PAYARIQ TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI
419 subscribers
13.4K photos
4.5K videos
157 files
5.7K links
Download Telegram
"MILLIY TA’LIM RЕSURSLARI"DAN FOYDALANISH BO‘YICHA SЕMINAR TASHKIL ETILDI

Xabar qilinganidek, Xalq ta’limi vazirligining YouTube’dagi «Milliy ta’lim resurslari» rasmiy kanali orqali o‘quvchi yoshlar uchun yangi davrga mos 25 xil yo‘nalishdagi zamonaviy kasblarni sodda, qulay va tushunarli ko‘rinishda hamda eng asosiysi o‘z ona tilida mutlaqo bepul o‘rganish imkoniyati yaratildi.
Bugun Samarqandda mazkur dasturlarni o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida  targ‘ibotini  amalga oshirish yuzasidan AKT sho‘basi xodimlari  bilan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda  kontentlarga kirish va ulardan foydalanish bo‘yicha mutaxassislarning bilimlari mustahkamlandi. Seminar o‘quvchilariga informatika darslarida dasturlardan foydalanish qoidalarini tushuntirish vazifalari topshirildi.

Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

@samarqandvxtb
Forwarded from Mengliyev Jasur Toshtemirovich
Payariq tuman xalq ta'lim bo'limiga qarashli 6-umumiy o'rta ta'lim maktabida 1-chorak yakuni bilan ERTALABKI SAFLANISH tadbiri bo'lib o'tdi. Saflanishda asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi g'oliblari, besh muhim tashabbus olimpiadasi sektor va tuman bosqichi g'oliblari, fan oyligi doirasida o'tkazilgan tadbirlarda faol ishytirok etgan o'quvchilar hamda maktabda o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va bellashuvlarda g'olib bo'lgan o'quvchilar taqdirlanishdi.
Айни дамда туманнинг олис худудида жойлашган умумтаълим мактаб директорлари билан  ХТБ мудири раислигида йиғилиш ташкил этилди.
Кун тартибидаги масалалар
1. 2023-йилда 1-синфга келадиган ўқувчилар прагнози.
2. Мактаб кадастр хужжатлари.
3. "Яшил макон" умуммиллий лойихаси бўйича амалга оширилган ишлар.
4. Биринчи чоракнинг якуни ва иккинчи чоракда амалга ошириладиган масалалар тўғрисида (Пед кенгаш ўтказадиган кун жадвали  ва кўриладиган масалалар) бўйича йиғилиш ўтказилмоқда.

Каналга уланиш:
👇
t.me/payariq_tuman_xtb