#Jarayon
Qumqo‘rg‘on tumanida hokimlik xodimlari o‘rtasida ommaviy diktant yozish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ommaviy diktant tadbiri o‘tkazish orqali ona tilimizni nufuzi va mavqeini oshirish hamda kelajak avlodga sof holatda yetkazish borasida amaliy harakatlar amalga oshirilmoqda.
Tadbir yakunida eng yaxshi diktant yozgan xodimlar tuman hokimi tomonidan rag‘batlantirildi.
Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep

TIL O‘ZINING PAHLAVONLIGINI KO‘RSATISHI KERAK...
Har bir tilning boyligi undagi so‘zlarning sinonimlari bilan bog‘liq. Men italiyaliklarga shunday savol berdim:
— Aytinglar-chi, sizlarda shamolning necha xil nomi bor?
Ular ikki-uch so‘zni aytishdi. Shunda men ularga shamol, bo‘ron, dovul, yel, nasim, shabboda, sabo... deb sanab berdim. Va, nihoyat, bobomiz Alisher Navoiyning «Muhokamatul lug‘otayn» asariga tayanib so‘radim:
— Sizlar necha xil yig‘laysizlar?
Biz, dedim, misol uchun 19 xil yig‘laymiz. Yig‘lamoq, bo‘kirmoq, siqtamoq, bo‘zlamoq, ingramoq, o‘kramoq, faryod chekmoq...
Bu so‘zlarning har biri har xil holatni berishini tushuntirib berdim.
Shunda ular tilimizning quvvati, ifoda qudrati, imkoniyatiga tan berishdi.
Bizning tilimiz ana shunday pahlavon va go‘zal, so‘lim til, dedim.
Abdulla ORIPOV,
O‘zbekiston xalq shoiri,
O‘zbekiston Qahramoni.
Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ

#Yaxshi_xabar
YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqanddagi sessiyasida 15-dekabr — Butunjahon turkiy tillar kuni, deb e'lon qilindi.
Bu sana ramziy ma’noga ega. 1893-yilning aynan shu kunida daniyalik olim Vilgelm Tomsen o‘zbek, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turk va turkman tillarining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan, turkiy tillar oilasining kelib chiqishidan dalolat beruvchi eng qadimgi yozma hujjatlardan biri — O‘rxun bitiklari alifbosini o‘qib chiqqanini ma’lum qilgan.
YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, turkiy tillar dunyo bo‘ylab 12 million kvadrat kilometrga yaqin hududda yashovchi 200 milliondan ortiq insonning ona tili hisoblanadi.

❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Davlat tili — milliy g‘ururimiz, uning nufuzini oshirish har birimizning burchimiz.
Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
“Goʻroʻgʻlidan”dan “Manas”gacha – turkiy xalqlarning qahramonlik eposlari yagona jildda chop etildi
Dastlabki jilddan “Alpomish”, “Rustamxon” va “Murodxon” kabi dostonlar oʻrin olgan.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/30465
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube

Kuzni olib o’tdi dehqonlar
Aravada olmalar bilan.
To’lib ketdi cheksiz sayxonlar
G’ildiraklar g’irchillashidan.
Daraxtlarning rangi qorayib,
Bog’da esdi achchiq kuyundi.
Kuz yo’llari misli qora ip
Cho’zildilar – yomg’irlar yuvdi.
Oq varaqqa siyoh dog’lari
Sochilganday – ayni kun botar
Har sharpadan kuzak bog’lari
Qarg’alarni ko’kka sachratar.
Qushlar sergak –
Qora olchaday
Ko’zlarida hadik surati.
Kezib yurar bog’ni kechalar
Yog’ilmagan qorlar hasrati.
Aravada savat va savat
Naqsh olmalar osmonga boqar.
Kuzni olib ketdi arava,
Aravaga sig’madi bog’lar.
Xurshid Davron
1978
Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
Aravada olmalar bilan.
To’lib ketdi cheksiz sayxonlar
G’ildiraklar g’irchillashidan.
Daraxtlarning rangi qorayib,
Bog’da esdi achchiq kuyundi.
Kuz yo’llari misli qora ip
Cho’zildilar – yomg’irlar yuvdi.
Oq varaqqa siyoh dog’lari
Sochilganday – ayni kun botar
Har sharpadan kuzak bog’lari
Qarg’alarni ko’kka sachratar.
Qushlar sergak –
Qora olchaday
Ko’zlarida hadik surati.
Kezib yurar bog’ni kechalar
Yog’ilmagan qorlar hasrati.
Aravada savat va savat
Naqsh olmalar osmonga boqar.
Kuzni olib ketdi arava,
Aravaga sig’madi bog’lar.
Xurshid Davron
1978
Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
Forwarded from Koson.uz | Koson tumani hokimligi
Kosonlik qiz O‘zbekiston tarixida jahon chempioniga aylangan ilk ayol karatechi bo‘ldi
Gulshan Alimardonova (-50kg) vazn toifasida Misrning Qohira shahrida karate sport turidan bo’lib o’tayotgan jahon chempionatining oltin medalini qo’lga kiritdi. U finalda malayziyalik Shahmalarani Chandranni 6:1 hisobida mag‘lub etdi va shu tariqa Gulshan O‘zbekistonda jahon chempioni bo‘lgan ilk ayol karatechi bo‘ldi.
Eslatib o’tamiz, qahramon qiz 19 yoshda. U Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida tug’ilib o’sgan.
👉 @Kosontumani_uz

👍2