Oxiratingiz uchun yashang📔🔇
89 subscribers
421 photos
181 videos
1 file
110 links
Nabiy s.a.v ning "Xar bir yaxshi va fojir ortidan namoz ŏqiyveringlar", degan sŏzlari (Dora Qutniy Abu Xurayra r.a dan rivoyat qilgan). "...hali iymon qalblaringizga kirgani yŏq..." (xujurot surasi, 14-oyat).
Download Telegram
Toki namoz o'qisang, Allohning eshigini taqillatasan. Kim Allohning eshigini taqillatsa, albatta uni ochadi.
@Oxiratingizni_seving | ✍🏼
Намоз вақтлари:
22.01.2023 - ЯКШАНБА

@Oxiratingizni_seving
“Farzandlarimga ingliz tili yoki matematikadan dars berayotgan boʻlsam ham, ularga Bismillah bilan boshlanglar va “Robbi Zidni i'lma” (Allohim, ilmimni ziyoda qil) deb duo qilinglar deyman. Shunda ular oʻrgangan har bir narsa Allohdan ekanini bilishadi".

- Abu Muoviya Ismoil Kamdor


@Oxiratingizni_seving | ✍🏼
Doimiy ravishda boshqalar haqida gapiradigan odamlar bilan bir stolda o'tirmang. Chunki dasturxonni tark etishingiz bilan siz mavzuga aylanasiz.

@Oxiratingizni_seving | 👌
يَوْمَ تَشَقَّقُ ٱلْأَرْضُ عَنْهُمْ سِرَاعًۭا‌ۚ ذَٰلِكَ حَشْرٌ عَلَيْنَا يَسِيرٌۭ
U kunda ustlaridagi yer yorilib shoshib chiqurlar. Ana o'sha Biz uchun oson to'plashdir.

Qof surasi 44-oyat

@Oxiratingizni_seving | 🫀
Sabahattin Ali shunday dedi:

Sizning barcha sa'y-harakatlaringizni e'tiborsiz qoldiradigan odamlarga emas, balki siz uchun nimadir qilganiga afsuslanmaydigan odamlarga intiling.  Chunki hayotda biror narsaga ko'p kuch sarflaganingizni anglashdek og'riqli narsa yo'q.

@Oxiratingizni_seving | ✍🏼
سَيَجْعَلُ ٱللَّهُ بَعْدَ عُسْرٍۢ يُسْرًۭا

《Alloh qiyinchilikdan so'ng tezda osonlik berur》.

Taloq surasi 7-oyat

@Oxiratingizni_seving | 🫀
إِنَّ ٱلْمُبَذِّرِينَ كَانُوٓاْ إِخْوَٰنَ ٱلشَّيَـٰطِينِ‌ۖ وَكَانَ ٱلشَّيْطَـٰنُ لِرَبِّهِۦ كَفُورًۭا

Albatta, isrofchilar shaytonlarning birodarlari bo'lganlar. Shayton esa, Robbisiga o'ta noshukur bo'lgandir.

Isro surasi 27-oyat


@Oxiratingizni_seving
رَبِّ هَبْ لِى حُكْمًۭا وَأَلْحِقْنِى بِٱلصَّـٰلِحِينَ

Ey Robbim, menga hikmat xadiya et va meni solixlarga qo'shgin.

Shuaro surasi 83-oyat


@Oxiratingizni_seving | 📖
#eslang_eslating

Juma kunining sunnatlari:


1. G‘usl qilish
2. Poklanish
3. Hushbo‘ylanish
4. Pok va eng chiroyli kiyimlarni kiyish
5. Misvok ishlatish
6. Kahf surasini o‘qish. Yoki tafakkur tadabbur qilib tinglash ma‘nolarini o‘qish
7. Ihlos bilan ko‘p duo qilish
8. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga imkon qadar ko’p salovat aytish.

@Oxiratingizni_seving
#Eslatamiz

Duolar mustajob boʻladigan vaqtdan gʻofil qolmang!

Muttafaqun alayh boʻlgan hadisda Abu Hurayra roziyallohu anhu shunday deydi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam juma kunini zikr qilib: «U kunda bir soat (vaqt) borki, unga musulmon kishi namoz oʻqigan, Allohdan biron narsani soʻragan holda toʻgʻri kelsa, Alloh uning tilagini albatta beradi», dedilar va qoʻllari bilan u vaqtning juda oz ekaniga ishora qildilar.

-------------------
Jumʼa kunidagi duo ijobat boʻladigan vaqt haqida ulamolar koʻp soʻzlarni aytganlar, ulardan kuchlirogʻi imom xutba uchun minbarga chiqqandan boshlab to jumʼa namozi oʻqib boʻlingunicha, soʻngra asr namozidan keyin to quyosh botguncha. Juma kuni, mazkur ikki vaqtda musulmon kishi duoda astoydil boʻlishi kerak.
-------------------

1) Salaflardan biri: "Kimning jumasi maqbul boʻlsa, xaftasining qolgan kunlari ham maqbul boʻladi", degan ekan.

2) Solihlardan biri dedi: "Juma kuni asr bilan shom orasida duo qilganimda Rabbim duolarimni ijobat qilaverganidan, hatto (Rabbimdan biron narsa soʻrashga) uyaladigan boʻlib qoldim".

3) Tovus ibn Kayson juma kuni asr namozini oʻqigach, qiblaga yuzlanib, to kun botguniga qadar hech kim bilan gaplashmas edi.
("Tarixu vosit")

4) Fazl ibn Fazola juma kuni asr namozini oʻqigach, masjidning bir chekkasiga borib oʻtirar va to quyosh botgunicha duo qilishdan toʻxtamas edi.
("Axbarul qudot")

5) Said ibn Jubayr asr namozini oʻqigach, to quyosh botguniga qadar hech kim bilan gaplashmas, yaʼni duo bilan mashgʻul boʻlar edi.
("Zodul maod", 1/382)

6) Salt ibn Bistomning koʻzi ojiz boʻlib, koʻrmay qolganida birodarlari juma kuni asr namozidan keyin oʻtirib uning haqqiga duo qilishdi. Quyosh botishidan oldin u bir aksirgach, koʻzi yana koʻra boshladi.
("Tarixu dimashq")

7) Ibn Qoyyim rohimahulloh dedilar:
"Bu soat asrdan keyingi oxirgi soat boʻlib, uni ummatning barcha toifalari ulugʻlaydilar".
("Zodul maod", 1/384)

@Oxiratingizni_seving
Намоз вақтлари:
27.01.2023 - ЖУМА

@Oxiratingizni_seving
🌺😙🙂😀
🙂😙😃😉🥰😀😊🌺

Juma – har bir daqiqasi Allohning marhamatiga to‘la bo‘lgan kundir. Ba’zan biz bu kunni boshqa kunlar singari oddiygina o‘tkazamiz, e’tiborsizlik qilib qanchadan-qancha savoblardan bebahra qolayotganimizni anglamaymiz. Binobarin, juma kuni Duolar ijobat bo’ladi!

Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang
🌙

📱@Oxiratingizni_seving | 🫀