Parallel muhit data
9.46K subscribers
309 photos
4 videos
32 links
Links, photos and proofs for PM project

@parallelmuhit_bot
Download Telegram
🔥21❤12
🔥28❤9❤‍🔥3
Istalgan kasbda 90% odamda ish haqida tasavvur yo'q. Ular vaziyatga qarab takrorlash, yonidagining ishini qaytarish va yarim ongli aktyorlik orqali ishlab yurishadi. Ijtimoiy "fanlar"da bu ko'rsatgich 99%, jurnalistikada esa 100.
❤84🔥51😁37🤝11👍2
Men bekorchi (keraksiz) ish o'rinlari miqdorini 20% deb o'ylar edim. Haqiqiy raqamlar ikki barobar ko'proq ekan. Gollandiyadagi tadqiqot ham ayni shuni ko'rsatdi:

40% xodimlar ularning ishlari majvudligiga birorta tuzuk sabab topib bera oilshmagan.
❤93🔥44😱20🗿6👏4
Garvard ham o'zining Kalkulus (oliy matematika) kurslariga yordamchi kurslar qo'shishga majbur bo'lyapti. Bu dahshat. Bu talabalar kalkulusga tayyor holda kelishlari kerak edi. Lekin ularning aksarida o'rta va yuqori maktabdan poydevor yo'q.
😱178❤41👍18🤯16👏4
🔥28❤13🤝2
❤23⚡9🔥4🤣2🤝2
Ronni Lot o'zi yaqindan ishlagan Bill Velsh va Bill Kempbell haqida aytadi:

Kuchli murabbiylar kechasi uyg'onib ketib ham seni yaxshiroq qilish haqida o'ylashadi. O'zingdan ko'proq narsa chiqara oladigan muhitlarni yaratishni yaxshi ko'rishadi. Kuchli murabbiylar rassomlarga o'xshaydi. Munosabatlarni chizishadi.
🔥73👍9⚡7❤6❤‍🔥2
Talabchan, qo'llovchi va hurmatingga sazovor yoshi kattaroq, tajribariloq odamning qo'lida qanchalik o'sa olishing mumkinligiga hech qachon past baho berma.

Lekin oddiy haqiqatni tushun. Bunday odamni topa olish va uning vaqtiga arzish uchun ham kuchli ko'nikmali va qattiq mehnatkash bo'lishing kerak. O'rtacha va sekin bo'lsang bunday odamga to'qnash kelib qolmaysan.
🔥120❤31👍20🤝7🥰1
Cheski Bezosdan so'radi:

-Baffetdan olgan eng zo'r investitsiya maslahatingiz nima bo'lgan?

Bezos: -[Uorrendan so'radim] Investitsiya tezisingiz o'ta sodda... shunga qaramay dunyoning #2 boy odamisiz, shunday sodda usul bilan. Nima uchun hamma sizni shundoqqina ko'chirib qo'ya qolmaydi?

Baffet: -Chunki hech kim sekin boyishni istamaydi.
1❤92😁56🔥18👍12❤‍🔥1
❤63👍19🔥19⚡3💯2