga qiynaladi.

Davosi faqat operativ yo‘l bilan, bir nechta bosqichli operatsiya orqali lablar xeyloplastika va tanglay uranoplastika qilinadi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda oftob urushining dastlabki belgilari

▪️Bosh og‘rig‘i
▪️Bosh aylanishi
▪️Ko‘ngil aynishi
▪️Qusish yoki ich ketishi
▪️Teri va yuzning qizarishi
▪️Quloqda shovqin
▪️Tana haroratini oshishi
▪️Umumiy holsizlik

❗️Yuqoridagi belgilar aniqlanganda bolani zudlik bilan vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM