Бухгалтерия ҳисоби ва Аутсорсинг - PBC
2.06K subscribers
481 photos
278 videos
33 files
997 links
Биз бир жамоада Бухгалтерия, Солиқ, Банк, Молия ва Хуқуқ соҳасидаги малакали мутахассисларни йиғдик.

Бизнинг сайт: pbcom.uz

Саволингизни: https://t.me/pbc_uz_group гурухида ёки https://t.me/pbcom_uz орқали ёзиб қолдиринг. Жавоб олиш БЕПУЛ!
Download Telegram
#elon #EHF

EHF taqdim etish muddati uzaytirildi❗️

Respublikamizning ayrim hududlarida kuzatilayotgan elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sababli, soliq to‘lovchilarda o‘z majburiyatlarini bajarishida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar munosabati bilan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, noyabr oyi uchun elektron hisobvaraq-faktura taqdim etish muddati joriy yilning 15-dekabriga qadar (15-dekabr ham kiradi) uzaytirildi.
____
#объявление #ЭСФ

Продлен срок выставления ЭСФ❗️

Исходя из многочисленных обращений, связанных с затруднениями в исполнении налогоплательщиками своих обязанностей по причине нестабильности электроснабжения в некоторых регионах республики, срок выставления электронных счетов-фактур за ноябрь месяц продлён до 15 декабря текущего года включительно.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#elon

📢 Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Ayrim hududlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yеrlar uchun yеr solig‘i stavkalari hamda mol-mulkning minimal qiymatlari xalq deputatlari kengashlari tomonidan belgilangan muddatlarda tasdiqlanmaganligi, soliq hisobotlarini soliq to‘lovchilarga avtomat shakllantirib berishda texnik muammolar va kadastr ma'lumotlari noto'g'ri shakllangan ayrim holatlar aniqlandi.

Shu sababli, tadbirkorlik subyektlari tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda yuridik shaxslarning yеr solig‘i bo‘yicha hisoboti va joriy yil uchun mol-mulk solig‘i ma'lumotnomasini 2023-yilning 25-yanvariga qadar (25-yanvar kuni ham) taqdim qilgan soliq to'lovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilmasligi hamda QQS toʻlovchilarini maxsus hisobga qoʻyish bo'yicha mezonga olinmasligini ma’lum qilamiz.
👉Soliq kodeksi 213-modda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#elon

Hurmatli soliq toʻlovchilar!

Elektron soliq xizmatlarining uzluksiz va sifatli ishlashini taʼminlash maqsadida joriy yilning 10-11-fevral (shanba va yakshanba) kunlari maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Profilaktika ishlari davomida my.soliq.uz va my3.soliq.uz saytlari orqali elektron hisobotini yuborish xizmati vaqtinchalik ishlamaydi.
__________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях обеспечения бесперебойной и качественной работы электронных налоговых услуг 10-11 февраля (суббота и воскресенье) в центре обработки данных запланировано проведение профилактических работ.

Во время профилактических работ временно будет недоступна услуга по отправке электронной отчетности через сайты my.soliq.uz и my3.soliq.uz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads