Oylik Qancha?
6.24K subscribers
886 photos
31 videos
496 links
Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.

Savol, taklif va reklamalar uchun: @kanalhamkorlik
Download Telegram
O‘zbekistonda ayollar kreditni erkaklarga qaraganda yaxshiroq to‘laydi

Bu haqda TBC Bank Uzbekistan Boshqaruv raisi Spartak Tetrashvili Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qildi.

Tetrashviliga ko‘ra, bugungi kunda TBC Bank'dan kredit olganlarning 31 foizini ayollar tashkil etadi. Qolganlari esa erkaklar. Ammo kreditlarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha vaziyat butunlay teskari.

Kredit olgan erkaklarning atigi 30 foizi qarzlarni o‘z vaqtida to‘lab boradi. Yaxshi to‘lovchilarning 70 foizini esa ayollar tashkil qiladi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
“Inomarka”larni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi o‘zgartirildi

Xorijiy avtomobillarni vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuniga 340 ming so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.

Amaldagi tartibda buning uchun avtomobilning har bir ot kuchidan 2380 so‘m undirilardi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Aloqa operatorlari sizdan qo'shimcha pul yechib olmayotgan ekanligini qanday tekshirsa bo'ladi?

Uyali aloqa operatorlari abonentlarga pullik xizmatlarga obuna bo'lishga majbur etmoqdalar. Bu haqda "Potrebite.uz" Telegram-kanali xabar berdi.

Shu bilan birga, barcha operatorlar abonentlarni obuna bo'lishga majburlamayotganligini aytishdi. Ularning aytishicha, abonentlarning o'zlari bilmasdan ba'zi qalqib chiquvchi tugmalarni bosib shu bilan u kontent uchun to'lashga roziligini bildiradi.

Barcha faollashtirilgan xizmatlarni o'chirish uchun quyidagi qisqa raqamlarni terish kerak:
● Uzmobile — *199#
● Beeline — *115#
● Ucell — *350#

Qaysi xizmatlar faollashtirilganligini tekshirish uchun esa:
● Mobiuz — *199#
● Beeline — *110*09#
● Ucell — *401#

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Ertaga, 8-may kuni soat 10:00 da 4 500 dona Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktatsiya ochiladi.

UzAuto Motors barcha avtomobillar shu zahoti olib ketish imkoniyati bilan shartnoma tuzish uchun mavjudligini bildirdi.

Shuningdek, Damas va Labo avtomobillari uchun ham shartnoma tuzish mumkin bo'ladi.

Mazkur avtomobillar uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qoladi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Subsidiya olish uchun daromadingiz qancha bo‘lishi kerak?

Ko‘pchilik uy sotib olish uchun subsidiyaga ariza topshiradi, ammo bunda daromad bo‘yicha talabga e’tibor bermaydi va komissiyadan rad javobini oladi.

💸Subsidiya olish uchun oila yoki ariza beruvchining daromadi quyidagicha bo‘lishi lozim:

📍Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 3 barobaridan 8 barobarigacha, ya’ni 3 150 000 so‘mdan 8 400 000 so‘mgacha bo‘lishi kerak.

📍Toshkent shahrida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini 3 barobaridan 9,2 barobarigacha bo‘lishi kerak. Ya’ni 3 150 000 so‘mdan 9 660 000 so‘mgacha.

Daromad chegarasi subsidiya to‘g‘ri odamga berilishi uchun kerak. Ipoteka krediti olmoqchi bo‘lgan aholi uyga muhtoj bo‘lgan taqdirda ham kreditni to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari daromadi yuqori aholiga ham subsidiya berilmaydi.

Ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun havolahttps://my.gov.uz/oz/service/325

Komissiya quyidagi hollarda arizani rad etishi mumkin:

— ilgari uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olgan oila a’zolarining takroriy arizasi;
— taqdim etilgan ma’lumotlarning talab qilinadigan ijtimoiy mezonlarga mos kelmasligi;
— joriy yilda hududga ajratilgan subsidiyalar soni tugab qolganida;
— o‘rtacha oylik daromad miqdorining komissiya talablariga mos kelmasligi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️
Eshitdik-da!

Olamsportning xabar berishicha, O‘zbekiston futboli tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Temur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz futbolchilariga mukofot tariqasida 30 000 AQSH dollaridan pul berilibdi...

👏Agar eshitganlarimiz rost bo‘lsa, bu juda yaxshi rag‘bat!!!

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
“UzAuto Motors” “Lacetti” uchun kontraktatsiyani o‘n besh daqiqada yakunladi

“Chevrolet Lacetti” avtomobili uchun shartnoma berish 8-may kuni soat 10:00da boshlangandi. Hozirda “Damas” va “Labo” avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzish mumkin.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
‼️Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Bunda:

ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;

ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️
❗️Kirish imtihonlariga qilinadigan to‘lov miqdori oshdi

Bakalavriatga kirish imtihon to‘lovi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizini tashkil qiladi. Bugungi kunda 170 ming so‘mga to‘g‘ri keladi.

O‘qishni ko‘chirishda ham huddi shuncha to‘lov bor.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
👊 Haqiqiy ko'cha jangini maza qilib tomosha qilaman desangiz, sizga yangi ochilgan NOKAUT yopiq kanalini tavsiya qilaman.

🫵 Siz bu kanalda Tv va YouTube da berilmaydigan ko'cha janglarini ko'rishingiz mumkin.

‼️🔞Diqqat!!! Faqat 18 yoshdan kattalar bu kanalga obuna bo'lishini tavsiya qilaman.

🔖Kanal manzili: https://t.me/+mR0h8-rLyeZiODVi

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Nega ishlab chiqarishdan to'xtatilgan Gentra ikkilamchi bozorda qimmatlamoqda?

UzAuto Motors Gentra modelini ishlab chiqarishni to'xtatgan bo'lsa-da, ikkilamchi bozorda unga talab ortib bormoqda.

Sergeli avtomobil bozorida yangi Gentra avtomobillari $13 mingdan $17 mingacha sotilmoqda, deya ta'kidladi Repost.uz tahririyati.

Ishlab chiqarishni to'xtatgandan so'ng Gentra narxining oshishi bir necha omillarga bog'liq:

1️⃣Modelning ommabopligi: Gentra ko'plab xaydovchilar uchun ishonchli tanlov sifatida tan olingan.
2️⃣Bozor taqchilligi: ishlab chiqarishning to'xtalishi bozordagi taqchiligga sabab bo'lib, narxlarning oshishiga olib keladi.
3️⃣Sotuvchilar ham katta rol o'ynaydi, chunki ular sotish uchun oz miqdordagi Gentrani taqdim etadilar

Ikkilamchi bozorda yuzaga kelgan holatga asoslanib, Chevrolet Gentra narxlarning oshishiga qaramay, u jozibali avtomobil varianti bo'lib qolmoqda.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Monako ko'chmas mulk sotib olish uchun dunyodagi eng qimmat shahar

Monakodagi yuqori ko’chmas mulk narxlari asosan bu yerda uy-joy sotib olish yoki ijaraga olish bu davlatda yashash uchun ruxsat olish shartlaridan biri ekanligi bilan bog’liq.

Hatto dunyodagi eng yuqori o'rtacha ish haqi ham bunday uy-joy uchun yetarli emas.

Narxi 1 kv. m - 48.800$

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
⚡️"Toshkent city"dagi Hilton mexmonxonasida to'y o'tkazishning narxi qancha?

Poytaxtimizdagi "Toshkent city" parkida joylashgan beshyulduzli Hilton mexmonxonasida joylashgan banket zalida o'rtacha 200 kishiga mo'ljalangan to'y o'tkazish mumkin.

Bu joyda yaxshi to'y o'tkazish narxi menyuga qarab odam boshiga $100 dan boshlanib $400 gacha boradi. Demak eng qimmat menyuda 200 kishiga dasturxon tuzalsa $80 ming bo'ladi va qolgan xarajatlari bilan $100 mingdan oshiq bo'ladi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyodagi eng hashamatli qamoqxonada yashash narxi qancha?

Xolden qamoqxonasi Norvegiyadagi eng xavfsiz qamoqxona hisoblanadi.

Mahbuslar bu yerda og‘ir jinoyatlar uchun qamalgan. Bu yerda ovoz yozish studiyasi, sport majmuasi, qarindosh-urug‘larni ziyorat qilish uchun yozgi uy bor.

Bir kishini saqlash yiliga 185 ming dollar turadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Eng uzun va eng qimmat ko'prik

Gonkong-Chjuxay-Makao ko'prigi mintaqadagi eng yirik shaharlarni bog'laydigan bir qator ko'priklar va suv osti tunnellaridan iborat ulkan loyihadir. Ko‘prikning uzunligi 55 km. Uning umumiy qurilish qiymati 20 milliard dollarni tashkil etdi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Eng qimmat tug'ilgan kun

Bruney sultoni o‘zining 50 yilligi sharafiga eng qimmat ziyofat uyushtirgan. Bayram 1996-yil 13-iyulda bo'lib o'tdi.

Buning uchun qariyb 30 million dollar sarflandi. Bu pulning yarmini Sulton va mehmonlar uchun bayramda chiqish qilgan Maykl Jekson olgan.

Aniq summa: 27 million 200 ming dollar.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Toshkentda bitiruv kechasini nishonlash qancha turishi mumkin?

"Kursiv" tahririyati Toshkentda bitiruv kechasini tashkil qilishga qancha mablag' sarflanish kerak ekanligini aniqladi.

Restorandagi ziyofat ichiga kiradigan xizmatlarga qarab narxlar katta farq qilishi mumkin. Fabis va Bourbon kabi ba'zi restoranlar oziq-ovqat, ichimliklar, musiqa va fotosessiyani o'z ichiga olgan asosiy paketlarni har bir kishi uchun taxminan 300 ming so'mga taklif qiladi. Qimmatroq varintlar ham bor, masalan, Level, bu yerda har bir kishiga 750 ming so'mga fotosurat va video suratga olish, boshlovchi va DJning xizmatlari bilan tematik bitiruv kechasini o'tkazish taklif etiladi.

Shuningdek, alohida tadbir uchun $300 ga boshlovchi va $200 ga fotografni yollash mumkin.

Undan tashqari, vinyetkalar narxi 2 sahifa uchun 100 ming so'mdan 20 sahifa uchun 1 million so'mgacha o'zgarib turadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ipoteka krediti qanday olinadi? Yo'riqnoma

❗️Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun arizalar joriy yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinadi.

📝 Arizalarni shaxsiy kompyuter yoki uyali aloqa vositasidan foydalanib YIDXP (my.gov.uz) orqali yuborish mumkin.

Arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish bepul.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
❗️Krishtianu Ronaldu to‘rtinchi marta eng ko‘p maosh oluvchi sportchiga aylandi

Saudiya Arabistonida u yiliga 260 million dollar oladi.

Forbes 2023-yilda eng ko‘p daromad qilgan sportchilarni e’lon qildi:

1. Krishtianu Ronaldu (futbol, 39 yosh), 260 million dollar;
2. Jon Ram (golf, 29 yosh), 218 million dollar;
3. Lionel Messi (futbol, 36 yosh), 135 million dollar;
4. Lebron Jeyms (basketbol, 39 yosh), 128,2 million dollar;
5. Yannis Adetokunbo (basketbol, 29 yosh), 111 million dollar;
6. Kilian Mbappe (futbol, 25 yosh), 110 million dollar;
7. Neymar (futbol, 32 yosh), 108 million dollar;
8. Karim Benzema (futbol, 36 yosh), 106 million dollar;
9. Stefen Karri (basketbol, 36 yosh), 102 million dollar;
10. Lamar Jekson (amerikacha futbol, 27 yosh), 100,5 million dollar.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram
«Haj» ziyorati faqat Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi

Mamlakatimiz fuqarolari uchun “Haj” tadbiri Oʻzbekiston Respublikasining Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj va umra vazirligi oʻrtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi hamda bunday faoliyat bilan boshqa tashkilotlarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, chet el fuqarolari uchun “Haj” ziyoratini ado etishning asosiy sharti – “haj” vizasiga ega boʻlish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar – “umra”, “turizm”, “biznes” va boshqalar bilan “Haj” ziyoratiga borish taqiqlanadi.

Tartibni buzgan xorijlik Saudiya Arabistonidan deport qilinib, ushbu mamlakatga 10 yil muddatga kirishi taqiqlanadi hamda 50 ming saudiya riyoli miqdorida jarimaga tortiladi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli❗️

🖤YouTube 📷Instagram 🌐TikTok 🌐Telegram