Олий_тоифани_тадбиқ_этилиши_кўрсатма_хат_16_09_2022.pdf
183.9 KB
✅ Xalq ta’limi vazirligi "Tabiiy fanlar"dan dars berayotgan biologiya, geografiya, fizika fani hamda boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining amaldagi toifasi "Tabiiy fanlar" ga ham bevosita tatbiq qilinishi boʻyicha xat chiqardi.
2022-yil 16-sentiyabr.
👉@pedagoglarmiz
2022-yil 16-sentiyabr.
👉@pedagoglarmiz
ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH BOSQICHLARI
Ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish ishlari quyidagi bosqichlar ketmaketligida amalga oshiriladi
1. Maktab miqyosida;
2. Tuman (shahar) miqyosida;
3. Viloyat miqyosida;
4. Respublika miqyosida ommalashtiriladi.
MAKTAB MIQYOSIDA OMMALASHTIRISH
Ilg‘or ish tajriba maktab fan metodbirlashmasi tomonidan aniqlanadi, tahlil qilinadi, umumlashtirilib pedagogika kengashining qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiriladi.
Tuman ‘miqyosida ommalashtirish uchun maktab pedagogika kengashi qarori, maktab rahbari taqdimnomasi va o‘qituvchining faoliyatiga oid hujjatlar, yaratgan yangiliklari haqida ma’lumot tayyorlanib, tavsiyalari tuman xalq ta’limi bo‘limiga taqdim, etiladi.
TUMAN (SHAHAR) MIQYOSIDA OMMALASHTIRISH
Ilg‘or ish tajriba tuman (shahar)larda tashkil etilgan tayanch maktablari negizida 3 (uch) oy davomida o‘rganib chiqiladi va aprobatsiyadan o‘tkaziladi. Tayanch maktabidan olingan xulosa asosida Metodik kengash muhokamasida ko’rib chiqiladi va tuman (shahar) miqyosida ommalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
VILOYAT MIQYOSIDA OMMALASHTIRISH
Viloyat miqyosida ommalashtirish uchun taqdim etilgan ish tajribalar viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi O‘quv-metodika kengashi a’zolari tomonidan ikki oy muddat ichida seminar, ochiq dars, taqdimot orqali o‘rganib chiqiladi va O‘quv-metodika kengash qarori bilan viloyat miqyosida ommalashtiriladi.
RESPUBLIKA MIQYOSIDA OMMALASHTIRISH
Respublika ta’lim markaziga taqdim etilgan hujjatlar tegishliligi bo’yicha metodistlar tomonidan ekspertlarni jalb etgan holda 1 chorak (uch oy) davomida o‘rganiladi. O‘rganilgan ish tajribalar fan yo‘nalishidagi Ilmiy metodik kengash yig‘ilishlarida muhokama qilinadi va IMK qarori bilan Respublika miqyosida ommalashtiriladi.
Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisini aniqlash yo‘nalishida o‘tkaziladigan Respublika miqyosidagi tanlov g‘oliblari, final ishtirokchilari hamda onlayn darslarda ishtirok etib, Respublika darajasida 20 va undan ortiq onlayn dars o‘tgan o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalari Respublikada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ommalashtiriladi.
Asos: Respublika ta’lim markazining 2021-yil 26-yanvardagi 01/10-124-sonli xati

#Биласизми
Мактаблар рейтинги қай тартибда аниқланади ва унда қайси мезонлар ҳисобга олинади?
Маълумки ҳар йили 1 сентябрга қадар Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси Халқ таълими вазирлиги билан биргаликда туманлар (шаҳарлар) ҳамда Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри кесимида умумий ўрта таълим муассасалари рейтингини эълон қилади.
❕Мактаблар рейтингини тузишда қуйидаги 7 та асосий мезонлар ҳисобга олинади:
1️⃣ Мактаб битирувчиларининг умумтаълим фанлари бўйича тайёргарлиги ва таълим сифати даражаси. Яъни 11-синф битирувчиларининг олий таълимга кириш кўрсатгичи ва улар томонидан тўпланган баллар;
2️⃣ Ўқувчиларнинг билим даражаси кўрсатгичи;
3️⃣ Ўқувчиларнинг чет тилларини билиш даражаси кўрсатгичи;
4️⃣ Умумий ўрта таълим мактаби педагогларининг сифат (салоҳият) кўрсатгичи. (ўқитувчилардан неча фоизи олий ва биринчи тоифали ўқитувчилар ташкил этиши);
5️⃣ Ўқитувчиларининг чет тилларини билиш даражаси кўрсатгичи;
6️⃣ Умумий ўрта таълим муассасаси ўқувчилари ва педагогик жамоаси ўртасида ўтказилган сўровнома натижаси кўрсатгичи;
7️⃣ Таълим муассасасида маънавий-маърифий ва ўқув тарбиявий муҳит. Яъни Президент илгари сурган беш ташаббус доирасида қилинган ишлар.
@pedagoglarmiz

ONA YER
Tong otar Quyoshning zarrin nurida,
Kun botar ufqning qonli yuzida.
Minglab yulduz yonar osmon to‘rida,
Lekin hayot porlar uning ko‘zida.
Zamin zarhal tusda tovlanar bugun,
Ona tabiatning yuzi za'faron.
Inson tashvishidan qariydi ochun,
Urush balosiga topolmay imkon.
Yurakda bo‘ladi faqat ikki o‘t,
Nafrat olovi yo ishqi muhabbat.
Kun ila tun aro bo‘lgan tafovut,
Dunyoda bor asli nafsda raqobat.
Orzular sarobdir, bir zum hoy-havas,
O‘tguvchi bolalik, mening shodligim.
Qalbim halovati — iymon topsam, bas,
Boqiy hayot sari yo‘l ochar o‘lim.
Yashagim keladi unga munosib,
Qo‘rqaman qolmasin muhlatim tugab.
Borini ko‘raman qilsa gar nasib,
Savob yo gunohni oldim orqalab.
O‘ttiz uch osmonga qilaman parvoz,
Bardosh berolmaydi ojiz qanotim.
Qulayman, qarayman, chiqarkan peshvoz,
Meni ko‘targani Buroqdek otim.
Ko‘z o‘ngimda so‘nib boradi Zamin,
Mitti yulduzcha ham ko‘rinmay qolar.
Dunyodan yiroqlab, unutib g‘amin,
Mening qalbimda u qadri yo‘qolar.
Sirli koinotni qilaman sayr,
Mo‘jiza kutaman — hayot ne'mati.
Dunyodan to‘ygancha degandim, "xayr".
Endi qaytarmikan umr soati.
CHeksizlik, tubsizlik, bari zimiston,
Men to‘ygan olamdan asar ham yo‘qdek.
Jonajon Vatanim — hur O‘zbekiston,
Ko‘z o‘ngimda paydo bo‘ladi cho‘g‘dek.
Oh, mening munisam, mushfiq ona Yer,
Bag‘ringda qanchalar bo‘libman osiy.
Nafsiga qul bo‘lgan yovvoyi bir sher
Kabi istaklarda yashabman foniy.
Gohida bag‘ringni omochda chopdim,
Gohida sag‘ringni bag‘ringda topdim.
Bu ne ko‘rgulikki, atomlar yasab,
Qo‘rquv ko‘rpasini ustingga yopdim.
Yashil vodiylarni toptadim ba'zan,
O‘rmonlar ustidan olovlar otdim.
Yerni ostin-ustun qildim, asosan,
Yana chopayotir hasadgo‘y otim.
Ey Zamin, Allohning mo‘min bandasi,
Taqdiring bunchalar bo‘lmasa og‘ir.
Ustingda Odamning ming sharmandasi,
Kezib yurishiga yuragim og‘rir.
Senda yashamoqqa bardoshim yetmas,
Gunoh ila yuking aylamoq og‘ir.
Bilaman, men ila qayg‘uying ketmas,
Men ham yashayabman ko‘nikib oxir.
O‘ttiz uch yil senga bo‘ldim dardisar,
Allohim, fe'limni Ona Yerdek qil.
Itoatsiz, g‘ofil, qilmagin qaysar,
Yo‘qsa, tuproqqa ko‘m, bo‘layin qobil.
Yana tonglar otsin tashvishdan holi,
Taqvodor Odamning bo‘lsin Havvosi.
To‘lib-toshib oqsin tabiat boli,
Tinmasin Azonu bulbul navosi.
Kapalakdek umr kechirsin odam,
Xushbo‘y chamanzorlar ichida har dam.
Biror maysa hamki, topmasin ozor,
Urush neligini bilmasin olam.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
@pedagoglarmiz
Tong otar Quyoshning zarrin nurida,
Kun botar ufqning qonli yuzida.
Minglab yulduz yonar osmon to‘rida,
Lekin hayot porlar uning ko‘zida.
Zamin zarhal tusda tovlanar bugun,
Ona tabiatning yuzi za'faron.
Inson tashvishidan qariydi ochun,
Urush balosiga topolmay imkon.
Yurakda bo‘ladi faqat ikki o‘t,
Nafrat olovi yo ishqi muhabbat.
Kun ila tun aro bo‘lgan tafovut,
Dunyoda bor asli nafsda raqobat.
Orzular sarobdir, bir zum hoy-havas,
O‘tguvchi bolalik, mening shodligim.
Qalbim halovati — iymon topsam, bas,
Boqiy hayot sari yo‘l ochar o‘lim.
Yashagim keladi unga munosib,
Qo‘rqaman qolmasin muhlatim tugab.
Borini ko‘raman qilsa gar nasib,
Savob yo gunohni oldim orqalab.
O‘ttiz uch osmonga qilaman parvoz,
Bardosh berolmaydi ojiz qanotim.
Qulayman, qarayman, chiqarkan peshvoz,
Meni ko‘targani Buroqdek otim.
Ko‘z o‘ngimda so‘nib boradi Zamin,
Mitti yulduzcha ham ko‘rinmay qolar.
Dunyodan yiroqlab, unutib g‘amin,
Mening qalbimda u qadri yo‘qolar.
Sirli koinotni qilaman sayr,
Mo‘jiza kutaman — hayot ne'mati.
Dunyodan to‘ygancha degandim, "xayr".
Endi qaytarmikan umr soati.
CHeksizlik, tubsizlik, bari zimiston,
Men to‘ygan olamdan asar ham yo‘qdek.
Jonajon Vatanim — hur O‘zbekiston,
Ko‘z o‘ngimda paydo bo‘ladi cho‘g‘dek.
Oh, mening munisam, mushfiq ona Yer,
Bag‘ringda qanchalar bo‘libman osiy.
Nafsiga qul bo‘lgan yovvoyi bir sher
Kabi istaklarda yashabman foniy.
Gohida bag‘ringni omochda chopdim,
Gohida sag‘ringni bag‘ringda topdim.
Bu ne ko‘rgulikki, atomlar yasab,
Qo‘rquv ko‘rpasini ustingga yopdim.
Yashil vodiylarni toptadim ba'zan,
O‘rmonlar ustidan olovlar otdim.
Yerni ostin-ustun qildim, asosan,
Yana chopayotir hasadgo‘y otim.
Ey Zamin, Allohning mo‘min bandasi,
Taqdiring bunchalar bo‘lmasa og‘ir.
Ustingda Odamning ming sharmandasi,
Kezib yurishiga yuragim og‘rir.
Senda yashamoqqa bardoshim yetmas,
Gunoh ila yuking aylamoq og‘ir.
Bilaman, men ila qayg‘uying ketmas,
Men ham yashayabman ko‘nikib oxir.
O‘ttiz uch yil senga bo‘ldim dardisar,
Allohim, fe'limni Ona Yerdek qil.
Itoatsiz, g‘ofil, qilmagin qaysar,
Yo‘qsa, tuproqqa ko‘m, bo‘layin qobil.
Yana tonglar otsin tashvishdan holi,
Taqvodor Odamning bo‘lsin Havvosi.
To‘lib-toshib oqsin tabiat boli,
Tinmasin Azonu bulbul navosi.
Kapalakdek umr kechirsin odam,
Xushbo‘y chamanzorlar ichida har dam.
Biror maysa hamki, topmasin ozor,
Urush neligini bilmasin olam.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
@pedagoglarmiz
Халқ таълими вазирлиги аниқ ва табиий фан ўқитувчиларига 20 фоиз устама берувчи миллий сертификат тизимини яратмоқда
Халқ таълими вазирлиги томонидан “Аниқ ва табиий фан ўқитувчиларига сертификат беришнинг миллий тизимини яратиш ва педагогларни биринчи, олий малака тоифасини олишга тайёрлаш – борасида “QUALIFICATION” лойиҳаси амалга оширилмоқда.
Хўш, бу тизим қандай яратилади? Ўқитувчилар тоифа олишга тайёргарлигида қандай кўмак берилади?
Бу борада Халқ таълими вазирлиги томонидан етук мутахассисларни жалб қилган ҳолда саволлар тузишга қўйиладиган талаблар, тест топшириқлари намуналари, сўровномалар, баҳолаш мезонларига қўйилган талаблар ишлаб чиқилди.
Батафсил: 👉https://uzedu.uz/y3/news/720
Халқ таълими вазирлиги

2,5 ойда 8000 нафардан ортиқ фуқаро шаҳодатнома дубликатини масофадан давлат хизматидан фойдаланиб олди.
Мактаб ва у ерда кечаётган ҳар бир жараён барчани бирдек қизиқтириши, табиий.
Зеро, деярли ҳар бир хонадонда мактабда таҳсил оладиган ўқувчи ёки шу соҳада меҳнат қиладиган ходим бор.
Шундай экан, халқ таълими тизими соҳасида аҳолига кўрсатиладиган давлат хизматларини имкон қадар шаффоф, тезкор ва сифатли амалга ошириш жуда муҳимдир.
Ана шундай хизматлардан бири бу жорий йилнинг 1 июль кунидан бошлаб йўлга қўйилган шаҳодатнома дубликатини масофадан туриб олиш хизматидир.
Янги хизмат доирасида қатор қулайликлар жорий этилмоқда.
Жумладан:
шаҳодатнома дубликати энди 5 кунда берилади (аввал ойлаб кутилган);
шаҳодатнома дубликатини олиш учун ариза бевосита my.gov.uz портали орқали юборилади ва дубликат электрон шаклда портал орқали берилади (аввал ариза бериш учун ҳам, ҳужжатни олиб кетиш учун ҳам мактабга келинган);
ариза онлайн шаклда, инсон омилисиз қабул қилинади, шахсий маълумотлар автоматик тарзда бошқа тизимлар билан интеграция қилинади ва бошқа ҳеч қандай ҳужжат сўралмайди (аввал мактабга 5 тагача ҳужжат тақдим этилган: ариза, ҳужжат йўқолгани ҳақида газета эълони, топилмалар идорасидан маълумотнома, паспорт нусхаси, фамилия ўзгаргани ҳақида ФҲДЁ бўлимларидан маълумотнома).
Бугунги кунга қадар 8 мингдан ортиқ фуқаролар мазкур хизматдан фойдаланиб шаҳодатнома дубликатини масофадан олишга улгурди.
Эслатма: шаҳодатнома дубликати электрон шаклда берилгач, мактабдан берилган аттестат ўз кучини йўқотади.
Халқ таълими тизимида давлат хизматларини янада кенгайтириш “инсонлар эмас, ҳужжатлар ҳаракат қилиши керак” тамойилини кенгроқ жорий қилиш мақсадида жорий ўқув йилида яна 3 та хизмат йўлга қўйилади.
Булар ўқувчиларни бир мактабдан бошқасига ўтказиш, хорижий фуқаро фарзандларини мактабга қабул қилиш, экстернат тартибида якуний давлат аттестацияларини топшириш учун ариза бериш хизматларидир.
Албатта, халқ таълими тизими ходимлари учун ҳам янги услубда, инсон омилини минималлаштириш орқали давлат хизматини кўрсатиш янгилик саналади. Шу боис дастлабки даврда бу борада айрим камчиликлар бўлиши ҳам мумкин.
Шунинг учун, Халқ таълими тизимига оид давлат хизматларидан фойдаланиш жараёнида кўмак бериш ҳамда тегишли саволларга жавоб бериш мақсадида махсус бот фаолияти йўлга қўйилди @Xtv_davlatxizmatlari_bot.
Юртдошларимиз Давлат хизматлари марказлари ёки Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали халқ таълимига оид муаммоларга дуч келишган тақдирда мазкур ботга мурожаат қилишлари мумкин бўлади.

⚡️MAKTAB XODIMLARI QANDAY FORMADA VA KO’RINISHDA BO’LISHLARI KERAK?
- jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos holda kiyinishlari
- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi
- erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi
- ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani ochiq ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, past poshnali poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi
(Muassasa ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.)
- umume’tirof etilgan milliy an’analarga, shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida bo‘lmasligi talab etiladi.
👉Xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:
- tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi
- ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi talab etiladi.
Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘i

⚡️ Pedagoglar va ta’lim tizimi fidoyilari diqqatiga!
📌 Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan boshlab pedagog xodimlarga malaka toifasini berishning yangi tizimi amaliyotga joriy qilinadi.
✅ Malaka (test) sinovlari doirasida barcha umumtaʼlim fanlardan test topshiriqlari formati (fan mazmuni tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt meʼyori) hamda baholash mezonlari ishlab chiqildi.
Umumtaʼlim fanlaridan test spetsifikatsiyalari 2022-yil
📗1. Baslawısh tálim qánigeligi (koraklpokcha)
📗2. Biologiya
📗3. Boshlangʻich taʻlim
📗4. Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik
📗5. Davlat huquq asoslari
📗6. Fizika
📗7. Fransuz tili
📗8. Geografiya
📗9. Informatika
📗10. Ingliz tili
📗11. Iqtisodiy bilim asoslari
📗12. Jismoniy tarbiya
📗13. Kimyo
📗14. Koreys tili
📗15. Matematika
📗16. Musiqa madaniyati
📗17. Nemis tili
📗18. Ona tili va adabiyoti
📗19. Oʻzbek tili
📗20. Psixologiya
📗21. Qaraqalpaq tili hám ádebiyatı
📗22. Qaraqalpaq tili (mamleketlik tili)
📗23. Qirgʻiz tili va adabiyoti
📗24. Qozoq tili va adabiyoti
📗25. Rus tili (Milliy maktablarda)
📗26. Rus tili (Rus maktablarda)
📗27. Tarbiya
📗28. Tarix
📗29. Tasviriy sanʻat
📗30. Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi)
📗31. Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi)
📗32. Tojik tili va adabiyoti
📗33. Qazaq tіlі jәne әdebiyetі
📗34. Turkman tili va adabiyoti
🔰 Ushbu umumtaʼlim fanlaridan test formati hamda baholash mezonlari yuzasidan pedagoglar ishtirokida muhokama oʻtkazish ham rejalashtirilgan.
Muhokamada faol qatnashing. Sizning fikr va mulohazalaringiz biz uchun muhim!
👉 Savol va takliflaringizni quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: https://forms.gle/FqTuC4SweE4GhVkB8
❗️ Diqqat. Ushbu test formati malaka (test) jarayonlariga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida tavsiya qilindi.
Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.me/uztdi

#Замонамиз_қаҳрамонлари
1 Октябрь — Ўқитувчи ва мураббийлар кунига бағишланади
Ўз шахсий жамғармасидан мактабга кутубхона, ошхона қуриб, қувур ётқизган, ҳамқишлоқларига уйлар қуриб бераётган сурхондарёлик халқ ўқитувчиси
Кўп йиллик тажрибага эга илғор педагог Сурхондарё вилояти, Бойсун туманидаги 53-мактабнинг бошланғич синф ўқитувчиси Рамазон Абдуллаев айни вақтда ҳам замонавий таълим технологияларидан фойдаланган ҳолда ёш авлодни вояга етказиш йўлида меҳнат қилиб келмоқда.
Унинг ташаббуси билан туманнинг узоқ тоғли ҳудудида жойлашган мактабда қўшимча синф хоналари, устахона, ошхона қурилган. 53-мактабга ишга ўтгач, ўз шахсий жамғармаси ҳисобидан қувур ётқизиб, ўқувчиларни тоза ичимлик суви билан таъминлашда бошқаларга ибрат намунасини кўрсатди. Мактаб кутубхонасини шахсий жамғармаси ҳисобидан қуриб, фойдаланишга топширди.
БАТАФСИЛ: https://uzedu.uz/y3/news/723

Тошкентда мактаб ўқувчиларининг сочлари узунлиги учун ота-оналари 1,5 млн сўм жаримага тортилмоқда.
Сочлари 3 см дан узун бўлган ўқувчилар ота-оналарига Маъмурий Жавобгарлик Кодекснинг 47-моддаси (Болаларни тарбиялаш ва ўқитиш бўйича мажбуриятларни бажармаслик) билан – БҲМнинг 5 бараваригача жарима белгиланмоқда.

Ўзбекистонда таълим ислоҳоти нега биринчи ўринга қўйилди?
“Янги Ўзбекистон” газетасининг шу йил 22 сентябрь сонида журналист Баҳодир Жовлиевнинг халқ таълими вазири Бахтиёр Саидов билан суҳбати чоп этилди. Қуйида уни ўқишингиз мумкин.
Батафсил 👉 https://bit.ly/3LzFEKo
Халқ таълими вазирлиги
@pedagoglarmiz
“Янги Ўзбекистон” газетасининг шу йил 22 сентябрь сонида журналист Баҳодир Жовлиевнинг халқ таълими вазири Бахтиёр Саидов билан суҳбати чоп этилди. Қуйида уни ўқишингиз мумкин.
Батафсил 👉 https://bit.ly/3LzFEKo
Халқ таълими вазирлиги
@pedagoglarmiz
02_023_1305_устамага_учун_тадбирлар_рўйхати.pdf
1.5 MB
⚡️2022-2023 oʻquv yili uchun ustama belgilashda xisobga olinadigan fan olimpiadalari, tadbirlar va sinfdan tashqari ishlar ro‘yxati.
@pedagoglarmiz
@pedagoglarmiz
Қизларни камситманглар.
Дўстлар сиздан илтимос,
Қизларни ранжитманглар.
Очиб айбини бироз,
Қизларни камситманглар.
У хам бировнинг қизи,
Бировнинг қошу кўзи.
Сўнмасин дил юлдузи,
Қизларни камситманглар.
Майли кўзи кўк бўлсин,
Билки у дўнг пешона.
Улар мунис, ягона,
Қизларни камситманглар.
Қарғиши урар ёмон,
Тегса қуймайди омон.
Рангингиз бўлар сомон,
Қизларни камситманглар.
Сўзланг ширин сўзлардан,
Яйранг ёруғ юзлардан.
Асранг ёмон кўзлардан,
Қизларни ранжитманглар.
Ширин сўз жон озиғи,
Ёмон сўз бош қозиғи.
Сўзимнинг шу ётиғи,
Қизларни камситманглар.
Отабек шундан куйган,
Хатто жонидан туйган.
Юрагин шу уй ўйган,
Қизларни камситманглар.
Сизга қарз гапим айтдим,
Хамда фарз гапим айтдим
Хаққизга дуо этдим,
Қизларни камситманглар.
23.09.22йил. Отабек Юсуф
@pedagoglarmiz
Дўстлар сиздан илтимос,
Қизларни ранжитманглар.
Очиб айбини бироз,
Қизларни камситманглар.
У хам бировнинг қизи,
Бировнинг қошу кўзи.
Сўнмасин дил юлдузи,
Қизларни камситманглар.
Майли кўзи кўк бўлсин,
Билки у дўнг пешона.
Улар мунис, ягона,
Қизларни камситманглар.
Қарғиши урар ёмон,
Тегса қуймайди омон.
Рангингиз бўлар сомон,
Қизларни камситманглар.
Сўзланг ширин сўзлардан,
Яйранг ёруғ юзлардан.
Асранг ёмон кўзлардан,
Қизларни ранжитманглар.
Ширин сўз жон озиғи,
Ёмон сўз бош қозиғи.
Сўзимнинг шу ётиғи,
Қизларни камситманглар.
Отабек шундан куйган,
Хатто жонидан туйган.
Юрагин шу уй ўйган,
Қизларни камситманглар.
Сизга қарз гапим айтдим,
Хамда фарз гапим айтдим
Хаққизга дуо этдим,
Қизларни камситманглар.
23.09.22йил. Отабек Юсуф
@pedagoglarmiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Агар ҳали ҳам тиббий кўрикдан ўтишда пул талаб қилинаётган бўлса соғлиқни сақлаш бошқармаларига мурожаат қилинг.
Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан педагог ва тарбиячилар учун тиббий кўрикни бепул ташкил этиш бўйича тегишли топшириқлар берилган ва бу ишлар доимий назоратда.
© Rasul Kusherbayev

😅Wi-Fi tarmog'iga ulanish uchun Toshkent universiteti 3x4 o'lchamdagi fotosurat, pasport nusxasi, anketa (50 ta savolga javob berish) va 4 kishining imzosini to'plashni so'raydi.
Barcha hujjatlar va imzolarni to'plaganingizdan so'ng, siz ma'muriyatda ro'yxatdan o'tishingiz kerak va shundan keyingina siz login va parol olasiz. (2022, Milliy universitet)

#Халқ_таълими_рақамларда
ЎТГАН БИР ЙИЛДА МАЛАКА ТОИФАСИГА ЭГА БЎЛГАН ЎҚИТУВЧИЛАР СОНИ ҚАРИЙБ 303 МИНГ НАФАРГА ЕТДИ
Таҳлилларга кўра, ўтган бир йилда малака тоифасига эга бўлган ўқитувчилар сони қарийб 303 минг нафарга етиб, бу жами педагогларнинг 62,5 фоизини ташкил этмоқда.
Ўтган йили бу кўрсаткич 45,2 фоизни ташкил қилган бўлса, уч йил олдин 30 фоизга ҳам етмаган. Шунингдек, жорий йилда олий ва биринчи малака тоифасига эга ўқитувчилар сони салкам 143 минг нафарга, яъни 30,1 фоизга етгани ҳолда олий малака тоифасига эга ўқитувчилар улуши 9,1 фоизни ташкил этмоқда.2021 йилда бу кўрсаткич 5,7 фоиз бўлган, холос.
Ўз навбатида, халқ таълими тизимида фаолият юритаётган ўрта маълумотли ўқитувчилар улуши ҳам 9,5 фоиздан 7,3 фоизга камайган.
Бу ҳам мактабларда олий маълумотли ўқитувчилар сафи йилдан-йилга кенгайиб, педагог касбининг нуфузи ошиб бораётганига далилдир. 2021 йилдан хорижий тиллар ўқитувчиларига халқаро сертификат бериш тизими жорий қилиниб, уларнинг ўз билимини исботлаши асосида шаффоф тарзда ойлик маошини қўшимча ошириш имкони берилди.
Бу эса ўтган қисқа даврда халқаро стандартларга жавоб берадиган чет тил ўқитувчилари сони деярли уч баробар ошишига туртки бўлди.

Илмга навбатда турмадик!
Ош деса, йиғилдик малахдек,
Юзимиз китобга бурмадик.
Нафс учун уришдик, талашдик,
Илмга навбатда турмадик!
Бугун-чи миллатнинг онги паст,
Жаҳолат майидан юрар маст,
Ўзига душман ҳам қасдма-қасд,
Илмга навбатда турмадик!
Тиллолар сарфладик кайф учун,
Шайтоннинг пешоби ҳайф учун,
Чақага оғриндик ҳарф учун,
Илмга навбатда турмадик!
Авлодлар бўлишди мардикор,
Хорижда дарбадар, итдан хор,
Эй миллат, ҳолингдан қилгин ор,
Илмга навбатда турмадик!
Ҳар ерда порахўр, ўғрилар,
Кулгига олинар тўғрилар,
Билмам, ким хатомиз тўғрилар,
Илмга навбатда турмадик!
Кўзимиз алдаган ёлғонлар,
Интернет, ойнайи жаҳонлар,
Уйғонинг, биродар, ёронлар,
Илмга навбатда турмадик!
Эъзозда фоҳиша, раққослар,
Онги паст отарчи, паққослар,
Бунда хор олимлар, ваққослар,
Илмга навбатда турмадик!
Халқ бугун ишқибоз нодонга,
Орқасин шиширган шайтонга,
Эътибор қаратмас урфонга,
Илмга навбатда турмадик!
Хаёлда оғринмай бой бўлса,
Остида энг сўнгги той бўлса,
Егани ҳар куни мой бўлса,
Илмга навбатда турмадик!
Амалдор кетини яласа,
Амаллаб халқини таласа,
Дунё деб қалбида талваса,
Илмга навбатда турмадик!
Бу миллат мудрайди ғафлатда,
Фарзанди газларда навбатда,
Илмсиз ўламиз, албатта,
Илмга навбатда турмадик!
Илмсиз қараммиз, қулдирмиз,
Тириклай ёнамиз, кулдирмиз,
Қадри йўқ, бир чақа пулдирмиз,
Илмга навбатда турмадик!
#Мулоҳаза
👉@pedagoglarmiz
Ош деса, йиғилдик малахдек,
Юзимиз китобга бурмадик.
Нафс учун уришдик, талашдик,
Илмга навбатда турмадик!
Бугун-чи миллатнинг онги паст,
Жаҳолат майидан юрар маст,
Ўзига душман ҳам қасдма-қасд,
Илмга навбатда турмадик!
Тиллолар сарфладик кайф учун,
Шайтоннинг пешоби ҳайф учун,
Чақага оғриндик ҳарф учун,
Илмга навбатда турмадик!
Авлодлар бўлишди мардикор,
Хорижда дарбадар, итдан хор,
Эй миллат, ҳолингдан қилгин ор,
Илмга навбатда турмадик!
Ҳар ерда порахўр, ўғрилар,
Кулгига олинар тўғрилар,
Билмам, ким хатомиз тўғрилар,
Илмга навбатда турмадик!
Кўзимиз алдаган ёлғонлар,
Интернет, ойнайи жаҳонлар,
Уйғонинг, биродар, ёронлар,
Илмга навбатда турмадик!
Эъзозда фоҳиша, раққослар,
Онги паст отарчи, паққослар,
Бунда хор олимлар, ваққослар,
Илмга навбатда турмадик!
Халқ бугун ишқибоз нодонга,
Орқасин шиширган шайтонга,
Эътибор қаратмас урфонга,
Илмга навбатда турмадик!
Хаёлда оғринмай бой бўлса,
Остида энг сўнгги той бўлса,
Егани ҳар куни мой бўлса,
Илмга навбатда турмадик!
Амалдор кетини яласа,
Амаллаб халқини таласа,
Дунё деб қалбида талваса,
Илмга навбатда турмадик!
Бу миллат мудрайди ғафлатда,
Фарзанди газларда навбатда,
Илмсиз ўламиз, албатта,
Илмга навбатда турмадик!
Илмсиз қараммиз, қулдирмиз,
Тириклай ёнамиз, кулдирмиз,
Қадри йўқ, бир чақа пулдирмиз,
Илмга навбатда турмадик!
#Мулоҳаза
👉@pedagoglarmiz