PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
20.1K subscribers
1.28K photos
123 videos
2.36K links
Shifokor pediatr va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning "Pediatriya" telegram kanali

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!

Reklama👉 @tibbiy_reklama1
Download Telegram
Bola qanday rivojlanadi?

1-oylik - tur xil ovozlar chiqaradi, oyoq-qo‘llarda tartibsiz harakatlar

2-oylik - harakatdagi narsalarni kuzatadi, jilmayadi.

3-oylik - kuladi, gu-gulaydi, vertikal holatda boshini ushlaydi.

4-oylik - tovush kelgan tomonga boshini buradi, yaqinlar ovozini faqlaydi. O‘yinchoqni ushlaydi, og‘ziga olib boradi.

5-6-oylik - qo‘lidan ushlasa yoki ba'zan mustaqil o‘tiradi, chalqancha holatdan yonboshga yoki qorniga o‘griladi, o‘yinchoqlarni kuzatadi va ko‘taradi.

7-8-oylik - mustaqil o‘tira oladi, oyoqqa turishga harakat qiladi, onasiga va tanishlar qo‘l cho‘zadi va chapak chaladi, ma-ma, da-da deya oladi.

9-10-oylik - emaklaydi, tizzasiga tura oladi, kattalar yordamida oyoqqa turadi va ushlab yuradi, qoshiqdan ovqat yeydi. Dada, mama so‘zlarini ayta oladi

11-12-oylik - qo‘lidan ushlasa o‘zi yuradi, lekin ko‘p yiqiladi, mustaqil ovqat yeyishga harakat qiladi, ba'zi so‘zlarni ayta oladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Sabzavotlarni bolalar ovqat ratsioniga qachondan kiritish kerak?

🫒Kabachki - 6 oylikdan - bir komponentli pyure ko'rinishida

🥦Brokkoli - 6 oylikdan -  bir komponentli pyure ko'rinishida

🥑Qovoq - 6-7 oylikdan -  bir komponentli pyure ko'rinishida

🥔Kartoshka - 6-7 oylikdan -  bir komponentli pyure ko'rinishida

🥕Sabzi - 6-7 oylikdan -  bir komponentli pyure ko'rinishida

🌱Yashil loviya - 8 oylikdan -  monopyure ko'rinishida

🍠Qizil lavlagi - 9 oylikdan - monopyure ko'rinishida

🍆Baqlajon - 12 oylikdan -  monopyure ko'rinishida

🥒Bodring - 12 oylikdan -  salat tarkibida

🍅Pomidor - 12 oylikdan - salat va sho'rva tarkibida

🫑Bulg'or qalampiri - 12 oylikdan - salat va sho'rva tarkibida

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Bolalarda og'iz bo'shlig'i kandidozi (yelikish, molochnitsa)

Bu kasallik og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining zamburug'li zararlanishi hisoblanadi. Qo'zg'atuvchilari: Candida albicans, Candida tropicans, Candida crusei.

Kasalikka olib keluvchi asosiy omil bu qayt qilish va qusishdir.

O'tkir og'iz bo'shlig'i kandidozi 3 ta shaklga bo'linadi:
-yengil
-o'rta og'ir
-og'ir

Kasallikning asosiy belgisi og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining karash bilan qoplanishidir(Til, tanglay va yonoqlarning ichki devori). Bundan tashqari shilliq qavatda qizarish va bolada bezovtalik kuzatiladi. Til oqarishi har doim ham kasallik belgisi hisoblanmaydi, chunki sut ichganidan keyin tili oqarishi mumkin.

Og'ir holatlarda esa yutish og'riqli bo'lganligi uchun bola emish va shishadan ovqatlanishni rad etadi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
🍼So‘rg‘ichlar

Lateksli so‘rg‘ichlarni tanlashda yuqori sifatli taniqli brendlarga mansub bo‘lganini tanlash zarur. Sifatsiz lateks o‘zidan kanserogen moddalarni chiqarish xususiyatiga ega.
Silikonli so‘rg‘ichlar sun’iy materialdan tayyorlanadi. Silikonli sorg‘ichning asosiy xususiyati bolada unga allergiya bo‘lmaydi, chunki silikon lateksdan farqli ravishda sun’iy moddadir. Silikonli so‘rg‘ich lateksli so‘rg‘ichdan ko‘ra uzoqroq muddatga yaroqlidir.

So‘rg‘ichni shakliga qarab farqlash:

🍼Oddiy so‘rg‘ich — asosan lateksdan tayyorlangan bo‘lib, ona ko‘kragi shaklida bo‘ladi. Uning uchi kattaroq va dumaloq shaklda bo‘ladi.

🍼Anotomik so‘rg‘ich — yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan. Uning uchi biroz ezilgan shaklga ega bo‘lib, chaqaloq tanglayiga taqalib turadi.

🍼Ortopedik so‘rg‘ich — tomchi shaklini eslatadi. Bu shakldagi so‘rg‘ichlar bolaning og‘iz bo‘shlig‘ini butunlay qoplamaydi, natijada tish va jag‘ deformasiyalanmaydi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda statikaning rivojlanishi

Statika - tananing ma’lum qismlarini zaruriy holatda ushlab turish va fiksatsiya qilishdir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanmagan.

1⃣Statikaning birinchi belgisi – bola boshini ushlashi hayotining 2-3 oyligidan boshlanadi, 3 oyligida vertikal holatda bola boshini yaxshi ushlashi kerak.

2⃣Ikkinchi belgi – bola o‘tirishi – 6–7 oyligidan boshlanadi, 7 oylikdan emaklay boshlaydi.

3⃣Uchinchi belgi – bola tik turishi – 9–10 oyligidan boshlanadi.

4⃣To‘rtinchi belgi – bola yurishi – 1-yoshning oxiridan boshlanadi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤱Ko'krak suti kamligining haqqoniy va ehtimoliy belgilari

Haqqoniy belgilari
▪️Oyiga 500 grammdan kam vazn qo'shishi.
▪️Tug'ilishidan 2 hafta o'tib, vazni tug'ilgandagidan kamroq bo'lishi.
▪️Peshob chiqarishni bir sutkada 6 martadan kam bo'lishi, siydikni sariq rangda va o'tkir hidli bo'lishi.

Ehtimoliy belgilari
▪️Go'dak qoniqmaydi.
▪️Go'dak tez-tez yig'laydi.
▪️Tez-tez emadi.
▪️Juda uzoq vaqt emadi.
▪️Go'dak emishdan bosh tortadi.
▪️Stul zich, quruq yoki yashil bo'ladi.
▪️Ona ko'kragidan sut sog'a olmaydi.
▪️Homiladorlik darvida sut bezlari kattalashmaydi.
▪️Tug'ruqdan keyin sut kelmaydi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min-musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!

Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Allohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!


Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilmoqdami yoki qiz bolalar?

🏢 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar-may oylarida FHDYO organlarida 374,4 ming nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Shundan:

o‘g‘il bolalar – 180,4 ming nafar;

qiz bolalar – 167 ming nafarni tashkil etgan.

2024 yilning 5 oyida O‘zbekistonda qiz bolalarga nisbatan 13,4 ming nafar o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilgan.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda suvchechak kasalligining belgilari

▪️Isitma(37,5-38,5 °C)
▪️Ishtaha pasayishi
▪️Bosh og'rig'i
▪️Umumiy holsizlik(Tez charchash)
▪️Qichishish
▪️Toshma

Kasallik o'tkir, isitmalash va suvchechak toshmasi bilan boshlanadi. Toshma dastlab mayda pushti yoki qizil rangdagi dog'-papula bo'lib, bir necha soatdan keyin 5 mm diametrli vezikulaga(tiniq suyuqlik bilan to'lgan yumaloq yoki oval shakldagi pufakcha) aylanadi. Toshmalar sutka oxiriga kelib quriydi, bo'shashadi va jigarrang qatqaloqqa aylanadi(Rasmda toshma evolutsiyasi). Pigmentli dog'lar 2-3 oy saqlanadi, chandiq hosil bo'lmaydi.

Toshmalar bolaning yuziga, boshning sochli qismi, tana va oyoq-qo'llariga toshadi. Toshmalar bir vaqtda emas, balki turtkisimon(isitmadan keyin) toshadi. Shu sababdan bemorning terisida bir vaqtning o'zida toshmaning turli rivojlanish (dog', papula, vezikula, qatqaloq) bosqichlarini ko'rish mumkin. Bu holat soxta polimorfizm deyiladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Gijja kasalliklari(Gelmintozlar)ni uy sharoitida qanday aniqlash mumkin?(Onalar uchun)

Gijja kasalliklarini uy sharoitida kasallikning klinik belgisiga qarab aniqlash mumkin! Quyida ko‘p uchraydigan kasalliklar belgilari!

⚡️Ostritsa(Enterobioz) bilan zararlanish belgilari:

Qichishish(anal teshigi atrofida va jinsiy organlarda, kechqurun kuzatiladi)
Ishtaha pasayishi
Xotira pasayishi
Bosh og‘rig‘i
Yuzdagi oq dog‘lar
Uyqu buzilishi(kuchli qichishish tufayli)
Tishini g‘ichirlatishi(uyqu paytida)
Qorinda og‘riq (kindik atrofida,kuchsiz)
Og‘iz qurishi
Ich ketishi
Enurez
Vulvovaginit(qiz bolalarda)

⚡️Askarida(Askaridoz) bilan zararlanish belgilari:

Ishtaha pasayishi
Ozib ketish
Isitma(davriy ravishda)
Ich ketish(yoki qotishi)
Ko‘ngil aynishi
Qusish (kam hollarda)
Qorinda og‘riq(kindik atrofida va qovurg‘a ostida)
Qo‘zg‘aluvchanlik
Tez charchash
Bosh og‘rig‘i
Uyqu buzlishi(Tungi qo‘rquv)
Tishini g‘ichirlatishi(Uyqu paytida)
Anemiya
Ko‘p so‘lak ajralishi
Soch to‘kilishi(tanga shaklida)

❗️Bolada yuqoridagi belgilarning bir nechtasi(2 tadan ko‘p) aniqlanganda, uni yuqumli kasalliklari shifokori yoki Pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalar bir kunda qancha miqdorda shakar iste’mol qilishi kerak?
(Pediatr tavsiyasi)


📌5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kuniga 10 grammdan kam shakar

📌5 yoshdan 10 yoshgacha bolalar uchun 20—25 gramm shakar

📌10 yoshdan 15 yoshgacha bolalar uchun 25—30 gramm shakar

📌15 yoshdan katta bolalar kuniga 30 gramm shakarni iste’mol qilishlari mumkin.

❗️Eslatma. Sutkalik shakar miqdori hisoblanganda, shirinliklar tarkibidagi shakar ham inobatga olinishi kerak.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda jismoniy ko‘rsatkich normalari(Oy kuni yetib tug‘ulgan chaqaloqlar uchun)

1.Tana uzunligi normada - 46-56 sm(1 yoshda 74-76sm)

2.Tana vazni normada - 2500-4000g(6 oylikda 7300-8800g, 1 yoshda 9700 - 11200g )

3.Bosh aylanasi normada- 34-36 sm(1 yoshda 46-48 sm)

4.Ko‘krak aylanasi normada - 33-35 sm(1 yoshda 48-50sm)

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
"O'zbekiston shifokorlari" telegram kanaliga barcha shifokorlarni taklif qilamiz!

📰 Tibbiyot yangiliklari
-dunyodagi
-O'zbekistondagi
🌍Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlari
📚Kitoblar
🩺Ilmiy maqolalar
🗯Qiziqarli memlar, suratlar
📜Tibbiyotga oid farmonlar, qarorlar

Bularning hammasi quyidagi manzilda👉
https://t.me/doctors_uzbekistan
Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?

JSST bergan tavsiyasiga ko'ra 6 oylikkacha bo'lgan, ona suti bilan katta qilinayotgan bolalarga suv berilmaydi. Chunki ularning suyuqlikka bo'lgan ehtiyojini ona suti to'liq qondiradi. Lekin issiq yoz oylarida bola terlash orqali me'yoridan ko'p suyuqlik yo'qotadi. Bunday holatda bolaga belgilangan miqdorda suv berish mumkin.

Kichkintoylarga yozning issiq kunlarida beriladigan suv miqdorlari:
▪️1 oylik chaqaloqlarga 60 ml dan
▪️3 oylikkacha bo'lgan go'daklarga 60-120 ml dan
▪️3 oylikdan 6 oylikkacha bo'lgan go'daklarga 120-180 ml dan
▪️6 oylikdan 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga 240 ml dan oshmasligi kerak.

Suv berishda quyidagi tavsiyalarga rioya qiling:
▫️Issiq kunlarda bolaga suvni faqat ovqatlantirishlar oralig'ida berish lozim.
▫️Bolaga beriladigan suv toza(qaynatilgan), iliq, uzoq turib qolmagan, gazsiz bo‘lishi kerak.
▫️Bola ochlik va chanqoq hissini adashtirmasligi lozim.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Tagliklarning bolaning terisiga yomon ta'siri yo'qmi?

Bolaning terisi nozik, ingichka va teri osti yog‘ qavati hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tagliklarni tanlashda u faslga, bolaning yoshiga mos bo‘lishi va sintetik matodan tayyorlanmagan bo‘lishi lozim. Tagliklarni noto‘g‘ri tanlash yoki noto‘g‘ri qo‘llash, kontakt dermatit va issiqlik toshmalariga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tagliklarni 1-2 oylik bolalarda har 2 soatda, 3-6 oylik bolalarda esa har 4 soatda almashtirish lozim. Eng muhimi almashinuv oralig‘ida 15-20 daqida vaqt bo‘lishi va bolaning terisi quruq bo‘lishi kerak.

©Doctor Muxtorov    

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
🔰Bolani jazirama issiqdan asrang!

Issiq yoz kunlarida bolaning kuni bilan quyosh nurlari ostida o'ynab yurishi juda xavflidir. Olimlarning ta'kidlashicha, kunduzgi soat 11:00 dan soat 15:00 gacha quyosh nurlari odam teriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, bolalarda esa bu ta'sir yanada kuchliroq namoyon bo'ladi. Lekin aynan yozda bolalar ko'chadan uyga kirishni istamaydilar...

Issiq yoz kunlarida bolani zararli quyosh nurlaridan asrash yo'llari

☑️1. Bolani quyosh nurlari eng zararli bo'lgan payt 11:00 dan 15:00 gacha ko'chaga o'ynagani chiqarmang. Shu vaqt oralig'ida biron joyga borishi kerak bo'lsa, soya joylardan yurishga harakat qiling.

☑️2. Issiq yoz kunlarida bolaga tez-tez suyuqlik ichirib turing. Bola suv so'ramagan holda ham unga qaynatilgan suv berib turing. Sharbat va limonadlar chanqoqni bosmaydi, gazlangan yoki mineral suv ayni muddao.

☑️3. Bolani kiyimiga ahamiyat bering. Yoz kunlarida bola tabiiy matolardan tayyorlangan kiyimda yurishi kerak. Eng yaxshisi - bu paxta tolalaridan qilingan kiyim-kechaklar. Sintetik matolar issiqdan terlayotgan bola terisida yoqimsiz qo'zg'atishni yuzaga keltirishi mumkin.

☑️4. Bolaning oyoq kiyimi ham qulay va tabiiy materiallardan tayyorlangan bo'lishi kerak. Bolaga orqasi ochiq "shap-shap" olib bermang. Birinchidan, bu o'sayotgan oyoqlarni deformatsiyasiga olib keladi, ikkinchidan, bolaning yurishi palapartish bo'lib ketadi. Ko'pincha bolalar o'yin davomida bunday payafzalni tushirib yuboraveradilar. Oyoq kiyim sandal ko'rinishida bo'lishi eng yaxshi tanlov.

☑️5. Basseyn yoki dengizga cho'milishga borayotganingizda bolaga albatta quyosh nurlaridan himoyalovchi maxsus krem (SPF) surishni unutmang. Bolaning teri juda nozik bo'lgani uchun aynan yoshiga moslab krem olish kerak. Kattalarning kremi mos kelmaydi. Suvga tushib chiqqandan so'ng ham vaqti-vaqti bialn badaniga krem surib turish kerakligi haqida unutmang. Undan tashqari quyosh nurlari keng tarqalgan dengiz va basseyn atrofida bola boshiga yengil bosh kiyim kiyg'azib qo'ying.

☑️6. Ba'zi ota-onalar farzandiga quyosh nurlariga qarshi ko'zoynak olib beradilar. Aslida ko'chada sotiladigan oynalari to'q ranglik arzon ko'zoynaklar bola ko'zlarini quyosh nurlaridan himoya qilmaydi. U shunchaki o'yinchoq. Aksincha, bola to'q rangdagi oyna orqali qarash davomida qorachig'i kengayadi, natijada quyoshning nurlari ko'zga yanada kengroq darajada ziyon yetkazadi.

Agar farzandingiz haqiqatan ko'zoynak taqishni istab, uni o'yinchoq sifatida qabul qilmaydigan yoshda bo'lsa, u holda unga haqiqiy quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ko'zoynak olib berishingiz mumkin. Bunday ko'zoynaklarda UVA, UVB nurlaridan 60%-100% himoya qilish haqida ma'lumot bo'lib, ularning narxi ham ancha baland bo'ladi.

☑️7. Terlab turgan bola bilan konditsioner yoqilgan xonaga kirmaslikka harakat qiling. Bola tez shamollab qolishi mumkin.

☑️8. Istmalayotgan bolani issiq kunda terlamasligiga e'tibor bering. Tana harorati ko'tarilgan bola organizmi issiqda yanada qiynaladi.

☑️9. Yoz kunlarida bolani yeyayotgan ovqatiga nihoyatda e'tiborli bo'ling. Dizenteriya ko'pincha yozda tarqaladi. Meva va sabzavotlar muzlatgichda saqlanishi, ovqat faqat yangi bo'lishini ta'minlang. Bola eskirgan achigan narsalarni yeb qo'yishidan ehtiyot bo'ling. Ovqat yeyishdan oldin, albatta qo'l yuvish kerakligini unutmang.

☑️10. Bolaning issiqda ichi ketishiga ahamiyat bering. Ba'zida ichburug' jiddiy kasallik alomati bo'lishi mumkin.

Farzandingiz o'ziga zarar keltrimagan holda yoz kunlarida mazza qilib dam olishi uchun siz sharoit yaratib bering.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda tish og‘rig‘i

Sabablari
📌Og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi
📌Karies yoki pulpit
📌Sut tishlari almashinish patologiyalari
📌Tishdagi jarohatlar
📌Tishlardagi yuqori sezuvchanlik

Davolash
😮‍💨Og‘riqni qoldirish uchun parasetamol yoki ibuprofen berish mumkin.

Bolani tish og‘rig‘i tez-tez bezovta qiladigan bo'lsa, uni stomatolog ko‘rigiga olib zarur bo‘ladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Liqildoq bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar!

Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak?
☑️Katta liqildoq normada 1 yoshgacha bitishi kerak!

Katta liqildoq o‘lchami qancha bo‘ladi?
☑️Katta liqildoq romb shaklida bo‘lib, o‘lchami 2x2sm dan 3x3 smgacha bo‘ladi.

Chaqaloq katta liqildoqni bitib tug‘ulishiga sabab nima?
☑️Homiladorlik paytida ona organizmida Ca ni ko‘p bo‘lishi hisobiga.

Nima uchun katta liqildoq 1 yoshdan keyin ham bitmasligi mumkin?
☑️Bunga asosiy sabab bola organizmidagi Ca yetishmovchiligi.

Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda katta liqildoqning kichik bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat mikrosefaliya yoki kraniostenozdan dalolat berishi mumkin.(Nevropatolog ko‘rigi zarur)

Katta liqildoqning shishib chiqishi yoki unda pulsatsiya(tomir urishi)ning bo‘lishi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat gidrosefaliya, gematoma va intrakranial gipertenziya(cherepnoy davleniya)dan dalolat berishi mumkin.

Katta liqildoqning ichiga botib kirishi nimadan dalolat beradi?
☑️Ko‘pincha ich ketishidan keyin rivojlanadigan degidratatsiya(suvsizlanish) borligidan dalolat berishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda gidrosele - Moyaklar istisqosi

Moyak atrofidagi tunica vaginalisning visseral va parietal pardalari orasidagi suyuqlik miqdorini ko’payib ketishiga Gidrosele deyiladi. Aslida juda kam miqdorda suyuqlik boladi, bu suyuqlik moyaklarni ba’zi tashqi ta’sirlardan saqlash va bemalol harakatlanishini ta’minlaydi. Suyuqlik bir tarafdan ishlab chiqariladi va bir tarafdan so’riladi shu holatda muvozanatda bo’ladi agar so’rilishni buzilishi ro’y bersa gidrosele rivojlanadi. Bolalar orasida 1% uchraydi.

Faqatgina gidrosele bolsa 2 yoshgacha kutish tavsiya etiladi, juda katta bo’lmagan o’lchamlarda. 2 yoshdan keyin qaytmaganlarini ochiq jarrohlik usulida davolanadi.

Gidroseleni uy sharoitida ham aniqlash mumkin. Telefoningiz fonarini yoqib, yorg‘oqdagi shishsimon hosilaga tutasiz. Agar undan yorug‘lik o‘tsa, demak gidrosele bo‘ladi, xuddi rasmdagidek.

Rasm uchun uzr! Boshqacha qilib ko'rsatishni iloji yo'q!

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook