PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
18.9K subscribers
1.32K photos
125 videos
2.42K links
Shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!

Reklama👉 @tibbiy_reklama1
Download Telegram
Bolalarga muzqaymoqni necha yoshdan berish mumkin?

🍦Biz pediatrlar bolalarga uch yoshga to'lmaguncha muzqaymoq berishni tavsiya qilmaymiz. Chunki uch yoshgacha bo'lgan bolalar oshqozon-ichak traktining ayrim funksiyalari hali to'liq shakllanmagan bo'ladi. Halqumda mahalliy immunitetning yaxshi rivojlanmaganligi hisobiga tomog‘i og‘rib qoladi. Bolalarning ovqat hazm qilish tizimi sutni yaxshi o'zlashtiradi, ammo muzqaymoq tarkibidagi boshqa qo'shimchalar unga og'irlik qiladi.

🍧 Bolalarga muzqaymoq tanlaganda shakar va yog' miqdori minimal bo'lgan, konservant, bo'yoqlar va aromatlarsiz muzqaymoqni tanlash kerak.

❗️6-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga muzqaymoqni eritilgan holda berish lozim. Shunda siz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy tomoq og‘rig‘ini oldini olgan bo‘lasiz.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Qanday holatlarda bolalarga muzqaymoq berish mumkin emas?

1⃣Bir necha hafta davomidagi kasallanishdan so‘ng. Kasallik o‘tkazgandan so‘ng mahalliy immunitet pasayadi. Yuqori nafas yo‘llarini muzlashi yangi infeksiyani yuqtirish xavfini paydo qiladi.

2⃣Tez-tez O‘RVI va tonzillit(angina) bilan kasallansa. Sovuq kasallikni takror rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

3⃣Bolada yara kasalligi, surunkali gastroduodenit, o‘t pufagi va oshqozon osti bezi bilan muammolar bo‘lsa.

4⃣Tarkibida allergiya chaqiruvchi komponentlar bo‘lsa. Ayniqsa hayvon oqsillari.

5⃣Laktaza yetishmovchiligi. Muzqaymoq tarkibida laktoza bor va bunday bolalar laktozani ko‘tara olmaydi.

6⃣Qandli diabet. Muzqaymoq tarkibida saxaroza bor va u diabetiklarga mumkin emas.

7⃣Bolalar semizligi. Muzqaymoqni kaloriyasi yuqori bo‘ladi. Qo‘shimcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Xodunok (yurgich)ni qanday zararli tomonlari bor?

Ko‘rinishidan xodunok xavfsizdek tuyuladi, aslida ham shundaymi?

📌Oyoqlarga va umurtqaga ta‘siri - bola hali yurishga tayyor emas, lekin xodunokda tik yurganda butun tana og‘irligi oyoqlarga tushadi va oyoqlarda maymoqlik va yassioyoqlik rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Muddatidan avval tik yurish umurtqa pog‘onasida ham deformatsiyalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
📌Muvozanatga ta’siri - xodunokda bola muvozanatini xodunok ta’minlaydi va muvozanat organi yaxshi rivojlanmaydi.
📌Yurishga ta’siri - xodunokda yurganda bola emaklash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Oqibatda muskul va paylar yaxshi rivojlanmaydi. Bu esa yurishni kechikishiga sabab bo‘ladi.

Bolani xodunokda yuritib, undagi tabiiy jarayonlar kechikishiga sababchi bo‘lmang!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Bola qanday rivojlanadi?

1-oylik - tur xil ovozlar chiqaradi, oyoq-qo‘llarda tartibsiz harakatlar

2-oylik - harakatdagi narsalarni kuzatadi, jilmayadi.

3-oylik - kuladi, gu-gulaydi, verikal holatda boshini ushlaydi.

4-oylik - tovush kelgan tomonga boshini buradi, yaqinlar ovozini faqlaydi. O‘yinchoqni ushlaydi, og‘ziga olib boradi.

5-6-oylik - qo‘lidan ushlasa yoki ba'zan mustaqil o‘tiradi, chalqancha holatdan yonboshga yoki qorniga o‘griladi, o‘yinchoqlarni kuzatadi va ko‘taradi.

7-8-oylik - mustaqil o‘tira oladi, oyoqqa turishga harakat qiladi, onasiga va tanishlar qo‘l cho‘zadi va chapak chaladi, ma-ma, da-da deya oladi.

9-10-oylik - emaklaydi, tizzasiga tura oladi, kattalar yordamida oyoqqa turadi va ushlab yuradi, qoshiqdan ovqat yeydi. Dada, mama so‘zlarini ayta oladi

11-12-oylik - qo‘lidan ushlasa o‘zi yuradi, lekin ko‘p yiqiladi, mustaqil ovqat yeyishga harakat qiladi, ba'zi so‘zlarni ayta oladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇
👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Bolalar amaliyotida isitma tushuruvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladigan 💊Ibuprofen(Ibufen D, Sinepar) tarkibli siroplarni qanday dozada berish kerak?

💠3 dan 6 oylikkacha bo‘lgan ko‘krak yoshidagi bolalarga(5-7,6 kg)
sutkasiga 2,5 ml dan 3 mahal

💠6 dan 12 oylikkacha bo‘lgan ko‘krak yoshidagi bolalarga(7,7-9 kg)
sutkasiga 2,5 ml dan 3-4 mahal

💠1 yoshdan 3 yoshgacha (10-15 kg)
sutkasiga 5 ml dan 3 mahal

💠4 yoshdan 6 yoshgacha (16-20 kg)
sutkasiga 7,5 ml dan 3 mahal

💠7 yoshdan 9 yoshgacha (21-29 kg)
sutkasiga 10 ml dan 3 mahal

💠10 yoshdan 12 yoshgacha (30-40 kg)
sutkasiga 15 ml dan 3 mahal

❗️Yuqoridagi dozalar ma’lumot uchun berildi. Preparatni qo‘llashdan oldin vrach Pediatr bilan maslahatlashing!

© Doctor Muxtorov

Kanalga qo‘shilish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEusBn87sQ9dkQQ88A
Forwarded from Doctor Muxtorov
Buxoroda ham chaqaloq qiynoqqa solinib massaj qilingani videosi tarqaldi

Videodagi holat xususiy klinikada sodir bo‘lgani aytilmoqda. Tibbiyot xodimi kiyimidagi erkak bu shafqatsiz massajni bir necha ayol guvohligida qilgan.

👉Manbaa

P. S. Odamlarga nima bo‘lyapti? Onalarga nima bo‘lyapti? Onalar qanday qilib o‘z jigarbandini bunday "vahshiylar" qo‘liga topshirib qo‘yadi. Qanday kunlarga yetib keldik? Qani tibbiy madaniyat?
Sog‘liqni saqlash vazirligidan rasmiy munosabat kutib qolamiz!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Chaqaloqlarni cho‘miltirishda suvning optimal harorati qanday?

Chaqaloq ona qornida 9 oy davomida homila atrofi suyuqligining 36,6 gradus haroratiga moslashgan. Demak, chaqaloq cho‘miltirishda suvning optimal harorati 37 gradus bo‘lishi kerak. 35-36 gradus ham kichkintoy uchun qulay hisoblanadi.

❗️Eslatma. Chaqaloqni cho‘miltirib bo‘lgandan so‘ng uni sovuq qotishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Bolalarda rotavirusli gastroenterit belgilari

📌Qusish. Qusuq massasi boshida ko‘p ovqat aralashgan bo‘ladi, keyin shilliq aralashgan suvli ko‘rinishda to‘xtaydi.

📌Qorinda og‘riq. Og‘riq epigastral soha yoki kindik atrofida, odatda doimiy, lekin siquvchi kuchli og‘riq ham bo‘ladi.

📌Ich ketishi. Ich ketishlar soni sutkasiga 5-15 martagacha bo‘lishi mumkin. Stul holati ko‘p, suvli, sariq yoki sarg‘ish-yashil rangda, ko‘pikli va o‘tkir hidli bo‘ladi.

📌Isitma. Tana harorati 37,5-38 °C gacha, ba'zan 39 °C gacha ko‘tariladi.

📌Tomoqda qizarish. Yumshoq tanglay va halqumning yuqori qismida qizarish va shish paydo bo‘ladi.

📌Umumiy holsizlik. Intoksikatsiya va suvsizlanish hisobiga yuzaga keladi.

📌Bosh og‘rig‘i. Intoksikatsiya hisobiga yuzaga keladi.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Forwarded from Doctor Muxtorov
JSST bolalar orasida maymunchechak bilan kasallanish holatlarini qayd etdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi chechakka qarshi kurash bo‘yicha kotibiyati rahbari Rozamund Lyuis tashkilotda bolalarning maymunchechakka chalinishi holatlari bo‘yicha ma’lumotlar borligini aytdi, deb yozadi Tengrinews.

Lyuisning so‘zlariga ko‘ra, 18—19 yoshli bemorlar orasida maymunchechak yuqishi masalasi ochiq bo‘lib qolmoqda, ammo kichik yoshdagi bolalar, aftidan, “uy sharoitlaridagi ta’sirlar” natijasida kasallanmoqda.

Bolalarda kasallanish holatlari haqida xabarlar bor. Bugungi kunda ularning qariyb uchdan biri 10 yoshgacha, yarmi esa besh yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushiga to‘g‘ri keladi”, — dedi u.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Bolalarda virusli konyuktivit

Ko‘z konyuktivasining viruslar hisobiga yallig‘lanishi.

Qo‘zg‘atuvchilari:
▪️Gerpes virus
▪️Adenovirus

Belgilari:
📌Kuchli qizarish
📌Qichishish
📌O‘tkir og‘riq
📌Ko‘z yoshlanishi
📌Konyuktivadagi shish

Davolash:
💠Virusga qarshi preparatlar beriladi va ko‘ziga virusga qarshi tomchilar tomiziladi.

❗️Yuqoridagi belgilar aniqlanganda bolani vrach oftalmologga ko‘rsatish zarur.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min-musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!

Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Allohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!


Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov!

Kanalimiz👉@Pediatric_uz
Bolalarda qabziyatda glitserin shamchasini necha yoshdan qo‘llash mumkin?

Najas massasini yumshatadi va yo‘g‘on ichak bo‘ylab harakatini yengillashtiradi. Ichak shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilib, ichak motorikasini reflektor stimullaydi.
Har xil sababli qabziyatlarni simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.

📌Qo‘llanilishi
Shamchani bola hayotining birinchi kunidan qo‘llash mumkin.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1/2 shamcha sutkasiga 1 mahal;
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 shamcha sutkasiga 1 mahal
7 yoshdan katta bolalarga kattalarni dozasi(2,11 g) qo‘llaniladi.

Shamcha, ovqatdan 15-20 minutdan keyin rektal qo‘yiladi.

❗️Eslatma. Glitserin shamchasini davomiy qo‘llash fiziologik defekatsiya jarayoni kuchsizlantiradi. Preparatni Pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Bolalarda adenoid borligini kasallik belgilariga qarab aniqlaymiz.

📌Tez-tez burun bitishi, davolash yordam bermaydi.
📌Burun orqali nafas olishni qiyinlashishi
📌Og‘zini ochib uxlash
📌Xurrak otish
📌Uyqu buzilishi
📌Ovoz tembrining o‘zgarishi
📌Ko‘z qizarishi va yosh oqishi
📌Eshitishning pasayishi
📌Quruq yo‘tal, asosan ertalab
📌Qo‘zg‘aluvchanlik va tez charchab qolishi
📌Bosh og‘rig‘i
📌Nevrologik tiklar yoki ko‘zini tez-tez ochib yumish

❗️Yuqorida belgilar aniqlanganda bolani darhol vrach LOR ko‘rigiga olib boring!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Bolalarga tarvuzni qachondan va qancha miqdorda berish mumkin?

📌1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tarvuz berilmaydi.

📌1 yoshdan 2 yoshgacha bolalarga sutkasiga 50 g

📌2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarga sutkasiga 100 g

📌3 yoshdan 5 yoshgacha bolalarga sutkasiga 150 g

❗️Bolaga tarvuzni normadan ortiq berish diareya(ich ketishi)ga sabab bo‘lishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Chaqaloqlarda fiziologik sariqlik(Neonatal sariqlik)

- qondagi yuqori darajali bilirubin hisobiga, teri va ko‘z shilliq qavatlarining sariq rangga bo‘yalishi.

Chaqaloqlarda fetal gemoglobinnni yetuk gemoglobinga almashinish jarayoni ro‘y beradi. Bunda jigar fetal gemoglobindan hosil bo‘lgan bilrubinni bog‘lashga ulgura olmaydi.

Qo‘shimcha belgilari yuqori uyquchanlik va ishtahani pasayishi.

Teridagi sariqlik chaqaloq hayotining 3-4 kunlari yaqqol ko‘zga tashlanadi va sariqlik 7-8 kun saqlanib qoladi.
Chaqaloq organizmidagi ferment sistema to‘liq ishlaganida teri rangi och-pushti holatda saqlanadi.

Bu holat fiziologik - davolash shart emas.

❗️Odatda fiziologik sariqlik bola hayotining 14-kunigacha o‘tib ketishi kerak. Agar shu vaqtgacha sariqlik yo‘qolmasa, bolani pediatr ko‘rigiga olib borish zarur.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz bu video orqali tug‘ruqxona bo‘limidagi Neonatolog tomonidan o‘tqazilgan chaqaloqlar reanimatsiyasini ko‘rasiz.

Bu dunyoga yangi kelgan insonning hayotini saqlab qolish naqadar og‘ir ish ekanini tushunib yetasiz.

Jon olguvchi ham, berguvchi ham Yaratganning o‘zidir!

Bizlar o‘rtadagi sababchilarmiz xolos. Sababchi insonlarni qadriga yeting aziz yurtdoshlar!

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Teridagi asimmetrik(tananing ikki tomonida bir-biriga mos bo‘lmagan) burmalar nimadan dalolat beradi?

2-3 oylikdan katta bo‘lgan bo‘lgan bolalarda teridagi asimmetrik burmalar informativligi yuqori bo‘ladi.
Son suyagi tug‘ma chiqishida yoki chanoq-son displaziyasida teri burmalari har xil darajada joylashadi, chuqurligi va shakli jihatdan bir-biridan farq qiladi.

Diagnostik ahamiyatga ega:
-dumba
-tizza osti
-chov burmalari


Agar son suyagini tug‘ma chiqishi yoki chala chiqishi bo‘lsa, o‘sha tomondagi burmalar chuqurroq va kattaroq bo‘ladi.

Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda teri burmalari asimmetriyasi har doim ham kasallik belgisi hisoblanmaydi.

❗️Yuqoridagi holat aniqlanganda bolani Vrach ortoped yoki Pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
So'rish refleksi

So'zsiz, inson hayotidagi eng muhim reflekslardan biridir.

Uning mohiyati shundaki, agar chaqaloqning lablari yoki tiliga tegsangiz, u shu ondayoq xuddi so‘rayotgandek harakat qila boshlaydi, ko'rsatkich barmog'ini og'ziga 3-4 sm kiritilganda, bola ritmik so'rish harakatini amalga oshiradi.

Emgandan keyin, bolada bu refleks bir muncha so‘nadi, ammo keyingi emizsababiqtiga yaqin yana kuchayadi.

Odatda, bu refleks bolaning 3-4 yoshligida yo'qoladi, sababi, keyinchalik bunga ehtiyoj qolmaydi.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
EEG nima?

Elektroensefalografiya(EEG) - miyaning bioelektrik aktivligini aniqlashga qaratilgan zamonaviy tekshirish usuli.

Bolalarga EEG qachon buyuriladi?

📌Tutqanoq
📌Miyada qon aylanishi buzilganda
📌Autizm
📌Epilepsiya
📌Uyqu buzilishi: uyqusizlik, lunatizm, vahimali uyqu
📌Kuchli charchash
📌Tez-tez bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, oriyentatsiyani yo‘qolishi
📌Hush yo‘qolishi
📌Bosh miya travmalari
📌Psixologik buzilishlar: yig‘loqilik, tez-tez jazavaga tushushi, nevrozlar

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
Yo‘rgaklash(pampers) dermatitini oldini olishdagi Yevropa qoidalari - ABCDE standart profilaktikasi.

Air - aeratsiya(shamollatish)

Barrier - Epidermisning barier xususiyati saqlash va himoya qilish:
agressiv gigeyenik vositalardan, spirt saqlovchi los’onlar, aromatizatorlar va prisipkalardan foydalanishni to‘xtatish. Yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiyani ta’minlovchi, terini barier funksiyasini qayta tiklovchi mazlardan(Bepanten) foydalanish.

Cleaning - Tozalash

Diapper - Tagliklarni to‘g‘ri tanlash va defekatsiyadan so‘ng taglikni tez almashtirish

Education - Ota-onalarga to‘g‘ri parvarishni o‘rgatish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
​Dunyoda bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ko‘rsatkichi so‘nggi o‘ttiz yildagi eng past darajaga tushdi

Kecha JSST va YUNICEF dunyoda bolalar salomatligini jiddiy xavf ostida qoldirayotgan xavotirli holat haqida qo‘shma bayonotni e’lon qildi.

Unda keltirilishicha, pandemiya davrida o‘g‘il-qizlarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ko‘rsatkichlari sezilarli darajada pasayib bormoqda. Xususan, o‘tgan yili bu borada so‘nggi o‘ttiz yildagi eng kam ko‘rsatkich qayd etilgan.

Masalan, 2021 yilda jahon miqyosida 25 million o‘g‘il-qiz emlanishdan chetda qolgan. Ulardan 18 millioni ko‘kyo‘talga qarshi vaksina olmagan bo‘lib, bu borada Hindiston, Nigeriya, Indoneziya, Efiopiya va Filippin davlatlari yetakchilik qildi.

Odam papilloma virusiga qarshi emlash qamrovi esa 2019 yilda erishilgan natijadan chorak qismga kam.

Difteriya, qoqshol va ko‘kyo‘talga qarshi uch dozada, ya’ni to‘liq bosqichda vaksina olganlar soni 2019–2021 yillar davomida 5 foizga pasaygan.

Kanalga ulanish:👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ