MILLIY TESTGA VA ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK.O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI
931 subscribers
6.29K photos
1.19K videos
4.71K files
3.73K links
#DTM testlari kalitlari
#Yangi darsliklar asosidagi testlar
#Attestatsiyaga oid barcha yangiliklar
#Ta'lim-tarbiyaga oid reklamalar bizning kanalda
Download Telegram
#sher

Ona yuragimda simillar ogʻriq,
Hayot girdobida berayapman jon.
Doim yaxshilikni istadim, biroq, afsus,
Jajji qalbda laxta-laxta qon.
Ezgu tuygʻularim boʻlmoqda barbod,
Asli sof yurakka tushmoqda dogʻlar,
Insofu vijdonning bozori kasot,
Ona bu yashashda qolmadi sogʻlar.
🗄Muallifini topa olmadim😐

P.S: Oʻzingiz yoqtirgan bitta sheʼrni yozib keting😇. Meni kitobxonlarim ,ustoxlarim she’r ham yodlab turishadimi?
🗣💬👍

Hech qachon "bunday boʻlsin, shunday boʻlsin", deb qarshilik qilma, doimo eng yaxshisi va eng xayrlisini soʻra. Senga yaxshilik keltiradiganini soʻra.
Erdog‘an Yildirim - Barchasi senga atalgan
❇️Paronim qo‘shimchalar❇️

Tilimizda talaffuzdosh (paronim) qo‘shimchalar ham borki, ularni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlatish kerak. Bu yozma savodxonlikning hujjatidir. Ayrimlarida esa talaffuzga ham alohida e’tibor qaratmoq joiz. Quyida ularga to‘xtalib o‘tamiz.

🔰 -li//-lik
Eng ko‘p almashib qo‘llaniluvchi paronim qo‘shimchalar. Bunda -li o‘rnida -lik ko’proq ishlatiladi: aqllik bola, yog‘lik qo‘l... Aslida esa aqlli bola, yog’li qo’l bo’ladi.
Nega aqllik yoki yog’lik emas? -li asosda ifodalangan narsaga egalik ma’nosini anglatadi. Aqlli – aqlga ega; yog’li – yog’ga ega, yog’ bor.

🔰 -chan/-chang
Bu juftlik kam uchraydi. Ammo ma’no farqini bilmoq foydalidir.
Ishchan odam, ko’ngilchan qiz; mahsichang chiqdi, ko’ylakchang yuribdi.

🔰 -man/-mand
Bu juftlikni ham farqlay olish shart. Orzumand odam, kasalmand odam. Orzuman, kasalman deb yozish mumkin emas.

🔰 -kaz/-qaz
Birgina o’tkaz-o’tqaz formasida kuzatiladi. Bayramni o’tkazdik. Ko’chatlarni o’tqazdik. O’tkaz – gorizontal harakat, o’tqaz – vertikal harakat.

🔰 -lik/-liq
Otalik – otaning bolalar oldidagi vazifasi.
Otaliq – homiylik.
Bo’shlik – bo’sh bo’lish: xamir non uchun hali bo’shlik qiladi.
Bo’shliq
– vakuumli joy

🔰 -guncha/-gancha
-guncha – paytni anglatish uchun, -gancha holatni anglatish uchun ishlatiladi: dars tugaguncha (tugaydigan paytgacha); baqirgancha (baqirgan holatda)

🔰 -ing/-in
-ing o’rnida -in ishlatish hozirda juda ommalashgan. Boring emas borin, ayting emas aytin holida. Ikkinchisi jiddiy xato.

🔰 -lar/-la
-lar o’rnida -la ishlatish ham "bolalab" ketgan. Bolalar o’rnida bolala yozish mumkin emas. “bolala”ning mazmuni “bola qil” demakdir.
Jah- Jahda tirik asirlarning boshi o‘rniga o‘liklarning boshini almashtirib jo‘natilishi qaysi asarda uchraydi?
Anonymous Quiz
12%
Zulmat ichra nur
27%
Sohibqiron
44%
Ruhlar isyoni
16%
Ulug‘bek xazinasi
Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulguni,
O’g’irlik mol deyman, qilaman hazar,
Qalbimning parchasi singmasa agar, Rozimasman, birov hadya etsa zar. Ushbu parcha muallifi kim?
Anonymous Quiz
13%
Usmon Nosir
16%
Zulfiya
65%
Saida Zunnunova
6%
Hamid Olimjon
“... Hech kim o’z-o’zidan yozuvchi bo’lib qolmaydi: yillar sabog’i, qilingan mehnat, badiiy adabiyotga qiziqish va e’tiqod orqali bunga erishish mumkin” ushbu fikrlar muallifining asarini toping?
Anonymous Quiz
9%
"Sohibqiron"
50%
"Dunyoning ishlari"
37%
"Oq kema"
4%
"Shum bola"
🔰TALAFFUZDA RO'Y BERADIGAN TOVUSH ORTISH HODISALARI🔰

🖍 PROTEZA-so'z boshida tovush ortishi.
Stol=istol, stul=istul, stakan=istakan

🖍 EPENTEZA-so'z o'rtasida tovush ortishi.
Traktor=tiraktor, fikr=fikir, hukm=hukum,uzr=uzur, oila=oyila, soat=soxat, sinf=sinif.

🖍EPITEZA-so'z oxirida tovush ortishi.
Tank=tanka, bank=banka, disk=diska

🖍PROKOPA-bunda so'z boshida ba'zan unli yoki undosh tovush tushib qoladi.
Yog'och-og'och, tirik-irik.

🖍 SINKOPA-bu hodisa asosan o'zlashma so'zlar talaffuzi jarayonida yuzaga kelib, so'z o'rtasi va oxiridagi keng unlilar tor unlilar kabi talaffuz qilinadi.
Traktor-traktir, direktor-direktir, doktor-duxtir.

🖍ANAKOPA-so'z o'zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushish hodisasidir.
Do'st-do's, go'sht-go'sh, gazeta-gazet, smena-smen.

🖍ELIZIYA-unli bilan tugaydigan va unli bilan boshlandigan ikki so'zning qo'shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolish hodisasidir.
❇️Bunda bir necha holat kuzatiladi:
a) Birinchi so'z oxiridagi unli tushib qoladi.
🖇Yoza olmoq-yozolmoq
🖇Bera olmoq-berolmoq
b) Unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so'zning bosh unlisi tushadi.
🖇Borar ekan-borarkan
🖇Borar emish-borarmish
🖇Borar edi-borardi
c)So'zlar tarkibida bir yo'la ham unli, ham undosh tovushlarning tushib qishi ELIZIYAning murakkab shaklini yuzaga keltiradi.
🖇Abdusalom-Absalom,
🖇Olib kel-opke.

🖍 REDUKTSIYA-so'zning birinchi bo'g'inida biror unlining, odatda tor unlining kuchsiz talaffuz etilish hodisasi.
Pishiq, pishak, qiliq

❇️Ba'zan so'zga biror affiks qo'shilishi natijasida, o'zakdagi tor unli kuchsizlanib, tushib qolishi ham mumkin.
🖇Burun-burni
🖇O'g'il-o'g'li
🖇Singil-singlim

🖍 SANDXI HODISASI-fe'llar bilan bog'lamalarning ixchamlashuvi(birikuvi) natijasida tovush tushishi.
Ishlar+edi=ishlardi
Borgan+emish=borganmish
Borar+ekan=borarkan
Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulguni,
O’g’irlik mol deyman, qilaman hazar,
Qalbimning parchasi singmasa agar, Rozimasman, birov hadya etsa zar. Ushbu parcha muallifi kim?
Anonymous Quiz
12%
Usmon Nosir
14%
Zulfiya
70%
Saida Zunnunova
4%
Hamid Olimjon
“... Hech kim o’z-o’zidan yozuvchi bo’lib qolmaydi: yillar sabog’i, qilingan mehnat, badiiy adabiyotga qiziqish va e’tiqod orqali bunga erishish mumkin” ushbu fikrlar muallifining asarini toping?
Anonymous Quiz
8%
"Sohibqiron"
43%
"Dunyoning ishlari"
47%
"Oq kema"
1%
"Shum bola"
Nega yig’layapsan, ayt, qo’zichog’im,
Nima bo’ldi? Yomon tush ko’rdingmi yo? 
Otang bor, onang bor – suyangan tog’ing,  Boshingda girgitton tevarak dunyo Parcha muallifi kim?
Anonymous Quiz
29%
Saida Zunnunova
27%
Zulfiya
38%
Rasul Hamzatov
6%
Asqad Muxtor
"Uning ijod maydoniga kirib kelishi mislsiz kuchi bilan hammani o'ziga jalb qilgan notanish bir pahlavonning maydonga kirib kelishiga o‘xshar edi. Ha, u ijod maydoniga yosh va kichkina jussasi bilan keldi" Ushbu ta'rif kim haqida?
Anonymous Quiz
6%
Erkin Vohidov
10%
Mirtemir
76%
Usmon Nosir
8%
Abdulla Oripov
O’qish, ilm olish oson emas, unga har
kim ham chidayvermaydi.
Gapda nechta lab undoshi mavjud?
Anonymous Quiz
7%
1 ta
55%
6 ta
9%
3 ta
28%
5 ta