MILLIY TESTGA VA ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK.O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI
1.08K subscribers
6.29K photos
1.19K videos
4.71K files
3.73K links
#DTM testlari kalitlari
#Yangi darsliklar asosidagi testlar
#Attestatsiyaga oid barcha yangiliklar
#Ta'lim-tarbiyaga oid reklamalar bizning kanalda
Download Telegram
Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatini ko'nglim pisand etmas.Baytda qo'llangan ichi bo'sh so'zlar tarkibida unlilarning qaysi turi ishtirok etmagan?
Anonymous Quiz
30%
Quyi keng
24%
Yuqori tor
30%
O'rta keng
15%
Lablanmagan
Ro‘nglida kiri yo‘q o‘quvchilar talaba bo‘lishdi.
Gapda ibora qaysi vazifada kelgan?
Anonymous Quiz
11%
Ega
10%
Hol
16%
To‘ldiruvchi
63%
Aniqlovchi
1.Bir g‘uncha edingiz yel ham tegmagan,
ifor taralardi sizdan muattar.
Ushbu gapda hid bildiruvchi sifat(lar) qaysi bo‘lak vazifasida kelgan?
Anonymous Quiz
35%
A) aniqlovchi
50%
B) ega, aniqlovchi
6%
C) hol
9%
D) ega
2. Qaysi juftlikdagi paronimlar ma’nosini farqlovchi undoshlar faqat ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra farqlanadi?
Anonymous Quiz
17%
A) yaroqli-yarog‘li
39%
B) tub-tup
36%
C) afzal-abzal
8%
D) xol-hol
4. Quyidagi qaysi qo‘shimchalar qo‘shilganda so‘z asosidagi bir keng unli boshqa keng unliga almashadi?
1) ot va sifat yasovchi -q; 2) fe’l yasovchi -ar;
3) sifat yasovchi -qi; 4) fe’l yasovchi -a; 5) shaxs oti yasovhi -vchi;
Anonymous Quiz
15%
A) 1, 2, 4, 5
30%
B) 1, 2, 3, 4, 5
23%
C) 1, 2, 3, 4
32%
D) 1, 3, 4, 5
5. Quyidagi qaysi so‘zlar bo‘giz undoshi bilan boshlanishi lozim?
1) ..arorat; 2) ..ijjalatmoq; 3) ..iylakorlik;
4) ..alfalik; 5) ..iyobon; 6) ..o‘randa
Anonymous Quiz
7%
A) 4, 5, 6
19%
B) 2, 4, 6
33%
C) 1, 3, 5
41%
D) 1, 2, 3
Assalomu alaykum testning davomi bor))
1. Istadim sayr aylamoqni men g‘azal
bo‘stonida gapida o‘rin holi me’yoriy tartibga
ko‘ra qaysi bo‘lakdan oldin, qaysi bo‘lakdan keyin joylashishi lozim?
Anonymous Quiz
8%
A) to‘ldiruvchidan oldin, kesimdan keyin
25%
B) to‘ldiruvchidan keyin, egadan oldin
60%
C) egadan keyin, to‘ldiruvchidan oldin
7%
D) o‘rin holi gapda me’yoriy tartibga ko‘rajoylashgan
2. Adabiy tilning yozma shakliga xos bo‘lib,
muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib
qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi qanday ataladi?
Anonymous Quiz
16%
A) ilmiy uslub
25%
B) publitsistik uslub
22%
C) badiiy uslub
37%
D) rasmiy uslub
3. Faqir Sizning xizmatingizga bel bog‘lagan. (M.Osim)
Ushbu gapda kesim mazmunan qaysi shaxsni
bildirgan?
Anonymous Quiz
64%
A) I shaxs birlikni
18%
B) II shaxs birlikni
17%
C) III shaxs birlikni
2%
D) III shaxs ko‘plikni
5. O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari// Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi milliy iftixorimiz, sharaf-shonimiz sanaladi.
Ushbu gapda //belgisi o‘rnida qanday tinish
belgisi ishlatilishi kerak?
Anonymous Quiz
8%
A) vergul
21%
B) nuqtali vergul
67%
C) ikki nuqta
4%
D) tire
#Muvaffaqiyat

Sizning kelajakdagi versiyangiz bor, u etarlicha kuchli ekanligi bilan faxrlanadi bo'sh kelmang!
🔘iboraning ichki uzvi - ibora tarkibidagi so'zlar
🔘iboraning tashqi uzvi - asl ma'nosi

🔰Iboralarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari :
Sinonim iboralar
Antonim iboralar
Omonim iboralar
Paronim iboralar

🔰SINONIM IBORALAR
💢1.ipidan ignasigacha - miridan sirigacha - qilidan quyrug'igacha
💢2.Asabiga tegmoq - g'ashini keltirmoq - jahlini chiqarmoq
💢3.To'ydan oldin nog'ora chalmoq - podadan avval chang chiqarmoq
💢4.Boshida danak chaqmoq - boshida yong'oq chaqmoq
💢5.Hash-pash deguncha - ko'z ochib yumguncha
💢6.Ikki oyog'ini bir etikka tiqib olmoq - oyog'ini tiramoq
💢7.Do'ppisi yarimta - dunyoni suv bossa to'pig'iga chiqmaydi
💢8.Dimog'i shishmoq - burni ko'tarilib qolmoq
💢9.Boshi ko'kka yetmoq - do'ppisini osmonga otmoq - og'zi qulog'ida - og'zining tanobi qochmoq - qo'yi mingga yetmoq - terisiga sig'may ketmoq
💢10.Og'ziga tolqon solmoq - mum tishlamoq - og'iz ochmaslik - og'zida qatiq ivitmoq
💢11.Sariq chaqalik - bir pullik

🔰ANTONIM IBORALAR
💢Qo'y og'zidan cho'p olmagan - yerga ursa ko'kka sapchiydi
💢Qo'li uzun - qo'li kalta
💢Oqko'ngil - ichi qora
💢Qo'li ochiq - qishda qor bermas, yuvundisini itga bermas
💢Dunyoga kelmoq - dunyodan ketmoq
💢Tili uzun - tili kalta

🔰Paronim iboralar - tarkibidagi bir so'z va ma'no jihatidan farq qiluvchi frazalar.
💢Yuragi tars yorildi - yuragi qoq yorila yozdi
💢Payiga tushmoq - payini qirqmoq
💢Yetti uxlab tushida ko'rmaslik - yetti uxlab tushiga kirmaslik
💢Ep ko'rmaslik - ep bilmaslik

🔰OMONIM IBORALAR

Ko'z yummoq - indamaslik
Ko'z yummoq - vafot etmoq
🟢So'z birikmasi - charchaganidan ko'z yumib oldi
Boshiga ko'tardi - shovqin soldi
Boshiga ko'tardi - E'zozlamoq
🟢So'z birikmasi - ukasini boshiga ko'tardi
Bosh ko'tarmoq - o'smoq, unmoq
Bosh ko'tarmoq - isyon qilmoq
🟢So'z birikmasi - yostiqdan bosh ko'tardi
Boshini yemoq - halok qilmoq
Boshini yemoq - ko'p meva qilmoq
🟢So'z birikmasi - mevaning boshini yedi
Gap tegmoq - So'kish eshitmoq
Gap tegmoq - navbat tegmoq
Gapida turmoq - va'dasini bajarmoq
Gapida turmoq - qaysarlik qilmoq
Iziga tushmoq - zimdan ta'qib qilmoq
Iziga tushmoq - yaxshilanmoq
Ichagi uzildi - kuldi
Ichagi uzildi - och qolmoq, ochiqmoq
🔘Jon bermoq - astoydil, fidoyi bo'lmoq
🔘Jon bermoq - vafot etmoq
💥Joni bor - tirik
💥Joni bor - asosli, daliliy, haq gap
💫Joni chiqmoq - asabiylashmoq
💫Joni chiqmoq - o'lmoq
💣Ko'nglini ochmoq - xursand bo'lmoq
💣Ko'nglini ochmoq - dardini aytmoq
🚀Ko'ngli bo'shadi - yig'ladi
🚀Ko'ngli bo'shadi - xo'rligi keldi
🌈Qo'l ko'tarmoq - urmoq
🌈Qo'l ko'tarmoq - ovoz bermoq
🌈Qo'l ko'tarmoq - taslim bo'lmoq
🔥Ustidan chiqmoq - bajarmoq
🔥Ustidan chiqmoq - duch kelmoq
O'ng kelmoq - Chin bo'lmoq, amalga oshmoq
O'ng kelmoq - qulay, foyda
🌀So'z bermoq - va'da
🌀So'z bermoq - navbat
💧Og'zini ochmoq - gapirmoq
💧Og'zini ochmoq - hayron qoldirmoq
🗯Yuragini yormoq - dardini aytmoq
🗯Yuragini yormoq - qo'rqitmoq
🧑‍🏫O'tib ketmoq - ta'sir qilmoq
🧑‍🏫O'tib ketmoq - vafot etmoq
🟢So'z birikmasi - ortda qoldirmoq
https://t.me/osonmavzuonatili
Kafolat muddati, davo, ariza, buyruq ,
ish qog’ozlari kabi tushunchalar asosan
qaysi uslubda qo’llaniladi ?
Anonymous Quiz
8%
A) ilmiy
76%
B) rasmiy
11%
C) publistiktik
4%
D) so'zlashuv va rasmiy