Doshqozon toshqozon emas
Doshqozon soʻzini eshitganda toshqozon shakli ham xayolga keladi. Masalan, Toshhovuz oʻgʻuzcha shevada Doshovuzga aylanadi. Lekin doshqozonning tarjimayi holi boshqacha, u toshqozonga aloqador emas. Toshqozon degan soʻzning oʻzi yoʻq, axir toshdan qozon qilinmaydi-ku.
Dosh soʻzi forschadan oʻzlashgan, asliyatda katta oʻchoq; xumdon maʼnosini anglatadi. Demak, doshqozon – katta oʻchoqqa joy boʻladigan qozon. Oʻzbekchada dosh soʻzining oʻzi ham qozon, doshqozon maʼnosida ishlatiladi. Lekin kam qoʻllanadi, asosan badiiy adabiyotda uchraydi.
Doshqozon katta yigʻinlarda, toʻy va maʼrakalarda koʻpchilikka ovqat pishiriladigan ulkan qozondir. Sumalak va halim asosan doshqozonda pishiriladi.
@oriftolib

Darveshona – bahorgi tozalov
Darveshona soʻzi forschadan kirgan, darveshga oʻxshab, darveshlarcha degan maʼnoni anglatadi. Bahor faslida, ayniqsa Navroʻz arafasida qishloqlar va baʼzan shahar mahallalarida aholidan toʻplangan pul yoki oziq-ovqat hisobiga oʻtkaziladigan xayriya marosimi shunday ataladi. Ehson asosida oʻtkazilgani uchun ham darveshona nomi berilgan.
Bunda mahallalar, guzarlar, koʻchalar, qabristonlar, ariqlar hashar qilib tozalanadi. Hashardan soʻng katta-kichikka dasturxon yoziladi.
Bu soʻz shevalarda turlicha talaffuz qilinadi. Masalan, Fargʻonada darishana shaklida qoʻllanadi.

Amaliyot: qisqaroq ifodalash mumkin
Xabar sarlavhasi:
Fransiyadagi namoyishlarda 200 nafar tartibsizlik ishtirokchisi qoʻlga olindi
⚠️ Nimasi xato?
Sarlavha aslida toʻgʻri. Namoyishlarda qatnashganlarning hammasi ham qoʻlga olinmagan. Tartibsizliklarda qatnashganlar yoki tartibsizlik qilganlar qoʻlga olingan. Lekin jumlaning ifodasi gʻalizroq.
200 nafar tartibsizlik ishtirokchisi iborasida tartibsizlik 200 nafar boʻlib qolganday tuyuladi. Aslida ibora xato emas. Chunki 200 nafar soʻzi tartibsizlik ishtirokchisi birikmasiga tegishli, tartibsizlik soʻziga emas. Oʻqiganda baribir tishga teggani uchun bunday qoʻllamagan yaxshi.
☑️ Toʻgʻrisi qanaqa?
Jumlani ravonroq qilish uchun tartibsizlik soʻzini olib tashlasa ham boʻladi, mavzuga qiziqqan odam bu haqdagi maʼlumotni matndan olaveradi:
Fransiyadagi namoyishlarda 200 nafar ishtirokchi qoʻlga olindi ✅
Fransiyadagi namoyishlarning 200 nafar ishtirokchisi qoʻlga olindi ✅
Bundan-da qisqaroq variant:
Fransiyada 200 nafar namoyishchi qoʻlga olindi ✅
Bunda Fransiyadan boshqa joyda namoyish oʻtkazganlar ham tushunilishi ehtimoli bor. Ammo odatda bunaqa tushunilmaydi. Shuning uchun bu variantni ham qoʻllayverish kerak.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toʻgʻridan-toʻgʻrimi yoki toʻgʻridan toʻgʻri?| 1️⃣1️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
👉 YouTubeʼda koʻrish
@oriftolib
Qaldirgʻoch bilan koʻrshapalak qarindoshmi?
Qaldirgʻoch – qanoti ingichka va uzun, juda tez uchadigan, qora-ola qush. Uni bahor elchisi deya taʼriflashadi.
Qaldirgʻoch soʻzi “Devonu lugʻatit-turk”da qargʻilach shaklida berilgan, qarligʻach deb talaffuz qilish ham uchrab turishi aytilgan. Demak, keyinchalik soʻzning mana shu talaffuzi ustunlik qilgan va oʻzbekchada qaldirgʻochga aylangan.
“Qadimgi turkiy tillar lugʻati”da qargʻilach soʻzining koʻrshapalak degan maʼnosi ham borligi aytiladi. Lekin boshqa manbalarda bunday maʼlumot uchramadi.
Qushga nega bunday ism berilgani haqida turli fikrlar bor. Ulardan biriga koʻra, qaran va qush soʻzlari birikishidan qaranqush – qora qush hosil boʻlgan. Qaldirgʻochning ustki patlari qora boʻlgani uchun shunday nom berilgani ehtimoli katta.

Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Ibrat
Uch kishi oldingda gapirsalar, ularning gaplarini kesib to‘xtatma!
1. Ota-ona.
2. Go‘dak.
3. G‘amga botgan kishi.
Chunki, ularning faqat tillari emas, qalblari ham gapirayotgan bo‘ladi.
Johiz
arab adibi
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Somsa – tishning “oʻpichi”
Somsa – yoyilgan xamirga goʻsht, qovoq va shu kabilar solib tugib, odatda tandirga yopib yoki duxovkada pishiriladigan yegulik. Bahorda ayniqsa koʻk somsa koʻp pishiriladi. Bu taom deyarli butun Osiyo, Arabiston yarimoroli, Oʻrta dengiz atrofi, Shimoliy va Janubiy Afrikada mashhur. Yevropa va Amerika qitʼasi uchun ham somsa begona emas.
Bir taxminga koʻra, somsa soʻzi forscha sanboʻsag soʻziga borib taqaladi. Bu soʻzning maʼnosini baʼzilar katta, ajoyib, ulkan desa, ayrimlar u uchburchak maʼnosini beradi degan fikrda. Oʻzbek tilining etimologik lugʻatiga koʻra esa, tish maʼnosidagi senn va oʻpich maʼnosidagi boʻse soʻzlaridan hosil boʻlgan. Soʻzma-soʻz tarjimasi tishoʻpar yoki tishning oʻpichi. Tovush oʻzgarishi natijasida sanboʻsa, samboʻsa shakli yuzaga kelgan.
Bu soʻz dunyo tillarida turli talaffuz variantlarida uchraydi. Masalan, forschada sanbuse, panjob tilida smosa, hindchada samoʻsa, urduchada samusa, arabchada sambusak yoki sambusa, bengal tilida singara, ibroniy tilida sambusak, somali tilida sambuusa, tojikchada samboʻsa, birma tilida shemuza, portugal tilida shamusa, inglizchada samosa. Turkiy tillarda somsa yoki samsa shakli ishlatiladi.

Odam koʻnikmaydigan sharoit yoʻq. Ayniqsa, atrofdagi hamma shunday yashayotganini koʻrsa, bu juda oson kechadi.
Lev Tolstoy
@oriftolib
Lev Tolstoy
@oriftolib
Onlayn yozishmalarda eng koʻp uchraydigan 🔟 ta xato
Assalomu alaykum ✅
Assalomu aleykum ❌
Rahmat ✅
Raxmat ❌
Ha ✅
Xa ❌
Xoʻp ✅
Xop ❌
Zoʻr ✅
Zor ❌
Gap yoʻq ✅
Gap yoq ❌
Boʻpti ✅
Bopti ❌
Yaxshi ✅
Yahshi ❌
Boʻlyapti ✅
Boʻlyabdi ❌
Hech kim ✅
Hich kim ❌
🟢 Sheva ishlatish, harflar oʻrniga boshqa harf va belgilarni qoʻllab, unlilarni tashlab yozishlarni kiritmadim. Ular super-muper ogʻir vazn toifasiga kiradi 😏.
Roʻyxatga yana qaysi soʻzlarni qoʻshgan boʻlardingiz?

Baʼzida gʻolib boʻlish uchun chekinishga, qoʻlga kiritganingdan voz kechishga toʻgʻri keladi.
Lui Aragon
@oriftolib
Lui Aragon
@oriftolib
Forwarded from Ilyos Safarov
Kecha, 1 aprel – hazil va bolalar orasida o‘zaro “yolg‘on” kuni edi. Bugun esa 2-aprel. Bu kun shoir Usmon Azim ta'biri bilan aytganda, “rostlik”, “haqiqat” kuni. O‘qirmanlar uchun ma'lumot, shoirning “2-aprel” nomli nazmiy kitobi ham bor. O‘sha joyda bugungi kun rostlik, haqiqat kuni sifatida ta'riflanadi.
Kun haqida gap ketarkan, 2-aprel butun dunyoda Xalqaro bolalar kitobi kuni sifatida ham nishonlanadi.
Ana shu – jamiyatda garchi eshitilishidan zerikarli bo‘lsa-da, lekin mazmunan juda muhim va bugun deyarli barcha muammolarimizning tub ildizi bo‘lgan – bolalar kitobi, kitobxonligi, O‘zbekistonda bu yo‘nalishning ahvoli haqida soha vakillari bilan intervyu o‘tkazdik.
Intervyu mehmonlari – noshir Sanjar Nazar, sobiq "Kamolot" YoIH Markaziy kengashi raisi, bu lavozimda “Kamolot kutubxonasi” rukni ostida 100 nomdagi minglab kitoblar chop etilishiga bosh qosh bo‘lgan Bahodir G‘aniev va bolalar yozuvchisi Sa'dullo Qur'onov bo‘ldi.
📹👉https://youtu.be/VKjOwg-bR-Q
@haqiqatdaIlyos

YouTube
Nega biz kitobxon millat emasmiz?
Kun.uz muxbiri jamiyatda garchi eshitilishidan zerikarli bo‘lsa-da, lekin mazmunan juda muhim va bugun deyarli barcha muammolarimizning tub ildizi bo‘lgan – bolalar kitobi, kitobxonligi, O‘zbekistonda bu yo‘nalishning ahvoli haqida soha vakillari bilan intervyu…
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
51%
Shahdam qadam tashlab ishga joʻnadi.
49%
Shaxdam qadam tashlab ishga joʻnadi.
Shunchaki yozmang. Yozganingizga haq ham oling
Kitobxonlarning koʻpchiligi ijodkor ham boʻladi, yaʼni baʼzida kayfiyat uchun oʻzi qalam tebratib turadi. Oʻzlarining shaxsiy bloglarini yuritadigan obunachilarimiz ham yoʻq emas.
Ammo tasavvur qiling, yozganlaringiz uchun sizga pul toʻlansa. Uyda oʻtirib, kompyuter yoki telefonda matn yozib, pul topsangiz, qiziqmi?
Buning uchun kompaniyalarning reklama matnlarini, saytlardagi maqolalarni, Telegramdagi postlarni yozishni oʻrganishingiz kerak. Bunday mutaxassis KOPIRAYTER deyiladi.
Ammo maslahatim, bu sohaga shunchaki kirib kelavermang, oʻzingizga ustoz toping va sohaning yoʻl-yoʻriqlarini oʻrganing.
Bu borada matnlar bilan ishlash boʻyicha 8 yillik tajribaga ega mutaxassis, @xatoliklar Telegram-kanali asoschisi Abduazim Rustamxoʻjayevga shogird tushishni tavsiya qilaman. Ayni damda u kishining «Toʻgʻri kopirayting» kursi uchun kattagina chegirma ham ketyapti.
Agar siz:
▪️ aqliy mehnatni maʼqul koʻrsangiz;
▪️ noutbuk (yoki telefon) va internetingiz boʻlsa;
▪️ sotuv matnlarini yozish orqali pul topishni istasangiz
— @Copywriting_Support'ga murojaat qiling va KOPIRAYTING sohasi haqida batafsil maʼlumot oling.
Kurs asl narxi:650 000 soʻm ❌
Chegirmadagi narx: 430 000 soʻm ✅
Kursga yozilish: @Copywriting_Support

Kurs asl narxi:
Chegirmadagi narx: 430 000 soʻm ✅
Kursga yozilish: @Copywriting_Support
Orif Tolib
Onlayn yozishmalarda eng koʻp uchraydigan 🔟 ta xato Assalomu alaykum ✅ Assalomu aleykum ❌ Rahmat ✅ Raxmat ❌ Ha ✅ Xa ❌ Xoʻp ✅ Xop ❌ Zoʻr ✅ Zor ❌ Gap yoʻq ✅ Gap yoq ❌ Boʻpti ✅ Bopti ❌ Yaxshi ✅ Yahshi ❌ Boʻlyapti ✅ Boʻlyabdi ❌ Hech kim ✅ Hich kim ❌…
Super ogʻir vazn toifasidagi jumla 💪
Oldinroq ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarda koʻp uchraydigan xatolarga toʻxtalgandim. Oʻshanda super-muper ogʻir vazndagi xatolar borligini ham eslab oʻtgandim. Mana shu bitik oʻsha vazn toifasida.
Toʻgʻrilashga urinib koʻring-chi 😏
❇️ Rasm obunachilardan.

Jala yomgʻiri?
Xabar sarlavhasi:
Oʻzbekiston boʻylab jala yomgʻirlari kuzatilishi kutilmoqda
Izohli lugʻatga koʻra, jala shiddatli yomgʻirni anglatadi. Milliy ensiklopediya bu soʻzni shiddat bilan yogʻadigan qisqa muddatli atmosfera yogʻini; kuchli yomgʻir deb sharhlagan.
Jalaning oʻzida yogʻin, yomgʻir maʼnosi bor. Uni yana yomgʻir deb taʼriflash ortiqcha.
🤔 Ammo milliy ensiklopediyaning oʻzida ham bir qancha oʻrinlarda jala yomgʻirlari birikmasi ishlatilgan ekan. Jala haqidagi bosh maqolada esa bunday ifoda yoʻq.
Men bu oʻrinda yomgʻir soʻzini ishlatmaslik kerak deb hisoblayman:
Oʻzbekiston boʻylab jala yogʻishi kutilmoqda ✅
Oʻzbekistonning turli hududlarida jala yogʻishi kutilmoqda ✅

70%
Umra ibodati, umra ziyorati
30%
“Umra“ ibodati, “Umra” ziyorati
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
67%
Koʻplab yurtdoshlarimiz haj ibodatini ado etdi.
33%
Koʻplab yurtdoshlarimiz “Haj” ibodatini ado etdi.
Ortiqcha soʻz odamga ham yuk: tildagi oʻrinsiz soʻz va iboralar
Ezma odam hech kimga yoqmaydi. Ortiqcha tafsilot kishining badiga uradi. Afsuski, baʼzan bilib-bilmay ortiqcha soʻz ishlatishga, oʻzimizning ham, boshqalarning ham vaqtini isrof qilishga yoʻl qoʻyamiz. Aytayotgan, yozayotganlarimizga teranroq nazar tashlasak, xatolarimiz oydinlasha boradi.
Ortiqcha soʻz va iboralarni qoʻllash tarjima matnlarda ham koʻp uchraydi. Asliyat taʼsiriga tushib qolgan tarjimon gap tuzilishi, ifoda tarzi, hatto iboralardagi soʻzlar ketma-ketligida ham taqlid qila boshlaydi. Soʻnggi paytlarda texnologiyalarning rivojlanishi uquvsiz, tajribasiz kishilarning ham tarjima bilan shugʻullanishiga sharoit yaratdi. Asliyatdan yiroq, maʼno-mazmun yoʻqolgan, qiyofasidan Google Translate manaman deb koʻrinib turadigan oʻgirmalar koʻpaydi.
“Guliston” jurnalining 2023 yil 1-sonida tilimizda bot-bot uchrab turadigan, ortiqcha tafsiloti, keraksiz soʻzi bilan tilimizga oʻrnashib olgan iboralar haqidagi maqolam chop etildi.
❇️ Yomon illat
❇️ Ezgu fazilat
❇️ Narvondan yuqoriga koʻtarildi
❇️ U gapini qayta takrorladi
❇️ Noqonuniy brakonyerlar qoʻlga olindi
❇️ Ortga chekindi: oldga chekinish mumkinmi?
❇️ Oʻz, oʻz, oʻz...
❇️ Bugungi kunda
❇️ Ertalabki nonushta