MILLIY TESTGA VA ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK.O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI
913 subscribers
6.29K photos
1.19K videos
4.71K files
3.73K links
#DTM testlari kalitlari
#Yangi darsliklar asosidagi testlar
#Attestatsiyaga oid barcha yangiliklar
#Ta'lim-tarbiyaga oid reklamalar bizning kanalda
Download Telegram
1. Quyidagi ta'rif kim haqida? "O'z uyining qabristonlar qadar jim-jit, xonaqohlar qadar unsiz, o'z ko'ngli qadar tund va xo'mraygan bo'lishini istaydi".
Anonymous Quiz
14%
A) "Omon ovchining o'limi", Omon
9%
B) "Ufq", Tursunboy
12%
C) "Urushning so'nggi qurboni", Shoikrom
65%
D) "Kecha va kunduz", Razzoq so'fi
2. Erkin A'zamning "Tanho qayiq" dramatik rivoyatida o'z manfaati uchun otasini ham ayamaydigan Orol boboning o'g'li kim edi?
Anonymous Quiz
27%
A) Genjamurod
55%
B) Qalimbet
13%
C) Amet
5%
D) Jumaboy
3. Qaysi ijodkor o'z tashbehlarida or-nomussiz odamning yuzini suyakka, go'zal yuzni oyga, yoqimli yuzni oshga, qo'rqib ketgan yuzni bo'zga qiyos etgan edi?
Anonymous Quiz
22%
A) Alisher Navoiy
25%
B) Mahmud Qoshg'ariy
36%
C) Yusuf Xos Hojib
17%
D) Nosirriddin Rabg'uziy
4. Jon Golsoursening "Forsaytlar haqida qo'shiq", Najib Mahfuzning "Xan al-xalili", Vasiliy Yanning "Chingizxon", "Botu", "So'nggi dengizgacha" kabi romanlarni qanday romanlar sanaladi?
Anonymous Quiz
15%
A) roman—dilogiya
35%
B) roman—tetralogiya
29%
C) roman-trilogiya
20%
D) roman—epopiya
5. Siyodat xonadoni, shohi Boburnasli pokimen,
Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni misralari bilan Amir Temur va Bobur avlodi ekanligini samimiy misralarda aks ettirgan shoira nomini toping.
Anonymous Quiz
9%
A) Uvaysiy
16%
B) Dilshodi Barno
25%
C) Anbar Otin
50%
D) Nodira
Qishning qirovli kunlarida qor ostida Bahor shivirlashini " qaysi ijodkor aytib o'tgan edi?
Anonymous Quiz
12%
Asqad Muxtor
27%
Mirtemir
39%
Oybek
22%
Abdulla Oripov
#ona_tili_qisqacha

📌-dir qo‘shimchasining xususiyatlari:

👉agar -dir so‘roq olmoshi bilan qo‘llansa u holda gumon olmoshi hisoblanadi:

Kimdir , nimadir, qandaydir.


👉agar so‘roq olmoshiga emas fe’llarga qo‘shilsa gumon yuklamasi, borgandir, kelgandir kabi

👉agar fe’l bo‘lmagan so‘zlarga qo‘shilib gapning oxirida kelsa, bog‘lama vazifasini bajaradi: Dunyoda eng vafodor do‘st -onadir;
Akam talabadir

👉fe’l asosidan keyin kelib, boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildirib kelsa orttirma nisbat shakli ma’nosida keladi: kuldirdi, yozdirdi

❗️❗️-dir shakli faqat nisbat ma‘noaida kelsa urg‘u oladi, boshqa holatlarda urg‘u olmaydi!
https://t.me/osonmavzuonatili
"Sohibqiron" drammasida Amir Temur kimga qarata "qilmish qidirmish " deya aytgan edi?
Anonymous Quiz
38%
Boyazidga
23%
Kayxusravga
34%
A.Husaynga
5%
Alovuddinga
1. Qaysi shoirning g‘azalida lirik qahramonning
yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan
sarg‘ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga yetdi, ya’ni shunchalik sarg‘aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo‘lmay qoldi, deb ta’riflanadi?
Anonymous Quiz
62%
A) Lutfiy
13%
B) Navoiy
22%
C) Ogahiy
3%
D) Bobur
2. ”Ilgimdin kelganicha zulm tig‘in ushotib,
mazlum jarohatiga intiqom malhamini
qo‘ydim. Va ilgimdin kelmaganni ul hazrat arziga yetkurdim”. Ushbu parcha Alisher Navoiyning qaysi asaridan olingan?
Anonymous Quiz
49%
A) ”Vaqfiya”
30%
B) ”Majolis un-nafois”
9%
C) ”Munshaot”
13%
D) ”Nasoyim ul-muhabbat”
Qoʻqonlik
Jaloliddin Ahmadaliyev
#Remix🎵

Jaloliddin Ahmadaliyev🫶 Qoʻqonlik 🎶
😢😢😢🌊🌊🌊🌊🌊
Esseni yozish jarayonida 1 soat vaqt ba'zilar uchun yetarli emasdek tuyiladi. Albatta boshlanishida esseni 1 soatda yozib tugatish qiyin. Ammo quyidagi usullar sizga esseni 1 soat ichida esseni yakunlashga, qayta ko'rib chiqishga, xatolarni to'g'rilashga, so'zlarni sanashga ulgurishingizga yordam beradi. Aytaylik bir milliy sertifikatga tayyorlanayotgan shaxsga ma'lum esse mavzulari berilib boriladi va unda esseni qay tartibda yozish haqida yetarli bilimi bor. Shunda u nima qiladi? Bir soat vaqt boshlandi:

1. Avvalo
, esse mavzusini e'tibor bilan eng kami 2 marta o'qish tavsiya etiladi. Sababi inson bir marta o'qiganda essedagi eng asosiy so'znigina tushunib, faqatgina mavzu nima haqidaligini tushunadi. Ammo mavzuni, nima yozish so'ralganligini to'laqonli anglab yetmaydi. Bunga misolni keyingi postlarda aytib o'taman. (2minut, tushunib anglashingiz bilan + -)

2. Mavzuni tushunib, nima yozish kerakligini anglaganingizdan so'ng, asosiy qismning 3 abzasiga aynan nima haqida yozishingizni rejalashtiring. (3minut)

3. Undan so'ng idealarni to'plashga sho'ng'ing. Asosiy qismning 1-abzasiga ..... fakt/ statistika/ misol/ shaxsiy qarashlarimni yozaman. Xuddi shu tartibda 2-3-abzaslarni ham keltirib qoralamaga yozib oling. (10minut)

4. Demak bizda hayolan va qoralamada hamma narsa tayyor. Endi uni shunchaki oqga yozishimiz qoldi. Bunga yengil qarang. Ba'zan insonning qarashlari oddiy vazifani ham mushkuldek ko'rsatadi. Mushkul ishga ham yengil qarash, vazifani tez, oson va hotirjam yakunlashga yordam beradi. Tayyor miyadagi fikrlarni qog'ozga tushirish esa unchalik qiyinlik qilmaydi deb o'ylayman. (30-35daqiqa)

5. Keyin qayta o'qib imloviy xatolar bo'lsa to'g'rilaysiz (5-6 daqiqa)

6. Oxirida so'zlar miqdorini sanab chiqsangiz ham bo'ladi, agar qiziq bo'lsa. (3daqiqa) Men uchun qiziq)

Agar siz idealar to'plashda, ularni ifoda etishda qiynalsangiz, yuqorida u uchun bir nechta usul yozib qoldirganman)

https://t.me/osonmavzuonatili