🎬 Suv muammolari haqida foto yoki film yarating. Engage H2O yozgi kino va foto maktabiga ariza topshiring!
Engage H2O — bu xalqaro loyiha bo‘lib, suv tanqisligi va iqlim o‘zgarishlari muammolarini yoritishga yordam beradi. Shu loyiha doirasida O‘zbekistonda Kino havaskorlari assotsiatsiyasi ko‘magida yozgi kino va foto maktabi o‘z ishini boshlaydi.
O‘qish davomida siz video olish, kompozitsiya, montaj, animatsiya va postproduksiyaning asoslarini o‘rganasiz, suv tanqisligidan aziyat chekayotgan hamjamiyatlar bilan uchrashasiz va yakunda film yoki fotoseriya yaratib topshirasiz.
Birinchi bosqich Toshkentda 2025-yil 5–15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bosqichda esa 18–28-avgust kunlari muammoli hududlardan birida amaliy workshop (ochiq maydondagi mashg‘ulot) o‘tkaziladi. Eng yaxshi ishlar Bryusseldagi, Toshkentdagi va boshqa mintaqaviy tadbirlarda namoyish etiladi.
💧 Quyidagi talablarga mos kelsangiz, ariza topshirishingiz mumkin:
- Ekologiya, iqlim va mintaqadagi suv tanqisligi muammolari sizni befarq qoldirmasa
- Bu mavzuda film yoki suratlar yaratishni istasangiz
- Farg‘ona, Andijon, Namangan, Jizzax yoki Surxondaryo viloyatlarida tug‘ilgan yoki yashayotgan bo‘lsangiz (agar hozir boshqa shaharda yashayotgan yoki o‘qiyotgan bo‘lsangiz ham, ariza topshirishingiz mumkin)
- 18 yoshdan katta bo‘lsangiz va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsangiz
Yozgi kino va foto maktabida ishtirok etish — bepul. O‘qitish tillari: o‘zbek va rus.
❗️Ariza topshirish shartlari va ariza shakllari o‘zbek, rus va ingliz tillarida mana bu havolada. Barcha hujjatlar info@uafma.org elektron manziliga yuboriladi.
Ariza topshirish muddati — 2025-yil 15-iyulgacha!
Agar sizda yozgi maktab yoki ariza topshirish qoidalari bo‘yicha savollar tug‘ilsa, murojaat qilishingiz mumkin:
📱 Telegram: @Nigina31
📱 Instagram direct: @uafma_uz
✉️ Email: nigina.makhmudova@fom.group

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from lokals‘ media
Zamonaviy O‘zbekiston tarixida juda ko‘p «klassik» reklamalar bor — «Kango qani, Kango?» kabilardan tortib, o‘sha mashhur Nexia reklamasigacha.
Lekin ulardan ham oldin, O‘zSSR davrlarida yurtimizda reklama allaqachon bo‘lgan. Masalan, tepadagi reklama roliki 1986-1989-yillar oralig‘ida ekranlarga chiqarilgan.
Hatto hozir ham raqsga undaydigan musiqani esa Buxorolik rok-guruhi ijro etgan.
Hozir bozorimizda deyarli «o‘lik» print formati, SSSR davrida ancha mashhur edi. Bunga misol — kalishlar reklamasiga bag‘ishlangan poster.
Ha, aytgancha, xronometraj bo‘yicha ham hech qanday xavotirlar bo‘lmagan: chet ellliklar reklama roliklari 30-soniyadan chiqmasligiga harakat qilib kuyib-pishib yurishgan bir paytda, bizda roliklar bemalol 2-3 daqiqalab ketavergan.
Hattoki «product placement» ham bo‘lgan — «Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi» filmidan olingan kadr buning isboti.
Xo‘sh, siz qanday qadimgi reklamalarni eslaysiz? Izohlar qoldiring, gaplashamiz.
Читать на русском

👏3❤2
Kanalni ham tashlab qo‘ydim 😅 Sababi asosiy ishimda — We Digital marketing agentligida, juda ko‘p loyihalar ustida ishlayapmiz, madaniy hordiqqa va post yozishga vaqt umuman qolmayapti. Shunday loyihalarimizdan biri — marketing soxasidagi eng yetuk mutaxassislar bilan panel munozaralardir. Agar marketing va kreativ sohalarda ishlayotgan bo‘lsangiz, siz uchun aniq foydali bo‘ladi 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
Forwarded from We Digital
🇺🇿 Marketingda o‘zbek tili: imkoniyatlar va muammolar
Marketing va reklama olamida o‘zbek tili hali ham o‘z “kreativ ovozini” izlayapti. Ko‘plab brendlar ikki tilli muloqotdan foydalanadi, ammo o‘zbekcha ifoda uslubi, ohang va so‘z boyligini to‘liq ochib bera oladigan kontent hanuz kam.
Оchiq suhbatda mutaxassislar o‘z tajribalari, kuzatuvlari va brendlar bilan ishlash jarayonida duch kelgan misollari bilan bo‘lishishadi. Suhbat davomida biz quyidagi savollarga javob izlaymiz:
— O‘zbek tilini marketing tili sifatida shakllantirish uchun nimalar zarur?
— Ikkitillik: imkoniyatmi yoki to‘siq?
— O‘zbekcha “zamonaviy” kopirayting qanday bo‘lishi kerak?
— Qanday qilib brendlar o‘zbek tilida tabiiy va ishonchli eshitilishi mumkin?
— Hududlar, shevalar va madaniy farqlarni inobatga olish kerakmi?
🎙 Spikerlar:
• Madina Nurman – Daryo.uz muxbiri, fotojurnalist
• Otabek Sharapov – 605 agentligi va Marketing Bo‘limi asoschisi
• Mirzayor Erkinov – Korzinka supermarketlar tarmog‘i kopirayteri, mustaqil PR va kreativ mutaxassisi
Moderator:
• Sardor Babaev – We Digital agentligi PR va kreativ bo‘yicha direktori
🗓 21-oktabr, 19:00
📍 ALPHA biznes-markazi, 3-qavat
Qatnashish bepul! Joylar soni cheklangan, havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!

👍2🔥2❤1
Biz We Digital jamoasi Uztelecom ko‘magida OHANG nomli ajoyib loyihani boshladik 🔥
An’anaviy ozbek musiqasini professional studiyada yozib olib, barchasini bitta saytga jamlaymiz. U yerdan har kim treklarni bepul yuklab olib, ularni o‘z loyihalarida qonuniy tarzda ishlatishi mumkin bo‘ladi
Biz allaqachon loyihaning birinchi bosqichini Toshkent shahri va viloyatida yakunladik. Juda kuchli musiqa ustalarini topdik, ularni professional studiyada jamlab, yuzlab ohanglarni yozib oldik. Hozir esa qulay sayt ustida ishlayapmiz. Yaqin vaqt ichida uni ishga tushiramiz. Hozircha esa loyihaning Instagram sahifasiga obuna bo‘lib, yangiliklarni kuzatishingiz mumkin: instagram.com/ohang.loyiha👈
Loyihamiz juda muhim. Biz nafaqat dj, rejissyor va brogerlar uchun qulay sayt taqdim etyapmiz, balki madaniy merosimizni saqlab qolib, an’anaviy musiqani yana ommalashtirishga hissamizni qo‘shmoqchimiz
@paramadaniy
An’anaviy ozbek musiqasini professional studiyada yozib olib, barchasini bitta saytga jamlaymiz. U yerdan har kim treklarni bepul yuklab olib, ularni o‘z loyihalarida qonuniy tarzda ishlatishi mumkin bo‘ladi
Biz allaqachon loyihaning birinchi bosqichini Toshkent shahri va viloyatida yakunladik. Juda kuchli musiqa ustalarini topdik, ularni professional studiyada jamlab, yuzlab ohanglarni yozib oldik. Hozir esa qulay sayt ustida ishlayapmiz. Yaqin vaqt ichida uni ishga tushiramiz. Hozircha esa loyihaning Instagram sahifasiga obuna bo‘lib, yangiliklarni kuzatishingiz mumkin: instagram.com/ohang.loyiha
Loyihamiz juda muhim. Biz nafaqat dj, rejissyor va brogerlar uchun qulay sayt taqdim etyapmiz, balki madaniy merosimizni saqlab qolib, an’anaviy musiqani yana ommalashtirishga hissamizni qo‘shmoqchimiz
@paramadaniy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍4❤1
Forwarded from Ohang.loyiha
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Loud373 - Uyg‘onish
Ohang loyihasi doirasida birinchi kollaboratsiya 🔥 Sibizg‘a va doira sozlari elektron musiqa talqinida.
Bahor yaqin! 🌸
Barcha an’anaviy kuylar yig‘ilgan saytning ishga tushishiga ham oz qoldi!
_____________________
Loud373 - Uyg‘onish
Первая коллаборация проекта Ohang 🔥 Сибизга и доира через призму электронной музыки.
Весна близко! 🌸
Сайт с каталогом традиционной узбекской музыки тоже!

🔥2