Parallel fikr
13 subscribers
1 video
24 links
Shaxsiy fikrlar, kuzatuv, biroz yumor...

Muallif: @Azimjon_3D

Manbasiz olingan postlarga rozi emasman!

@dezaynerdek
@tushunarsiz
@olis_olislardan
@sokin_taronalarim
Download Telegram
Faqatgina bir kasbni tanlab qanchadan qancha iste'dodlarimizni qurbon qilganlarmiz.

@parallel_fikr
Yomgʻirlar yogʻsa soyabonsiz yurolmaydiganni, yomgʻirni sevaman deyishiga ishonma.

Yomgʻir ostida qolib ketishni sogʻinib...

@parallel_fikr
"Yo meni tanlaysiz, yo onangizni"
Eriga shart qo'ydi bir sohibjamol.
Er dedi: "Eshikni qattiq yopib ket,
Onam sovqotmasin, ko'chada shamol".

© Xayrulla Hamidov

@parallel_fikr
Adashtirma, sevgiga koʻmib yubordim degan insoning ham balki oʻzini aynan koʻmilgan his qilayotgandir.
Ogʻriqlaridan habardor boʻl...


@parallel_fikr
​​Kuz qancha devonani shoir qildi, baxtiyorni majruh...

@parallel_fikr
- Kuz butun tabiatni o`ldiryabti..!
- Ijodkor kuzda tug`iladi, bahorda emas...


@parallel_fikr
Hayot shoirni qoʻliga ketmon tutqizadi, injenerdan pyesa talab qiladi.
Chegarani buzib oʻtishni eplagan oʻzini topadi.


@parallel_fikr
Rohatda uxlashga haqqing yo‘q, agarchi sen deb ozor chekishsa.

@parallel_fikr
Otasiz oʻsganliging bilan maqtanib, hurmat qozonmoqchi boʻlganingdayoq senga tupurib qoʻyganman.

@parallel_fikr
Nima bo`lsa ham ishqilib:
Sukut bilan ish qiling, natijasi shovqin boʻlsin!!!

- deb profiliga yozib qo`yganlar ishini indamay qilib yuraversinda. Xudo ko`rsatmasin shular bir natija qilib qo`ysa shovqindan butun maxluqotlar kar bo`lib qolsaya, subhanallah...

@parallel_fikr
Halovatni sevgidan izlab oshiq qalb uning o‘tida alanga bo‘ladi, qalb o‘tini esa ishq chashmasi so‘ndiradi. Buni his etish uchun nahot jizg‘anak bo‘lmoq kerak?!

©️hikmatlar
@parallel_fikr
...Va shunda tushunamizki, aslida biz hammamiz bir-birimizning aksimizmiz. Bizni ajratib turadigan faqat so‘zlar, liboslar va taqdirlarning chiziqlari. Lekin yuraklar bir xil uradi, ko‘z yoshlari bir xil to‘kiladi va orzular barchaga birdek yorug‘dir.

@parallel_fikr
​​Sizni tushunaman deganlarida aslida buni hech qachon his qila olmasliklarini bilsakda, sirlarimizni sotdik. Insonlarga qayta-qayta ishonib qilgan xatoimizni odat tusiga aylantirgan edik...

@parallel_fikr
Hammani huddi oʻzidek deb qabul qilib soʻng kundaga bosh qoʻyganlardan soʻrang, ishonch, mehr, hurmat - izzatni...

@parallel_fikr
Yoʻlning oxiridan habaring bor, uni yurib koʻrishdagi mashaqqatdan ham. Ikkinchi yoʻlning ham mavjudligini bilasan. Tanlovdagi ikkilanishga ishonchsizliging sababligini ham his qilasan.
Asl mohiyatni anglashga yoki uni aslicha biladiganni topishga harakat qil, uni yoʻldosh qil. Shunda yoʻlning mashaqqati unutiladi.


@parallel_fikr
Hissiyotlaringni anglay olishlarini kutganing sari, qadrlarini tushurib borasan. Hokisor boʻl, insonlarni qalbiga ozor berma...

@parallel_fikr
👍2
Voz kechilmasni, voz kecholmaydi deb õylama! Faqat soat har kuni jimgina ishlashda davom etadi...

@parallel_fikr
1