PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
18.2K subscribers
1.33K photos
127 videos
2.43K links
Shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!

Reklama👉 @tibbiy_reklama1
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar tabiatan qiziquvchan bo‘ladi. Shu bois ular ulg‘ayish jarayonida o‘zlari yashayotgan atrof-muhitni tezroq tanishga harakat qiladilar.

Bunda, biz, kattalarning zimmamizdagi mas’uliyat — farzandlarimiz uchun xavfsiz muhit yaratishdan iborat.

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min-musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!

Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Allohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!


Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🥕 Sabzi va gulkaram pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• sabzi - 1 dona.
• gulkaram - 150 g.
• o'simlik moyi - 1 choy qoshiq

Tayyorlanishi:
1. Sabzavotlarni yuving va tozalang. Suvni olovga qo'ying.
2. Avval tozalangan sabzi deyarli tayyor bo'lgunga qadar qaynatib oling, so'ngra gulkaramni qo'shing va yana 4-7 daqiqa qaynating.
3. Tayyorlangan sabzavotlarni stakanga oling va ozgina sabzavotli bulyon qo'shib, blender bilan pyure holatiga o'tkazing.
4. Tayyor pyurega o'simlik moyini qo'shing va yaxshilab aralashtiring.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Beshikka belash me'yorlariga yoki qoidalarga rioya qilinmasa, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

🔹Bolaning kun bo‘yi, uzluksiz beshikda yotishi zararli. Kuz va qish oylarida bola terisiga yorug‘lik tushishi kamayadi. Oqibatda D vitamini yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
🔹Bolaning qo‘l-oyoqlarini siqib bog‘lash o‘z navbatida qon aylanishni buzilishiga olib keladi.
🔹Bolani uzoq yotishi hisobiga boshining ensa qismida deformatsiyalar yuzaga kelishi mumkin.
🔹Beshikda bolani doimiy bir tomonlama emizish qiyshiq bo‘yinlikka sabab bo‘lishi mumkin.
🔹Sumakdan foydalanishda gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, jinsiy a'zolardagi infeksion kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
🔹Beshikni qattiq va tez tebratish markaziy asab tizimidagi jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🍎 Olma pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• olma - 3 dona.
• suv - 250 ml.

Tayyorlanishi:
1. Olmalarni yuving, so'ng qobig'ini tozalang, oʻzakni olib tashlang va kub shaklida kesing.
2. Tug'ralgan olma boʻlaklarini qaynoq suvga soling, yumshoq bo'lgunga qadar taxminan 20 daqiqa davomida past olovda qaynating.
3. Tayyor olma boʻlaklarini suzgichdan o'tkazing, blender bilan pyure qilishingiz ham mumkin.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Aziz ota-onalar!

Agar bolalar shifokori farzandingiz salomatligini o'ylab, kuyinib tanbeh bersa, ozgina qattiqroq gapirsa, undan ranjimang! Zero, u ham sizdek jigarbandingiz sog'ligini o'ylayapti!

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Xodunok (yurgich)ni qanday zararli tomonlari bor?

Ko‘rinishidan xodunok xavfsizdek tuyuladi, aslida ham shundaymi?

📌Oyoqlarga va umurtqaga ta‘siri - bola hali yurishga tayyor emas, lekin xodunokda tik yurganda butun tana og‘irligi oyoqlarga tushadi va oyoqlarda maymoqlik va yassioyoqlik rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Muddatidan avval tik yurish umurtqa pog‘onasida ham deformatsiyalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
📌Muvozanatga ta’siri - xodunokda bola muvozanatini xodunok ta’minlaydi va muvozanat organi yaxshi rivojlanmaydi.
📌Yurishga ta’siri - xodunokda yurganda bola emaklash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Oqibatda muskul va paylar yaxshi rivojlanmaydi. Bu esa yurishni kechikishiga sabab bo‘ladi.

Bolani xodunokda yuritib, undagi tabiiy jarayonlar kechikishiga sababchi bo‘lmang!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🍑 Shaftoli pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• shaftoli - 3 dona.
• qaynatilgan suv - kerakli miqdorda

Tayyorlanishi:
1. Yangi shaftolilarni yaxshilab yuvib tashlang. Kastryulkaga bir necha santimetr suv quying va qaynatib oling. U yerga shaftoli bo'laklarini taxminan 45 soniyaga joylashtiring.
2. Shaftolilarni kastryulkadan oling va darhol muz yoki sovuq suv solingan idishga soling. Sovutilgan shaftolidan po'stini olib tashlang.
3. Shaftolilarni bo'laklarga bo'ling va danaklarni olib tashlang. Keyin, shaftolilarni blender bilan pyurega aylantiring. Pyureni yumshoq va suyuq qilish uchun kerakli miqdorda suv qo'shing.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda skoliozning kelib chiqish sabablari qanday?

▪️Tug'ruq travmalari
▪️Markaziy genezli bolalar paralichi
▪️Mushaklar distrofiyasi
▪️Poliomiyelit
▪️Orqa miyaning zararlanishi
▪️Skeletdagi o'zgarishlarga olib keluvchi metabolik buzilishlar
▪️Umurtqa pog'onasiga vertikal bosimning haddan tashqari ortishi
▪️Noto'g'ri tana holatida uzoq muddat turish

❗️Eslatma: Kasalik asosan bolaning parta yoki stulda noto'g'ri statik holat ya'ni bukchaygan holda o'tirishidan yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun ota-onalar va o'qituvchilar bola maktabda va uyda qanday holatda o'tirayotganiga e'tiborli bo'lishlari lozim!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Otalarning bola parvarishi va tarbiyasidagi ishtiroki qanchalik muhim?

Otalarga yuborib qo'yish esdan chiqmasin!

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🥕 Sabzi-o'rik pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• sabzi - 1 dona.
• o'rik - 4 dona.
• o'simlik moyi - 1 choy qoshiq.

Tayyorlanishi:
1. Tozalangan sabzini bo'laklarga bo'ling va qaynoq suv solingan idishga soling va yumshoq bo'lgunga qadar 10 daqiqa davomida past olovda qaynating.
2. Suvni to'kib tashlang va to'g'ralgan o'riklarni ham qo'shing (agar siz quritilgan o'rikdan foydalansangiz, sabzi qaynatilgandan keyin 5 daqiqadan so'ng qo'shing).
3. Bir choy qoshiq o'simlik yog'ini qo'shing va blender yordamida masalliqlarni pyure holatiga keltiring.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🍼So‘rg‘ichlar

Lateksli so‘rg‘ichlarni tanlashda yuqori sifatli taniqli brendlarga mansub bo‘lganini tanlash zarur. Sifatsiz lateks o‘zidan kanserogen moddalarni chiqarish xususiyatiga ega.
Silikonli so‘rg‘ichlar sun’iy materialdan tayyorlanadi. Silikonli sorg‘ichning asosiy xususiyati bolada unga allergiya bo‘lmaydi, chunki silikon lateksdan farqli ravishda sun’iy moddadir. Silikonli so‘rg‘ich lateksli so‘rg‘ichdan ko‘ra uzoqroq muddatga yaroqlidir.

So‘rg‘ichni shakliga qarab farqlash:

🍼Oddiy so‘rg‘ich — asosan lateksdan tayyorlangan bo‘lib, ona ko‘kragi shaklida bo‘ladi. Uning uchi kattaroq va dumaloq shaklda bo‘ladi.

🍼Anotomik so‘rg‘ich — yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan. Uning uchi biroz ezilgan shaklga ega bo‘lib, chaqaloq tanglayiga taqalib turadi.

🍼Ortopedik so‘rg‘ich — tomchi shaklini eslatadi. Bu shakldagi so‘rg‘ichlar bolaning og‘iz bo‘shlig‘ini butunlay qoplamaydi, natijada tish va jag‘ deformasiyalanmaydi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ekssudativ-kataral diatez – allergik 
reaksiyalar va yallig‘lanish jarayonlarining uzoq davom etishi natijasida teri qoplamalarining va shilliq qavatlarning zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Bunday turdagi diatez ko‘pincha erta yoshdagi bolalarda paydo bo‘lib, taxminan 3-4 yoshlarda o‘tib ketadi.

Ekssudativ-kataral diatez bir oylik bolalarda seboreyali dermatitlar ko‘rinishida–yog‘li qichimalar boshning sochli qismida, tepa sohasida paydo bo‘ladi. Odatda bunday patologiyaning oqibati ijobiy, ammo ba’zi bolalarda bu seboriyali ekzemaga 
o’tib ketadi va bunda shish, qizarish, suvli pufakchalar ko‘rinishida bo‘yin, quloq va peshona sohasida yuzaga chiqadi.

Ekssudativ-kataral diatezning eng og‘ir ko‘rinishlari –bolalar ekzemasidir. Yosh kattalashishi bilan bu jarayon neyrodermit ko‘rinishiga o‘tishi mumkin.

Diatezli bolalar nafas yo‘llari kasalliklariga beriluvchan bo‘lishadi (pnevmoniya bronxit, tonzillit, faringit).

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bola qanday rivojlanadi?

1-oylik - tur xil ovozlar chiqaradi, oyoq-qo‘llarda tartibsiz harakatlar

2-oylik - harakatdagi narsalarni kuzatadi, jilmayadi.

3-oylik - kuladi, gu-gulaydi, vertikal holatda boshini ushlaydi.

4-oylik - tovush kelgan tomonga boshini buradi, yaqinlar ovozini faqlaydi. O‘yinchoqni ushlaydi, og‘ziga olib boradi.

5-6-oylik - qo‘lidan ushlasa yoki ba'zan mustaqil o‘tiradi, chalqancha holatdan yonboshga yoki qorniga o‘griladi, o‘yinchoqlarni kuzatadi va ko‘taradi.

7-8-oylik - mustaqil o‘tira oladi, oyoqqa turishga harakat qiladi, onasiga va tanishlar qo‘l cho‘zadi va chapak chaladi, ma-ma, da-da deya oladi.

9-10-oylik - emaklaydi, tizzasiga tura oladi, kattalar yordamida oyoqqa turadi va ushlab yuradi, qoshiqdan ovqat yeydi. Dada, mama so‘zlarini ayta oladi

11-12-oylik - qo‘lidan ushlasa o‘zi yuradi, lekin ko‘p yiqiladi, mustaqil ovqat yeyishga harakat qiladi, ba'zi so‘zlarni ayta oladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
🍎 Olma pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• olma - 3 dona.
• suv - 250 ml.

Tayyorlanishi:
1. Olmalarni yuving, so'ng qobig'ini tozalang, oʻzakni olib tashlang va kub shaklida kesing.
2. Tug'ralgan olma boʻlaklarini qaynoq suvga soling, yumshoq bo'lgunga qadar taxminan 20 daqiqa davomida past olovda qaynating.
3. Tayyor olma boʻlaklarini suzgichdan o'tkazing, blender bilan pyure qilishingiz ham mumkin.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Liqildoq bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar!

Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak?
☑️Katta liqildoq normada 1 yoshgacha bitishi kerak!

Katta liqildoq o‘lchami qancha bo‘ladi?
☑️Katta liqildoq romb shaklida bo‘lib, o‘lchami 2x2sm dan 3x3 smgacha bo‘ladi.

Chaqaloq katta liqildoqni bitib tug‘ulishiga sabab nima?
☑️Homiladorlik paytida ona organizmida Ca ni ko‘p bo‘lishi hisobiga.

Nima uchun katta liqildoq 1 yoshdan keyin ham bitmasligi mumkin?
☑️Bunga asosiy sabab bola organizmidagi Ca yetishmovchiligi.

Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda katta liqildoqning kichik bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat mikrosefaliya yoki kraniostenozdan dalolat berishi mumkin.(Nevropatolog ko‘rigi zarur)

Katta liqildoqning shishib chiqishi yoki unda pulsatsiya(tomir urishi)ning bo‘lishi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat gidrosefaliya, gematoma va intrakranial gipertenziya(cherepnoy davleniya)dan dalolat beradi.

Katta liqildoqning ichiga botib kirishi nimadan dalolat beradi?
☑️Ko‘pincha ich ketishidan keyin rivojlanadigan degidratatsiya(suvsizlanish) borligidan dalolat beradi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🥄 Qovoq va gulkaram pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• qovoq kublari - 1 stakan.
• gulkaram - 2-3 gulidan
• suv yoki sut - 60 ml.
• o'simlik moyi - 1 choy qoshiq.

Tayyorlanishi: 
1. Sabzavotlarni 15 daqiqa davomida bug'da pishiring.
2. Blender bilan aylantirib, sut va o'simlik moyini qo'shing.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Nevropatolog maslahatlari

1. Bolaning asabi buziladimi?

Ha, buziladi. Buni ota-ona to'g'ri qabul qilishi kerak.

2. Bosh miya ichki bosimi nima degani?

Bosh miya ichida qorinchalar mavjud bo'lib atrofida suyuqlik bor. Har xil sabablarga ko'ra (shikkast, infeksiya) shu suyuqlik miqdori oshadi, natijada bosh miya bosimi oshadi. Shunda bolada ko'p yig'lash, boshini orqaga tashlash va bezotalik ko'p kuzatiladi.

3. Muddatidan oldin chala tug’ilgan bolada asab tizimida muammo bo'lishi 100%mi?

Muammolar yuzaga kelishi 100% bo'lmasa ham nevrologik o'zgarishlar yuzaga kelishi aniq. Bu asosan bosh miyaning gipoksiyasi bilan bog'liq holatlar - bolaning mushaklarini bo'shligi, sut emishini sustligi va hokazo.

4. Chillalik chaqaloqning qattiq yig’lashini sababi asab tizimidagi muammo bo’lishi mumkinmi?

Chillalik chaqaloqning yig'lashi sababi bo'lib bosh miya bosimining oshishi, ichi buzilishi, sut yetishmayotgani va teri kasalliklari bo'lishi mumkin.

5. Bir yoshgacha bo’lgan bolaning ko’p yig’lashiga nima sabab bo’lishi mumkin?

Nevrologik tomondan bosh miya bosimining oshishi sabab bo'lishi mumkin.

6. Chaqaloq boshini qaysi davrdan boshlab ushlay olishi kerak?

Normada chaqaloq 2 oyligidan boshlab boshini ushlay oladi.

7. Chaqaloq oyoqlariga qachondan bosa olishi kerak?

Normada 2-3 oyligida oyoqlarini bosa oladi.

8. Chaqaloq tonusi nima degani?

Chaqaloq tonusi bu nevralogik holat bo'lib, bunda uning tana mushaklari tarrang holatga kelib, oyoqlarga qo'yganda ularning uchiga bosadi.

9. Bolani asablarini tinchlantirish uchun nima qilsa bo’ladi?

Onaning mehri va quchog'i bolaning asabini tinchlantirishda eng foydali muolaja.

10. Maktab yoshidagi bolaning dars qilish davomida boshi og’rishiga nima sabab bo’lishi mumkin?

Maktab yoshidagi bolalarda bosh og'rig'iga asosan quyidagilar sabab bo'lishi mumkin: bosh miya bosimining oshishi, gijja, tez-tez kasal bo'lishi, anemiya, qon aylanishining buzilgani.

11. Bola yiqilganda miya chayqalganligini uy sharoitida qanday aniqlasa bo’ladi?

Miya chayqalgani belgilari:

Bir necha daqiqaga xushdan ketish
Qusish
Bosh aylanishi
Bosh og'rishi

12. Bolaning liqildog’i qachon yopilishi kerak?

Bolaning liqildog'i 1 yoshligida yopiladi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Normada yangi tug'ilgan chaqaloqlar qancha uxlaydi?

Bir uxlashda kamida 35-40 daqiqa, ko'pi bilan 3-4 soat uxlashi mumkin. Kunu - tun mobaynida o'rtacha 15-18 soat uxlaydilar. 

Chaqaloqda tun va kun almashib qolishi mumkinmi?

Ha, mumkin. Shuning uchun chaqaloq kunduzi uxlaganida onasi ham uxlab olishi kerak. Aks holda tunda bolaga e'tiborli bo'lishga kuchi yetmaydi. Charchagan onaning bolasi injiq bo'ladi. 

Chaqaloq juda ko'p uxlashi zarar emasmi?

📌Agar bola jismonan va ruxan yaxshi rivojlanayotgan bo'lsa,
📌Unda biron noodatiy holatlar namoyon bo'lmayotgan bo'lsa,
📌Chaqaloq vaqtida va kerakligicha emayotgan bo'lsa, 
📌Uning tagliklari muntazam ravishda xo'l bo'lib, ichi muntazam ravishda kelayotgan bo'lsa.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube