O'zbek Futboli • Superliga
9.51K subscribers
38.8K photos
8.47K videos
14 files
19.2K links
O'zbek futbolining qaynoq kanali

★Transferlar
★Statistik ma'lumotlar
★Intervyular
★Milliy terma jamoamiz
★Coca Cola Superliga #LIVE
★O'zbekiston kubogi

Reklama va murojat uchun 👉 @Ozbek_futboli_admin
Download Telegram
Kecha "Lokomotiv" jamoasi Proligadagi dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib oldi!

Proliga. 4-tur

LOKOMOTIV 0:1 OLIMPIK MOBIUZ

⚽️
Meyrbek Rejabaliyev, 64 pen (0:1)

Akaki Shulaya, 62 (Lokomotiv)

🟥 Davron Hoshimov, 63 ikkinchi sariq (Lokomotiv)

Manba: ProLigaUZB

@OZBEK_FUTBOLI
Proliga | 4-tur uchrashuvlari yakunlandi musobaqa jadvali yuqoridagi ko‘rinishda☝️

Manba: ProLigaUZB

@OZBEK_FUTBOLI
Bugun Superligani 7-tur o'yinlari yakunlanadi

Bugun Toshkentda turni "Markaziy" o'yini bor

🏆 "Uzbekistan Superleague-2025"🇺🇿
7-tur 28 aprel, dushanba

19:00 🐧 "Bunyodkor" - OKMK 🌋

@OZBEK_FUTBOLI
🏆 "Uzbekistan Superleague-2025"🇺🇿

7-tur 28 aprel, dushanba soat 19:00

Turni "Markaziy" o'yini.🔥

Siz, 🐧"Bunyodkor"-OKMK🌋 o'yinida qaysi jamoa g'alaba qozonishini xoxlaysiz?

❤️ - "BUNYODKOR"
🤝 - "DURANG"
🔥 -  OKMK

@OZBEK_FUTBOLI
🏆 "Uzbekistan Superleague-2025"🇺🇿

7-тур 28 aprel, dushanba

SPORT TV
19:00 🐧"Bunyodkor" - OKMK🌋

📺 "SPORT TV HD" 18:50 #LIVE

@OZBEK_FUTBOLI
Ro'ziqul Berdiyev: "Birinchi bo'limda raqib yaxshi himoyalandi. Tanaffusda esa pozicion hujumlar orqali hujumchilarimizga to'pni etkazib berishimiz kerakligini aytdim. Buni uddalay oldik ham. Natijani ko'rib turibsiz, hujumkor o'yin namoyish etib, chiroyli g'alabaga erishdik"

Hebay bugun juda ham ishtiyoq bilan harakat qildi. U asosiy tarkibga qaytmoqchimi?

Rubin ko'p vaqt o'ynamadi, shu sababli unda ishtiyoq yuqori. Har bir futbolchi mana shunday o'ynashi kerak. Penaltidan ko'ra o'sha vaziyatdan foydalanganida yaxshiroq bo'lar edi.

Umar Eshmurodovda xatolar kuzatilayotgandek

Eshmurodov jamoaga juda ko'p yordam beradi. Ayrim bir vaziyatlarda markaziy himoyachilar katta bosim ostida qoladi va shu sababli xatolar kuzatilishi mumkin.

"Xorazm"ga qarshi o'yinda ham ushbu tarkib bo'ladimi?

Biz "Xorazm" bilan Jizzaxda o'ynaymiz. Biz o'yin kuni tarkib tanlaymiz, sababi qaysi futbolchilar o'yinga yaxshiroq tayyor ekanligi o'sha kuni malum bo'ladi.

Manba: Championat.asia

@OZBEK_FUTBOLI
Eldor Shomurodovdan yangi imij🔥

@OZBEK_FUTBOLI
Superliga. 7-tur

Bunyodkor — OKMK

O'zaro uchrashuvlar tarixi☝️

Manba: UZPFL

@OZBEK_FUTBOLI
Shota Arveladze ayni damda Toshkentga kelgan. Paxtakor jamoasi birinchi davrani muvaffaqiyatsiz yakunlasa, ikkinchi davrada sherlarni sobiq murabbiyi boshqarish ehtimoli bor.

Manba: Qobiljonovuz

@OZBEK_FUTBOLI
Pedru Morеyra: "O'yinni juda yaxshi boshladik. G'alaba qozonish o'yinning bir qismi. Birinchi bo'limda to'p bilan yaxshi muomala qildik, ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik va yirikroq hisob qayd etishimiz mumkin edi. Raqib qanday o'ynamoqchi ekanligini ham bilib olishimiz kerak edi. Bugungi g'alaba biz uchun juda kerakli edi. Chempionat o'yinlari juda qiyin kechmoqda, ammo bu g'alabalar musobaqa jadvalidagi poziciyamizni yaxshilab olishga yordam bermoqda"

Muxamadali Usmonov degan futbolchi o'rinbosarlar jamoasi tarkibida ketma-ket uchrashuvlarda gol urib kelmoqda. U nega asosiy jamoaga tortilmayapti?

Bu mening qarorim. Men bosh murabbiy sifatida ushbu qarorlarni qabul qilaman. Masalan, ularni maydonga tushirganimda, siz nega Bashar o'ynamadi deb savol bergan bo'lar edingiz. Men har bir futbolchiga ishonaman va kerakli vaqtda imkoniyat taqdim etaman. Masalan, bugun Nikita Shevchenko o'z imkoniyatiga ega bo'ldi.

Manba: Championat.asia

@OZBEK_FUTBOLI
Igor Sergeyev bu mavsum

7 uchrashuv
5 gol
1 assist

Manba: UZPFL

@OZBEK_FUTBOLI
#BUN_OKMK

Siz, bugungi turni "Markaziy" o'yinida qaysi murabbiyni jamoasi g'alaba qozonadi deb o'ylaysiz?

👍 -  "Bunyodkor"
Ilyos Zeytullayev

👏 -   OKMK
Mirjalol Qosimov

Sizningcha, bugungi "Markaziy" o'yinda qanday xisob qayd etiladi?

😍 - Bunyodkor-OKMK 1:0
🤩 - Bunyodkor-OKMK 0:1
❤️ - Bunyodkor-OKMK 2:0
🎉 - Bunyodkor-OKMK 0:2
🔥 - Bunyodkor-OKMK 2:1
😎 - Bunyodkor-OKMK 1:2
💯 - Bunyodkor-OKMK 2:2
🤝 - Bunyodkor-OKMK 1:1
😢 - Bunyodkor-OKMK 0:0

@OZBEK_FUTBOLI
Ulug'bek Baqoyev: "Bugun Superligada ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Bu men uchun juda ham og'riqli. Biz muxlislar, futbolchilar va klub uchun harakat qildik, ammo o'xshamayapti. Rahbariyatdan istefo so'rayman va buni to'g'ri tushunishadi deb umid qilaman. Muxlislardan uzr so'rayman. Hozir jamoaga yangi qon kerak. Kiyim almashtirish xonasida futbolchilarga ham aytdim: mening o'rnimga kim kelishidan qatiy nazar unga hurmat bilan munosabatda bo'lishsin"

Manba: Championat.asia

@OZBEK_FUTBOLI
Oʻzbekiston kubogining 2025-yilgi mavsumi 2-tur uchrashuvlariga faoliyat olib boruvchi rasmiylar tayinlandi.


“Soʻgʻdiyona” — “Sementchi”

29.04.2025

Bosh hakam: Alisher Toʻxtasinov
Yordamchi hakamlar: Abdurahmon Shukurullayev, Abdurashid Erkinov

Nazoratchi: Andrey Tambovsev
Komissar: Feruz G’aniyev


“Xorazm FA” — “Aral”

29.04.2025

Bosh hakam: Roman Irgashev
Yordamchi hakamlar: Behruz Toʻrayev, Shohijahon Muhitdinov

Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiyev
Komissar: Davron Ibrohimov


“Surxon” — “Dinamo”

29.04.2025

Bosh hakam: Akobir Shukurullayev
Yordamchi hakamlar: Sardor Sodiqov, Abduaziz Abduhamitov

Nazoratchi: Azamat Jalilov
Komissar: Jalolxon Inog’omxo’jayev


“Lochin” — “Andijon”

29.04.2025

Bosh hakam: Zokir Sapoyev
Yordamchi hakamlar: Farrux Ashirboyev, Quvondiq Doʻschanov

Nazoratchi: Husniddin Shodmonov
Komissar: Diyor Hotamqulov


“Shoʻrtan” — “Olimpik”

30.04.2025

Bosh hakam: Jahongir Noraliyev
Yordamchi hakamlar: Safarali Shaydullayev, Shuhrat Mirzayev

Nazoratchi: Hasan Pirmatov
Komissar: Diyor Hotamqulov


“Ishtixon” — “Mashʼal”

30.04.2025

Bosh hakam: Alisher Rahimqulov
Yordamchi hakamlar: Sardor Hasanboyev, Zafar Qosimov

Nazoratchi: Abdurahmon Qoʻldoshev
Komissar: Vladimir Nazarov


“Neftchi” — FARDU

30.04.2025

Bosh hakam: Umidjon Rahimjonov
Yordamchi hakamlar: Jamshidbek Bakirov, Farrux Bekmurodov

Nazoratchi: Shuhrat Bozorov
Komissar: Sherzod Rajabov


“Oq-Tepa” — “Navbahor”

30.04.2025

Bosh hakam: Sardor Mirodilov
Yordamchi hakamlar: Abdullaxoʻja Saidov, Beknur Oʻrinboyev

Nazoratchi: Nabijon Roʻzimov
Komissar: Shohruh Said

Manba: UZFHM

@OZBEK_FUTBOLI
Anvar Berdiyev: "Bugun erta gol o'tkazib yubordik va futbolchilarimiz go'yoki charchab qolishgandek ko'rinishdi. Yagona o'yin taqdirini hal etdi. "Paxtakor" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman"

Sho'rtan"ga vaziyatlarni yaxshi yakunlay oladigan hujumchi etishmayotgandek...

Biz o'z imkon darajamizdan kelib chiqib futbolchilarni taklif etdik. Futbolchilarimizga o'ziga bo'lgan ishonch etishmayotgandek. Futbolchilarimiz hali yosh va keyingi uchrashuvlarda kamchiliklarni to'g'rilaymiz. Keyingi uchrashuvlarni G'uzorda o'tkazamiz.

Jamoangiz bugun faqatgina qanotdan oshirilgan paslar orqali hujum qildi, raqib darvozaboni esa bunday paslarni osonlik bilan bartaraf etdi. Aynan mana shunday vaziyatda jamoaga lider etishmagandek tuyuldi...

- Vaqt kam qolgani uchun futbolchilarimiz shoshib qolishdi. Шaxsan men ham bunday futbol o'ynashga qarshiman. Ustiga-ustak yigitlar charchab qolishdi ham. Gapingiz to'g'ri, uzun paslar raqib darvozaboniga qulaylik yaratib berdi.

Manba: Championat.asia

@OZBEK_FUTBOLI
Bunyodkor 2017-yildan buyon o‘z maydonida OKMKni mag‘lub etaolmay kelmoqda.

Sizningcha, Ilyos Zeytullayev shogirdlari ushbu seriyani buza oladimi?

👍 - Ha

👏 - Yo'q

@OZBEK_FUTBOLI
Qo'rqmanglar hammasi bosh murabbiyni nazorati ostida😄

@OZBEK_FUTBOLI
O‘zbekiston kubogi 1-turi doirasidagi “Andijon” — “Surxon” uchrashuvi davomida muxlislar tomonidan har xil jismlar va yelim idishlar maydonga uloqtirilgan holatlar qayd etilgan.

Shuningdek, Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Andijon” — “Dinamo” uchrashuvi davomida muxlislar tartibsizliklar kelitirib chiqarib, maydonga turli xil jismlar uloqtirishgan va o’yinning 88-daqiqasida muxlislar uloqtirgan jism yordamchi hakamning boshiga tegib, unga tan jarohati yetkazgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Andijon” futbol klubining kelgusi uy uchrashuvida “Bobur arena” stadionining 1, 1A, 2, 3, 4, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 30, 31, 32-sektorlari, shuningdek VIP tribuna ostidagi o‘rindiqlarga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo‘yildi va klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Manba: FAUzbekistan

@OZBEK_FUTBOLI