MILLIY TESTGA VA ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK.O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI
913 subscribers
6.29K photos
1.19K videos
4.71K files
3.73K links
#DTM testlari kalitlari
#Yangi darsliklar asosidagi testlar
#Attestatsiyaga oid barcha yangiliklar
#Ta'lim-tarbiyaga oid reklamalar bizning kanalda
Download Telegram
Esseni yozish jarayonida 1 soat vaqt ba'zilar uchun yetarli emasdek tuyiladi. Albatta boshlanishida esseni 1 soatda yozib tugatish qiyin. Ammo quyidagi usullar sizga esseni 1 soat ichida esseni yakunlashga, qayta ko'rib chiqishga, xatolarni to'g'rilashga, so'zlarni sanashga ulgurishingizga yordam beradi. Aytaylik bir milliy sertifikatga tayyorlanayotgan shaxsga ma'lum esse mavzulari berilib boriladi va unda esseni qay tartibda yozish haqida yetarli bilimi bor. Shunda u nima qiladi? Bir soat vaqt boshlandi:

1. Avvalo
, esse mavzusini e'tibor bilan eng kami 2 marta o'qish tavsiya etiladi. Sababi inson bir marta o'qiganda essedagi eng asosiy so'znigina tushunib, faqatgina mavzu nima haqidaligini tushunadi. Ammo mavzuni, nima yozish so'ralganligini to'laqonli anglab yetmaydi. Bunga misolni keyingi postlarda aytib o'taman. (2minut, tushunib anglashingiz bilan + -)

2. Mavzuni tushunib, nima yozish kerakligini anglaganingizdan so'ng, asosiy qismning 3 abzasiga aynan nima haqida yozishingizni rejalashtiring. (3minut)

3. Undan so'ng idealarni to'plashga sho'ng'ing. Asosiy qismning 1-abzasiga ..... fakt/ statistika/ misol/ shaxsiy qarashlarimni yozaman. Xuddi shu tartibda 2-3-abzaslarni ham keltirib qoralamaga yozib oling. (10minut)

4. Demak bizda hayolan va qoralamada hamma narsa tayyor. Endi uni shunchaki oqga yozishimiz qoldi. Bunga yengil qarang. Ba'zan insonning qarashlari oddiy vazifani ham mushkuldek ko'rsatadi. Mushkul ishga ham yengil qarash, vazifani tez, oson va hotirjam yakunlashga yordam beradi. Tayyor miyadagi fikrlarni qog'ozga tushirish esa unchalik qiyinlik qilmaydi deb o'ylayman. (30-35daqiqa)

5. Keyin qayta o'qib imloviy xatolar bo'lsa to'g'rilaysiz (5-6 daqiqa)

6. Oxirida so'zlar miqdorini sanab chiqsangiz ham bo'ladi, agar qiziq bo'lsa. (3daqiqa) Men uchun qiziq)

Agar siz idealar to'plashda, ularni ifoda etishda qiynalsangiz, yuqorida u uchun bir nechta usul yozib qoldirganman)

https://t.me/osonmavzuonatili
Kulgili, bilimdon, quvonchli, tinchlik, sharshara, ertalabgi, o'chirg'ich, yulqimoq, sinfdosh, tilshunoslik, noumidlik, vatanparvarlik, chidamli.

Tarkibidagi barcha qo'shimchalari omonimlik xususiyatiga ega bo'lgan so'zlar sonini toping.
Anonymous Quiz
10%
9
38%
8
36%
7
17%
6
#iqtibos

Odam qimmatbaho narsasini yoʻqotsa, achinadi. Qadri yerga urilsa, isyon koʻtaradi. Yaqin kishilaridan ayrilsa, dod soladi... Lekin umidingdan ayrilsang, gʻalati boʻlarkan. Hech nimaga, hech kimga, hatto oʻz qadringga ham achinmaysan. Dod solmaysan. Isyon koʻtarmaysan... Goʻyo sen oʻlgansan. Oʻzing oʻlib quruq surating qolgan...
©Oʻtkir Hoshimov - Ikki eshik orasi
#iqtibos

Insonning o‘ziga-o‘zi tasalli berishi naqadar qiyin, naqadar achchiq...
©Atham Amin Nemutlu - Noto‘g‘ri hayot to‘g‘ri yashalmaydi.
1. Quyida berilgan qadimiy manbaalarning qaysi birida shoir yuzni suyakka, oyga, oshga, arg'uvonga, bo'zga o'xshatib, tilimizda yangicha tashbehlar yaratgan edi?
Anonymous Quiz
35%
A) "Qutadg'u bilig"
45%
B) "Devoni lug'at it-turk"
16%
C) "Hibat ul-haqoyiq"
4%
D) "Yatimat ad-dahr"
2. "Go'ro'g'lining tug'ilishi" dostonida G'irot bilan Go'ro'g'libek o'tib, Rayhon arab va uning chin tulpori o'ta olmagan daryoning nomini aniqlang.
Anonymous Quiz
14%
A) Sind
50%
B) Tajang
24%
C) Mug'ol
11%
D) Gurlan
3. Qaysi shoirning she'rlaridan birida ovozini qayrayotgan chigirtka, guldan bol so'rayotgan arilar, tinimsiz mehnat qilib dunyoni masxara qilayotgan chumoli kabi obrazlar tasvirida peyzaj go'zalliklari aks ettirilgan?
Anonymous Quiz
12%
A) Halima Xudoyberdiyeva
14%
B) Usmon Nosir
58%
C) Shavkat Rahmon
16%
D) Mirtemir
4. Muhammad Aminxo'ja Muqimiyning "Sayohatnoma" asardan olingan to'rtlikdan tushirilgan joy nomini belgilang.
................. ga ketdim o'tib,
Yoqamni har soat tutib, Yotdim ul oqshom g'am yutib, Dashti qaroqchizor ekan.
Anonymous Quiz
30%
A) O'ltarma
16%
B) Yayfan
50%
C) Do'rmoncha
4%
D) Qudash
6. Abdulla Qahhor qalamiga mansub "Dashat" hikoyasida qaysi qahramon Asqar ponsotning qabriga tunda pichoq sanchgan yigitlar haqida hikoya qilgan edi?
Anonymous Quiz
23%
A) Olimbek dodxo
13%
B) Unsinoy
57%
C) Nodirmohbegim
7%
D) Hanifaniso
7. Maqsud Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi" tragediyasida Jaloliddinning singlisi Sultonbegimga uylangan, ammo xorazmshohlarga xiyonat xoinlarcha qilib Chingizxonga yordam bergan, Temur Malikning asir olinishida jonbozlik ko'rsatgan qahramon kim edi?
Anonymous Quiz
38%
A) amir Badriddin
25%
B) Qodog'on no'yon
31%
C) amir Yaroqbek
6%
D) Elbors polvon
8. "Halokat" romani , "Pochta" pyesasining muallifi berilgan qatorni aniqlang.
Anonymous Quiz
13%
A) O'ljas Sulaymon
20%
B) Sergey Yesenin
60%
C) Robindranat Tagor
7%
D) Ibrohim Yusipov