PDP Academy
8.86K subscribers
1.18K photos
474 videos
2 files
2.39K links
PDP Academy rasmiy kanali

👤 Admin: @pdpaloqa_bot

📞 Tel: (78) 777-47-47
Download Telegram
"Outsourcing" nima ekanligini bilasizmi?

IT-autsorsing (ingliz. IT outsourcing) - IT-infratuzilmalarini qo'llab-quvvatlash, texnik xizmat ko'rsatish va yangilashni tashqi kompaniyaga qisman yoki to'liq topshirish. Xizmatni olgan kompaniyalar uchun bu ishlarning bajarilishi asosiy faoliyat hisoblanadi.

IT-autsorsing axborot tizimlari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, joriy qilish va rivojlantirish bilan bog'liq masalalarni hal qilish uchun tashqi ixtisoslashtirilgan kompaniyani o'z ichiga oladi. Jumladan, butunlay korporativ infratuzilmalar darajasida (asbob-uskuna va dasturiy ta'minotni ta'minlash) va tizimning alohida bo'limlari ishini rivojlantirish va/yoki qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq ishlarni qamrab oladi (dasturlash, hosting, sinov-test qilish va hokazo).

#IT #business #outsoursing #pdpuz #dasturlash #dasturchi

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
Wikipedia: — Men hamma narsani bilaman!
Google:— Men istalgan narsani topa olaman!
Facebook:— Men hammani taniyman!
Internet: — Baribr mensiz hechkimsizlar!
Elektr:OVOZLARINGNI O'CHIRASANLARMI, YO'QMI?!...😂

Kanalga ulaning: 👇

https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
PDP Academy pinned Deleted message
Qaysi mamlakatlar IT autsorsing uchun yaxshi va yetakchilik qiladi?

Sharqiy Evropada Ukraina
Ukraina o’z mintaqasida eng yaxshi davlat hisoblanar ekan va yetakchilik qiladi. Bunda bir qancha faktorlar rol o’ynaydi. Ukrainada IT sohasini bitirgan mutaxassislarning 57% qismi STEM (science, technology, engineering, math) bo’yicha bilimga ega. Ukraina developerlari arzon va shu bilan birga kuchli hisoblangani, ingliz tilida bemalol gaplasha olganligi, STEM bilimlari kuchliligi uchun Evropada ustunlikka ega.

Yaqin sharqda Isroil
Yaqin Sharqda boy davlatlar: BAA, Kuweyt, Saudiya, Qatar bo’lishiga va u yerda IT kompaniyalar ko’p bo’lsada, ular asosan mahalliy xizmat ko’rsatadi. Isroil mintaqada autsorsing bo’yicha yaqqol yetakchi. Isroil davlati texnologiyalar rivojlanish ko’rsatkichi bo’yicha dunyoda 3-o’rinda. Davlat startuplarga dunyoda darajasida biznes qiladigan darajaga chiqishi uchun imtiyozli qarzlar beradi. IT sector biznesi Isroil YMMning 17.5%ni tashkil qiladi. Isroil IT outsorsing sohada eng yaqin hamkorlikni Ukraina bilan qiladi. Evropa va AQSHning katta startaplari Isroilda joylashgan.

Osiyoda Xitoy
Xitoyning IT sektorda ustunligi haqida ortiqcha gapirishga hojat yo’q. Xitoy dasturchilari bilimi bo’yicha dunyo reytingida 1-o’rinda turadi. Dasturlash bo’yicha xalqaro olimpiadalarda jamoa sifatida ko’p marotaba 1-o’rinni olib keladi. Xitoy davlatining “Made in China 2025” degan strategic rejasi bor bo’lib, unga ko’ra 2025 yilda dunyoda IT sohasida yetakchi davlatga aylanishni maqsad qilgan. Xitoy autsorsing xizmatidan tushumini 2006 yildan 2016 yilgacha $1.38 milliarddan $106.46 milliardga oshirgan.

Afrikada Misr
Misr davlati IT sectorni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Misr oliy ta’limi Arab davlatlari orasida eng yaxshisi hisoblanadi. Arab davlatlaridagi 32 ta eng yaxshi universitetning 9 tasi Misrda joylashgan. Misr IT developerlarining autsorsing xizmat ish haqi soatiga 20$dan boshlanadi. Misr o’zida IT kompaniyalarga autsorsing ishlashi uchun yaxshi sharoitlarni taklif etmoqda, bu esa davlatga investorlar kelishiga ijobiy ta’sir etmoqda.

#dasturchi_masofadan_turib_ishlay_oladigan_mutaxassis
#IT #business #outsoursing #pdpuz #dasturlash #dasturchi

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
​​iOS Development: Bugundan dars boshlanmoqda

🕑Vaqti: 19:00 - 21:00
📆Muddati: 6 oy
💵Narxi: 600 000 so'm

Telefon yoki telegram orqali ro'yhatdan o'ting. Joylar chegaralangan.

👤 Administrator
📞 Tel: (+99897) 447-47-41
🏢 Manzil: Toshkent shahar. Shayxontohur tum., Zarqaynar ko'ch., 3B-uy.
📍 Mo'ljal: O'zbekiston Davlat Sirki.

Maqola bilan to'liq tanishib chiqish:
https://telegra.ph/APPLE-KOMPANIYASIGA-ISHLASHNI-XOHLAYSIZM…

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
"Summer Coding Camp" loyihasi bo'yicha 19-may yakshanba kuni soat 10:00 da bepul ochiq dars bo'lib o'tadi.

Bu loyiha yozgi ta'til vaqtida 15 yoshdan yuqorilar uchun mo'ljallangan bo'lib, bepul dars loyihaga qatnashuvchilar, ularning ota-onalari va loyihaga qiziquvchilar tashrif buyurishlari mumkin bo'ladi. Uchrashuvimizda quyidagi mavzular bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin:
▪️ dastur va dasturlash nima;
▪️ dasturlash bilan necha yoshdan shug'ullangan ma'qul;
▪️ dasturchi haqiqatdan kelajak kasbimi;
▪️ dasturlash bilan qaysi muammolarga yechim topa olamiz? Uning odamlarga foydasi qanday;
▪️ dasturchining kundalik hayoti qanday o'tadi;
▪️ dasturchi bo'lish qiyinmi;
▪️ ko'pchilikka qiziq mavzu - dasturlovchi qancha oylik olishi mumkin;
▪️ universitetmi yoki dasturlash;
▪️ dasturlash kimlarga tavsiya qilinmaydi;

Bundan tashqari kod yozish qay tartibda bo'lishini ko'rishingiz, Sizni qiziqtirayotgan dasturlashga oid savollaringizga javob olishingiz mumkin bo'ladi.

Ochiq darsni oʻtkazadigan xonamiz 24 kishiga moʻljallangan. Joylar toʻlib qolmasidan roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling. 😊

👤 Administrator
📞 Tel: (+99897) 447-47-41

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
Bugun talabalarimizga Battle va Konkursda g'olib bo'lganliklari uchun voucherlar topshirildi. Voucherlar umumiy qiymati 2 400 000 so'm

Voucher egalari:
Namozboyev Shahzod - 800 000 so'm
Jo'rayev Shoxruh - 400 000 so'm
Mirzamitdinov Sayyod - 400 000 so'm
G'afforov Xurshid - 800 000 so'm

Voucher egalarini tabriklaymiz...

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
"Personal Development Process" IT akademiyamiz uchun yangi boshqaruv tizimi tez kunda ishga tushadi. To'lovchilarga mana bunday ko'rinishdagi to'lov ma'lumotnomasi beriladi.

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
Insonning tuzilishi Frontend texnologiyalari misolida.

#pdpuz #mem #hazil

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
Qiymati 135 million dollarlik belgi

1962 yilda Venera sayyorasining atrofida birinchi parvozni amalga oshirish uchun Mariner 1 kosmik kemasi uchirilgan. Taxminan birinchi daqiqalardan boshlab nimadir noto'g'ri ishlashni boshlagan va kosmik kema belgilangan yo'nalishini keskin o’zgartirgan. Kosmik kema aholi turar-joyiga qulamasligi uchun uni portlatishga qaror qilingan.

Tekshiruvlar natijasida xatolikka sabab dasturiy kodda vergul o'rniga nuqta yozilgan bo'lishi mumkin, deb xulosa qilingan. Shu sababli, noto’g’ri kodni kompyuter o’qigan va sistemada xatolik yuzaga kelgan.
Bundan tashqari, butun ayb noto'g'ri yozilgan formulada deb hisoblashadi. Rn formulasi, ustiga pastki chiziqsiz yozilgan bo’lgan.

Nima bo’lgan taqdirda ham juda katta kosmik loyiha bir dona kichkina belgi sababli barbod bo’lgan va 135 000 000$ dollar zarar keltirgan.

Shuning uchun dasturchi kod yozganida xato qilmasligi kerak, bitta nuqta loyihaning taqdirini hal qilishi mumkin ekan.

#qiziqarli_fakt #pdpuz
Sony va Microsoft kompaniyalar AI sohasidagi o'z yutuqlarini birlashtirishni rejalashtirmoqda.

Kompaniyalar Sonyning tasvir sensorlarini ushlash texnologiyasini Microsoft’s Azure AI bilan integratsiya qilib korporativ klientlar uchun biznesini yanada rivojlantirishga imkoniyat yaratmoqchi.

Sony shuningdek, Playstation platformasini rivojlantirishda Microsoft Cloud texnologiyasini qo'llashni rejalashtirayapdi.
Kompaniyalarning ba'zi yo'nalishlarda raqobatchi bo'lib kelishlariga qaramay CEOlar bu hamkorlikni AI sohasidagi hamkorlik yanada ijobiy natija berishi aytishdi.

Dasturlashning o'rgansangiz, keyingi bosqich AI uchun katta qadam bo'ladi.

*suratda Sony presidenti and CEOsi Kenichiro Yoshida va Microsoft CEOsi Satya Nadella.

#pdpuz #info #ai #dasturlash

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
Belorus IT sektori

- Wargaming (COOO “Geym Strim” Belorus dasturlash markazi) tomonidan ishlab chiqilgan World of Tanks kompyuter o’yinida 140 million foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgan va u daromadli desktop o’yinlarning dunyodagi beshtadan bittasi hisoblanadi.
- Belorus superkompyuter ishlab chiqaradigan kam sonli davlatlar qatoriga kirgan.
- Bugungi kunda IT sektorni rivojlantirishdagi asosiy maqsadi: dunyoning IT sohasidagi korporatsiyalarini Belorusga chaqirish va davlat iqtisodiyotini raqamlashtirishni yanada kengaytirishdir.
- Belorus IT muhit uchun eng yaxshi muhitni yaratishni rejalashtirgan.
- Davlatda har yili 7000ga yaqin IT mutaxassislari 21 ta oliy o’quv yurtlarini bitirib chiqadi.
- 2016 yildan boshlab 2-6- sinf maktab o’quvchilariga Scratch dasturlash tili darslarga fan sifatida qo’shilgan. Hozirda buni 6000 dan ortiq bolalar o’rganmoqda.
- 2018 yil Belorus Qurolli kuchlari tarkibida axborot texnologiyalari rotalari tashkil etildi. Uning maqsadi harbiy akademiya va o’quv yurtlari bilan birgalikda harbiy harakatlarni modellashtirish, xizmat faoliyatini avtomatlashtirish, navigatsiya va radiolokatsiyani takomillashtirish va boshqa dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqarish hisoblanadi.

#ITsektor #belorus_tajribasi #pdpuz #info #belarus

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
Yuqori maoshli ishga qabul.

Kamida 3 yillik ish tajribasiga ega front-end developer kerak. Bizning asosiy maqsad O'zbekistonda IT sanoatni rivojlantirish. Buning uchun bizga tajribasini ulasha oladigan mentorlarni yordami zarur. Tajribangizni boshqalarga ham ulashmoqchimisiz?
Unda bizga murojaat qiling!

Telegram orqali rezumengizni yuboring.

👤 Administrator
📞 Tel: (+99897) 447-47-41
🏢 Manzil: Toshkent shahar. Shayxontohur tum., Zarqaynar ko'ch., 3B-uy.
📍 Mo'ljal: O'zbekiston Davlat Sirki.

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
"Summer Coding Camp" loyihasi bo'yicha 19-may(ertaga) yakshanba kuni soat 10:00 da bepul ochiq dars bo'lib o'tadi.

Bu loyiha yozgi ta'til vaqtida 15 yoshdan yuqorilar uchun mo'ljallangan bo'lib, bepul dars loyihaga qatnashuvchilar, ularning ota-onalari va loyihaga qiziquvchilar tashrif buyurishlari mumkin bo'ladi. Uchrashuvimizda quyidagi mavzular bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin:
▪️ dastur va dasturlash nima;
▪️ dasturlash bilan necha yoshdan shug'ullangan ma'qul;
▪️ dasturchi haqiqatdan kelajak kasbimi;
▪️ dasturlash bilan qaysi muammolarga yechim topa olamiz? Uning odamlarga foydasi qanday;
▪️ dasturchining kundalik hayoti qanday o'tadi;
▪️ dasturchi bo'lish qiyinmi;
▪️ ko'pchilikka qiziq mavzu - dasturlovchi qancha oylik olishi mumkin;
▪️ universitetmi yoki dasturlash;
▪️ dasturlash kimlarga tavsiya qilinmaydi;

O'quv kursiga guruhga yozilganlar uchun 27 - 31 may kunlari sinov darslari haftasi o'tkaziladi.

Bundan tashqari kod yozish qay tartibda bo'lishini ko'rishingiz, Sizni qiziqtirayotgan dasturlashga oid savollaringizga javob olishingiz mumkin bo'ladi.

Ochiq darsni oʻtkazadigan xonamiz 24 kishiga moʻljallangan. Joylar toʻlib qolmasidan roʻyxatdan oʻtishga ulgurib qoling. 😊

👤 Administrator
📞 Tel: (+99897) 447-47-41

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
Ukraina IT sektori raqamlarda:
Tahlilchilar Evropaning IT sohadagi yetakchi davlatiga aylanishini bashorat qilayotgan Ukraina katta suratda rivojlanmoqda. Davlat YMMsining 4% IT soha ulushiga to’g’ri keladi.
- Mamlakatdagi IT mutaxassislarining umumiy soni – 172000. Shundan 46% xodimlar autsorsing asosida ishlaydi.
- 27% IT mutaxassislari 1-2 yillik tajribaga ega, 29% xodimlar IT sohada 3-5 yildan beri ishlaydi. 6-10 yildan ortiq tajribaga ega xodimlar esa 17%ni tashkil etadi.
- Mutaxassislarning 77% erkaklar, 23% ayollar hisoblanadi.
- 30 yoshgacha bo’lgan xodimlar 72% ni tashkil etadi. Bu juda katta potensial hisoblanadi, yaqin kelajakda etakchi davlatga aylandi.
- Yiliga IT sohasini bitiruvchilari soni 23000 nafar.
- 150 ta o’liy o’quv yurti IT mutaxassislarini tayyorlaydi.
- SoftServe kompaniyasi har yili Ukrainada ish izlayotgan 6000 kishini ish bilan ta'minlaydi va Google, Hewlett-Packard kabi kompaniyalarga autsorsing xizmat ko’rsatadi. Shuningdek, 800 nafar xodimni olti oylik dasturlash kursi (Bootcamp)da bepul o’qitadi. Bitiruvchilarning 70 foizi dasturchi sifatida doimiy ish bilan ta'minlanadi.

(Davomi bor)

#ITsektor #ukraina_tajribasi #pdpuz #info #ukraina

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
Dasturlashning oltin QOIDASI:
Ishlayaptimi? TEGMA! :-)

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
Shu vaqtgacha eng ko’p (176 million nusxa) sotilgan o’yin!

Microsoft
kompaniyasi Minecraft o’yinni taqdim qilinganligini nishonladi. Ushbu o’yin yubiley sanasiga kelib shu vaqtgacha eng ko’p sotib olingan o’yinga aylandi. Minecraftni 176 million nusxasi sotilgan. (Ko’chirib olinganlik (download) statistikasi bilan bilan adashtirmang.)

Bu natijasi bilan u Tetris ko’rsatgan natijadan (170 million) ham oshib ketdi.

Minecraft resurslarni to'plash, turar joylarni barpo etish va protsessual dunyoni o'rganishga qaratilgan ajoyib hayotiy o'yin. O’yin oxirgi 10 yillikda katta qiziqish bilan o’z auditoriyasini ko’paytirib keldi.
Minecraft hozir Microsoft Storeda 20$ dollarga sotib olish mumkin.

O’yinning 10 yilligini nishonlash kunida Microsoft yangi AR Minecraft game – Minecraft Earth ni taqdim qildi.
Minecraft Earth - bu haqiqiy dunyoga Minecraftning ijodiy tabiatini olib kirish xususiyatlariga ega bo'lgan yangi bepul mobil o'yindir. O'yin mexanizmi juda oddiy: bino barpo etish uchun atrofingizni o'rganib bloklar va noyob moblarni topishingiz kerak bo’ladi.

https://youtu.be/dYKxBKj29dI?t=42

PDP: Game development IT sohasining keng tarqalgan, qiziqarli va daromadli sohasi hisoblanadi. PDPda mobil o’yinlarni dasturlashni o’rganishingiz mumkin.

#game #minecraft #microsoft #game_development_kurslari

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
ANDROID development! Guruhda 5 ta joy qoldi. Shoshling!

GooglePlay Marketda qancha ilova bor deb o'ylaysiz?
2019 yil 19 mart kuni statistikasiga ko'ra PlayMarketga 2,600,000 ta ilova joylashtirilgan.

2018 yilda butun dunyoda 1.21 milliard dona Android OS da ishlaydigan smartfon sotilgan. Tahlillarga ko'ra 2020 yilda ham Android ustunligini saqlab qoladi.

Bu raqamlardan nima xulosa qilish mumkin. Bu Android dasturchilari uchun katta bozor degani. Unda dasturchi ish topishi, o'z ilovalarini yaratib sotishi va boshqalarga xizmat ko'rsatishi mumkin!

PDP dasturlash akademiyasida ANDROID DEVELOPMENT O'QUV KURSIda ushbu dolzarb kasbni o'rganib egallang!

Guruhlarga ro'yxatdan o'tish va bepul seminar darsda qantashish uchun murojaat qiling:
👤 Administrator
📞 Tel: (+99897) 447-47-41

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ
Analitiklarning fikricha va tajribalar shuni ko'rsatayaptiki korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashda sohalarga, boshqaruvga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, hisob-kitoblarni avtomatlashtirish eng samarali usul ekan.
Birgina yuridik shaxslarning soliq hisobotlarini elektron yuborishni, Interaktiv Davlat xizmatlarini yo'lga qo'yilishi qanchadan qancha "o'rtakash-ishbilarmon"larning pora "tirikchiligini" chippakka chiqardi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda hissa qo'shmoqchimisiz, unda zamon talabidagi kasb DASTURLASHni o'rganing.

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ