YOSH SHARQSHUNOS DIPLOMATLAR / МОЛОДЫЕ ДИПЛОМАТЫ-ВОСТОКОВЕДЫ
901 subscribers
347 photos
100 videos
31 files
161 links
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi
Download Telegram
📎O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-18-may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi (UN-Habitat) shafeligida tashkil etilgan nufuzli anjumanning Yetakchilar sammitida nutq so‘zladi.

🔺 Forumda 100 dan ortiq mamlakatdan 4 mingga yaqin ishtirokchi, jumladan, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Serbiya, Bolgariya, Gruziya, Qozog‘iston rahbarlari va BMT tuzilmalari vakillari qatnashdi.

💠 Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida XXI asr o‘rtalariga kelib dunyo aholisining qariyb 70 foizi shaharlarda yashashini ta’kidlab, bugungi kunda 3 milliard inson birlamchi yashash sharoitlaridan mahrum ekanini qayd etdi. Ularning bir milliarddan ziyodi norasmiy turar joylarda, 300 milliondan ortiq odam esa umuman boshpanaga ega emas.

📉 O‘zbekiston bo‘yicha prognozlarga ko‘ra, yaqin 15 yil ichida aholi 38 milliondan 50 milliongacha, urbanizatsiya darajasi esa 51 foizdan 65 foizga yetadi. Mamlakatda so‘nggi o‘n yilda qurilayotgan uy-joylar soni 10 barobar oshib, 2025-yilda 238 ming xonadonga yetdi. Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash dasturlariga har yili 2 mlrd dollar ajratilmoqda.

📌 Prezident beshta asosiy tashabbusni ilgari surdi:
🔵 Mutanosib urbanizatsiya – kichik va o‘rta shaharlarni uyg‘un rivojlantirish tamoyilini joriy etish.

🔵 “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi” – sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya sohasida xalqaro texnologiya va tajriba almashish platformasi.

🔵 2027-yilda Samarqandda uy-joy qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazish.

🔵 BMT-Habitatning “Yashil shahar” xalqaro mukofotini ta’sis etish.

🔵 Butunjahon urbanizatsiya forumining 15-sessiyasini 2030-yilda “Yangi Toshkent”da o‘tkazish.


🔵 Forum doirasida Prezident Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Yil boshidan ikki mamlakat o‘rtasida savdo hajmi 40 foizdan ziyodga oshgan. Qurilish, tog‘-kon sanoati, energetika va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvda mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika va turizm sohalarida hamkorlik dasturini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

📌 Bokudagi sammit O‘zbekistonning urbanizatsiya bo‘yicha xalqaro maydondagi pozitsiyasini kuchaytirdi. “Yangi Toshkent” loyihasining global platformada taqdim etilishi va forum tashabbusi – bu mamlakatning jarayonlarda ishtirokchi emas, balki kun tartibini belgilovchi sifatida namoyon bo‘lishidir.


💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥64👍2
🔊Pekinda ketma-ket ikki yirik tashrif - avval AQSH Prezidenti Donald Tramp tashrifi, oradan ko‘p o‘tmay Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qabul qilinishi Xitoy diplomatiyasining bugungi asosiy strategiyasini yaqqol ko‘rsatdi: Pekin global qarama-qarshilik markazida turib, bir vaqtning o‘zida ham Vashington, ham Moskva bilan aloqalarni ushlab qolishga urinmoqda.

Biroq ikki tashrif atmosferasi va ritorikasi bir-biridan keskin farq qildi.

🔵 Trampning Pekindagi muzokaralari asosan savdo, texnologik raqobat va geosiyosiy bosimlar fonida o‘tdi. Uchrashuvlarda ehtiyotkor pragmatizm va sovuq diplomatik hisob-kitob sezildi. Putin tashrifi esa aksincha, strategik yaqinlik va siyosiy uyg‘unlik ruhida tashkil etildi. Si Tszinpin Rossiya rahbarini yana “eski do‘st” deb atadi, Putin esa Xitoy maqoli bilan javob berdi: “Bir kun ko‘rishmasang, go‘yo uch kuz o‘tgandek bo‘ladi”.


🔵 Ikki tomon “Ko‘p qutbli dunyoning shakllanishi va yangi tipdagi xalqaro munosabatlar to‘g‘risida”gi deklaratsiyani imzoladi. Muzokaralarda energetika, atom sanoati, yuqori texnologiyalar, transport yo‘laklari, milliy valyutalarda hisob-kitoblar va “Sibir kuchi–2” loyihasi markaziy mavzulardan biri bo‘ldi. Moskva va Pekin ritorikasida “xalqaro adolat”, “strategik barqarorlik”, “gegemoniyaga qarshi turish” kabi iboralar qayta-qayta tilga olindi.

📌 Muhim jihatlardan biri shundaki, Tramp bilan muzokaralarda Si Tszinpin ehtiyotkor va muvozanatli pozitsiyani saqlagan bo‘lsa, Putin bilan uchrashuvlarda ancha ochiq siyosiy yaqinlik namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, Yaqin Sharqdagi vaziyat, “o‘rmon qonunlari”ga qaytish xavfi va global xavfsizlik masalalarida Moskva va Pekin pozitsiyalari deyarli bir xil ohangda yangradi.


🔵 Moskva uchun Pekin — G‘arb bosimi va sanksiyalar fonida eng muhim iqtisodiy hamda geosiyosiy tayanchlardan biri. Xitoy uchun esa Rossiya energiya resurslari, xavfsizlik va AQSH bilan uzoq muddatli strategik raqobatda muhim sherik hisoblanadi.

🔵 May oyidagi ushbu ikki tashrif Xitoyning endilikda shunchaki iqtisodiy markaz emas, balki global siyosiy muvozanatni shakllantirayotgan asosiy diplomatik platformalardan biriga aylanganini yana bir bor ko‘rsatdi.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥41🥰1
📎Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasini 2026-yilgi jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi.

🔔 Tadbirda futbolchilar, murabbiylar va muxlislar tabriklanib, terma jamoaga katta ishonch bildirildi.

🔵 Prezident sportchilarimizga omad tilab, xalq doimo ular bilan ekanini taʼkidladi. Marosim yakunida esdalik surati olinib, konsert dasturi hamda nazorat uchrashuvi oʻtkazildi.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43👍1🥰1
✔️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari uchun ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida «Yosh sharqshunos diplomatlar» klubi a'zolari ham ishtirok etishdi. Talabalar parlament faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.


📰Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Fayziyeva yoshlar bilan suhbat olib borib, qonunlarni ishlab chiqish mexanizmlari, parlament diplomatiyasining ahamiyati hamda O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining xalqaro hamkorlikdagi o‘rni yuzasidan ham fikr almashildi.

💭Davra suhbati jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol qantashishdi. Tadbir yakunida esa bunday uchrashuvlarni kelgusida ham davom ettirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

💠 "Yosh sharqshunos diplomatlar" klubi matbuot xizmati.

😎 Telegram | 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍3👏2