MILLIY TESTGA VA ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK.O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI
897 subscribers
6.29K photos
1.19K videos
4.71K files
3.73K links
#DTM testlari kalitlari
#Yangi darsliklar asosidagi testlar
#Attestatsiyaga oid barcha yangiliklar
#Ta'lim-tarbiyaga oid reklamalar bizning kanalda
Download Telegram
#Ona_tili_ma'lumot 🎊1.TIL
1)umumiylik
2)Imkoniyat,
3)Mohiyat,
4)Aloqa materiali,
5)Tilni xalq millat yaratadi,
6)Tilning hayoti xalq, millatnng hayotiga bog'liq holda uzoq bo'ladi.
7) Turg'un, barqaror
8)Tilning hajmi noaniq 🎊2.NUTQ
1)Xususiylik
2) Voqelik
3) Hodisa
4) Aloqa shakli
5) Nutqni har bir shaxs yaratdi
6)Nuqtning hayoti qisqa, xususan, og'zaki nutq so'zlangan paytdagina mavjuddir.
7) Doim haakatda,o'zgaruvchan
8)Nutqning hajmi aniq, U dialog monolog matn shaklida bo'lishi mumkin.
#Ona_tili_vaqti

❇️ MAVZU: UNLILAR TASNIFI ❇️

O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo’ladigan faqat un ( ovoz ) dan iborat va bo’g’in hosil qiladigan fonemalarga unli fonemalar deyiladi. Unlilarni talaffuz qilganda og’iz bo’shlig’i ochiq bo’ladi, asosiy vazifani esa ovoz paychalari, til va lablar bajaradi.
Tilimizda 6 ta unli fonema mavjud: i, e, a, u, o’, o
Unlilar lablarning ishtirokiga ko’ra, tilning vertikal va gorizontal harakatiga ko’ra tasniflanadi.

🥇1. Lablarning ishtirokiga ko’ra:

📌a) lablangan unlilar: u, o’, o
📌b) lablanmagan unlilar: i, e, a

🥈 2. Tilning gorizontal harakatiga ko’ra:
a) old qator unlilar: i, e, a
b) orqa qator unlilar: u, o’, o

🥉 3. Og’izning ochilish darajasi belgisiga ko’ra esa 3 qismga ajraladi:
❇️ 1) tor unlilar ( til o’rtasining tanglayga tomon yuqori ko’tarilishi natijasida hosil bo’ladi. Shu sababli, yuqori ko’tarilish yoki yuqori tor ham deyiladi) : u, i
✳️ 2) o’rta keng unlilar: e, o’
♻️ 3) quyi keng unlilar: a, o

⚠️ Esda saqlang!!⚠️
Agar siz test yechayotgan paytingizda test savolida keng unlilar so’ralgan paytida o’rta keng va quyi keng unlilarni ( e, o’, a, o ) olishingiz kerak. Agar sizdan test savolida keng unlilar alohida alohida ajratilgan holatda so’ralgan bo’lsa, siz keng unlilarning o’rta keng unlilarni ( e, o’ ) va quyi keng unlilarni ( a, o ) alohida ajratilgan holatda olish kerak.